1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


 Maxsus, oʻziga xos iqtisodiy qonunlar



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
3. Maxsus, oʻziga xos iqtisodiy qonunlar 
– alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. 
Masalan, qoʻshimcha qiymat qonuni. 
Iqtisodiy kategoriya – 
doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim 
tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha. 
6. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari.
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yoʻllari, qonun-qoidalari va aniq
hadislaridir. 
Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini oʻz ichiga oluvchi 
bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan oʻzining predmetidan 
kelib chiqib, oʻzining ilmiy bilish usullariga ega boʻladi. SHuning uchun uslubiyat umumilmiy 
va ayni vaqtda xususiy boʻladi. 
Dialektik usul 
qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli boʻlib xizmat qiladi. Iqtisodiyot 
nazariyasida qoʻllaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bogʻliqlikda, ziddiyatda, oʻzaro ta’sir 
qilib turadigan turli boʻgʻinlardan, boʻlaklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, 


rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan oʻzgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan 
aloqada boʻladi; 
2) iqtisodiy jarayonning har bir boʻlagini alohida olib, uning oʻziga xos xususiyatlarini, 
kelib chiqish va yoʻq boʻlish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va 
tashqi aloqadorlik va bogʻliqlik tomonlarini zamon va makonda oʻrganish; 
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb 
qarash. Bu yerda son jihatidan oʻzgarishlar toʻplana borib, sifat jihatidan oʻzgarishga olib 
kelishini hisobga olish zarur. 
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning oʻzaro kurashiga rivojlanishning manbai 
sifatida yondashish. 
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining oʻziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, 
ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati oʻzgarishini 
oʻrganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib boʻlmaydi, bunda 
abstraktsiya kuchi ishga solinadi. 
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin boʻlgan ikkinchi darajali 
narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, oʻrganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga 
e’tiborni qaratishdir. 
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil – bu 
oʻrganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan oʻrganish. 
Sintez – bu oʻrganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon 
deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. 
Induktsiya va deduktsiya bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan, ammo oʻzaro bogʻliqlikdagi 
fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induktsiya, 
aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduktsiya deb ataladi. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish