Deviant xatti-harakat-bu psixik sog'lom Shaxslar tomonidan me’yoriy qoidalami buzish holatlaridir. Deviatsiva-bu ijtimoiy pedagogik muammo bo'lib, inson ruhiy olamidagi, uning atrofidagi muhiming o'zgarish hollari bilan bog'liq. Bu hoi, ayniqsa, o'smir yoshidagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo'lib, bu yoshdagi bolalaming anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqa jihatlarida o'zgarishlar ro'y beradi. Bu o'zgarishlar o'z navbatida ulaming psixikasida o'zgarishlar ro'y berishiga zamin yaratadi. Ulaming ijtimoiy statusida, jamoada o'zini tutishida o'zgarishlar ro'y berib, ulami ko'proq «Men kimman?»-degan savol qiynaydi.
Jamiyatda o'matilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaydigan O'xshash tarbiyasi og'ir o'smirlami ilmda deviatsiva deb atashadi. Deviatsiya o'z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlami birlaShtiradi. Deviant hatti-harakat- bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jihatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’yorldan, hatti-harakatlar va qoidalardan og'ish, chekishning bir turidir. Ya’ni bu turdagi harakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin. Agressiya, chaqiriq ishda va mehnat faoliyatida o'z boshimchalikkayo'l qo'yish, bolalar va o'smirlaming ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftachilik qilishlari, assotsial harakatlarga berilish kabilar deviant harakatlarning asosiy ko'rinishlaridir. Ma’lum vazivatlarda bolalar va o'smirlaming Shu kabi hatti-harakatlami namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususitidir.
Delinkvent hatti-harakat-deviant harakatlardan farqli ularoq, ular vaziyat ta’sinida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial harakatlaming doimiy xarakterga ega bo lishidir. Delinkvent harakatlaming quyidagi turlari mavjud:
• Haqoratlash, xo'rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv bosqinchilik harakatlar,
• Kichik o'g'riliklar, ta’magarlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va anjomlami o'g'irlash kabi moddiy foyda ko'rishga qaratilgan o 'z shaxsiy manfaati yo' lidagi xarakatlar;
• Narkotiklar sotish va tarqatish.
Kriminal hatti-harakat-bu jinoiy javobgarlikka tortilishga yoshi yetgan Shaxslaming huquqlarga zid harakatlari bo'lib, ular ustidan jinoiy ish qo'zg'atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent harakatlar asos yaratadi.
Yoshlaming asotsial xulqi va g'ayriqonuniy harakatlari salmog'i kamayishiga muammoning holati davlat organlari, hokimiyatlar, jamoat tashkilotlari, uzluksiz ta’lim tizimi tuzilmalarining diqqat markazida turishi kerak. Shu sababli mazkur masala pedagogikaning eng murakkab va ko'pqirrali muammolaridan hisoblanadi. Shu sababli bugungi kunda yoshlaming xulqidagi nuqsonlami korreksiyalashda ikki xil texnologik yondoshuvdan foydalanish zarur:
-profilaktik;
-reabilitatsion.
Profilaktika- balog'atga yetmaganlaming xulqidagi ijtimoiy og'ish holatlarini keltirib chiqamvchi sabablami oldini olishga, ulami bartaraf etishga, asosiy sabab va Shartlami neytrallaShga qaratilgan davlat, jamoa, mahalla, oilaviy,ijtimoiy-tibbiy, tashkiliy-tarbiyaviy tadbirlaming majmuasi.
Profilaktik tadbirlar deganda ijtimoiy pedagogikada ilmiy asoslangan va o'z vaqtida amalga oshiriladigan hatti-harakatlar tushuniladi. Ular quyidagilarga qaratiladi:
-ijtimoiy risk guruhiga kimvchi bolalaming jismoniy, ruhiy, sotsiomadaniy vaziyatlaming oldini olishga qaratiladi;
-bolaning normal hayotini himoyalaSh va salomatligini mustahkamlash;
-bolaning ijtimoiy maqsadlarga erishuvi yo'lidagi sa’y-harakatlariga yordam
berish, uning ichki salohiy qudratini yuksaltirish;
«Profilaktika» atamasining o'zi salbiy holatning oldini olishga qaratilishi bilan uyg unlaShadi. Ijtimoiy og'ish turli sabablarga ko ra vujudga kelishini inobatga oladigan bo'lsak, profilaktik tadbir o'tkazish bir necha ko'rinishda bo'lishi mumkin:
1 NeytrallaShtiruvchi;
2. MuvofiqlaShtiruvchi;
3. Ijtimoiy og'ish oldini oluvchi, salbiy holatlaming vujudga kelishiga to'sqinlik qiluvchi tadbirlar;
4. Salbiy vaziyatlami bartaraf qiluvchi tadbirlar;
5. O'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlami va ulaming natijalarini nazoratga oluvchi tadbirlar;
Profilaktik tadbirlaming samaradorligi quyidagilarga e’tibor berilganda yuqori bo'lishi ko'zda tutiladi:
-Boladagi, ijtimoiy muhitdagi diskomfort hissiyotlarini bartaraf qilishga qaratilgan tadbirlar va ulaming balog'atga yetmaganlar tomonidan vujudga kelgan muammo yechimini topishga bo'lgan qiziqishini, motivatsiyam tajribani Shakllantirish;
-Bolaning sog'ligini, ma’naviy qiyofasini mustahkamlaydigan maqsadlarga qaratilgan yangi ko'nikmalarga o'rgata borish;
-Hali paydo bo' lmagan muammolaming yechimini topishga o' rgatish, ulaming pay do bo'lishigayo'l quymaslik malakalarini Shakllantirish;
Profilaktik texnologiyalarga asoslanib tuzilgan tarbiyaviy ishlar rejalarida awalambor, o'spirinlar bilan ishlashda axborot yo nalishiga alohida e’tiborni qaratish kerak. Bu yo'nalish mohiyatiga ko ra balog'atga yetmaganlar ijtimoiy xulq normalaridan og'ishiga sabab: ulaming muhim axborotdan chetlaShtirilganligi sabab bo'ladi. Demak, bu yo'nalish bo'yicha ish olib bonlganda, balog'atga yetmaganlarga ulaming haq-huquqlari, mas’uliyatlari, jamiyat va davlat oldidagi ijtimoiy burchlari va vazifalari to’g'risida axborot bensh lozim bo'ladi. Buni ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televizor), kino, teatr, badiiy adabiyot, Internet hamda ijtimoiy ta’lim tizimi orqali amalga oshirib, o'smir va o'spirinlaming huquqiy ongini Shakllantirish, ularda ma’naviy-axloqiy fazilatlami kamol toptirish mumkin bo'ladi. Ijtimoiy-profilaktik yo'nalishga asoslangan tadbirlar maqsadi salbiy holatlaming oldini olishga, ulaming vujudga kelishini bartaraf qilishga qaratiladi. Mazkur yo'nalishning mohiyati davlat, jamiyat , muayyan ijtimoiy pedagogik
muassasa tomonidan o'tkaziladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy, tarbiyaviy ahamiyatga molik bo'lgan tadbirlar tizimi bo'lib, ular deviant xulqning pay do bo'lishiga to'sqinlik qilishga, uni minimizatsiyalaShga( past darajadagi ко rinishga kelishiga),bartaraf qilishga qaratiladi. Maqsadli axborotning yo'qligi sababli, masalan, giyohvand moddalami nafaqat tarqatish, balki ulami iste’mol qilish ham jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkinligi to'g'risidagi ma’lumotga ega bo’lmagan yoshlar ko'p hollarda O'xshash jinoyatga qo'l o'rishlari aniqlandi. Deviant xulqlilar bilan profilaktik ishlami o'tkazishda asosiy yo'nalishlardan yana Ta’liт-tibbiy-biologik yo'nalish hisoblanadi, Bu yo'nalishning mohiyati maqsadli tibbiy-profilaktik xarakterga ega bo'lgan chora-tadbirlar orqali ruhiy anomaliyali, biologik sathda patologiyalarga duch bo' lganlaming ijtimoiy normalardan og'ishining oldini olishga qaratilgan. Ma’lumki, ruhiy sog'lom o'smirlar, o'spirinlar o'zining irodaviy kuchi va ma’naviy va axloqiy qadriyatlari tufayli turli jinoiy hatti-harakatlardan o'zini tiya oladi. Ammo ruhiy patologiyalarga duch bo'lganlar mayjud bo'lgan ma’naviyaxloqiy, huquqiy normalarga zid ish qila olishi qiyin bo'lmaydi. Sub’ektning bu holati «o’z faoliyatiga javob bera olmaslik»(nevmenyayemost) deb qaraladi. Shu sababli, o'smir va o'spirinlaming ruhiyatidagi patologiyalarini vaqtida aniqlay olish o'ta zarur deb hisoblanadi. O'smirhimi o'z vaqtida psixoterapevt ko'rigidan o'tishi lozim bo'lib, ungategishli tibbiy yordam ko'rsatilishi Shart. Keyingi yo'nalish- ijtimoiy-pedagogik yo'nalish bo'lib, uning mohiyati: ichki irodaviy xislatlariga tayangan holda Shaxs sifatlarini qayta tiklaSh yoki korreksiyalashni nazarda tutadi. Akademik I. P. Pavlov fikricha, «. . . ongli, fikrmulohazali inson- o'z hohish-istaklanni jilovlay oladigan, o'z hatti-harakatlarini
nia’naviy-ma’rifiy maqsadga yo'naltirgan, qonunga xilof ish qilmaydigan fuqarohisoblanadi»( ). Shu fikrdan kelib chiqqan holda, o'sib kelayotgan o'smir va o'spirinlarda quyidagi irodaviy hislatlami Shakllantirish lozim: o'z so'zining va qilayotgan ishining egasi bo'lishga o'rgatish; jamiyatga, tevarak-atrofdagi insonlarga ziyon keltiruvchi hattiharakatlardan o'zini tiya olishga o'rgatish. Buning uchun salbiy tasnifga ega bo'lgan motivlardan saqlanish, ulami jilovlaSh; hozirgi paytdagi faoliyatda asosiy va muhim narsalar(o'qish, sport bilan shug'ullanish, ishlash va h.k.lar)ga diqqatni qarata olish ko'nikmasini shakllantirish; qonunga xilof bo'lmagan tizimli va rejali maqsadni o'z oldiga qo'ya olishni o'rgatish. Bunda ikkinchi darajali vayo'l-yo'lakay paydo bo'luvchi istaklami asosiy maqsadga bo'ysundira olish ko'nikmalarini shakllantirish;
Iroda hamisha maqsadli va ongli regulyatsiya qila oladigan faoliyatda namoyon bo'ladi. Irodasiz, kuchsiz xarakterga ega bo'lgan yoshlar ko'p hollarda o'zgalar hohish-istagini bajaruvchilariga aylanib qolishadi. Shu sababli ular turli nojo'ya qiliqlar qilishga moyil bo'ladilar. Ularda irodalilik, sabr, matonat kabi xislatlami Shakllantirish kelajakda jamiyatda faol, axloqiy, ma’naviy qiyofali Shaxs Shakllanishiga sabab bo'ladi.
Deviant xulqli yoshlarda iroda zaifligi, asotsial xatti-harakat qilishlariga sabab bo'ladi. Bunday salbiy xususiyatlar kelgusida ulaming axloqi va xulqida o'z aksini topadi.
Yoshlarda ijobiy xislatlami shakllantirish, ulaming sog'lom irodali bo'lishlari
uchun tarbiyaviy tadbirlami yosh xususiyatlariga mos ravishda bir qator bosqichlarda o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Axloqiy tushunchalami o'zlashtirish jarayoni maxsus rahbarlik qilishni talab etadi. O'quvchi laming tasodifiy hollar, kuchadagilaming bema’ni ta’siri, kattalaming yaramas hatti-harakatlari ta’sirida tarkib topadigan axloqiy tushunchalari va jamoa tomonidan to'g'ri g'oyaviy rahbarlik qilinmasa, xato, noto'g'ri, buzuq tushunchalarga aylanib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |