13- mavzu. KORREKTSION FAOLIYATNING ASOSIY TAMOYILLARI
Reja:
Korrektsion faoliyatning umumpedagogik tamoyillari
O'z-o'zini boshqara olishni shakllantirish
Xulqdagi ikkiyuzlamachilik, o'z so'zida tura olmaslik, yolg'onchilik kabi nuqsonlarni korreksiyalash metodikasi
Korrektsion faoliyatning umumpedagogik tamoyillari.
Ta’lim muassasalarida pedagogik korreksiya o’tkazish yo'llari xilma-xildir. Bunda o'smir va o'spirinlar bilan ishlash mazmuni ota-onalar va pedagoglar jamoasining hamkorlikka asoslangan, maqsadga yo'naltirilgan ish rejalari bilan belgilanishi zarur. Bu pog'onada pedagogik korreksiya yoshlaming xulqidagi nuqsonlami: sabrsizlik, betga choparlik, qat’iyatsizlik, janjalkashlik, agressivlik kabi xislatlami bartaraf etishga qaratiladi. Keyingi paytlarda o'smirlar va o'spirinlar orasida deviant xulqning turlituman ko'rinishlari progressivlaShib bormoqda. Bu jamiyat, ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassasalari va ijtimoiy pedagog-psixologlar oldiga o'ta dolzarb muammoni- dezataptatsion holatdagi o'smirlar bilan ishlash yo'llari, metodlari, Shakllarini topishga, bu sohada o'smir reabilitatsiyasi va zarur bo'Isa, axloqiy xulq normalaridan og'ish kabi holatlaming olinishiga ta’sir kuchi konsentratsiyalashuvini belgilaydi. L. M. Denyakina : ». . agar tarbiyachi, yoshlarga hech narsa va hech kim ta’sir qila olmaydi, deb da’vo qiladigan bo'Isa, bu narsa odatda tarbiyachining, o'qituvchining axloqiy pozitsiyasini belgilab beradigan ta’sirli referent guruhlardan mutlaqo xabarsiz ekanligini bildiradi»-deydi.
O'smirlik yoshida Shaxs tarbiyasi hal qiluvchi ta’sir ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dastuming, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir ко'rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab benlgan vositalari, shakllari hamda metodlarining qo'llanilishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlaridan ajralib turadi. «Sog'lom tarbiyaviy vaziyatsiz mukammal shaxs vujudga kelgan yoki aksincha, to'g'ri' tarbiyaviy ish olib borilgan paytda buzilgan shaxs tarkib topgan birortaholni bilmayman» .
O’rta maxsus va kasb-hunar muassasalaridagi, oliy o'kuv yurtlari talabalarining muayyan axloqiy qoidalar va normalami bilishi ma’naviy xulq-atvoming zarur Shartidir. Biroq, axloq normalarim Shu tariqa bilish o'z-o'zidan axloqiy xulq -atvorini tegishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlami ma’naviy xulqatvor amaliyotisiz o'zlashtirib olish ma’naviy bilimlar bilan ma’naviy xulq – atvori o'rtasidagi ajralishda ifodalanadigan (axloqiy formalizm) deb atalovchi formaJizmning yuzaga kelishiga olib boradi. Shuning uchun o'rta maxsus va kasbhunar muassasasi tarbiyalanuvchisining hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil qilishda ijodiy- axloqiy sotsial-ijtimoiy xulq-atvor tajribasi uning Shaxsini tarkib toptirishda asosiy bo'lishi kerak. O'smirda bu narsa ota-ona, do'stlar, turli referent guruhlari ta’siri ostida, tarbiyachi rahbarligida hosil bo'ladi. Yoshlarda bilimlar tizimini: tabiiy, axloqiy, g'oyaviy-siyosiy bilimlar tizimini, (bu bilimlar muayyan darajada yetakchi rol uynagan paytda) tarkib toptirish bilan yuz berishi kerak. L. S. Rubinshteyn, I. S. Коп, A. V. Petrovskiy, E. G'oziyev, G'.Shoumarov, U. Nishonaliyevlaming bergan ma’lumotlariga ko ra, birgina faoliyaming o'zida (bu faoliyatning bola uchun nima sababdan yuz berishiga qarab) Shaxsning har xil (va hatto bir-biriga qarama-qarShi bo'lgan) sifatlarini tarkib toptirish mumkin. Masalan.tarbiyalanuvchilami boshqalami ochiqdan ochiq va dadil tanqid qilishga o'rgatamiz. Ana o'xshash qilish bilan bolada prinsipiallik, jasurlik sofdillik tanqidiy fikrlash fazilatlari tarkib topadi, deb hisoblaymiz. Ammo biz aytilganlami xisobga olmasak, hamisha ham o'zimiz ко zlagan maqsadga erishavermaymiz. Chunki xulq - atvoming ana shu to'g'ri formasi negizida o'smir amal qiladigan motivlar yotadi. Bu xulq-atvor Shaxsan o'smiming o'zi uchun qanday ma’noga ega bo'lishiga qarab undan har hil sifatlar tarkib topishi mumkin. Agar o'smir o'z о rtog ini prinsipial motivlar asosida tanqid qiladigan bo'Isa bu tanqid uning o'rtog'idagi xarakterida prinsipiallik, qat'iylik, halollik singari sifatlami tarkib toptirishga yordam beradi. bordi-yu o'z aybini o'rtog'ining bo'yniga quyish istagi bilan tanqid qiladigan bo'lsa, bu xudbinlik, individualizmning tarkib topishiga yordam beradi. Agar shaxsiy araz bilan tanqid qilinadigan bo Isa, unda shu asosda qasoskorlik, makkorlik, insofsizlik hislatlari tarkib topadi Agar bunday tanqid qilishga nihoyat o'qituvchidlan qo'rqish va unga yoqish istagi yoki mag'rurlik istagi prinsipial sabab bo'Isa, unda laganbordorlik ikki yuzlamachilik singari xislatlar tarkib topishi mumkin, binobarin to'g'ri xulq-atvor tajribasi bu hatti-harakat muayyan motivlar asosida amalga oshirilgan vaqtdagina ko'zlagan maqsadga olib keladi. Shuning uchun xulq- atvorini, to'g'ri motivlanni tajribada tarbiyalash va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. O'smirlarda muayyan vaziyatlarda tarbiyaviy ta’sirlar vositasida yuzaga keladigan ijobiy motivlar ulaming tajribasida mustahkamlanishi va boshlang'ich vaziyatlarga tarqalishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning har bir sifat tarkibiga, binobarin, o'smiming tegishli hatti-harakatiga ijobiy munosabatda bo'lishiga imkon beradigan motiv ikkinchidan, hatti -xarakatlaming mustahkamlangan usuli kiradi. O'xshash qilib, Shaxsning sifati L.J.Bojovichning iborasi bilan aytganda, hatti –harakat motivlari o'ziga xos birikmalardir. Hatti -harakat barqaror, hukumron (asosiy) motivlaming sistemasini bazi pedagog, psixolog olimlar (N. Leytes, YU. KJeyberg, L.I.Bojovich, M.S.Neymark, E. G'oziyev)lar Shaxsning yo'nalishi deb ta’riflaydilar. Korrektsion faoliyami tashkil etish. Tahsil oluvchilaming faoliyat у o'nal ishini korreksiyalashda - jamoaviy, shaxsiy va ishchanlik yo'nalishlarini (ishga, faoliyat jarayoniga bo'lgan munosabat yo'nalishlarini, ijodiy faoliyatga qiziqishni) alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Yo'nalishning jamoa, Shaxsiy turlari bir xil, to'g'ri tavsifga ega bo'lmasligi kerak. Xaqiqiy yo'nalishdan tashqari "xudbinlik guruhi" deb talgan yo'nalish - boshqa jamoalaming qiziqishlarini mutlaqo mensimagan holda faqat bitta jamoaning, (gurux) qiziqishlarinigina e’tirof etadigan yo'nalish ham bor.
Shaxsiy yo'nalish Shaxsiy yutuqlarga erishishga qaratilgan yo'nalish sifatida hamma vaqt ham jamoa yunalishiga qarama - qarshi bo'lavermaydi. Pedagogik korreksiyalashda tarbiyaviy ish metodlan qo'llanilayotganda, tarbiyalanayotgan o'smiming yosh va individual xususiyatlarini, ikkinchidan, Shu o'quvchi a’zo bo'lgan jamoaning xususiyatlarini, nihoyat, tarbiyaviy ta’sir ко'rsatiladigan muayyan konkret Sharoitlami hisobga olish zarur. Shaxsning ijobiy yo'nalishini tarkib toptirish uchun yoshlaming barcha vaziyat va holatlarida to'g'ri yo'l tutishi uchun uning nima qilishni bilishi, o'zi hurmat qiladigan kishilaming nima qilayotganliklarini ko'rishi va o'zi ham to'g'ri xulq-atvorli bo'lishgamashq qilishi zarur. Yoshlarda bilimlar - axloqiy tasawurlar va tushunchalanning muayyan sistemasini kamol toptirmasdan turib xaqiqiy e’tiqodlami tarkib toptinb bo'lmaydi. O'z - o'zidan bu bilimlar axloqiy xulq - atvomi belgilamasdan turib, unga muhim ta’sir ko'rsata olmaydi. Shaxsning ijtimoiy yo'nalganligi, ma’rifiy mukammallikka intilishi kabi
Insoniy tuyg’ularni kamol toptirish zamonaviy pedagog, psixologlaming diqqatmarkazidagi vazifadir. Pedagogik diagnostikada bilimdonlikning o'mi muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik vaziyatlami oqilona baholash, ulaming umumiy shakllarini, uslublarini bilishni talab qiladi. Bu korreksiyalash ishlarini olib borayotgan о’qituvchi, tarbiyachidan metodologik, nazariy, uslubiy, texnologik bilimlar bilan qurollanishni taqozo etadi. Korreksiyalash jarayonida yoshlarda ma’naviy-ma’rifiy sifatlami Shakllantirish nazarda tutiladi. 15-16-17 yoshlilardarivojlantiriladigan ma’naviy sifatlar: vatanparvarlik, ziyolilik, ma’rifatparvarlik, adolatlilik, mas’uliyatlilik va boshqalami tashkil etsa, Shaxsiy sifatlar: oliyjanoblik, kirishuvchanlik, ochiq ko'ngillilik, hamdardlilikka moyillik kabilar qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |