Xavfsizlik darajasi
|
Tizim kriptografiyaning zamonaviy usullarini qo‘l- laydi. Mijozning shaxsiy va bank ma’lumotlari Internet orqali o‘tkazilmaydi.
|
Transaksiyalar
hajmi
(maqsadli
bozor)
|
1 dollar- gacha
|
Yo‘q
|
$1-100
|
Ha
|
>$100
|
Ha
|
Tovar va xizmatlar (maqsadli bozor)
|
raqamli
|
Ha
|
jismoniy
|
Ha
|
schyotlar
|
Ha
|
CheckFree tizimining kamchiligi shundaki, transaksiyalar maxfiy emasligidadir. Bundan tashqari, bu to‘lov tizimi mikroto‘lovlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Afzalligi. CheckFree elektron to‘lov tizimi asosan hisob-kitoblarda chek qo‘llanilganda qulaydir. Doimiy to‘lovlarda, masalan elektr, gaz va shu kabilarda juda qulaydir.
Open Market to‘lov tizimi
Open Market — bu Internetdan foydalanuvchilar uchun nafaqat to‘lov tizimini taklif qiluvchi, balki virtual magazin yoki peshtaxta (vit- rina) (digital storefront) yaratish va uni tutish (saqlash) bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyadir. Open Market elektron to‘lov tizimi bir necha sentdan tortib ming dollargacha to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. To‘lov summasiga qarab u yoki bu himoya sxemasi qo‘llaniladi. Bu uni har qanday ko‘rinishdagi tovar uchun qo‘llash imkonini beradi. Sotuvchi mijoz haqida hech qanday axborotga ega bo‘l- maydi. Open Market amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risida to‘liq ma’lu- motga ega bo‘ladi ammo uni g‘oyat maxfiy holda saqlaydi.
Open Market tizimi - kredit tizimidir; xaridlar qiymati yig‘ilib bori- shi va kredit kartasi vositasida jami to‘plangan summa to‘lanishi mumkin.
Ko‘rilayotgan to‘lov tizimining asosiy ko‘rsatkichlari 4.12-jadvalda keltirilgan.
NetCash to‘lov tizimi
NetCash - bu to‘lov tizimi ham First Virtual kabi anchadan buyon ma’lum. U 1994-yildan faoliyat yuritib keladi va naqd pullardan (cash) ko‘ra ko‘proq traveler’s checkni eslatadi. U yetarli darajada sodda. Bo‘lajak xaridor avval NetBankda kuponlar sotib olishi kerak. Buning uchun u pochta dasturi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri NetCash web-saytidan so‘rov yuboradi va yana shunday yo‘l bilan o‘n besh raqamli qator - ku- pon oladi, so‘ngra uni tovar va xizmat evaziga sotuvchiga yuboradi. Net Cash tizimi shifrlashni umuman qo‘llamaydi va web-brauzerlarning ich- ki imkoniyatlariga (ular har doim ham bo‘lavermaydi) va xatlarni shifr- lash boshqa (PGP) tizimlariga (ulardan kam foydalaniladi) ishonadi. Shunday qilib, nazariy jihatdan kuponlarni yo‘lda tutib olish va ulardan mijozdan avval foydalanib qolish imkoniyati mavjud. Mijoz bunda haqi- qiy pullarini yo‘qotishi mumkin. Mijoz sotuvchi uchun doim noma’lum bo‘lib qoladi, ya’ni tizimni butunlay anonim deyish mumkin. Ammo (bu narsa nazariy jihatdan ham mumkin bo‘lmagan DigiCashdan farqli o‘la- roq) NetBank nazariy jihatdan o‘zi chiqargan kuponlarni harakatini kuzatib turishi mumkin.
4.12-jadval
Open Market tizimining asosiy ko‘rsatkichlari (parametrlari)
Ko‘rsatkichlar
|
Izoh
|
Transaksiya qiymati
|
Sotuvchi schyot ochish uchun 10$ to‘laydi. Bundan tashqari har bir to‘lov uchun 20 sent plyus 3% (bir necha xarid uchun ham bo‘lishi mumkin).
|
Maxfiylik
|
Sotuvchi mijoz to‘g‘risida hech qanday axbo- rotga ega bo‘lmaydi. Open Market mijoz va uning xaridi haqida batafsil axborotga ega bo‘ladi, ammo uni hech kimga ko‘rsatmaydi.
|
Xavfsizlik darajasi
|
Transaksiya summasiga qarab ma’lumotlarni himoya qilishning egiluvchan tizimi.
|
Transaksiya hajmi (maqsadli bozor)
|
$1gacha
|
Ha
|
$1-100
|
Ha
|
$100
|
Ha
|
Tovar va xizmatlar (maqsadli bozor)
|
raqamli
|
Ha
|
jismoniy
|
Ha
|
schyotlar
|
Yo‘q
|
Shunday qilib, NetCash tizimi debetlidir: to‘lov avvaldan NetCash dan xarid qilib olingan kuponlar orqali amalga oshiriladi.
Ko‘rilayotgan to‘lov tizimining asosiy ko‘rsatkichlari 4.13-jadvalda keltirilgan.
NetCash tizimi yetali darajada sodda va xavfsizligi kamroq bo‘lsa ham, undan keng foydalaniladi.
NetCash tizimning kamchiliklari: Tizim anonim tizimlar sinfiga mansub bo‘lsa ham NetBank u chiqarga kuponlarining harakatini kuza- tib borishi mumkin (bu nazariy jihatdan mumkin bo‘lmagan Digi Cash- dan farqli o‘laroq).
Bu tizimning yana bir kamchiligi, u nisbatan uncha ko‘p bo‘lmagan xavfsizlikni ta’minlab bera oladi.
NetChex to‘lov tizimi
NetChex - bu juda ishonchli ravishda himoyalangan to‘lov sxema- laridan biridir. Ammo uni ancha qiyinchilik bilan elektron to‘lov tizimi deb atash mumkin, chunki u Internet tizimga qisman asoslanadi. Amalda mijoz nomidan Internet orqali mijozning faqat mos ko‘rsatmalarini qa- bul qilib oluvchi sotuvchiga (oddiy) pochta yoki kuryer orqali uning (qo- g‘oz) cheklari yoziladi va yuboriladi. Ular yo‘lda o‘zga shaxslar tomo- nidan olib qo‘yilishi va ishlatilishidan yaxshi himoyalan-gan. Sotuvchi, albatta, hech narsa bilan ta’minlanmagan cheklarni olishi ham mumkin. Uning faqat bir narsaga - chekni albatta olishiga ishonchi komil bo‘ladi (aytish joizki, rivojlangan davlatlarda bu ham oz emas, chunki ta’minlanmagan chek uchun mijoz jinoiy javobgarlikka tortiladi). Sotuvchi pulni darhol emas, bir necha kun ichida oladi. U amalda xaridorning che- kini olgani uchun undan kim va nima xarid qilganini biladi (Net Chexning o‘zi ham). Shu sababli NetChex anonim emas.
4.13-jadval
NetCash to‘lov tizimining asosiy ko‘rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |