Tuproq shо‘rlanishi. Tuproq shо‘rlanishi – sug‘orma dehqonchilikda rivojlanishni chegaralaydigan sabablardan biri hisoblanadi. Masalan: Iroqda sug‘oriladigan maydonlarning 50 % ga yaqini, Amerikada esa 27 % dan ortiqroq maydon shо‘rlangan. Tuproq shо‘rlanishi agrobiotsenoz (sun’iy) va biotsenozlar (tabiiy) hosildorligini tо‘satdan cheklab qо‘yadi, organizmlarning tur tarkibi va ekotizimlarning xilma-xilligini kamaytiradi va hududlarni chо‘lanishiga olib keladi.
Shо‘rlanish Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalaridagi yerlarni zararlagan. Asoslanmagan holda yerlarni о‘zlashtirish, suv taqchilligi va Orol dengizi suvining kamayishi hisobiga 1991 yildan e’tiboran, О‘zbekistonda kо‘plab yerlarni о‘zlashtirish tо‘xtatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |