31-Mavzu. Tarmoq tahlili
Odamlarning harakati, transport qatnovi, xomashyolar va xizmatlarningtarqalishi (masalan, koʻcha tarmoqlari, telefon kabel tarmoqlari, quvurlar,drenajlar), energiya va resurslarni yetkazib berish, kommunikatsiya kabi ishlarning barchasi aniq tarmoq tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarmoqlar geometrik jihatdan bir-biriga bogʻlangan xususiyatlardan tashkil topgan. Shuning uchun barcha tarmoqlarni geometrik tarmoq desak ham boʻladi.Tarmoq, oʻz navbatida, mantiqiy tashkil topuvchilardan iborat, bu tashkil topuvchilar ichida eng koʻp qoʻllaniladiganlari quyidagilardir:
«Nodes» yoki tugunlar yordamida tarmoqlar boshlanishi, oxiri yoki kesishgan joyi aniqlanadi;
«Chains» yoki zanjirlar yordamida yuqoridagi tugun (node) chiziqlar orqali birlashtiradi;
bogʻlovchilar «Links» zanjirni hosil qiluvchi nuqtalarni birlashtirishga xizmat qiladi.
Tarmoq tahlili bir qancha texnik usullar yordamida muhandislar,rejalashtiruvchi mutaxassislar tarafidan oʻrganiladi. Bunda ular tarmoqning birbiriga bogʻlanganligi, hajmi va qancha oqimni oʻtkaza olish xususiyati kabintahlillarni koʻrib chiqadilar. Tarmoq tahlilida eng muhim atama bu “xarajat”soʻzidir. Chunki tarmoqni yaratayotgan paytda masofaning yaqin boʻlishi va agar soʻz suv, neft va gaz resurslari haqida ketsa, uning hajmi xarajatga bogʻliq boʻladi. Barcha tahliliy ishlar mumkin qadar xarajatni kamaytirishga qaratiladi. Tarmoq tahlilining eng asosiy turi bu oddiygina tarmoqdan ma’lumotni olishdir.Yanada murakkabroq koʻrinishi bu tarmoqda yangi ma’lumot hosil qilishdir.Bunga misol qilib ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topishni keltirish
mumkin. Vektor model rastrga qaraganda tarmoq tahliliga koʻproq mos keladi.Tarmoq tahlili uchta asosiy tur yordamida amalga oshiriladi. Ular tarmoqni trassalash (tracing), tarmoqni marshrutlash (routing) va tarmoqni joylashtirish (allocation) dir.
1.Tarmoqni trassalash. Bunda foydalanuvchi bergan kriteriy (mezon)lar orqali tarmoqdagi kerakli yoʻl izlab topiladi. Masalan, eng yaqin boʻlgan (tarmoq ichida) bankomat yoʻlini topish.
2. Tarmoqni marshrutlash. Bu orqali chiziqli tarmoqlar boʻylab optimal yoʻlni aniqlash amalga oshiriladi. Bunday mezonlar jumlasiga eng qisqa masofa,tez eltadigan masofa yoki tarmoqdagi ma’lum bir joydan boshqa bir joygachakamxarajatli yoʻlni kiritishimiz mumkin (4.27-rasm).
3. Tarmoqni joylashtirish. Bu orqali tarmoq ichidagi markaziy joylar yoki muhim obyektni aniqlash ishlari olib boriladi. Bunday obyektlar jumlasiga oʻt oʻchirish stansiyasini kiritishimiz mumkin. Tarmoq tahlilida oʻsha stansiyaning xizmat qilish qamrovi va masofasi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, boshqa stansiyalarni aniqlash orqali qaysi stansiya voqea yuz bergan joyga birinchi boʻlib yetib borishi ham aniq boʻlib qoladi. Geodezik tizim yoki geodezik ma’lumotlar geodeziya va kartografiyada
hamda sun’iy yoʻldoshlar navigatsiya tizimida obyektlarning yerdagi haqiqiy joylashuvini moslash uchun zarur boʻladi. Bunday tizimlarning zarurligi Yer
shaklining nomukammal ellipsoid ekanligidan kelib chiqadi. Mutaxassislar orasida Datum tushunchasi ma’lum geodezik tizimni aniqlash uchun qoʻllaniladigan qiymatlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Oʻz navbatida, turli hududlar uchun aniq bir moslashgan datumlar qoʻllaniladi. Datumlar orasida koordinatalarning bir-biridan farqlanishi, ya’ni berilgan nuqtaning yer yuzasida turli joylashishi farqi datum siljishi (Datum shift) deb
ataladi. Quyidagi rasmda ma’lum bir obyektning turli datumlarda yer yuzasida joylashishi koʻrsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |