Tuproq eroziyasi. Deflyatsiya. Shamol ta’sirida mayda tuproq bо‘lakchalari uchib ketadi va tuproqda qum miqdori oshadi. Deflyatsiya ta’sirida tuproqda gumus miqdori kamayadi va agroximik, suvning fizik xossalari yomonlashadi. Deflyatsiyaga uchragan yerlar Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida uchraydi. Ayniqsa, sezilarli darajada deflyatsiya Orol dengizi qurishi hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida uchraydi. Orol dengizining qurigan tubidan chang, qum, tuz kabilar О‘zbekistonning yuzlab kilometr masofalariga tarqalmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |