Tashqi iqtisodiy bitimlarning valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlari. Xalqaro savdo shartnomalari bo‘yicha xisob-kitoblar o‘ta murakkab bo‘lib, bank xodimlarining yuqori malakaga ega bo‘lishliligini talab etadi. To‘lov olinishining tezligi va kafolati xamda banklar orqali operatsiyalar o‘tkazishning xarajatlar summasi xisob-kitoblar shakllari va shartlarining tanloviga bog‘liqdir. Shu sababli, tashqi savdo bo‘yicha xamkorlar muzokaralar borasida to‘lov shartlarining unsurlarini kelishib oladi va so‘ng ushbu shartlarni shartnomaga kiritib, rasmiylashtiradi. Shartnomalarning valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlari tuzilayotgan paytda eksportyor manfaatlarini importyor manfaatlariga teskari ekanligi odatda ko‘zga tashlanadi. Bunda, eksportyor valyutaning maksimal summasiga nixoyatda qisqa vaqt ichida ega bo‘lishni xoxlaydi, importyor esa aksincha iloji boricha kam miqdordagi valyuta xajmini to‘lash, tovarlar olinishini tezlashtirish xamda mazkur tovarlar to‘la sotilgunga qadar to‘lov muddatini iloji boricha kechiktirishdan manfaatdordir. Bitimlarning valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlarini tanlanishiga mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning xarakteri, kontragentlar kuchlarining o‘zaro nisbati, ularning ushbu soxadagi malakasiga xamda mazkur tovar bilan savdoning an’analari va udumlariga bog‘liqdir. Xukumatlararo kelishuvlar xisob-kitoblarning umumiy tamoyillarini belgilaydi, tashqi savdo shartnomalarda esa ushbu xisob-kitoblar amalga oshirilishining batafsil shartlari ko‘rsatiladi. Mazkur shartlar quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: baxo valyutasi; to‘lov valyutasi; to‘lov shartlari; to‘lov vositalari; xisob-kitob shakllari xamda ushbu xisob-kitoblarni amalga oshiradigan banklar.
Baxo valyutasi va to‘lov valyutasi. Baxo valyutasi va to‘lov valyutasi tanloviga (baxo darajasi, kredit bo‘yicha foiz stavkasi katta-kichikligidan farqli o‘laroq) ma’lum bir darajada bitimning valyuta samaradorligi bog‘liqdir. Eksport va import shartnoma baxolari turlichadir, xamda ular ushbu shartnomalarga kiritiladigan tovarlarning eksportyordan importyorga yetkazilishi bilan bog‘liq (eksportyor-mamlakat omborida saqlanishi, portgacha bo‘lgan yo‘l va portdagi saqlanish, chet eldagi yo‘l, xorijdagi ombor xamda importyorga tovarlarni yetkazish xarajatlari) qo‘shimcha xarajatlarga bog‘liqdir. Tovarlar baxolarini aniqlashning quyidagi besh asosiy tamoyili mavjud:
1. Shartnomani tuzayotgan paytda baxolarning qat’iy belgilanishi xamda ushbu shartnoma ijrosi mobaynida belgilangan baxolar o‘zgarmasligi. Ushbu uslub jaxon bozorida baxolarning pasayishi tendensiyasi mavjud bo‘lgan paytda qo‘llaniladi.
2. Shartnomaga imzo qo‘yilayotgan paytda baxoni (tovar yetkazilish kuniga bo‘lgan u yoki bu tovar bozorining kotirovkalari asosida) belgilash tamoyili qayd etiladi, baxoning o‘zi esa bitimning ijrosi mobaynida belgilanadi. Ushbu uslub bozor baxolarining ko‘tarilishi tendensiyasida odatda qo‘llaniladi.
3. Shartnoma tuzilayotgan paytda baxo qat’iy belgilanadi, ammo bozor baxosi shartnomadagi baxoga nisbatan, aytaylik, 5%dan oshiqroq xajmga o‘zgarsa, u o‘zgarishi mumkin.
4. Xarajatlarni tashkil etuvchi elementlar xajmining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan sirpanuvchan baxo. Masalan, jixoz (asbob-uskuna)lar yetkazib berilishiga buyurtma berilganda. Yuqori kon’yunktura sharoitlarida buyurtmachi manfaatlarida cheklovlar kiritiladi (baxo o‘zgarishining umumiy chegarasi yoki baxo “sirpanishi”ni xarajatlarning bir qismiga va qisqa muddatga tarqalishini).
5. Aralash shakli: baxoning bir qismi qat’iy belgilanadi, bir qismi esa sirpanuvchan shaklda o‘rnatilanadi.
Baxo valyutasi – bu, tovarga bo‘lgan baxo ifodalanadigan valyutadir. Tovarning baxosi qat’iy belgilanadigan valyutani tanlashda tovarning turi va yuqorida aytib o‘tilgan xalqaro xisob-kitoblarga ta’sir etuvchi omillar, ayniqsa xukumatlararo kelishuvlarning shartlari va xalqaro udumlar katta axamiyat kasb etadi. Ba’zida shartnomaning baxosi, valyuta xavf-xatarlarini sug‘urtalash maqsadida, bir nechta (ikki va undan ko‘p) valyutada yoki standart (SDR, EKYu- 1999 yilda “evro”ga o‘zgartirilgan) valyuta savatida ko‘rsatiladi.
To‘lov valyutasi – bu, importyor (yoki qarz oluvchi) majburiyatlari so‘ndirilishi kerak bo‘lgan valyutadir. Valyuta kursining barqarorsizligi sharoitida baxolar nisbatan barqaror bo‘lgan valyutada, to‘lov esa odatda importyor-mamlakat valyutasida belgilanadi. Agarda baxo valyutasi va to‘lov valyutasi o‘zaro muvofiq kelmasa, unda shartnomada bir valyutani ikkinchi valyutaga qayta xisoblanish kursi o‘zaro kelishiladi (yoki XVF SDR negizida qayd etiladigan pariteti, yoki valyutalarning bozor kursi bo‘yicha). Shartnomada qayta xisoblanish shartlari belgilanadi: 1)ma’lum bir turdagi to‘lov vositasining kursi – trattasiz to‘lovlar bo‘yicha telegraf pul o‘tkazmasi yoki kredit bilan bog‘liq xisob-kitoblar bo‘yicha vekselni; 2)ma’lum bir valyuta bozorida (sotuvchi, sotib oluvchi yoki uchinchi tarafning) tuzatish va muvofiqlashtirishlar vaqti aniqlab olinadi (masalan, to‘lov amalga oshirilishidan bir kun avval yoki to‘lov kuni); 3)qayta xisoblash amalga oshiriladigan kurs kelishib olinadi: odatda o‘rtacha kurs, ba’zida valyuta bozorining ochilishiga, yopilishiga bo‘lgan sotuvchi yoki sotib oluvchi kurslari, yoki kunning urtacha kursi.
Baxo va to‘lov valyutalarining o‘zaro muvofiq kelmasligi – bu, valyuta tavakkalchiligini sug‘urta qilishning eng odiy uslublaridan biridir. Agarda baxo valyutasining kursi (masalan AqSh dollarining) pasaygan bo‘lsa, unda to‘lov summasi (fransuz franklarida) proporsional ravishda kamayadi va aksincha. Baxo valyutasi kursining pasayishi xavf-xatari eksportyor (kreditor) zimmasiga, uning ko‘tarilish xatari esa importyor zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |