Yaylovlar degradatsiyasi. Chorva mollarining ortiqcha о‘tlatilishi, o‘tloqlarda qayta tiklanish jarayonlarini olib bormaslik (fitomelioratsiya) natijasida yaylovlarning degradatsiyasi kuzatiladiО‘zbekistonda qishloq xо‘jaligida 22 million gektar yaylovdan foydalaniladi, shundan: 17,4 million gektar – chо‘l; 4 millon gektar – adir; 1,0 million gektar – tog‘; 0,6 million gektar – baland tog‘ (yaylov) hududlariga tо‘g‘ri keladi.
Chо‘llanish natijasida:
yaylovlarda hosildorlik pasayadi;
chorva mollari yemaydigan begona о‘tlar kо‘payadi;
yaylov tiplarida barqaror va rang-barang turlar yо‘qolishi yuz beradi;
tur tarkibi kamayadi;
chorva mollarini boqish uchun yaroqsiz bо‘lgan ochiq yalangliklar paydo bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |