IV; Mustahamlash; o’tilgan mavzu boyisha sovollar beriladi
1. Shaxs necha yoshdan voyaga yetgan hisoblanadi?
2. Qonunlarni kim tasdiqlaydi?
3. Deputatlar kimlar?
4. Senatorlar kimlar?
V. O`quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa;
Daftardagi konspektni o`qib kelish va qonunlar qay tariqa chiqishini tushunib, yodlab kelish.
6-MAVZU: VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN
BITIMLAR TUZILISHI
Darsning maqsadi;
A) Ta’limiy; O`quvchilarga avvalambor bitim nima ekanligi, ular qanday tuzilishi, voyaga yetmaganlarning qanday bitimlar tuzish huquqi borligi va bitimlar tuzish tartibini o`rgatishdan iborat.
B) Tarbiyaviy; O’quvchilarni o`z maqsadiga erishish, jamoa bo`lib ishlash, guruhdoshlarining fikrini hurmat qilish,ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
C) Rivojlantiruvchi; O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, darslik bilan ishlash ko`nikmasini rivojlantirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
Dars o’tish uslubi; mustaqil ishlash va mavzu bo`yicha amaliy tushuncha berish.
Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |