1-Mavzu: Jismoniy tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi



Download 243,71 Kb.
bet153/158
Sana16.01.2022
Hajmi243,71 Kb.
#379380
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158
Bog'liq
001.diagnostika va korreksiya majmua

birinchidan, - o'quvchida shaxsning ijobiy hislatlarini taraqqiy ettirib, o'z xulqatvoridagi yomon tomonlaridan xalos bo'lishga intilish istagini uyg'otish.

ikkinchidan, - o'smir shaxsiga tanqidiy munosobatda bo'lishda, o'z xulq-atvori dagi

xususiyatlami diqqat bilan va odilona tushunib olishda, o'z kamchiliklarini yaqqol ko'rishda, o'z nuqsonlarini fahmlab olishda yordamlaShish.



uchinchidan - o'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalash dasturini tuzishda, Shaxs xulq-atvori hislatlarining qaysi xususiyatlarini (masalan, o'zini qo'lda tuta olish, qat’iylik, empatiya, sovuqqonlik ( yaxshi ma’noda) va Shuning singarilami) taraqqiy ettirish, qaysilarga (masalan, o'jarlik, yalqovlik, qo'pollikka) barham berish kerakligini belgilab, hamda hal qilib olishda o'quvchi-yoshlarga yordam beradilar.

Xuddi Shu yerda Shaxs sifatlarini to'g'ri va ob’ektiv baholashda, hulq-atvordagi nuqsonlaming kelib chiqish sabablarini mohiyatan baholashda ham o'quvchilarga ko'maklaShish muhimdir. Nihoyat, to'rtinchidan - o'qituvchi, tarbiyachi o'z-o'zini tarbiyalashning oqilona yo'llarini ko'rsatib beradilar, Shaxsning ijobiy hislatlarini tarkib toptirish va kamchilikliriga barham berishga oid eng maqsadga muvofiq va samarali yo'llami ko'rsatadilar.

O'kituvchilik- inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, Shu

bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab

kelingan kasbdir. "O'qituvchi-deydi A1 Forobiy, - aql- farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur". U o'z fikrini davom ettirib: "O'qituvchi va rahbaming vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xShaydi, Shu sababli o'qituvchi eShitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, yoshlarga aytmoqchi fikrlarini to'la va aniq ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or -nomusini qadrlashi, adolatli bo'lmog'i lozim. Ana Shundagina u insonlikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi1", deb ta’kidlaydi. Abu Ali Ibn Sinoning fikricha "O'qituvchi matonatli sof vijdonli, rostgo'y, bolani tarbiyalash yo'llarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. Muallim o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kirolmog'i lozim" Nasriddin Tusiy o'zining "O'qituvchilami tarbiyalash to'g'risida" degan asarida O'xshash deydi: "O'qituvchi munozaralami olib borishi, rad etib bo'lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to g riligiga ishonishi nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi lozim. O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharhandali, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas.

Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin", Yusuf Hojib Qoshg'ariy: "Men a’zolar kasalligini davolaShdan oldin odamlaming ruxiyatini davolaShni zarur deb topdim. Bunga men o'qituvchilik yo'li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo'lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o’n ming vayuz minglarcha odamlar halok bo'ladilan>2,- deb ta’kidlashlan bejiz.

Ulug’ mutafakkir Alisher Navoiv ham o'qituvchining yoshlarga ta’sir o'tkazish mehnatini xolisona baholab: "Agar Shogird nodonlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi", "Xalq yo'lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila3" - kabi satrlar bitgan. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida o'qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.

Zamonaviy maktab o'qituvchisi kator vazifalami bajaradi. O'qituvchi – sinfdagi o'quv jarayonining tashkilotchisidir. O'qituvchi o'quvchilar uchun dars payti, qo'shimcha darslarda va Shu bilan birga darsdan tashqan hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaiidan biridir. Ko'pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo'lib hisoblanadilar.

Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy pedagog-psixolog bo'lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlami yo'lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan quyiladigan talablardan eng muhimi o'qituvchining Shaxsi va uning kasbiga bog'liq hislatlarga qaratilgan.

O'qituvchining eng muhim Shaxsiy hislatlari quyidagilardir:

- o'qituvchining o'z Vataniga sodiqligi, bolalami sevishi, ulami insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o'z yurti, ona tili, o'z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g'oyasidayashashidan iboratdir;

- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;

- oliyjanobligi, aql-farosatli, ma’naviy pok

- ma’naviyat va ma’rifat buyicha yuksak maqsadlarga mos kelishi, hislatlami jamiyat hohishi bo'yicha bolalarga singdirib borishi;

- o'zini qo'lga olabilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatligidir. Jamiyaming o'qituvchilik kasbigaqo'yadigan asosiy talabalari quyidagichadir:

- Shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklaming mohiyatini bilishi, bolalami mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o'z Vatani tabiatiga vaoilasiga bo'lgan muhabbati:

- keng bilim saviyasiga ega bo' lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;

- yoshlar pedagogikasi, psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fizologiyasi hamda maktab gigiy enasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;

- o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustahkam bilimga ega bo'lib, o'z kasbi, sohasida jahon famda erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;

- ta’lim va tarbiya metodikasini eg;allshi;

- bolalami bilishi, ulaming ichki dunyosini tushuna olishi, empatiya histo'g'ulariga ega bo'lishi;

- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik takt (nazokat)ga ega bo' lishi;

- o'qituvchining o'z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Har bir o'qituvchi ana Shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo'lishiga intilishi kerak.

O'qituvchiga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kuzatishlar, pedagogmng individual!igi, uning Shu tariqa talablarga javob berishga

sub’ektiv tayyorligi muayyan o'qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.

O'qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o'qituvchiga qo'yiladigan maxsus talablami o'z ichiga qamrab olishi lozim. Bo'lajak o'qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar quyilishini bilishi va Shu asnoda o'quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogik oliy o'quv yurtlarida muyyan mutaxassislik bo'yicha o'qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir. Professiogramma psixologik nuqtai nazardan ishlab chiqarish faoliyati xarakteristikasining (anik birorta kasb bo'yicha) kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo'lgan mazmundagi barcha tomonlarini o'z ichiga olishi kerakligi ustida boradi.

Professiogrammada muhim hislatlaming borgan sari bir muncha ortib borishini hisobgaolgan holda o'qituvchining qo'yidagi hislatlari ko'rsatib borilishi lozim:

1) O'qituvchining shaxsiy xislatlari:

2) Kasbigaxos bilimi:

3) O'z kasbiga xos xislatlari:

4) Shaxsiy-pedagogik uddaburonligi:

5) Tashkilotchilik malakalari:

6) Kommunikativ malakalari:

7) Gnostik malakalari:

8) Ijodiy hislatlari:

Professiogrammani kasbga hos ravishda tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati Shaxsning qanday qobiliyat va Shaxsiy hislatlarini o'stirishda yordam berganligi inobatga olinadi. Ma’lumki, qobiliyat- bu kishining biror faoliyatiga yaroqliligi va Shu faktomi muvaffaqiyatii amalga oshirishidir.

«Pedagogik qobiliyat- bu qobiliyat turlaridan biri bo'lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va Shu faoliyat bilan muvaffaqiyatii Shug'ullana olishini aniqlab beradi»

Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi hududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlaming ma’lum modelini yaratish imkonini

beradi. Bu model bola va o'smirlaming:

Umumorganizmni reabilitatsiya qilish (tibbiy)

1. Shaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik)

2. Ijtimoiy sub’ekt sifatida (ijtimoiy)

3. Faoliyat sub’ektiv darajasiga ko'tarishga qaratilgan reablitatsion xizmati bo'lishi kerak.

Bu qo'yidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

Xududiy reabilitatsion xizmat xodimlarining faoliyati qo’yidagi mexanizm asosida yuritilganda samarali kechadi:

• Reabilitatsion xizmat ko'rsatishda muassasalararo umumhamkorlik

• Reabilitatsion xizmat ko'rsatishni ilmiy metodik ta’minlash

• Reabilitatsion xizmatda kadrlar masalasi

• Reabilitatsiya qilish ob’ektlarini tanlsh va diagnostika qilish

• Reabilitatsiya sub’ektlarming kelishuvi asosida faoliyat ko'rsatish.

O'xshash qilib, nazariy va eksperimental tadqiqotlar Shimi ko'rsatadiki, maktabdagi ta'lim tizimida o'quvchilaming umumiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislashga и qadar e 'tibor berilmaydi. Jamiyatimizdagi yoshlami tarbiyalashda optimal uslub va vositalardan foydalanishimiz lozim, buning uchun esa awalambor ulaming tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilishimiz kerak. Tarbiyaviy tadbirlami rejalshtirganimizda siyqallaShib qolgan tadbirlardan voz kechishimiz Shart.

Pedagogik omillaming sotsiumga hamda har bir Shaxsga ta sir ko’rsatishini pedagogik diagnostika va korreksiyalashda inobatga olish zarur. O'quvchi-yoshlaming yosh davrlarini hisobga olgan holda o'tkazilgan pedagogik diagnostika va korreksiya ishlari ulaming egallagan bilim sifatiga va kasbiy yo naltirilishiga ijobiy ta sir etadi. Maktab tizimidagi ta 'lim-tarbiyaning nazariy va amaliy tomonlarini tahlil etish Shundan dalolat beradiki, pedagogik diagnostika va korreksiyalashga qaratilgan prinsipial yangi adabiyotlar, XXI asr adabiyotlar majmualarini ishlab chiqish va tajribadan о tkazish maqsadga muvofiqdir.

Ta 'lim beruvchi o 'qituvchilar tomonidan ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlar blokiga kiruvchi darslarda didaktik vazifalar bilan bir qatorda tarbiyaviy masalalaming tugunini topishga harakat qilinganda tadqiq qilinayotgan muammo doirasida qo'yilgan vazifalar o'z yechimini topadi. Maktab yoshidagi о quvchilaming tarbiyalanganlik darajasi tashxislangandan so ng, ularga axloqiy, huquqiy, mehnat, jismoniy va hokazo tarbiya turlari bo 'yicha korreksiyalash ishlari olib borilsa maqsadga muvofiq bo ladi. Bu o'quvchilar tarbiyalanganligining tizimliligini, yaxlitligini va puxtaligini ta minlaydi.

Pedagogik korreksiyalash ishlarini amalga oshirganda muassasalararo umumhamkorlikka erishish lozim. Bunda pedagogik diagnostika va reabilitatsion ishlami amalga oshiruvchi mutasaddi kadrlami voyaga yetkazishni nazarda tutish lozim.


Download 243,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish