Din falsafasi - unda dinning mohiyati, ijtimoiy hodisa sifatidagi umumfalsafiy tushunchasi, diniy ongning psixologik tahlili va gnoseologik ildizlari tahlil qilinadi.
Din falsafasi. Din sotsiologiyasi, psixologiyasi kabi asosiy mavzusi «din» bo‘lgan din falsafasi, «din»ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi. Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qo‘lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo‘llagan metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin. Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini o‘rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo‘lgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi-koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari ilmimon, ilm-din, din-madaniyat (din-san’at, din-til-adabiyot) diniy tajriba, diniy his kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi.
Teologiya - (lot. Deo - xudo, logos - ta’limot) - Xudo to‘g‘risidagi fan, ta’limot. Teologiya (Ilohiyot) falsafasi Xudo bilan insonning o'zaro aloqasi haqidagi tasawurlar ilohiyot falsafasining asosini tashkil etadi. Ilohiyotchilar o‘z qarashlarida Xudo, uning sifatlari, belgilari va xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limotlami asoslab, ulami himoya qilish sistemasini yaratish bilan shug‘ullanadilar. Ilohiyot falsafasi muqaddas yozuvlar va rivoyatlarning ilohiy jamligini, cherkovning ilohiy mohiyatga igaligini isbotlashni hamda ibodatni bajarish bilan bog‘liq bir qator bilimlar yig'indisini o‘z ichiga oladi. Xudoning oliyligi haqidagi tushunchalar buyuk g‘arb iiohiyotchilari asrlar davomida Augustin, Avitsenna, Moimond, Basius, Bonaventura va Akuanalar tomonidan rivojlantirildi. Xudo- u g'arb sivilizatsiyasida bosh g‘oya bo‘lib kelgan. Agar biz Xudoning yuqoridaligi va uning osmondagi odam ekaniniyodda tutsak, biz an’anaviy ilohiyotchilar kabi bu erdan uzoqligini bilishimiz mumkin. Va u an’anaviy ilohiyotchilaming Xudosidir. Robinson haqmi yoki nohaq va shunisi shubnhaliki, u haq - bu shak shubxasiz haqiqat. Qachonki biz Xudoning g‘arbiy sivilizatsiya g‘oyalarining madaniy vorislari bo‘lsakgina biz o‘ylaymizki ilohiyotchilaming xudosi kabi uni hurmat qilamiz va u shundagina muhim ahamiyatga ega. U foydali bo‘ladi, va bizning shaxsiy Xudo haqidagi o‘ylarimizni ko‘proq tadqiq qilish orqali Xudo buyuk ilohiyotchilaming o‘ylarida paydo bo‘lganligi uning o‘zgacha dunyosi va olamdan ajralib turishi Xristianlik rasmiy ilohiyotining asosiy falsafiy manbai Platon, Aristotel va neoplatonizm ta’limotlariga borib taqaladi. Ammo bu qarashlar keyingi davr ilohiyotchi-faylasuflar tomonidan birmuncha rivojlantirildi. Xristianlik yo‘nalishlari: pravoslaviya, protestantizm va katolitsizmlaming har binning o‘ziga xos ilohiyot falsafasi mavjud. Ulaming falsafiy ta’limotlarida muayyan farqlar bo‘lishi bilan birga umumiylik borligi ham kuzatiladi. Islom dinida ilohiyot falsafasining shakllanishi davriga qadar xilma-xil ilohiyot oqimlari vujudga kelgan. Masalan, jabboriylar, qadariylar, mu’taziliylar, musji’iylar va boshqalar vujudga kelib, ulaming har biri ilohiyot masalalarini o‘ziga xos talqin qilgan. Ortodoksal ilohiyot oqimi kalom (keyinchalik islom falsafasi) deb nom olgan. Bundan tashqari islomdagi barcha yo'nalishlar va mazhablarda ham ilohiyotchilik ta’limotlari mavjud. Islom dunyosida falsafiy, shu jumladan ilohiyot falsafasining vujudga kelishi VII asrming ikkinchi yarmida mu’taziliylar va mutakallimlar faoliyati bilan bog‘liqdir. Mu’taziliylar g‘oyalariga e’tirozli fikrlami ash’ariylar (ulami mutakallimlar ham deyiladi) ilgari suradilar. Abu Mansur Moturidiy (870-944) Abul-Hasan alAsh’ariylar (873,874-935, 936) kalom ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar. Bu oqimning yirik vakillari: al-Baqilloniy (1027- y.v.), Ibn Furaq (1015-y.v.), Abu Ishaq al-Isfara’iniy (1085-y.v.), ashShaxrstoniy (1135) va Faxriddin ar-Roziydir. Bu oqim tarafdorlari tabiatda sabab va oqibat kategoriyasi .navjudligini tan olmaydilar. Borliqdagi barcha narsa va mavjudotiaming yaratilishi va rivojlanishini Xudo ijodi va karomati bilan bog'laydilar. Ash’ariylar aqlni diniy an’anachilikdan (naqldan) ustun qo‘yadi va musulmonlaming hayotini boshqaruvchisi shariat deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |