1-Mavzu: Jismoniy tarbiya va spоrt sоhasida kadrlarlar menejmenti – fan
sifatida.
Re’ja:
Jismoniy tarbiya va spоrt sоhasida kadrlarlar menejmenti fanining moxiyati va predmeti.
Jismoniy tarbiya va spоrt sоhasida kadrlarlar menejmenti fanining mazmuni va asosiy vazifalari.
Jismoniy tarbiya va spоrt sоhasida kadrlarlar menejmenti fanining boshka fanlar bilan bog’likligi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining tarkib topishi jismoniy tarbiya va sport sohasida ham kadrlarni boshqarish tizimida bir qator vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi. Sport korxonalari va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z mavqelarini saqlab qolishi, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida kadrlarni boshkarish soxasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar ilmiy va amaliy usullarni to’g’ri tanlashni talab etadi. Re’jali boshqaruv amaliyotida «personalni boshqarish» tushunchasi yo’q edi. Lekin xar bir korxona va tashkilotning boshqaruv tizimi kadrlar va jamoani ijtimoiy rivojlantirishni boshqarishning funksional kichik tizimiga ega edi. Korxona va tashkilotdagi kadrlarni boshqarish bo’yicha asosiy tarkibiy bo’linma kadrlar bo’limi bo’lib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va bushatish, shuningdek, o’qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash soxasidagi vazifalar yuklanar edi. Ayni paytda kadrlar bo’limi tarkibiy jixatdan mexnatni tashkil etish va ish xaqqi bo’limlari, mexnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo’limlari, kadrlarni boshqarish vazifalarini bajaradigan xususiy bo’limlar va boshqa bo’linmalar bilan tarqoq xolda ish olib borardi. Shu sababli xam kadrlar bo’limi xodimlarni boshqarish va ularga normal ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash soxasidagi bir kator vazifalarni bajarmasdilar. Mamlakatimizda bozor iktisodiyoti chukur ildiz otib borayotgan xozirgi davrda personalni boshkarish soxasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofik kator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muximlari: ijtimoiy psixologik diagnostika; guruxlarda uzaro shaxsiy munosabatlarni, raxbarlik munosabatlarini taxlil kilish va tartibga solish; ishlab chikarish va ijtimoiy ixtiloflarni xamda stresslarni boshkarish; kadrlarni boshkarish tizimini axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshkarish; bush lavozimlarga nomzodlarni baxolash va tanlash; kadrlar potensialini va xodimlarga bulgan extiyojlarni taxlil kilish; kadrlar marketingi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat kilish; xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mexnat jarayonidagi motivlar va sabablarni boshkarish; Ma’muriy-buyrukbozlik tizimi sharoitida ikkinchi darajali deb karalgan bu vazifalar bozor munosabatlariga utish sharoitida birinchi uringa chikarildi va ularni xal kilishdan xar bir korxona manfaatdordir. «Personalni boshkarish» fanining predmeti korxonalarning samarali faoliyat kursatishini ta’minlash va ishlovchilarning extiyojlarini kondirish maksadida personalga maksadga muvofik ta’sir kursatish bilan boglik bulgan bilimlar tizimidir. Ushbu kursni urgatishdan maksad talabalarda personalni boshkarish ilmini amaliyotga kullay biladigan darajadagi kunikmalar xosil kilishdan iborat. U talabalarda ishlab chikarishdan kuzlangan maksadga erishishni ta’minlovchi personalni boshkarish buyicha nazariy va amaliy professional bilimlarni shakllantirishga yunaltirilgan. «Personalni boshkarish» fanining mazmuni korxona xodimlarini boshkarish usullari va tamoyillarini; bu boradagi nazariy va amaliy masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chikish va tatbik etish jarayonlaridan iborat. 2. «Personalni boshkarish» fanining mazmuni va asosiy vazifalari «Personalni boshkarish» kursi ushbu fan yuzasidan tuzilgan namunaviy dasturda nazarda tutilgan muammolarga mazmun-moxiyatini ochib berishga asosiy e’tiborni karatgan. Bu muammolar kuyidagilardir: fanning predmeti, mazmuni va asosiy vazifalari; korxona va tashkilotlarni shakllantirishda inson omili; inson resurslarini boshkarish funksiyasining rivojlanishi; korxona va tashkilotlarda personalni boshkarish strategiyasi; xizmat martabasini boshkarish; xodimlarning xizmat-kasb jixatidan kutarilishini boshkarish; korxona va tashkilotning ijtimoiy rivojlanishi – personal boshkaruvining asosi; personal xulk-atvorini boshkarish; kadrlar tizimidagi yangiliklarni boshkarish; personal boshkaruvida mexnat munosabatlari etikasi; personalni boshkarishda ixtiloflar va stresslarni echish; korxona va tashkilotlarda personal xavfsizligini boshkarish; boshkaruv personali mexnatini tashkil etish. YUkorida ta’kidlab utilgan muammolarni xal kilish yuzasidan fan oldiga kuyidagi asosiy vazifalar kuyilgan: inson resurslarini boshkarish asoslarini urganish; korxona va tashkilotlarda personalni boshkarish strategiyasi va taktikasining moxiyati, mazmuni va xususiyatlarini urganish; ishlovchilarni professional tanlash, malakasini oshirish, ukitish va lavozimlarga tayinlash masalalarini urganish; ishga kabul kilish va undan bushatish xamda personalni boshkarishning xukukiy-normativ asoslari buyicha nazariy bilim va amaliy kunikmalarga ega bulish; personalni boshkarish buyicha ish yuritish jarayonini va uning asoslarini puxta egallash, zaruriy xujjatlarni tugri va tez rasmiylashtirish; personalni boshkarish samaradorligini aniklash va uni yanada oshirish yullarini belgilash; korxona va tashkilotlarda kadrlar ish faoliyatining mazmuni va moxiyatini urganish; mexnat saloxiyatining shakllanishi va rivojlanishi, kadrlar tarkibi va tuzilishi xamda ulardan foydalanishni ta’minlash yunalishlarini urganish; personalni boshkarish xizmatining shakllanishi va bu xizmatni tashkil etish jarayonlarini urganish; personalni boshkarish soxasidagi xorijiy tajribalarni urganish, taxlil etish, ulardan mamlakatimiz xususiyatlarini xisobga olgan xolda foydalanish va xokazo. 3. «Personalni boshkarish» fanining boshka fanlar bilan boglikligi «Personalni boshkarish» fani uz oldiga kuyilgan vazifalarni xal kilar ekan, bir kator ijtimoiy, iktisodiy, xukukiy fanlar tajribasi va nazariyasiga tayanadi. SHu jixatdan u «Falsafa», «Iktisodiy nazariya», «Mexnat iktisodiyoti», «Mexnat sotsiologiyasi», «Mexnat xukuki» kabi fanlar bilan uzviy boglikdir. «Personalni boshkarish» fani jumladan, «Falsafa» fani tamoyillarini, ya’ni insoniyatning tarixiy shakllanishi, mexnat jarayonining moxiyati va mazmuni insonning asosiy faoliyati sifatida namoyon bulishi, uning ijtimoiy va fan-texnika tarakkiyoti asosiy sharti tarzida xar tomonlama rivojlanishi kabi muammolarni birgalikda urganadi. «Personalni boshkarish» fani «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bilan xam chambarchas bog’likdir. U mexnat bozori va uning tarkibiy kismlari, ishsizlik va uni kamaytirish yunalishlari, mexnat bozorini tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati kabi masalalarning iktisodiy xamda nazariy jixatlarini birgalikda xal etadi. Mexnatning moxiyati va mazmuni, taksimoti va kooperatsiyasi, xodimlarning mexnatini ilmiy asosda tashkil etish, mexnatga xak tulash, uni ragbatlantirish kabi muammolarni birgalikda xal etish jixatidan ushbu fan «Mexnat iktisodiyoti» fani bilan uzviy boglikdir. Bu xodimlarning serunum ishlashini ta’minlash, malakasidan unumli foydalanish, salomatligini saklash va mustaxkamlash, komillikka erishish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishda, ayniksa, muximdir. Personalni boshkarishda inson omilining tashki muxitga ta’siri, ya’ni ishlab chikarish jarayonida ishlovchilarning uz atrofidagi xodimlarga munosabati, ishlab chikarish muxitining, sanitariyagigieniya omillarining inson organizmi, salomatligi va ishga bulgan munosabati xamda ishlash kobiliyati, albatta, xisobga olinishi lozim. Bular ishlovchilarning uzi ishlayotgan korxonaga, uz ishiga bulgan munosabatida shakllanadi. SHunday ekan, «Personalni boshkarish» fani uzi chambarchas boglik bulgan «Mexnat fiziologiyasi», «Mexnat gigienasi», «Mexnat muxofazasi» kabi fanlarning mexnatga munosabat borasidagi nazariy tomonlari va tavsiyanomalariga amal kilishi lozim. Mexnat faoliyatining ijtimoiy yunalishlarini va mexnat jamoasining ijtimoiy masalalarini – mexnatning mazmuni va xarakteri, mexnatga kunikish, mexnatni tashkil etish, ishlovchilarning faolligi, mexnatdan konikish xosil kilish omillari, ragbatlantirishning turli shakllari va ularga munosabat kabi masalalarni urganishda «Personalni boshkarish» fani «Sotsiologiya», shu jumladan, «Mexnat sotsiologiyasi» fani bilan uzviy alokador. SHuningdek, mexnat konunlari, xukuklari va normalarini urganishda xukukiy fanlar, jumladan «Mexnat xukuki» fani tavsiyanomalariga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |