1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   152
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini 
tushuntiring. 
2. Ichki va tashqi xarajatlar oʻrtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring. 
3. Oʻrtacha doimiy, oʻzgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda ularning ahamiyatini 
tushuntirib bering. 6. Foydaning mazmuni va manbaini tushuntiring. 7. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya 
foydasining farqi nimada? Ularning shakllanish tartibini tushuntirib bering. 8. Yalpi foydaning 
taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllarining turliligi foydaning 
taqsimlanish tartibiga qanday ta’sir koʻrsatadi? 
9. Foyda massasiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarni izohlab bering. 


12-MAVZU. ISH HAQI VA MEHNAT MUNOSABATLARI 
Mamlakatda yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari 
muhim ahamiyat kasb etib, ulardan amalda foydalanish masalalari iqtisodchi-mutaxassislar 
oʻrtasida turli tortishuv, bahs-munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda. Ayniqsa, kishilarning hayot 
kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi boʻlgan ish haqini 
tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mavzuda ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bogʻliq 
muammolar, ish haqi shakllari va bozor munosabatlari sharoitida uning darajasiga ta’sir 
koʻrsatuvchi omillar, ish haqi stavkasini tabaqalashtirish masalalari koʻrib chiqiladi. Mavzuda 
mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning 
va kasaba uyushmalarining roliga alohida oʻrin beriladi. 
1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari 
Ish haqining mazmunini toʻgʻri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy 
mahsulotning taqsimlanish tartibi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish lozim. Mamlakatda ishlab 
chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari boʻyicha turlicha 
nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning koʻpchiligida «uch omil» deb 
nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. 
Bu nazariyaning asoschilaridan biri frantsuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch 
omili» degan gʻoyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital babbaravar 
qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar 
oʻrtasida taqsimlanadi, deb koʻrsatadi. 
Uning bu gʻoyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qoʻshilgan omil (soʻnggi 
qoʻshilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan gʻoyasiga asos boʻlib xizmat qiladi. 
Klark oʻzining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil 
oʻrtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab 
taqsimlanadi, deb koʻrsatdi. 
Sey va Klark gʻoyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat: 
a) kapital, yer va ishchi kuchi (jonli mehnat)ning har uchalasi tovar yoki xizmatning 
nafliligini yaratishda qatnashishi koʻrsatiladi; 
b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi oʻrtasida 
bogʻliqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va sifat jihatidan 
oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham koʻpayishi asoslanadi. 
Ammo bu gʻoyalarning kamchiligi ham mavjud boʻlib, ular hozirgi bozor iqtisodiyoti 
sharoitiga toʻgʻri kelmaydi. 


Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali yetarli darajada rivojlanmagan davrda yashab, 
ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifini va 
undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va yer 
tovar nafliligini yaratishda passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat 
eskirishiga teng, ya’ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat 
ta’sirida oʻtkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini koʻrsatib 
berolmaganlar. 
Klark tomonidan yaratilgan qoʻshilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni 
turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, koʻr-koʻrona xarajatlar oshirib borilgan 
hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo toʻxtab qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi 
zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga toʻgʻri kelmaydi. 
Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, toʻgʻrirogʻi milliy 
mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, 
balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan qolgan qismi 
shu omillarga qarab uning egalari oʻrtasida taqsimlanadi. 
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat hamma 
boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a’zolari 
oʻrtasida teng taqsimlanishi zarur, deb koʻrsatadilar. 
Lassalchilar, birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi boʻlmasdan, uni 
yaratishda yer (tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala 
omil natijasi ekanligini unutdilar. 
Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat a’zolari oʻrtasida teng 
taqsimlash zarur degan gʻoyalari mutlaqo notoʻgʻri boʻlib, bunday holatda mahsulotni 
koʻpaytirishga ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida hech qanday qiziqish boʻlmasligi oʻz-oʻzidan 
tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Ittifoqda mahsulot 
va daromadlar davlat qoʻlida boʻlib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan 
gʻoya hukmron boʻldi. Lekin uning talablari bajarilmadi. Davlat, partiya va xoʻjalik rahbarlari 
yaratilgan mahsulotning koʻpchilik qismini oʻz xohishlaricha, davlat foydasiga taqsimladilar va 
turli yoʻllar bilan oʻzlashtirib, undan foydalandilar, shu vaqtning oʻzida mehnatkashlar oʻz 
mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar. 
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlarni va amaliy tajribalarni hamda hozirgi 
davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, 


yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini koʻrsatishga harakat 
qilamiz: 
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil 
boʻlmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan 
mulkchilik munosabatlariga bogʻliq boʻladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni 
kapitalga mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat mulki mavjud boʻlgan sharoitda 
yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining 
egasi boʻlgan ishchi-xizmatchilar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta 
umumjamiyat manfaatlarini koʻzlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi; 
b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish 
vositalarining qiymati, aniqrogʻi, amortizatsiya summasi ajratib qoʻyiladi, chunki bu summa 
asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir; 
d) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, 
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni bir maromda toʻxtovsiz amalga oshirishni kafolatlash 
uchun sugʻurta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni 
himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi; 
e) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini 
va mehnatini qoʻriqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim tizimini, sogʻliqni 
saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar koʻpdan-koʻp davlat soliqlari 
tarzida amalga oshiriladi). 
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor 
iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari oʻrtasida taqsimlanadi va 
jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. 
Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa 
omillar egalari – mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli 
daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari 
koʻrinishini oladi. 
2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni 
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning ma’lum qismi, ya’ni ishchi va xizmatchilarga, ya’ni 
ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida mehnatning miqdori, sifati va 
unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu iqtisodiy adabiyotlar va hujjatlarda ish haqi deb yuritiladi. 
Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun 


ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e’tibor beradilar. Ish haqining mazmunini 
aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar. 
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «YAshash uchun vosita minimumi» 
kontseptsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir 
xil deb hisoblanadi. Lekin bunday qarash toʻgʻri emas. Bu minimum oʻz ichiga ishchi kuchi 
shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tugʻdirgan ehtiyojlarni ham oladi. 
Shu bilan birga. ishchi kuchi narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar 
miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilarning ish haqini mazkur quyi chegaradan 
pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning 
xoʻjalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni koʻrsatadiki, ishchi kuchi bozorida 
real ish haqining oʻrtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga 
qaraganda ancha yuqori darajada oʻrnatilgan. 
Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik 
yoʻnalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli 
bu nazariya ish haqiga tovar boʻlgan ishchi kuchi qiymatining oʻzgargan shakli, ya’ni 
puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan 
tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur gʻoya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga 
bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi 
va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini 
koʻrsatadi. Shu bilan birga bu gʻoyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari 
mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga 
bogʻliqligi ta’kidlanadi. 
Bu fikrlar hozirgi davrda ham koʻpgina koʻzga koʻringan iqtisodchi olimlar tomonidan 
ma’qullanib kelinmoqda. Masalan, A.F.SHishkin, ye.F.Borisovlar oʻzlarining «Iqtisodiyot 
nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb 
ta’riflaydilar1. 
Bu mualliflar oʻz fikrlarini asoslashda koʻpgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi 
kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid 
qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki 
qaralganda mehnatga haq toʻlashga oʻxshab koʻrinishini isbotlashga harakat qilganlar. 
Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi 
kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi 


omillarning ta’sirini yetarli hisobga olmaydi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks» 
darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va 
boshqalarda)2 ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa3 mehnat bozoridagi talab va 
taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi 
degan bizningcha notoʻgʻri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya 
qilishi, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni boʻlib, uning na qiymati, na narxi 
yoʻqligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib boʻlmasligi fanda ham, real hayotda ham, 
iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon boʻlgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Shuning 
uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham boʻladi. 
Lekin bu gʻoyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu 
ham boʻlsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bogʻlashga harakat 
qilganlar. Ish haqining mazmuni toʻgʻrisidagi turli nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi va oʻz 
mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. 

Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во 
Проспект, 
2005. – 544 с.; Шишкин А. Ф. «Экономическая теория», учебник, книга 2, М. изд-ва «Владос», 1996, 
154 с. 

Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблеми и политика. Т.2. – М.: Республика, 
1992, 156-б.; Экономическая теория: Учеб. для студ. высщ. учеб. заведений/ Под ред. В.Д.Камаева. 
М.: Гуманитар. изд. центр ВЛАДОС, 2004, 175-б. 

Курс экономической теории. Учеб. пособ. под ред. Чепурина М.Н., Киселевой е.А. Киров, изд-во 
«АСА»; 
Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun oʻquv qoʻllanma. – T.: 
«Oʻqituvchi». 
2002, 227-b. 
1. Ish haqi toʻgʻrisidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati 
mavjud boʻlib, uning murakkab va koʻp qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ma’lum darajada 
e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga 
toʻgʻri baho berilgan boʻlib, ularda foydalanish mumkin boʻlgan ijobiy mazmun mavjuddir. 
2. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan 


darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga 
toʻgʻri keladigan miqdoriga bogʻliq boʻladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning 
miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli 
miqdorlarda boʻladi. 
3. Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining oʻzini, oila 
a’zolarini boqishga yetadigan darajada boʻlishi lozim. 
4. Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati 
unumdorligi bilan bogʻliq boʻladi. 
5. Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan 
darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga toʻgʻri kelgan 
miqdori bilan bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil boʻlsa-da, 
turli korxonalarda turlicha miqdorda boʻlishi mumkin. 
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, ish haqi 
– ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy 
mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. 
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas 
bogʻliqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi. 
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini 
yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori oʻrtasidagi 
bogʻliqlikni ta’minlashdan iboratdir. 
Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, 
dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining mazmunini toʻlaroq 
tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir. 
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha 
miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish 
haqi farqlanadi. Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul 
shaklidagi ish haqi. Misol uchun, mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming soʻm, fevral 
oyida 190 ming soʻm, mart oyida 220 ming soʻm ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi 
hisoblanadi. 
Real ish haqi – bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar 
miqdorini sotib olishga yetadigan quvvatidir. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal 
ish haqining «xarid etish» qobiliyatidir. Oʻz-oʻzidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqi 


miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bogʻliq. Shunday ekan, real ish 
haqi boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosibdir va iste’mol 
buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini 
formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 
V Р
V í 
p , 
bu yerda: VP – real ish haqi; VH – nominal ish haqi; P – iste’mol buyumlari va 
xizmatlarning narx darajasi. 
Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 95 
foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining oʻzgarishini aniqlash 
uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi toʻgʻrisida ma’lumot zarur boʻladi. 
Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan 
boʻlsin. U holda ishchining real ish haqi fevralda 176 ming soʻmni, mart oyida esa 183 ming 
soʻmni tashkil etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, 
mart oyida 91,5 foiz darajasida boʻladi. 
Real ish haqining darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan soliqlar 
miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari va miqdori qancha 
koʻp boʻlsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha. 
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa 
uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. 
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u istiqbolda 
ham oʻzining yetakchi rolini saqlab qoladi. 
Oʻzbekiston iqtisodiyotida keyingi yillardagi oʻrtacha nominal hisoblangan ish haqi 
miqdorlarini quyidagi jadval ma’lumotlari orqali koʻrish mumkin (12.1-jadval). 
12.1-jadval 
Oʻzbekistonda oʻrtacha nominal hisoblangan ish haqi 
Yillar Davrning soʻnggi oyidagi oʻrtacha nominal 
ish haqi miqdori, soʻm 
Oldingi yilga nisbatan oʻsish, 
marta 
2005 108609,9 1,72 


2006 183940,1 1,69 
2007 270575,9 1,47 
2008 418126,5* 1,54 
*Izoh: dastlabki ma’lumotlar. 
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlari. 
Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizdagi real ish haqini oshirish masalalari ilgari 
surilib, real ish haqining oshishi – bu iqtisodiyotning qanday sur’atlarda rivojlanayotganini, 
mamlakatning moliyaviy ahvoli mustahkamlanayotganini, mutanosib monetar siyosat qanday 
ta’minlanayotganini yaqqol aks ettiradigan oʻziga xos koʻzgu va koʻrsatkichdir, deb ta’riflanadi. 
Statistik ma’lumotlar va sotsiologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, mamlakatimizda 2006- 
yilning oxirida oʻrtacha real oylik ish haqi 185 ming soʻmni yoki salkam 150 AQSH dollarini 
tashkil etgan4. 2007-yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,5 barobar 
koʻpaytirildi. 2007-yilning dekabrida oʻrtacha oylik ish haqi, xoʻjalik sub’ektlari va budjet 
sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollari miqdoriga teng boʻldi5. 
2008-yilda oʻrtacha ish haqi budjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun iqtisodiyot 
boʻyicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada oʻrtacha ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq 
boʻldi. Aholining real daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz koʻpaydi. 
2009-yilni oladigan boʻlsak, oʻrtacha ish haqi miqdorini budjet sohasida – va shunga mos 
ravishda xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarda ham – 1,4 barobar oshirish koʻzda tutilmoqda6. 
Ish haqining muttasil oshib borishi aholi iste’mol talabining oʻsishida kuchli omil 
boʻlishini, bu esa iqtisodiyotimizda ishlab chiqarish hajmlarining kelajakda yanada ortishini 

Yangilanish va barqaror taraqqiyot yoʻlidan yanada izchil harakat qilish, хalqimiz uchun farovon 
turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. Oʻzbеkiston Rеspublikasi Birinchi Prеzidеnti Islom 
Karimovning 2006 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007-yilda iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasi 
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq soʻzi, 2007-yil 13-fеvral. 

Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va oʻzgarishlarimizning bosh maqsadidir. 
Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Birinchi Islom Karimovning 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Хalq soʻzi, 2008-yil 9-fеvral. 



Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, Oʻzbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yoʻllari va 
choralari. – T.: Oʻzbеkiston, 2009, 16-b. 
ragʻbatlantirishga xizmat qilishini nazarda tutib, Prezidentimiz iqtisodiy imkoniyatlarni e’tiborga 
olgan holda, 2010 yilga borib ish haqini 2,5 barobar oshirish vazifasini qoʻydi. 
3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari 
Ishlab chiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga bilim berish 
va kasb-korlikka oʻrgatish borasidagi oʻzgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari 
ham oʻzgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli – vaqtbay va ishbay 
shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan 
vaqtiga qarab toʻlanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq 
hisoblab boʻlmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan 
vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu 
kabilarga haq toʻlashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan 
belgilanadigan va bevosita ishchiga bogʻliq boʻlmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va 
avtomat liniyalarida ishlash) qoʻllaniladi. 
Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki 
bajargan ishining hajmiga qarab toʻlanadigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun 
toʻlanadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yoʻli 
bilan aniqlanadi. 
Ish haqi tizimi oʻz ichiga haq toʻlash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga 
oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan: 
- toʻgʻri ishbay haq toʻlash tizimi; 
- ishbay-mukofotli haq toʻlash tizimi; 
- ishbay-progressiv haq toʻlash tizimi. 
Toʻgʻri ishbay haq toʻlash tizimida ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan 
qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif boʻyicha toʻlanadi. 
Ishbay-mukofotli haq toʻlash tizimi bir qancha koʻrsatkichlar, masalan, reja 
topshirigʻidan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat darajasi ta’minlanganligi va 
boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. 
Ishbay-progressiv haq toʻlash tizimida ishchining belgilab qoʻyilgan me’yor doirasida 
ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif boʻyicha ish haqi beriladi, 


me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) boʻyicha pul toʻlanadi. Ishbay ish haqi tizimida 
yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qoʻllaniladigan mehnatga haq toʻlash farqlanadi. 
Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib 
haq toʻlanadi. Haq toʻlashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa boʻlinmaning 
pirovard mehnat natijalariga bogʻliq qilib qoʻyiladi. Bunda har bir xodim faqat oʻziga berilgan 
shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga boʻlinmaning butun ish hajmini ham 
bajarishdan manfaatdor boʻladi. 
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga 
oshiriladi. Tarif tizimi – tarmoqlar va mamlakat mintaqasi boʻyicha, ular ichida esa ishlab 
chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi 
va xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui. 
Tarif tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
- tarif-malaka ma’lumotnomalari; 
- tarif stavkalari; 
- tarif setkalari; 
- ish haqiga nisbatan qoʻllaniluvchi turli koeffitsientlar. 
Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tavsifi, u 
yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablardan iborat boʻlib, 
ularda muayyan ishni tariflash uchun qoʻyiladigan razryadlar ham koʻrsatiladi. 
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham boʻlib, ular birinchi 
razryadli ishchiga haq toʻlash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq toʻlashning oʻzaro 
nisbatini koʻrsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng boʻladi). 
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega boʻlgan ishchining mehnatiga toʻlanadigan haq 
miqdorini belgilab beradi. 
Mehnat qilish sharoiti ogʻir va zararli boʻlgan ishchilarga tarif stavkasiga qoʻshimcha 
haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar boʻyicha 
farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi. 
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab 
maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga 
ega boʻlgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va 
xizmatchilar tarkibi barqaror boʻlishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi 
koʻzlanadi. 


Respublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish 
turlari uchun ish haqi toʻlashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar oʻsishi bilan minimal 
ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular oʻrtasidagi nisbat saqlangan holda 
oshirib boriladi. Masalan oxirgi oʻzgarish, 2008 yilning 1 aprelidan boshlab Respublikamizda ish 
haqining minimal darajasi oyiga 20865 soʻm qilib belgilanib, boshqa razryadlarga toʻgʻri 
keladigan ish haqi summasi ham shunga mos ravishda oshiriladi. 
4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli 
Mehnat munosabatlari – ish beruvchilar va yollanma ishchilar oʻrtasidagi 
mehnatning sharoitlari va mehnatga haq toʻlash boʻyicha munosabatlardir. 
Ishga yollash boʻyicha korxona ma’muriyati va ishchilar oʻrtasidagi munosabat mehnat 
shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari – korxona ma’muriyati va 
ishchilar oʻrtasidagi ishga yollash boʻyicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga 
soluvchi huquqiy hujjat. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha 
bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sogʻliqni 
saqlashga ajratmalar hamda narxlarning oʻzgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini 
tartibga solish kabi jihatlarni oʻz ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. 
Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch 
yilga) tuziladi. 
Ayrim hollarda davlat ham korxona ma’muriyati va ishchilar oʻrtasidagi oʻzaro 
munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir koʻrsatishi 
mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro 
pakt»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi. 
Koʻpchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala 
ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini 
oshirish imkoniyatlari bilan bogʻliq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy 
rol kasaba uyushmalariga tegishli boʻladi. 
Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar oʻzlarining ishchi kuchini kasaba 
uyushmalari orqali jamoa boʻlib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan koʻp sonli ishga 
yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini 
oshirishdan iborat boʻladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yoʻllar bilan erishishi 
mumkin. 
1. Ishchi kuchiga boʻlgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai nazaridan ish 


haqini oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga boʻlgan talabni kengaytirish hisoblanadi. 
Ishchi kuchiga boʻlgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi oʻrinlari soni 
ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni oʻzgartirish 
yoʻli bilan ishchi kuchiga boʻlgan talabni koʻpaytirish mumkin. Xususan, ular quyidagilarga 
erishishga harakat qiladi: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmatga talabni 
oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan 
boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini oʻzgartirish. 
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini 
qisqartirish yoʻli bilan ish haqi stavkasini oshirishi mumkin. Bunga quyidagi yoʻllar bilan 
erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehnatini qisqartirish; v) pensiyaga muddatida 
chiqishni qoʻllab-quvvatlash; g) ish haftasini qisqartirishga yordam berish. 
Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni oʻz a’zolarini ishga yollashga 
majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan toʻliq nazorat oʻrnatadi. Kasaba uyushmalari oʻz 
a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli oʻqitish, yangi a’zolarni qabul 
qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, oʻz 
navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib keladi. 
3. Kasb boʻyicha malaka darajasini litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi taklifini 
cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatiga ma’lum 
kasbdagi ishchilar aniq koʻrsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir 
koʻrsatadi. Bu talablar oʻz ichiga ishchining ta’lim darajasi, mutaxassislik boʻyicha ish staji, 
imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi. 
4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega boʻlgan 
tadbirkorlarga qarshilik koʻrsatish yoʻli bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishishi 
mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bogʻliq qoʻshimcha sarflar, yangi ishchi 
kuchini yollash natijasida olinadigan qoʻshimcha mahsulot hajmidan ortiq boʻladi. 
Kasaba uyushmalari oʻzlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari 
himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi mumkin. 
Yopiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirish uchun ishchi kuchi 
taklifini qisqartirishga harakat qiladilar. Bu koʻproq ma’lum kasb egalari, masalan, duradgorlar, 
gʻisht teruvchilar, elektr payvandchilar kabilarni oʻziga birlashtiruvchi sex kasaba uyushmalari 
tarzida tashkil etiladi. sex kasaba uyushmalari ish beruvchilarni faqat mazkur kasaba 


uyushmasiga a’zo boʻlgan ishchilarni yollashga majbur etib, shu orqali ishchi kuchi taklifi 
ustidan nazorat oʻrnatadilar. Zarur holda kasaba uyushmasiga a’zolikni qisqartirish orqali ishchi 
kuchi taklifini sun’iy yoʻl bilan qisqartiradilar. Bunda ular quyidagi yoʻllardan foydalanishlari 
mumkin: 
- oʻqitish, kasbga tayyorlash muddatini choʻzish; 
- kasaba uyushmasiga a’zo boʻlish badallarini oshirish; 
- yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki umuman taqiqlash va boshqalar. 
Bu tadbirlar asosida ishchi kuchi taklifini qisqartirish hamda ish haqi darajasini oshirish 
jarayonini quyidagi chizma orqali koʻrish mumkin (12.1-rasm). 
Rasmdan koʻrinadiki, kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini S1S1 dan S2S2 ga qadar 
qisqartirish orqali ish haqi darajasini W1 dan W2 ga qadar oshirishga erishadilar. Biroq, ishchi 
kuchi taklifining pasayishi yollangan ishchilar sonining Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib 
keladi. 
Aksariyat kasaba uyushmalari oʻz a’zolari sonini cheklashga harakat qilmaydilar. 
Aksincha, ular barcha mavjud yoki keyinchalik yollanuvchi ishchilarni birlashtirishga harakat 
qiladilar. Bu ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmalari uchun xos boʻlib, tarmoqdagi 
barcha ishchilarni, ularning malakasidan qat’iy nazar, oʻz saflariga a’zo boʻlishiga intiladilar. Bu 
oʻrinda, agar kasaba uyushmasi a’zolari faqat malakali mutaxassislardan tarkib topsa, uni yopiq 
tarzda tashkil etish ham mumkin boʻladi. 
Ish haqi 
darajasi D S2 
S1 
W2 
W1 S2 
S1 D 
0 Q2 Q1 Ishchi kuchi miqdori
12.1-rasm. Yopiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri 
Chunki ish beruvchilar bu qadar katta miqdordagi malakali mutaxassislarni ishdan 
boʻshatib, ular oʻrniga boshqalarini qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlmaydilar. Biroq, oʻziga 
malakasiz yoki past malakali ishchilarni birlashtirgan kasaba uyushmasi a’zolikni cheklay 
olmaydi. Chunki, bunday holatda ish beruvchilar bu ishchilarni kasaba uyushmasiga a’zo 
boʻlmagan ishchilar bilan almashtirish imkoniyatiga ega boʻlib, bu holat kasaba uyushmasining 


amal qilish zaruratini yoʻqqa chiqaradi. 
Agar tarmoq kasaba uyushmasi mazkur tarmoqdagi deyarli barcha ishchilarni birlashtira 
olsa, u holda ish haqi darajasi boʻyicha shartnoma tuzishda kasaba uyushmalari korxona 
ma’muriyatini oʻz ta’siri doirasida ushlab tura oladi. Ma’muriyat tomonidan ularning shartlari 
inkor etilgan holda, ishchilarni ish tashlashga undash orqali kasaba uyushmalari korxonani 
ishchi kuchi taklifidan toʻliq mahrum etishi mumkin. 
Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’sirini quyidagi chizma orqali 
koʻrish mumkin (12.2-chizma). 
Ish haqi 
darajasi D 

W2 E 

W1 
S D 
0 Q2 Q1 Ishchi kuchi miqdori
12.2-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri 
Ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarni oʻz tarkibiga 
kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin raqobat sharoitidagi 
W1 dan W2 ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi egri chizigʻi SS dan W2aS ga 
siljiydi. W2 ish haqi darajasida ish beruvchilar bandlik darajasini Q1 dan Q2 ga qadar 
qisqartiradilar. 
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari oʻzida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. 
Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U 
nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga boʻlgan talabini bildiradi, balki uni xususiy 
sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy oʻlchamlarini 
aniqlaydi. 
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan oilalarga 
yordam, ishsizlik boʻyicha nafaqa, har xil ijtimoiy toʻlovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar) 
katta ta’sir koʻrsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori boʻlgan davlatlarda aholining ijtimoiyiqtisodiy 
ahvolini barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir koʻrsatadi. 
Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli 
darajada ta’sir koʻrsatishi mumkin. Jumladan, oʻziga qisman ishchi oʻrinlarini qidirish va tavsiya 


qilish hamda ishga joylashtirish boʻyicha umummilliy dasturni ishlab chiqarish vazifalarini oladi. 
Ishchilarni oʻqitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi, bozorning oʻzgaruvchan talablariga tez 
moslashishga imkon beradi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab 
milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi. 
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib toʻlanadigan 
ish haqi. 
Ishbay ish haqi – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmiga qarab 
toʻlanadigan ish haqi. 
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi. 
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va 
xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati. 
Ishbay-mukofotli haq toʻlash tizimi – bajarilgan ish uchun haq toʻlashni erishilgan turli 
natija koʻrsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qoʻshib olib borilishini nazarda tutuvchi 
tizim. 
Ishbay-progressiv haq toʻlash tizimi – ishchining belgilab qoʻyilgan me’yor doirasida 
ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif boʻyicha, me’yordan yuqori 
qismiga esa oshirilgan haq (tarif) boʻyicha ish haqi toʻlanishini koʻzda tutuvchi tizim. 
Tarif tizimi – ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va mamlakat 
mintaqasi boʻyicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va 
mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui. 
Tarif-malaka ma’lumotnomalari – ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, 
ishchi va mutaxassislarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar, turli tavsifdagi 
ishlarni tariflash uchun qoʻyiladigan razryadlar majmui. 
Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui boʻlib, ular birinchi razryadli 
ishchiga haq toʻlash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq toʻlashning oʻzaro nisbatini 
koʻrsatadi. 
Tarif stavkalari – tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega boʻlgan 
ishchilarning mehnatiga toʻlanadigan haq miqdori majmui. 
Mehnat shartnomalari – korxona ma’muriyati va ishchilar oʻrtasidagi ishga yollash 
boʻyicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi hujjat boʻlib, unda ish haqi stavkasi, 


me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya 
fondlari va sogʻliqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning oʻzgarishini hisobga olib 
iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi masalalar ifoda etiladi. 
Kasaba uyushmasi – ish beruvchi va ishga yollanuvchi oʻrtasidagi mehnat 
munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga 
yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkiloti. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi? 
2. Ish haqi bilan zaruriy mahsulot oʻrtasida qanday aloqadorlik mavjud? 
3. Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga oʻz qarashingizni bildiring. 
4. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida oʻzgaradi? 
5. Nima uchun ish haqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha? 
6. Tarif tizimi oʻz ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati 
va farqlanishini tushuntirib bering. 
7. Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? Mehnat munosabatlari kimlar 
tomonidan tartibga solinadi? 
8. Kasaba uyushmasi nima va uning qanday turlari mavjud? 
9. Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning qanday usullaridan foydalanadilar? 
10. Mehnat shartnomasi nima va unda qanday masalalar oʻz ifodasini topadi? 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish