1-Mavzu. Geografik axborot tizimining tarifi


-Mavzu. Geotasvirlash asoslari



Download 97,54 Kb.
bet33/44
Sana06.06.2022
Hajmi97,54 Kb.
#641384
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
45 ta mavzu.

33-Mavzu. Geotasvirlash asoslari
Geotasvirlash – geografik tasvirlash (geografic visualization) soʻzlariningjamlanmasidir. Geotasvirlash deb fazoviy birlikni tasvirlashga moʻljallangan texnik vosita va dasturlarga aytiladi. Kartografiya va geotasvirlash bir-biriga oʻxshasa-da, geotasvirlashda interaktiv tasvirlash boʻlgan multimedia vositalar orqali tasvirlash amalga oshiriladi. Geotasvirlashda geoaxborot tizimi ma’lumotlari aks ettiriladi. Tasvirlash karta, raqamli tasvir, vektor ma’lumot, raqamli relyef modeli (DEM), jadval ma’lumotlar, virtual haqiqat, ikki yoki uch oʻlchamli tasvirlash, statik yoki animatsion, dastur yoki qogʻoz koʻrinishda bajariladi. Geoaxborot tizimi oʻzida interaktiv karta va boshqa geografik ma’lumotlar toʻplamini boshqaruvchi tasvirlarni saqlaydi.Kartalar kishilarning geografik axborotdan qanchalik darajada foydalanayotganligini aniqlovchi kuchli metafora bilan ta’minlaydi. Interaktiv kartalar oʻzida koʻplab geoaxborot tizimi vositalari uchun asosiy foydalanuvchi interfeysini mujassamlashtiradi. Bunday interfeyslar qoʻlda olib yuriladigan mobil qurilmalar, veb-karta, yuqori darajali geoaxborot tizimi dasturlarida mavjud boʻladi. Kartalar geografik axborotni yetkazib berishdan tashqari bir qancha boshqa vazifalar, jumladan mukammallashgan ma’lumot toʻplash, kartografiya, tahlil, ma’lumot soʻrovi va dala ma’lumotlarini toʻplash ishlarini ham oʻz ichiga oladi. Yuqoridagi fikrlarni jamlab, «geotasvirlash» kartalarni vizual axborot qayta ishlovi uchun tuzishda qoʻllaniladi, deb ayta olamiz. Keyinchalik bu qayta ishlov savollar yoki gipoteza uchun, bu esa, oʻz navbatida, geofazoviy tahlil uchun ham muhimdir. Ma’lumot va karta xususiyatlar (belgilar)ni tasniflash va tasnif raqamlarini berish orqali toʻplanadi. Mavzuli kartalar koʻpincha karta xususiyatlarini tasniflash orqali hosil qilinadi (5.1 va 5.2-rasmlar). Masalan, biz shahar ichidagi barcha koʻchalarni kengligiga qarab tasniflashimiz va mavzuli karta hosil qilishimiz mumkin. Bunda turli tasniflar turli ranglar, tuslar, matnlar orqali tasvirlanadi. Tasniflash quyidagicha bajarilishi mumkin: Generalizatsiya (umumlashtirish) – karta xususiyatlari (belgilari)ni maxsus tasniflarga koʻra tasvirlashdir. Generalizatsiya natijasida tafsilotlar masshtabi kamayadi, chunki bunda mayda tafsilotlar umumlashtirishga qaratiladi.
Darajalash (ranking) – karta xususiyatlarini atribut yoki jadval ma’lumotlarini baholash orqali tasvirlash. Belgilash – belgilangan xususiyatlarni yorqinlashtirishdir. Qayta tasniflash – bu tasniflangan mavzuli kartalarni qayta tasniflash deganidir. Bu usul atribut yoki boshqa turdagi ma’lumot kiritilganda va foydalanuvchining soʻrovi koʻpayganda qoʻllaniladi (5.3-rasm). Qayta tasniflash ham yuqoridagi tasniflash kabi 3 usul orqali amalga oshiriladi va ular ham generalizatsiya, darajalash va qayta belgilashlardan iborat. Bu 3 usul oldingi usullarni yana bir marta bajarishga qaratilgan. Qayta tasniflash – bu tasniflangan mavzuli kartalarni qayta tasniflash
deganidir. Bu usul atribut yoki boshqa turdagi ma’lumot kiritilganda va foydalanuvchining soʻrovi koʻpayganda qoʻllaniladi (5.3-rasm). Qayta tasniflash ham yuqoridagi tasniflash kabi 3 usul orqali amalga oshiriladi va ular ha generalizatsiya, darajalash va qayta belgilashlardan iborat. Bu 3 usul oldingi
usullarni yana bir marta bajarishga qaratilgan. Kartani taqqoslash usuli kartada tasvirlangan turli mavzuli ma’lumot yoki doimiy ma’lumot oʻrtasidagi bogʻliqlikni ajratishga yordam beradi. Fazoviy ma’lumotlarning taxminiy vositalarini rivojlantirishda asosiy vazifa karta taqqoslash zimmasidadir. Kartani taqqoslash ikki yoki undan ortiq kartala orasidagi oʻxshashlik yoki farqni topish uchun qoʻllaniladi.
Kartalar inson tarafidan vizual yoki kompyuter tomonidan raqamli tarzd koʻrinishi mumkin. Inson tarafidan vizual taqqoslaganda inson intuitsiyasiga tayangan holda turli farq yoki oʻxshashliklarni topishi mumkin. Lekin farqni ajrata olish turli insonlarda turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham bu usul orqali aniq oʻxshashlik yoki farqni topish qiyin Dastur orqali matematik tarzda kartani taqqoslash ba’zi oʻxshashlik mezonlarini baholay olishi, lekin qolgan oʻxshashliklarni aniqlay olmasligi ha mumkin. Umuman olganda, dastur orqali taqqoslash oʻzi mustaqil ish olib bormay, balki berilgan mezonlar orqali ish bajaradi. Inson tarafidan kuzatish orqali adashish mumkin (5.6-rasm), lekin dasturga mos mezonlar kiritilib qoʻyilsa va ma’lum bir usul yaratilsa, u holda dastur kartani avtomatik tarzda taqqoslaydi va bu usul eng ma’quli hisoblanadi.

Download 97,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish