2.2-ilova
«VENN diagrammasi» ni to’ldiring.
U ikki yoki undan ortiq katta o’lchamdagi o’zaro kesishuvchi aylanalar asosida tuziladi. Aylanalar orasida yozuv uchun etarli joy qolishi kerak.
B u diagramma asosan g`oyalarni kontrastlash (bir-biridan ajratish) uchun qo’llaniladi va taqqoslanayotgan ob`ektlarga xos umumiy va individual xususiyatlarini ko’rsatib beradi.
3.2-ilova
Mustaqil ta’lim
Innovasion faoliyatga oid krasvord tuzing.
|
2-Mavzu: Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlari
|
Talabalar soni:
|
Vaqti -2 soat
|
Dars shakli
|
Amaliy mashg`uloti
|
amaliy mashg`uloti rejasi
|
Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlari
Mavzuga doir tarqatma material tarqatiladi.
3. Tarqatma materialda keltirilgan ma`lumotlar o’rganilib, berilgan topshiriqni bajarish
|
Dars maqsadi: Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlari to’g’risida bilim berish
|
Pedagog vazifalari:
• Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlarini tahlil etish faoliyatini tashkil etadi.
• Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlarini tahrirlash uchun imkon beradi.
• Mavzu yuzasidan baxs-munozara va taqdimot tashkil etadi.
|
O’quv natijalari:
Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlarini izoxlaydi.
• Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlarini o’rganadi, bajarish lozim bo’lgan vazifalarni aniqlaydi.
• Berilgan topshiriqni bajarib,
taqdimot tayyorlaydi.
|
O’qitishning usul, texnikasi:
|
aqliy hujum, “Klaster” , “FSMU-jadvali”
|
O’qitish vositalari:
|
Tarqatma materiallar, kompyuterlar
|
O’qitish shakli:
|
Individual, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash texnologiyasi
|
O’qitish shart – sharoitlari:
|
Texnik vositalarni qo’llashga mo’ljallangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash:
|
Og`zaki so’roq, savol-javob, kompyuterda natija olish va natijalar tahlili
|
“Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlari” mavzusidagi amaliy darsiga texnologik karta
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
pedagog
|
|
1-bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Auditoriyaning va talabalarning darsga tayyorlik darajasi tekshiriladi.
1.2. Faollashtiruvchi savollar bilan talabalarga murojat etadi(aqliy hujum) ( 1.2- ilova)
|
Savollarga javob beradilar
|
2-bosqich.
Asosiy bosqich
(60 daqiqa)
|
2.1. Umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari informatika o’qituvchisi innovasion faoliyatining tarkibi, mezonlariga doir tarqatma material tarqatadi (2.1-ilova)
2.2. Tarqatma materialda keltirilgan ma`lumotlar o’rganilib, berilgan topshiriqni bajarish shartlari bilan tanishtiradi (“Klaster”) (2.2-ilova)
2.3. Vazifani bajarilganlik darajasiga ko’ra baholash me`zonlari bilan talabalarni tanishtiradi. Taqdimotni e`lon qiladi. Har bir guruh taqdimotini taqqoslash faoliyatini tashkil etadi
|
Tarqatilgan nazariy ma`lumot bilan tanishib, guruhlarga bo’ligan holda mustaqil ravishda topshiriqni bajaradilar. Taqqoslaydilar va
tahlil qiladilar
|
3-bosqich
YAkuniy.
( 10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalarni aytib o’tadi.
3.2. Talabalarning dars davomidagi faoliyatini tahlil etadi va baholaydi (FSMU-jadvali). (3.2-ilova)
|
3.1.Savol beradilar
3.2. “FSMU-jadvali”
ni to’ldiradi
|
1.2- ilova
Faollashtiruvchi savollar:
1. Innovatsion faoliyatdagi ko’rsatmalilik nima?
2. Innovatsion faoliyatni shakllantirish shartlari qanday?
|
2.1-ilova
1.Nazariy material bilan tanishish (individual holatda).
Pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog`liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo’ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta`lim taraqqiyoti sharoitida pedagog innovatsion faoliyatga bo’lgan zaruriyat quyidagilar bilan o’lchanadi:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta`lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi, yangi yangilik -larni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishlardan iborat bo’ladi;
2. Ta`lim mazmunini insonpavarlashtirish doimo o’qitishning yangi tanqidiy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
3. Pedagogik yangilikni o’zlashtirish va uni tadbiq etishga nisbatan o’qituvchining harakteri va o’zgarishi.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari pedagogning innovatsion faoliyatga hozirligi meyorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastinin).
Innovatsion faoliyatga bo’lgan zaruriyatni anglash;
Ijodiy faoliyatga talab qilinishiga tayyorgarlik;
SHaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
Innovatsion faoliyatni ijro etish texnologiyasiga tayyorgarlik darajasi.
Pedagogning innovatsion faoliyatiga bo’lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari:
shaxsning ijodiy motivatsiyani qo’llaganligi.
Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o’z kamolotiga intilish;
kreateyalik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o’z ka - molotiga intilish;
kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o’zaro yordam berish qobiliyati;
o’qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur`ati va ish qobiliyati; qat`iyatlik, mas`uliyatlik va xalollik, o’zini tuta bilish;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |