1-mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o‘rganish yo‘nalishlari. Tayanch atamalar va iboralar


Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.)



Download 341,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana19.01.2022
Hajmi341,63 Kb.
#392155
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-mavzu

Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.) 

Yozef  Aloiz  Shumpeter  -  kelib  chiqishi  avstriyalik 

bo‘lgan  yirik 

amerikalik iqtisodchi va sotsiolog. 1925 - 1932 yillarda Bonn universitetining 

professori, 1932 yildan umrini oxirigacha Garvard universitetining professori. 

Shumpeter  Garvard  biznes  maktabining  asoschilaridan  biri  b

o‘lib,  u  yerda 

30-yillarda 

tadbirkorlik  tarixini  o‘rganish  dasturi  qabul  qilingan  edi.  Uning 

                                                           

3

 

Puritanlik (



ing

.puritan, 



lot

.purus 


– sof, toza) – O‘ta qat’iy fel-atvor, ehtiyojlarni maksimal 

darajada cheklanishi, har qanday dabdabalik va qulayliklarga qarshi bo‘lish, oila va nikoh 

masalalariga 

patriarxal 

munosabatga 

asoslangan 

turmush 

tarzi 


(https://dic.academic.ru/dic.nsf/enc_culture/2170)

 



asosiy  asarlari  - 

«Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1911), «Iqtisodiy sikllar: 

kapitalistik  jarayonlarni  nazariy,  tarixiy  va  statistik  tahlil 

qilish»  (1939), 

«Kapitalizm, sotsializm, demokratiya» (1942), «Iqtisodiy tahlil tarixi» (1954).  

Y.Shumpeter nazariyotchi olim bo‘lib, u o‘zining iqtisodiy sikllar ta’limoti 

tufayli shuhrat qozondi, uning konsepsiyasiga muvofiq 

sikllar iqtisodiy o‘sish 

ob’ektiv qonuniyati sifatida ko‘rilgan. Uning deyarli barcha asarlari faqatgina 

nazariy emas, balki tarixiy va statistik uslublardan foydalanib yozilgan. Misol 

uchun,  «Kapitalizm,  sotsializm,  demokratiya»  kitobida  u  kapitalizm  va 

sotsializm dinamikasini katta tarixiy istiqbol

i fonida ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. 

Xususiy  tadbirkorlik  kapitalizmini  asta-sekin  davlat  tomonidan  tartibga 

solinadigan iqtisodiy tizimga trasformatsiyasi to‘g‘risidagi xulosa ham unga 

tegishlidir. 

Urushdan  keyingi  davr  G’arb  tarixografiyasida  iqtisodiy  tarixning 

ulushini  oshib  borishi  va  katta  hajmdagi  faktik  materiallar  to‘planishi  bilan 

ajralib  turardi.  Texnika,  texnik  ixtirolar,  texnologiyalar,  alohida  iqtisodiy 

hodisalar  tarixi  o‘rganildi.  Sanoat,  shu  jumladan,  alohida  korxonalar, 

tarmoqlar  tarixi,  ichki  va  tashqi  savdo,  transport,  fan  va  boshqalar  tarixi 

tadqiq  etildi

.  Demografik  o‘zgarishlar,  ish  kuchi  bozorlarini  shakllanishi, 

mehnat unumdoligi o‘sishi, xalqaro valyuta va tovar almashinuvi, aholining 

moddiy sharoitlariga bag‘ishlangan ishlar ko‘plab chop etildi. 

Rus  tarixografiyasida  xorijiy  mamlakatlarning,  birinchi  navbatda 

Angliya  va  Fransiyaning,  agrar  muammolariga  katta  e’tibor  qaratilar  edi 

(D.G.Vinogradov, 

M.M.Kovalevskiy, 

P.V.Luchitskiy, 

N.I.Kareev, 

D.M.Petrushevskiy,  A.N.Savin  va  b.).  I.M.Kulishevning  ishlari  qadimgi 

Gretsiya va G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy tarixiga bag‘ishlangan edi. 

Sovet  ittifoqi  tarixchilari  asarlarida  antik  davr  (V.I.Kuzishin, 

I.M.Shtraerman),  o‘rta  asrlar  (A.D.Udalsov,  S.D.Skazkin,  E.A.Kosminskiy, 

M.A.Brag), Angliyaning yangi tarixi (V.F.Semenov, S.I.Arxangelskiy), Italiya 

(V.  I.  Rutenburg),  Fransiya  (A.D.Ayublinskaya),  Germaniya  (M.M.Smirin), 

Niderlandiya (A.N.Chistozvanov) tarixi tahlil etilgan. Shuningdek, qator o‘quv 

manbalarini  qayd  etib  o‘tish  lozim,  misol  uchun  V.T.Chuntulova, 

V.G.Saricheva  tahriri  ostida  yozilgan  «Kapitalistik  mamlakatlar  iqtisodiy 

tarixi»  va  F.Ya.Polyanskiy,  V.A.Jamina  tahriri  ostida  yozilgan  «Kapitalistik 

mamlakatlar  iqtisodiy  tarixi».  Shu  bilan  birga  80-yillar  oxiri  va  90-yillar 

boshlarida iqtisodiy tarixiy fanlar jahon ilm-fanining rivojlanishdan ajralganlik, 

tadqiqotlar  xulosalari  mafkuraviy  yo‘naltirilganligi,  muholifatni  yo‘qligi, 

manbalardan uzilish, tadqiqot usullari borasida jiddiy orqada qolishi xarakterli 

edi.  


Shu  bilan  birga  AQShda  iqtisodiy  tarix  fanining  rivojlanishi  biroz 

boshqacha edi.  

«Yangi  iqtisodiy  tarix»  uchun  EHM  yordamida  statistik  usullar  bilan 

tadqiqotlar  o‘tkazish  xosdir.  Bu  maktabning  namoyondalari  –  amerikalik 

olimlar  A.Konrad,  Dj.Meyer,  R.Fogel  va  S.Engermanlar  edi.  Ular  asosan 

quyidagi  ikki  muammoga  e’tibor  qaratishar  edi:  AQSh  Janubida  quldorlik 

iqtisodiyoti  va  XIX  asr  oxirida  mamlakat  iqtisodiyotining  rivojida  temir  yo‘l 



qurilishining  ahamiyati.  Iqtisodiyot  rivojlanishining  muholif  jihatlarining  real 

voqelikdan farqi tadqiqotlarining asosida yotar edi. 

Misol  uchun,  tadqiqotlarda  quyidagi  holatlar  mavjud  bo‘lishi  mumkin 

deb taxmin qilinardi: 1861-

1865 yillarda AQShda fuqarolar urushi bo‘lmagan, 

quldorlik  bekor  qilinmagan,  yoki  temir  yo’llar  u  paytda  hali  bo‘lmagan. 

Shunday tamoyillar asosida yaratilgan model real voqelik bilan solishtirilardi 

va  taqqoslash  natijasida  XIX  asr  ikkinchi  yarmida  quldorlik  yoki  keng 

miqyosda  temir  yo‘l  qurilishi  samaradorligi  darajasi  to‘g‘risida  xulosalar 

qilinardi. Natijalar paradoksal edi, ular tanqidga uchradi, lekin hozirga kelib 

quldorlik  iqtisodiyotining  samaradorligi  u  haqida  o‘ylangandan  ancha  past 

ekanligi,  temir  yo‘l  qurilishi  esa  iqtisodiyotda  muhim  rol  o‘ynashida  hech 

kimda shubha qolmadi. 

Shunday  modellarning  asosiy  kamchiligi  faraz  qilinayotgan  vaziyatni 

oldindan ko‘ra  bila olmasligidadir,  umuman  olganda  real  iqtisodiyotni  to‘liq 

aks  ettirib  turuvchi  modelni  yaratish  imkoni  yo‘qdir.  XX  asrning  70-yillarda 

«yangi iqtisodiy tarix» iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli tendensiyalarni 

tahlil qilish ishlari bilan qo‘shilib ketdi. 

Iqtisodiy  dinamikaning  tahlil  yo‘nalishi  XIX  asrning  oxiri  XX  asr 

boshlarida vujudga keldi. Ushbu yo‘nalishni shakllanishi va rivojlanishiga rus 

va  sovet  olimlari  (M.I.Tugan-Baranovskiy,  N.D.Kondratev,  E.S.  Varga, 

I.A.Traxenberg  va  b.),  ingliz  (S.Djevons),  fransuz  (A.Aftalon)  va  boshqa 

olimlar katta hissa qo‘shganlar. 1917 yilda AQShda Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy 

byurosi  tashkil  etilib,  u  iqtisodiy  sikllar  va  iqtisodiyotning  uzoq  muddatli 

rivojlanishini t

ahlil qilish bo‘yicha ishlarni olib bordi. Ushbu ilmiy maktab XX 

asrning  60-

70  yillarga  kelib  o‘sha  davrdagi  iqtisodiy  rivojlanishni  miqdoriy 

tahlil  qilish  bo‘yicha  juda  boy  materialni  o‘zlashtirdi.  Natijada,  iqtisodiy 

rivojlanish  sohasidagi  tadqiqotlar  bi

rinchi  o‘ringa  chiqdi,  garchi  boshqa 

mavzular ustida (ish haqining uzoq muddatli dinamikasi tendensiyalari, jahon 

xo‘jaligi aloqalarini rivojlanishining tarixiy tendensiyalari) ham faol izlanishlar 

olib borilgan bo‘lsa ham. 

Yangi  iqtisodiy  tarixning  sintezi  va  uzoq  muddatli  iqtisodiy  rivojlanish 

tendensiyalarini tahlili sifatida XX asrning 70-yillarida iqtisodiy tarixda yangi 

yo‘nalish  vujudga  keldi.  Amalga  oshirilayotgan  tadqiqotlar  miqyosi  keng 

bo‘lib, u tadqiqot davrini, iqtisodiyot sektorini va iqtisodiy jarayonlar tiplarini 

tanlanishi bilan bog‘liq edi. Iqtisodiy o‘sish muammosi va unga ta’sir etuvchi 

turli  omillar  tahlili  ustuvor  ahamiyatga  ega  edi.  Masalan,  ilmiy-texnika 

taraqqiyoti,  texnologiyani  yangilash,  moliya  tizimi  evolyutsiyasi,  xalqaro 

moliya bozorlari taraqqiyoti, turli tarixiy davrlarda davlatning iqtisodiyotdagi 

rolini baholash, mehnat munosabatlari evolyutsiyasi, ish kuchi bozori tahlili 

va  boshqa  shu  kabi  mavzular  bo‘yicha  tadqiqotlar  olib  borilgan  edi.  Eng 

ko‘zga tashlanadigan ishlardan ba’zilari: U.Rostouning «Jahon iqtisodiyoti», 

unda XVIII asrdan boshlab jahon iqtisodiyoti rivojlanishini umumlashtirishga 

harakat qilinadi, shuningdek F.Brodelning «Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot, 

kapitalizm.  XV-

XVIII  asrlar»  asarida  kapitalistik  iqtisodiyotning  genezisi 

tadqiq etilgan edi. 




Shunday  qilib,  tarixiy-

iqtisodiy  tadqiqotlar  zamonaviy  g‘arb  fanining 

muhim qismi hisoblanadi, kapitalizm davriga nisbatan olinganda tadqiqotlar 

iqtisodiyot fani tomon siljigan, shunga qaramasdan, tarixiy tadqiqotlar 

g‘arb 

tarixchilari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 




Download 341,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish