1-Mavzu eksprimental


 Emotsiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon-Bard, S.SHaxtyor, D.Zinger). Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo‘yicha)



Download 115,77 Kb.
bet28/46
Sana23.09.2021
Hajmi115,77 Kb.
#183130
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
Ekspriment majmua

2. Emotsiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon-Bard, S.SHaxtyor, D.Zinger). Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo‘yicha).

Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani echishga uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo‘lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib, hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.[2]

1872 yilda CH. Darvin «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi» asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyusion ta’limot nomini olgan hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari sifatida yuzaga keldi.

Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda U. Djemsning «Hissiyot nima?» maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djems va undan mustaqil ravishda G. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, «yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.3[3]

The sympathetic division of your ANS directs your adrenal glands to release the stress hormones epinephrine (adrenaline) and norepinephrine (noradrenaline). Influenced by this hormonal surge, to provide energy, your liver pours extra sugar into your blood¬stream. To help burn the sugar, your respiration increases to supply needed oxygen. Your heart rate and blood pressure increase. Your digestion slows, diverting blood from your internal organs to your muscles. With blood sugar driven into the large muscles, running becomes easier. Your pupils dilate, letting in more light. To cool your stirred- up body, you perspire. If wounded, your blood would clot more quickly.

Lekin Djems-Lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik va emotsional jarayonlarning nisbatiga U.Kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning aniqlashiga ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har doim ham hissiyotli kechinmalar birgalikda kuzatilmaydi. Keyinchalik, P.Bardning ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki, gipotalamus va limbik tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi.

Lindsey-Xebbning faollashtirish nazariyasi Djems-Lange va Kennon-Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir.

Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida, birinchi navbatda, L. Festingerning kognitiv dissonans nazariyasini ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi dissonansdir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat konsonans sifatida xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi.[2]

S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi.

Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = E (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.[2]

Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi.

Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.P. Pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan xursandchilik sezadilar.

Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.4

Positive moods tend to trigger more left frontal lobe activity. People with posi¬tive personalities—exuberant infants and alert, enthusiastic, energized, and persis¬tently goal-directed adults—also show more activity in the left frontal lobe than in the right.

Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular: 1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan hissiyotli reaksiyalar: salbiy hissiyotda atrofdagi voqealarga nisbatan munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan harakatlarga moyillik.

SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va nazariy material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir tomondan, hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv omillar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish mexanizmlari ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari yig‘indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin.

Shaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda ushbu odamning nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‘rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi va qayg‘urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari predmeti, ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.L. Rubinshteynning yozishicha, shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa odamlarga munosabatlarining barcha o‘ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi.

Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq.

Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud. Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga nisbatan kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda yo‘naltirishdir.

Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda, frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim.

Emotsiya va hissiyot terminlari ko‘p hollarda bir ma’noda ishlatiladi. Emotsiya shaxsning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.

His-tuyg‘ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimiz ham, uning muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlari ham his-tuyg‘ular uyg‘otadi.

Hissiyotlar faoliyat ta’siriga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: astenik va stenik.

Astenik hissiyot shunday hissiyotki, u kishining faoliyatini, g‘ayrat-shijoatini susaytiradigan hislardan iborat bo‘lib, ko‘pincha kishi umidsizlanganda, ruhiy tushkunlikka tushganda ro‘y beradi.

Stenik hissiyot esa, aksincha, shaxsning hayot faoliyatini jadallashtiradigan, kuch-g‘ayratini oshiradigan, barcha ruhiy jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Masalan, haddan tashqari xursandchilik.

Amalga oshish shakliga ko‘ra hissiyotlar qo‘yidagi uch turga bo‘linadi:

-  Kayfiyat;

-  Affekt;

-  Ishtiyoq;

Inson emotsiya va hissiyotlarining birlamchi manbai uning ehtiyojlaridir. Emotsiya va hissiyotning manba–sabablarini insonning maqsad va ehtiyojlariga mos keladigan yoki aksincha mos kelmaydigan buyumlar va hodisalardan axtarish kerak. Ko‘plab ijobiy hissiyotlar (qoniqish, xursandchilik va hokazo) inson istaklari qondirilganda to‘g‘iladi yoki aksincha, ular qondirilmaganda esa salbiy his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Agar, bordiyu atrofdagi buyum va hodisalar insondagi maqsad va ehtiyojlarga aloqador bo‘lmasa, ular hissiy munosabatlarni yuzaga keltirmaydi, ya’ni, inson ularga nisbatan befarq munosabatda bo‘ladi.

Emotsiya va hissiyotlar kechinmalar sifatida qa’tiy o‘zaro aloqadorlikka ega bo‘lsalar-da, ular o‘rtasida muhim farqlar ham mavjud. Organizmning ovqatga, sovuqdan  va jaziramadan himoyalanishga, uyquga, o‘z-o‘zini saqlab qolishga nisbatan bo‘ladigan ehtiyojlari bilan bog‘liq qoniqish(yoki qoniqmaslik) hissiyotlari emotsiyalarga misol bo‘ladi. Emotsiyalar insonlarga ham, hayvonlarga ham xos. Biroq, inson emotsiyalari hayvonlarnikidan butunlay farqlanadi: ular ma’lum darajada ijtimoiy tajriba ta’siri ostida o‘zgargan, qayta tuzilgan bo‘ladi. Insondagi emotsiyalarning namoyon bo‘lish shakli ham (emotsional kechinmalar vaqtida o‘z xulq-atvorini boshqara olish imkoniyati), shunindek, u yoki bu emotsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish va maqsadga erishish usullari ham ijtimoiy hayot sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.

Insonning faoliyat jarayonida to‘g‘iladigan vaziyatlarga, shuningdek, unga ta’sir etadigan buyumlarning alohida xususiyatlariga nisbatan bo‘ladigan reaksiyalari vaqtida emotsiyalar paydo bo‘ladi. Masalan, musiqiy ohanglar yoqimli bo‘lgani holda, ikkita shisha bo‘lagini bir-biriga ishqalaganda chiqadigan tovush yoqimsiz bo‘ladi. Bunday emotsiyalar shartsiz reflekslarga asoslanadi, ya’ni, u insonning ijtimoiy xususiyatlariga bog‘liq emas.

Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsning sub’ektiv kechinmalarini aks ettirilish hodisasidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’ektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot – yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarini aks ettirilishdir. Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, qo‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo‘lar edi.

Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’bassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali, xoh zararli bo‘lishdan qat’i nazar) omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat sub’ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.

Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining ijtimoiy hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida shakllangan (evolyusion yo‘sinda), muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomad qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.

Shaxs hissiyotning sub’ekti hisoblanib, mazkur holatning namoyandasi, uni aks ettiruvchi tariqasida olamni anglash, bilish jarayonida o‘zining shaxsiy faoliyatini (xulq-atvorini) maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun hissiy kechinmalarni o‘zgartirish qudratiga ega. His-tuyg‘ular shaxsdan ajralgan holda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular hissiyot sub’ekti bilan birga hukm suradi, binobarin, hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo‘ladi, xolos. Insonda emotsional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida ta’bassum yoki qayg‘u, goho ajablanish uyg‘otadigan narsa va hodisalar hissiyotning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Shaxsdagi emotsional o‘zgarishlar uning hayoti va faoliyatida, shaxslararo munosabatida, insonlar bilan muomalaga kirishishda, ayrim hollarda biron bir voqelik to‘g‘risida xayol surganda, armon tuyg‘usi odamga xotirjamlik bermaganida yuzaga keladi.

Shaxsning emotsional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizolar va ularning hal qilinishi, oldining olinishini aks ettirishdan iborat jarayonlar majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama hissiyotni keltirib chiqaradigan omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan muhit o‘rtasidagi (tabiiy muhit, ijtimoiy muhit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi munosabatlar; 2) tana a’zolari, ichki organizm tarkiblari muhitidagi munosabatlarning nisbiy muvozanati o‘zgarib turishi; 3) favquloddagi vaziyatlar tufayli yuzaga keladigan har xil kechinmalar va boshqalar.

His-tuyg‘ularning yana bitta (to‘rtinchi) sifati shaxsning hissiyot ob’ektlariga nisbatan emotsional munosabatlarining qisqa muddatli aks ettishini ta’minlovchi tashqi ta’sirining noaniqligi ifodalanishidir.

Shuni eslab o‘tish lozimki, hissiyot o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning kuchayishi yoki susayishiga qarab qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bashorat qilish yoki payqash mumkin. Shaxsning his-tuyg‘ularida ham barqaror, ham o‘zgaruvchan jabhalari birgalikda hukm suradi.

Shu sababdan shaxsning hissiyotida hukmron, ustuvor his-tuyg‘ular mavjud bo‘lishiga qaramay, ular vaziyat, sharoit yangilanish bois keskin o‘zgarishlarga uchraydi, dinamik stereotiplar zaiflasha boshlaydi. Shuning uchun psixologiyada hissiyot o‘zgarishining dinamikasi degan atamalar birikmasi uzluksiz ravishda qo‘llanilib kelinadi.

Shaxsda namoyon bo‘layotgan hissiyot asta-sekin jadallashib borgani evaziga u ruhiy kechinma sifatida mustahkamlanib qolishi mumkin. Masalan, jahon xalqlarida er kurrasining u yoki bu joylarida qo‘poruvchilik ko‘rinishlariga jirkanch nazar bilan qarash tuyg‘usi uyg‘ongan bo‘lsa, keyinchalik terrorizmga (lotincha terror kuch ishlatish bilan qo‘rqitish demakdir) shafqatsiz kurash, nafrat umumiy militarizmga (latincha militaris harbiylashtirish ma’nosini anglatadi) yo‘naltirildi. Xalqlarda narkotik (yunoncha harkotikos miyani aynitadigan) moddalarga nisbatan jirkanch tuyg‘usi kuchayib borishi, dinamikasi sababli narkobiznesga (inglizcha business foyda degani)bilan ayovsiz kurash insoniyat genini (zotini) buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka o‘sib o‘tdi. Shaxs kechirayotgan his-tuyg‘ular mazmundor, aks ettirilayotgan hodisalar rang-barang, o‘zaro ta’sirlar, aloqalar, munosabatlar serqirra, ko‘pyoqlamalik xususiyat kasb etsa, u holda hissiyot dinamikasiga puxta negiz hozirlaydi.

Lekin shuni ham ta’kidlash ma’qulki, hissiyot dinamikasi har xil kechishi, uning xususiyati, yo‘nalishi biroz o‘zgarishi mumkin. Chunki hissiyot bir yo‘nalishda kuchayib borish bilan bir qatorda uning susayishi, hatto so‘nib borishi, haddan tashqari zaiflashuvi ham kuzatiladi. Masalan, intizomni buzgan xodimni «haydash» bilan qo‘rqitish emotsional ta’sirini yo‘qotadi, agarda biror jazo chorasi qo‘llanilmasa, mabodo talabani dars qoldirishi po‘pisa qilish bilan cheklansa, unda qo‘rqinch ruhiy holati yo‘qoladi. Ana shunday hodisalar va nomutanosibliklarning takrorlanishi sababli emotsional moslashuv (adaptatsiya) jarayoni vujudga keladi, demak, hissiyotda o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Agarda hissiyot ob’ektining (narsa, hodisa, holat kabilarning) mazmuni, ma’nosi shaxsda qiziqish uyg‘ota olmasa, bunday holda emotsion to‘yinish yuzaga keladi, oldin qiziq tuyulgan narsa keyinchalik zerikarli, yoqimsiz, noxush kechinmalar hosil qila boshlaydi. Shaxs bir necha marta surunkasiga axborot, qo‘shiq, hangoma eshita bergach, unda hayajonlanish, rohatlanish, kayfiyat ko‘tarilishi paydo bo‘lmaydi, aksincha insonda zerikish hissi uyg‘onadi, ularni eshitish esa jahl chiqazadi. Shuning uchun xoh ma’lumot, xoh yumor bo‘lishdan qat’i nazar yangilik alomatlarisiz insonda qiziqish yo‘qoladi.

8-mvazudan iroda eksprimental



 Iroda haqida tushuncha.


Download 115,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish