29-Mavzu. Maydon tahlil tamoyillari
Geoaxborot tizimidagi oʻzgartirishga bogʻliq operatsiyalardan eng muhimlaridan biri bu bufer operatsiyasidir. Kartada berilgan istalgan nuqta,chiziq yoki poligon kabi obyektlardan bufer operatsiyasi orqali yangi shakl yoki obyekt hosil qilinishi mumkin. Bunda oʻsha berilgan boshlangʻich obyekt (nuqta, chiziq, maydon) dan qancha masofada joylashganligini oʻzimiz maxsus buyruqlar orqali oʻlchamlar berishimiz mumkin. Umuman olganda, GATdagi har bir qoʻllanmada bufer, bufer zona, buferlash, bufer tahlili kabi tushunchalarga duch kelamiz. Xoʻsh, bu soʻzlarning zamirida qanday ma’no yotadi? Keling, bu haqda batafsilroq toʻxtalib, ta’riflar orqali tushunishga harakat qilamiz. Bufer bu geografik qatlamda belgilangan shakldan ma’lum masofada va bir xil uzoqlashgan zonadir. Belgilangan obyekt yoki shakldan zona chegarasigacha uzoqlashish uzunligiga bufer masofasi deb ataladi. Buferlar belgilangan obyektga nisbatan doimiy (oʻzgarmas) va oʻzgaruvchan masofalarda qoʻyilishi ham mumkin. Bufer zona (sin. bufer) – bu bir-biridan teng masofada uzoqlashgan chiziqlarni hisoblash va qurish orqali hosil boʻlgan poligonal qatlamdir. Bufer zonalarini hisoblash va qurish jarayoni buferlash operatsiyasi orqali amalga oshiriladi.Topologiyalash – bu topologiya qurishning avtomatik yoki interaktiv (yarim avtomatik) jarayonidir. Lekin topologik boʻlmagan modellarni vektor topologik modellarga oʻzgartirish jarayonini vektorlash jarayoniga kiritishimiz oʻrinlidir.GATda qoʻllaniladigan topologiya tushunchasini kengroq yoki qiyosiy darajada geometriya fani orqali tushuntiradigan boʻlsak, quyidagicha ta’riflash
mumkin: GATdagi topologiyada fazoviy ma’lumotlar yoki vektor topologik modellardagi geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan joylashuvi va ularning mazmun- mohiyati oʻrganilsa, geometriya fanida geometrik shakllarning fazoda qanday joylashganligi oʻrganiladi. Topologiyani tasvirlashda geografik obyektlarning aloqadorlik roʻyxati tuziladi, ya’ni bunda obyektlarning bir-biriga qanday bogʻlanishi, davomiyligi va maydonli obyektlarning chegaralanishi aks etadi. Agar biz shu kungacha kartadagi obyektlarni nuqta, chiziq va poligonlar yordamida tasvirlash usullarini oʻrgangan boʻlsak, topologiya oʻsha usullarga qoʻshimcha hisoblangan mazkur obyektlarning fazoviy jihatdan bir-biriga bogʻliqligini ham oʻrganadi. Masalan, kartada bir-biriga qoʻshni boʻlgan ikkita yer uchastkasini koʻrishimiz mumkin. Raqamli kartalarda mana shundaybirbiriga bogʻliqliklarni tasvirlash usullari topologiya yordamida koʻrsatiladi. poligonlarning qoʻshni poligonlar bilan joylashuvi tasvirlangan (6 ta poligon) boʻlib, doira ichidagi sonlar poligon tartib raqamlarini bildiradi. Oʻng tarafda joylashgan jadvalda har bir poligonni tashkil etuvchi polichiziqlar roʻyxati berilgan. Masalan, 2-raqamli poligon 4,6,7,10- va 8-raqamli polichiziqlar yordamida hosil qilinishi mumkin. 0 raqami bu yerda 8-chiziqning yopiq chiziq ekanligini bildiradi. Har bir chiziqning koordinatasi uning pastki qismida berilgan. Ma’muriy chegaralar" “Административнеи грапиции ”qatlami chiziqli obyektlar bo‘lsada, bu obyektlarni raqamlashda yuza (poligoh) tanlangani yaxshi, chunki keyinchalik ushbu vuzalar maydonini aniqlashga to‘g‘ri keladi.Qurollar panelidan "yuza" “полигон” komandasini tanlab "Yuza ko'rinishi" "Стил полигона" komandasi bilan rayon chegarasining qalinligi va shaklini tanlaymiz. Keyin, kursomi rayon chegarasining burilish nuqtasiga keltirib, sichqonning chap
tugmasi bosiladi. So‘ngra chegaraning siniq qo‘shni chizig‘i nuqtasiga o‘tib sichqonning chap tugmasi yana bosiladi. Shunday tartibdagi ishlar keyingi burilish nuqtaiari uchun ham bajariladi. Kursomi chizilgan chiziqning so‘nggi nuqtasiga keltirilganda, but
(krest) belgisi paydo bo‘ladi [bundan avval "S" tugmasi bosilgan bo‘lishi kerak, inglizcha yozuvli klaviaturada] va sichqonning chap tugmasini bosilsa, chegara tutashadi. Shunday tartibda qolgan rayonlar chegaralari ham raqamlanadi.Eslatma. Poligonlarning tutash chegaralarini raqamlash uchun quyidagi usuldan foydalangan qulay: Shift klavishini bosib turib, sichqonning chap tugmasini ("K o ‘p burchak""Многоуголник" raqamlash qurilmasi faollashtirilgan bo'lganda)poligonning umumiy chegarasining boshlang 'ich nuqtasini,so ‘ngra oxirgi nuqtasini ko ‘rsatamiz. Bu holda Maplnfo hamma tutash chegaralarni avtomatik tarzda raqamlaydi (Poligonniqarama — qarshi tomondan aylanib o'tish uchun "Стрл" niushlab turish lozim).Yuzaning (Полигон) parametrlarini (maydonini, ishchi yuza koordinatalarini, shaklning markazini), chiziqlar ko‘rinishini, uni
bo‘yash usulini ko‘rish uchun poligon ichiga kursomi olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |