1-mavzu. Kirish. Geobotanika fanining rivojlanish tarixi. O‘simliklarning hayotiy shakllari. Reja



Download 234 Kb.
bet6/11
Sana01.11.2022
Hajmi234 Kb.
#858898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Geobotanika fanining rivojlanish tarixi. O‘siml

Biotik omillar. Barcha tirik organizmlar singari o‘simliklar ham o‘zi yashayotgan muhitdagi mikroorganizmlar, hayvonot olami va boshqa tur o‘simliklar bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib hayot kechiradi. Tabiatdagi nafaqat alohida bir tur, balki o‘simliklar qoplamini tashkil etadigan o‘simliklar guruhi tuproqdagi mikroorganizmlar bilan, hayvonot dunyosi bilan, o‘zaro bir birlari bilan umuman muhit bilan chambarchas aloqada bo‘ladi. Biotik omillarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:
a) o‘simliklarning o‘simliklarga o‘zaro ta’siri;
b) hayvonot dunyosining o‘simliklarga ta’siri;
d) mikroorganizmlarning o‘simliklarga ta’siri;
e) yuqoridagi har uchala guruh organizmlarning o‘zaro bir biriga ta’siri.
O‘simliklarning o‘simliklarga o‘zaro ta’siri fitogenta’sir deb ham ataladi.Fitotsenozdagi o‘simliklarning har bir turi yashash uchun kurashadi. Yashab qolish uchun, naslini saqlab qolish uchun ko‘plab urug‘ va mevalar, spora hosil qiladi. Ba’zi turlar har qanday sharoitda vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Jamoadagi yuksak o‘simliklarga mikroorganizmlar ham, tuban o‘simliklar ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham har bir tur o‘z naslini saqlab qolish uchun urug‘ va sporalarni turli xil, shamol, suv, hayvonlar orqali tarqatishga moslashgan bo‘ladi. O‘simliklar qoplamidagi turlar birga yashash jarayonida bir birlarini turli omillardan foydalanish darajasini cheklab qo‘yishi mumkin. Misol uchun baland bo‘yli, bargi ko‘p bo‘lgan turlar boshqa turlarni quyosh nuridan, issiqlik manbaidan, ildizi ko‘p tarmoqlangan turlar tuproq tarkibidagi mineral moddalarni ko‘plab o‘zlashtirib, boshqa turlarni oziq moddalardan bebahra qoldiradi.
O‘simliklar qoplamidagi turlar bir-birlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Parazitizm, simbiozlik holat, o‘simliklarning birbiriga mexanik ta’siri, jamoadagi turlarning bir-birini siqib chiqarishi, liana va epifitlik hodisalari bevosita ta’sirga misol bo‘la oladi.
Jamoadagi o‘simliklarning o‘simliklarga tuproq, iqlim, hayvon va mikroorganizmlar orqali bo‘ladigan ta’siri bilvosita ta’sir deb ataladi.
Hayvonlarning o‘simliklarga ta’sirini zoogen omillar deb yuritiladi. Fitotsenozga hayvonlar turli xil ta’sir etadi. Jamoadagi ba’zi turlarning changlanishida hashoratlar, urug‘larning tarqalishida qushlar, hayvonlar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi bir kemiruvchilar o‘simlik turlarining jamoada kamayib, ba’zan yo‘q bo‘lib ketishiga ham olib keladi. Ular ko‘plab ildiz tutanakli lola, boychechak, chuchmoma, gulsapsar kabi turlarning piyoz ildizini qish faslida ko‘plab yeb nobud qiladi.
O‘simliklar qoplamiga hayvonot dunyosi tuproq tarkibini turli xil yo‘llar bilan ishlash orqali ijobiy ba’zan salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning unumdorlishni oshirishda chuvalchanglarning xizmatini hammamiz yaxshi bilamiz. O‘rta Osiyo cho‘llaridagi qumsichqonlarning tuproq tarkibiga ko‘rsatgan ta’siri o‘simliklar qoplamiga katta zarar yetkazadi. Tuproqni kovlash, uyalar hosil qilish, nami kam bo‘lgan tuproq namligini yanada kamaytiradi. Cho‘l o‘simliklarining qurib qolishiga olib keladi. Bunday holni saksovulzorlarda saksovul ildizi bilan qisman bo‘lsada oziqlanuvchi kemiruvchilarning ko‘rsatgan zararidan ham bilish mumkin. Ildizi zararlangan saksovullar ko‘plab nobud bo‘ladi.
Umuman, o‘simliklar qoplamining hayvonlar ta’sirida payhonlanishi ham ijobiy, ham salbiy ko‘rinishda bo‘ladi. Ijobiy ta’siri shundaki, po‘sti qalin mevalarni yanchib urug‘larni tashqariga chiqaradi, urugni tuproqqa kiritadi, chirindilarni aralashtiradi. Salbiy ta’siriga misol shuki kurtaklari yerning ustki qismida joylashgan o‘simliklarni payhonlash, kurtagini yanchish, yosh novda va poyalarni sindirish, hali pishib yetilmagan urug‘ va mevalarni tushirib tashlash eng katta salbiy ta’sir turlaridan bo‘ladi.

Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish