1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


-mavzu. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA OʻRGANISH



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
1-mavzu. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA OʻRGANISH
USULLARI
Reja
1. Iqtisodiyot tushunchasi, uning bosh masalasi va uning qamrov jihatidan turlari.
2. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning oʻsib borishi
qonuni.
3. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi va undagi asosiy oqimlar.
4. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari.
5. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar).
6. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari.
1. Iqtisodiyot tushunchasi, uning bosh masalasi va uning qamrov jihatidan turlari.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi 
uchun zarur boʻlgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga 
qaratilgan, bir-biri bilan bogʻliqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir soʻz 
bilan, 
iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xoʻjaligi doirasida roʻy bergan. SHuning 
uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy 
xoʻjaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik 
ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor 
berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xoʻjalik yuritish yoki 
tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi. Balki 
iqtisodiyot – 
mulkchilikning turli shakllariga 
asoslangan xoʻjaliklardan, xoʻjaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, 
qoʻshma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar oʻrtasidagi turli iqtisodiy 
munosabatlardan iborat oʻta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. 
Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining toʻxtovsiz oʻsib 
boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni toʻgʻri taqsimlash 
yoʻllarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha boʻlishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, milliy 
iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, 
oila iqtisodiyoti. 
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati boʻyicha 
takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir: 1) ishlab chiqarish jarayoni; 2) taqsimlash 
jarayoni; 3) ayirboshlash jarayoni; 4) iste’mol qilish jarayoni. 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy 
resurslarning cheklanganligidir. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish