1-mavzu. Kirish. Geobotanika fanining rivojlanish tarixi. O‘simliklarning hayotiy shakllari. Reja



Download 234 Kb.
bet10/11
Sana01.11.2022
Hajmi234 Kb.
#858898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Geobotanika fanining rivojlanish tarixi. O‘siml

Savollar:

  1. Fitotsenozdagi o‘simliklarning turlar yig‘indisi nima deb ataladi?

  2. Determinant o‘simliklar deb qanday o‘simliklargaaytiladi?

  3. Fitotsenozning turlar tarkibi nimalarga bog‘liq?

  4. Dominant turlar deb qanday turlargaaytiladi?

  5. Edifikatorturlar deb qanday turlargaaytiladi?

  6. Yaruslilik nima?

  7. Nima uchun shuvoq bilan yantoq bir jamoada deyarli birga o‘smaydi?

  8. Fluktuatsion o‘zgarishlar deb nimaga aytiladi?

  9. Suksessiya nima?

  10. Singenetik almashinish nima?

  11. Ekzoekogenetik almashinishga nimalar sabab bo‘ladi?

  12. Antropogen omil ta’sirida bo‘ladigan almashinish necha guruhga bo‘linadi?



6-mavzu. Senopopulyatsiyalar va ularning tarkibi.
O‘zbekiston o‘simliklari qoplami


Reja:

  1. Senopopulyatsiya haqida tushuncha.

  2. Fitotsenozdagi o‘simlik turlarining yosh tarkibi.

  3. O‘simliklar florasi haqida tushuncha.

  4. O‘simliklar jamoasi haqida tushuncha.

  5. Cho‘l mintaqasi o‘simliklari.

  6. Adirmintaqasio‘simliklari.

  7. Tog‘mintaqasi o‘simliklari.

  8. Yaylovmintaqasi o‘simliklari.



Tayanch ibora va atamalar: senopopulyatsiya, latent, virginil, generativ va senil davrlar,o‘simliklari qoplami, o‘simliklar jamoasi, tip, senotip, formatsiya (jamoa), assosiatsiya (qavm).

Fitotsenozdagi alohida turlarning har xil holatdagi individlar yig‘indisi senopopulyatsiya deb ataladi. Ularga tuproqda yoki yer yuzasida hayotchanligini yo‘qotmagan urug‘lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. Senopopulyatsiya tarkibiga ba’zan o‘t o‘simliklarning tinim holatidagi ikkilamchi yer ostki organlaridan ildizpoya, piyozbosh, tugunak kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi senopopulyatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Turlarning o‘zi esa populyatsiyalar sistemasidan iborat. Jamoadagi har bir tur senopopulyatsiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin. T.A.Rabotnov o‘simliklar jamoasidagi o‘simliklar hayotini yoshi bo‘yicha quyidagi asosiy davrlarga bo‘ladi:


Latent davri. Bunda o‘simlikning spora, urug‘ yoki mevalari tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o‘simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug‘i hayotchanligini 3-4 kundan 3 haftagacha saqlaydi, ba’zi bir begona o‘t o‘simliklar esa bir necha o‘n yillab saqlay oladi. Tuproqda turli o‘simliklarning ko‘p sondagi urug‘larini uchratish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqishi xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili yangi urug‘lar tuproqqa tushib turadi.
Virginil davri. Bu davrda o‘simlik nihol, yosh o‘simlik va voyaga yetgan holatlarda kuzatilib, nihollar yosh o‘simliklardan urug‘ palla barglarining bo‘lishi bilan farqlanadilar.
Generativ davr. Bu o‘simlik hayotida sporalar yoki urug‘lar bilan ko‘payishning boshlanishi bilan xarakterlanadi.
Senil (qarilik) davri. O‘simlik yoshi ulg‘ayishi bilan generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotadi, ana shunda senil davri boshlanadi.
Populyatsiya tarkibida o‘simlikning har xil yoshdagi davrlari uchratilib, bu turning jamoada turg‘un saqlanib qolish xolatini belgilaydi va uning normal hayot kechirayotganidan dalolat beradi. T.A.Rabotnov ma’lumotlari bo‘yicha invazion, normal va regressiv tipdagi populyatsiyalar farq qilinadi. Invazion tipdagi populyatsiya deganda o‘simliklar jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiya tushunilib, unda o‘simlikni nihollar, yosh hamda voyaga yetgan holatda uchratish mumkin. Bunday populyatsiyaning urug‘lari fitotsenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o‘rinni egallashi yoki mutlaqo yashay olmasligi ham mumkin.
Regressiv tipdagi populyatsiya generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan populyatsiyadir. Ular odatda gullamaydi yoki gullasa ham urug‘lari unuvchanlik xususiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Bu holat populyatsiyani fitotsenozdan chiqib ketayotganligidan dalolat beradi.
Normal tipdagi populyatsiyada jamoada o‘simlik taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to‘liq o‘tkazadi. Unda spora yoki urug‘laridan to voyaga yetgan o‘simliklargacha uchratish mumkin. Senotik jihatdan olganda ular o‘simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. Fitotsenozni xarakterlash vaktida undagi o‘simlik turlarining holati ham hisobga olinadi.
Turlarning hayotiy holati quyidagi shkala bo‘yicha ifodalanadi:
3-to‘liq hayotiy holatda sharoit qulay bo‘lib, o‘simlik o‘sish, rivojlanish va taraqqiyotini to‘liq o‘tkazadi, ya’ni gullaydi va meva hosil qiladi.
2-o‘rtacha hayotiy holatda o‘simlikning generativ organlarining rivojlanishi uchun sharoit yetarli bo‘lmaydi, u faqat vegetativ fazada qoladi, gul va mevalar hosil qilmaydi.
1-susaygan hayotiy holatda o‘simlik zararlanganligi va kuchsiz o‘sishi kuzatiladi.
Senopopulyatsiyaning yosh tarkibi deganda undagi turli kalendar yosh holatidagi o‘simliklarning nisbati tushuniladi. O‘simliklarning kalendar yoshi deganda geobotanik tadqiqotlarda o‘z qimmatiga ega bo‘lgan mustaqil ko‘rsatkich tushuniladi. Bunda daraxtlar va ular nihollarining populyatsiyalarini o‘rganishda yosh tarkibi ayniqsa ahamiyatlidir.
Yosh tarkibini tahlil qilishda dala sharoitida o‘simliklarning kalendar yoshini aniqlash oson bo‘lgan vaqtlarda olib boriladi. O‘simlik yoshini aniqlashda 2 usuldan foydalaniladi:
- xronometrik, ya’ni unib chiqish kuniga qarab;
- morfobiometrik, ya’ni biror morfologik belgilarga ko‘ra (masalan, daraxtlarda yillik halqalarning soni bo‘yicha).
Bir xil yoshdagi o‘simliklar ma’lum yosh guruhini tashkil qiladi. Har bir yosh guruhiga bir kalendar yoshdagi yoki bir xil yosh davridagi individlar kiritilishi mumkin (masalan, 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan o‘simliklar, 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan o‘simliklar va hokazo). O‘rmon xo‘jaliklarida o‘simliklarni ularning yoshiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan:
1-10 yosh — odatda bo‘yi 25 sm gacha bo‘lgan nihollar;
10-40 yosh — bo‘yi 25 sm dan 5 m gacha bo‘lgan yosh o‘simliklar. Ayrim hollarda uni kichik nihollar (bo‘yi 70 sm gacha), o‘rtacha niholar (bo‘yi 1,5 m gacha) va yirik nihollarga (bo‘yi 1,5 m dan baland) ajratiladi;
50-60 yosh — ingichka daraxtlar (poyasi 5-10 sm bo‘lgan holda bo‘yi 6-8 m ga yetadi);
80-100 yosh — yetilayotgan daraxtlar;
100-180 yosh — yetilgan daraxtlar;
180 yoshdan yuqorisi — qarigan daraxtlar.
Bu shkala daraxt turi va uning umri uzunligiga ko‘ra turlicha o‘zgartirish mumkin. Tez yetiluvchi daraxt turlarida bu shkala qisqartiriladi va aynan shu tur uchun xos bo‘lgan muddatlarga o‘zgartiriladi. Uni turning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra yanada kichik qismlarga ham ajratish mumkin.
A.Lotka 1925 yilda populyatsiyalarda optimal sharoit bo‘lishi uchun ularda turli yoshdagi individlar sonining normal statistik qiymatini saqlab turish zarurligini ta’kidlagan. O‘sish sharoiti o‘zgarganda populyatsiyada ba’zan yosh o‘simliklarning, ba’zan o‘rta yoshli o‘simliklarning, ba’zan esa qari o‘simliklarning soni ortishi kuzatilishi mumkin.
Agar senopopulyatsiyada o‘simlikning barcha yosh guruhlari vakillari mavjud bo‘lsa, unda kontinual senopopulyatsiya, ayrim yosh guruhlari bo‘lmasa diskret senopopulyatsiya deyiladi.
Geobotanika fani o‘simliklarni ikki tomonlama o‘rganadi: birinchidan o‘simliklarning tarkibiy qismiga kirgan o‘simlik turlarini, ikkinchidan, o‘simliklar jamoasini, qoplamini o‘rganadi. Shu nuqtai nazardan ikkita tushunchani anglash shart.
O‘simliklar florasi o‘simlik turlarining qadimdan hosil bo‘lgan guruhi. Bu ma’lum geografik joyga tegishli bo‘lib, uning hozirgi tabiiy sharoiti o‘tmishi bilan bog‘liq, yer yuzasidagi boshqa floralar bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Flora tushunchasi ma’lum hududdagi barcha o‘simliklarning turlarini o‘z ichiga oladi. Qisqacha aytganda ma’lum bir joyda o‘suvchi o‘simlik turlarining yig‘indisi yoki ro‘yxatini tushunamiz,
O‘zbekiston o‘simliklarga boy o‘lka, olti jildlik “O‘zbekiston florasi” nomli yirik asarda ko‘rsatilishicha mamlakatimizda 4148 turga mansub yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar uchraydi. Respublikamizning boy xazinasi hisoblangan bu o‘simliklar turi cho‘l mintaqasidan tortib to yaylov mintaqasigacha keng tarqalgan.
O‘zbekistonning yetuk botanik, geobotanik va sistematik olimi, akademik Q.Z.Zokirov Zarafshon tog‘ining boshlanishidan uning quyi etagigacha bo‘lgan yerlardagi o‘simliklar qoplamini uzoq yillar ilmiy yo‘nalishda o‘rganib, cho‘ldan yaylovgacha bo‘lgan yerlarda har xil o‘simlik qoplamida 2600 ga yaqin tur uchrashini e’tiborga olib to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘, yaylov mintaqalariga bo‘lishni taklif etdi. Bu atamalarni butun O‘zbekiston va O‘rta Osiyo uchun qo‘llashni tavsiya qiladi. Biz hozirgi vaqtda qaysi region o‘simliklar qoplamini o‘rgansak shu atamalarni keng qo‘llab kelamiz. Odatda mintaqalar ma’lum bir taksonomik birlikka asoslanadi. Ya’ni o‘simliklar qoplamiga, jamoa tarqalgan tuproqqa, orografiyasiga, hamda dengiz sathidan balandligiga e’tibor beriladi.
O‘simliklar jamoasi deganda yer yuzasining har xil ekologik sharoitida o‘suvchi o‘simliklar uyushmasini tushinamiz. O‘simliklar qoplami inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Mehnat mahsuli sifatida sun’iy jamoalarni insonlar barfo etib turadi.
Geobotanika tizimini, sistematik taksonlarini, birliklarini o‘simliklar sistematikasi tizimidan, taksonlaridan, birligidan farqlash lozim. Tip, senotip, formatsiya (jamoa), assosiatsiya (qavm) lar geobotanik tizim hisoblansa, bo‘lim yoki tip, sinf, ajdod yoki qabila, oila, turkum yoki avlod, tur esa sistematik tizim hisoblanadi. Keyingi boblarimizda bu haqda batafsil to‘xtalamiz.
O‘zbekiston o‘simliklari 4 ta mintaqa: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalari bo‘ylab tarqalgan. Biz quyida ushbu mintaqalar va u yerlarda tarqalgan o‘simlik turlari haqida fikr yuritamiz.
Cho‘l mintaqasi. O‘rta Osiyoning, jumladan, O‘zbekistonning tekislik qismi cho‘l mintaqasiga kirib, dengiz sathidan 500 (600) metrgacha balandlikda bo‘ladi. Cho‘l tuproq tarkibi, o‘simliklar qoplamiga ko‘ra 4ta edofotipga bo‘linadi. Bular sho‘rxok tuproqli cho‘llar, qumli cho‘llar, gipsli cho‘llar, tog‘ oldi tekisliklari-bo‘z (glinistal) cho‘llardir.
Cho‘l O‘zbekiston hududining (Ustyurt tekisligi bilan birga) 61,16 foizini tashkil ztadi. Issiqlik yoz oylarida +40…+45 °C ga bazan undan ham yuqori bo‘lib, qish ancha sovuq, harorat minus -15…-20 °C ga yetadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 120-200 mm ni tashkil etadi. Ba’zan 5-6 oy yerga umuman nam tushmaydi.Cho‘l mintaqasi ikki qismga — pastki va yuqori cho‘lga bo‘linadi.
Pastki cho‘l — bunda chala butali o‘simliklar olami, psamofit butali o‘simliklar, sho‘r o‘simliklar olami, taqir o‘simliklar olami, ba’zan to‘qay o‘simliklar olami uchraydi. Quyi cho‘ldagi o‘simliklar qoplamining asosini chala butalar, butalar, ba’zan daraxtlar (saksovul (Haloxylon aphyllum), cherkez, qandim, quyon suyak) tashkil qiladi.
Yuqori cho‘lda esa ko‘plab efemerlar uchraydi. Yuqori cho‘lning tuprog‘i bo‘z tuproqdan iborat bo‘lib pastki cho‘ldan ancha farq qiladi, Bu yerlar asosan tog‘ etagidagi tekisliklardir. Quyi cho‘ldagi o‘simliklar qoplamining asosini chala butalar, butalar, ba’zan daraxtlar (saksovul (Haloxylon aphyllum), cherkez, qandim, quyon suyak) tashkil qilsa. Yuqori cho‘lda esa faqat ba’zi yerlardagina chala butalardan jusanni uchratish mumkin. Asosiy manzarani esa o‘t o‘simliklar egallaydi va tashkil etadi. Bulardan qo‘ng‘irboshlar (Poa bulbosa L.) eng ko‘p tarqalgan. Efemer o‘simliklardan qorabosh rang (Sagex pachystylis) ham ko‘plab uchraydi. Qorabosh rang, iloq bilan juda yaqin tur bo‘lib, bir-biriga juda o‘xshash ildiz poyaga ega. Shuningdek, cho‘lda taroqbosh, yaltirbosh (Bromus tectorum L), arpaning yovvoyi turlari, qasmaldoq, yettibo‘g‘in, dukkakdoshlardan mushuktirnoq, no‘xatak, karamdoshlardan chitir, xartal, sigirquyrukdoshlardan itgunafsha turkumlari uchraydi.
Adir mintaqasi. Bu mintaqa ham cho‘l mintaqasi singari ikki qismga: quyi va yuqori adirga bo‘linadi. Quyi adir yuqori cho‘lga nisbatan bir oz notekis tuzilishli relyefga ega. Adirning yonbag‘irlari deyarli toshsiz va ancha yotiq, qiyaligi 15-18 % dan oshmaydi. Tuprog‘i tipik bo‘z tuproq, gumus miqdori 1,5-2% gacha yetadi. Bunday yerlarni M.G.Popov tog‘ chalacho‘li deb nomlagan. Bu joyning tuzilishiga ko‘ra ancha to‘g‘ri nomlanish. Bu yerlarda efemer turlar o‘sib bular, ko‘p yillik o‘simliklar orasida ko‘rinmay ketadi. Sinchiklab tekshirishlar olib borganimizda bu yerlarda juda ko‘plab rang-barang efemer turlar borligini ko‘ramiz. Karamguldoshlar, dukkakdoshlar, govzobondoshlar, sigirquyruqdoshlar, soyabondoshlar, labguldoshlar, g‘alladoshlar va murakkabguldoshlar oilasiga oid efemer turlar, piyozguldoshlar, ayiqtovondoshlar, ko‘knordoshlar, gulsafsardoshlar oilasiga mansub efemeroid turlarni uchratish mumkin. O‘simliklar qoplamida qo‘ng‘irbosh (Poa bulbosa L.) va rang bilan birga oqquray (Psoralea drupacea Bge.), qo‘ziquloq (Phlomis thafsoilts Bge), shashir, shirach, qatron kabi ko‘p yillik o‘simliklar mavjud bo‘ladi. Ammo ularning turlari unchalik ko‘p emas. Eng xarakterli turlari qo‘ziquloq (Phlomis thafsoilts Bge), oqquray (Psoralea drupacea Bge.), karraklardir. Bundan tashqari shirach va shashir ham o‘sadi. Shambala, beda, esparset, chitir, o‘sma kabi turlar kam bo‘lsada uchraydi. Boychechak, lola, sarvinjon, yuno, burmaqora, erantus kabi efemeroid turlar ham o‘sadi.
Yuqori adir relyef tuzilishi bilan pastki adirdan ancha farq qiladi. Tepalik va soyliklar tez-tez almashinib turadi. Yon bag‘irlar ancha tik bo‘ladi, tuprog‘i gumusga bir muncha boy to‘q bo‘z tuproqdir. O‘simliklar qoplamini asosan, bug‘doyiq (Triticum vulgare Villd.), tak-tak, andiz va gulxayri ishg‘ol qiladi. Birinchi marta yuqori adir o‘simliklari g‘arbiy Tyon-Shon adirlarida o‘rganilgan bo‘lib uni “quruq, har xil o‘tli dasht” tipi deb to‘g‘ri nomlangan. Bu yerlarda, asosan, yirik kserofit turlar ko‘plab o‘sadi. O‘simlik bo‘ylari ancha baland 1-1,5 m ga yetadi. Toshloq joylarida buta va chala butalardan bodomcha, itbodom, toshchiya, govchiya kabi turlar o‘sadi. Sernam joylarda, buloq bo‘ylarida, tol, uchqat, qorataloq ba’zan yakka holda (900 m) archa (Juniperus zeravschanika Kom.)uchraydi. Shundan ko‘rinib turibdiki archa (Juniperus zeravschanika Kom.)yuqori adirda bir vaqtlar ko‘plab o‘sgan. Keyinchalik turli xil omillar ta’sirida yo‘q bo‘lib ketgan. Yuqori adir chorvachilikda eng yaxshi yaylov vazifasini o‘taydi.
Tog‘ mintaqasi. Tog‘ mintaqasi boshqa mintaqalardan bir qancha belgilari bilan farq qiladi. Bularga yonbag‘irlarning tikligi, tuproqlarining har-xilligi, tog‘ jinslarining bo‘rtib chiqib qolganligi, yillik yog‘in miqdorining ko‘pligi kabi holatlardir. Shunday bo‘lsada tog‘ mintaqasi ham cho‘l va adir mintaqasi singari ikki qismga bo‘linadi. Quyi tog‘. Bu yerlarning o‘simliklar qoplami so‘nggi ming yillar ichida juda katta o‘zgarishlarga uchragan. Buta va daraxtzorlar, xususan, archazorlar inson tomonidan shafqatsiz kesilib ketgan. Quyitog‘ uchun xarakterli bo‘lgan o‘simliklar qoplamining tipi kserofit siyrak archazor o‘rmonlardir. Asosiy o‘t qoplamida bug‘doyiq, tak-tak, gulxayri, andiz kabi yirik o‘tlar, bodomcha, tobulg‘i, uchqat, toshchiya ba’zan esa zarang, tol, tog‘olcha, do‘lana, jiyda (Elaeagnus orientalis L.), terak, kamxastak va boshqa turlar uchraydi. Yuqori tog‘da archazorlar ancha zich bo‘lib, inqirozga kam uchragan maydonlar mavjud bo‘ladi. Bu yerda butalarning ancha ko‘plab turlari o‘sadi. Uchqat, na’matak, zirk, jumrut kabi turlar ancha keng maydonlarda tarqalgan. O‘t qoplami mezofit turlardan; suv bug‘doyiq, oqso‘xta, qo‘ng‘iroqgul kabilarlardan tashkil topgan. Keng bargli daraxtlardan zarang, tollar, olmurut ba’zan olmalar, do‘lana, chetan, tog‘olcha uchraydi. Daryo sohilida ba’zan chakanda va jiydazorlar (Elaeagnus orientalis L.) mavjud bo‘ladi.
Yaylov mintaqasi. Yaylov mintaqasi dengiz sathidan 2800(3000)m dan baland yerlar bo‘lib, asosiy yozgi o‘tloqlardan tashkil topgan pastki va yuqori bosqichga bo‘linadi. Quyi yaylovda yogingarchilik miqdori toqqa nisbatan kam bo‘lib, o‘simliklar qoplami asosan betagazorlardan iborat. Yaylovda asosan ko‘p yillik o‘t o‘simlik turlari va butalar mavjud. Bu yerlarda sherolg‘in, qashqargul, chuhri (rovoch), g‘ozpanja kabi o‘t turlari ko‘plab uchraydi. Ba’zan yotib o‘sgan holatdagi turkiston archasini uchratish mumkin. Ikki pallali o‘t turlaridan, oq gulli qarg‘atuyoq, toron va anjabor o‘sadi. Yuqori yaylov. Bu yerlar respublikamiz hududida ancha kam bo‘lib, alp o‘tloqzorlardan iborat. Alp o‘tloqzorlari ko‘p yillik va past bo‘yli o‘t turlaridan iborat. Yuqori yaylovda o‘sadigan o‘tlarning gullari odatda yirik va rangli bo‘ladi. Dukkakdoshlar, govzabondoshlar, ssmiz bargdoshlarga mansub turlar juda ko‘p. Shuningdek, gulizardak, erbahosi ko‘p tarqalgan.



Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish