1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja



Download 10,36 Mb.
bet59/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Missionerlar mamlakatimizga xos xususiyatlardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishayotganini nimalarda ko‘rish mumkin?
Missionerlar o‘zlari faoliyat olib boradigan mamlakatga xos xususiyatlarni hamisha e’tiborga olishgan. Masalan, 2007 yil mamlakatimizda “Ijtimoiy himoya yili”, deb e’lon qilingan edi. Ushbu yilda ijtimoiy mazmunga ega ko‘plab tadbirlar amalga oshirildi, muhtoj oilalarga turli shakllarda yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, bunday oilalarni qoramol bilan ta’minlash bo‘yicha aniq dasturiy ishlar amalga oshirildi. Missionerlar tomonidan bunday xayrli ishga “o‘z ulushlarini qo‘shishga” va ayrim muhtoj oilalarga echki va sigir olib berishga, o‘zlarining beg‘arazligini iddao qilgan holda muhtoj oilalar bolalarining sunnat to‘ylarini o‘tkazishga harakat qilganliklari ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ayni paytda, missionerlar hududiy o‘ziga xosliklarini inobatga holda faoliyat olib borishga harakat qilishini ham ta’kidlash zarur. CHunonchi, Qoraqalpog‘iston va Xorazm mintaqalaridagi umumiy ekologik vaziyatni hisobga olib, missionerlar o‘z hamkorlari bo‘lgan xorijiy xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda «ichimlik suvining sifatini yaxshilash», “ekologik vaziyatni barqarorlashtirish”, “bolalar va onalar salomatligini mustahkamlash”, “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni oqilona tashkil etish” degan shiorlar va tamoyillar ostida ish olib borishga harakat qilganliklari ma’lum. Bugun butunlay to‘xtatilgan bunday “gumanitar loyihalarni” o‘z vaqtida mamlakatimizning boshqa hududlarida ham amalga oshirishga harakat qilingan edi.
Mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlashning konstitutsiyaviy asoslari haqida nima deyish mumkin?
Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqidir. U inson huquq va erkinliklarining ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizda insonning bunday huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq bir qator qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan. Barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga, jumladan, e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi haqidagi qoida ularning asosini tashkil etadi.
Qayd etilgan tamoyillarning mantiqiy davomi sifatida Konstitutsiyamizning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, - degan qoida mustahkamlab qo‘yilganini ham ta’kidlash zarur.
Ushbu qoida insonning e’tiqodi bilan bog‘liq huquqi va erkinliklarini kafolatlashi bilan bir qatorda uning tanlovi davlat tomonidan muhofaza qilinishini ham e’tirof etadi. Boshqacha aytganda, fuqaro dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka o‘z munosabatini belgilayotgan paytda hamda vijdon erkinligi bilan bog‘liq boshqa hollarda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi faqat xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. Bu, demokratiyaning yorqin belgisi va, ayni paytda, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning muhim omilidir.
Ta’kidlash joizki, bu tartibdagi cheklash xalqaro hujjatlarda ham o‘z ifodasini topgan. Jumladan, “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”ning 29-moddasi 2-bandida insonning huquq va erkinliklari boshqalarning huquq va erkinliklari tan olinishi va hurmat qilinishi hamda axloq-odob talablaridan kelib chiqib, qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda cheklanishi mumkinligi qayd etilgan.
Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasida diniy adovatni targ‘ib qiluvchi birlashmalar, diniy ruhdagi siyosiy partiyalar hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanganini ham alohida qayd etish lozim. Bu mamlakatda e’tiqodiy bo‘linish hamda dindan bir niqob sifatida foydalanib, hokimiyatga intilish va g‘araz niyatlarni amalga oshirishni rejalashtirgan turli guruh va yo‘nalishlar faoliyatining oldini olishga xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizning 61-moddasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir qoida mustahkamlab qo‘yilgan: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
Mazkur qoida qaysi konfessiyaga mansubligidan qat’i nazar, diniy tashkilotlarning bir xil huquqiy maqomda faoliyat olib borishini belgilaydi, ularning hech qaysiga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlarga yo‘l qo‘ymaydi. Bu qoidaning ahamiyati yana shundaki, u davlatning diniy yoki dahriylik targ‘ibotiga oid faoliyatni qo‘llab-quvvatlamasligini belgilab beradi.
SHu bilan birga, qayd etilgan qoidaga ko‘ra, davlat diniy tashkilotlarning sof diniy masalalari, ibodat va rasm-rusumlarga, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa turdagi faoliyatiga aralashmaydi, bu ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xoli hisoblanadi. Bu o‘z navbatida davlatga turli dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar, har xil diniy konfessiyalarga mansub tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat, hamjihatlik va totuvlikni qaror toptirish imkonini beradi.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish