1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja



Download 10,36 Mb.
bet3/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Teosofiya - (yun. theos - Xudo va sophia - donishmandlik, bilish) - falsafiy ta’limot. Teosofiya ta’limotiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlaming hayoti ulaming tanasini boshqarib tumvchi ilohiy jon, ruhning faoliyati bilan bog'liq. Inson o‘zining yuksak zakovati yordamida aslida 0‘zining ilohiy jon ekanini, shu jon bilan tabiati bir bo'lgan Xudoning tabiatini anglab etish imkoniyatiga ega bo'lgan. Xudo - o‘zining quwati bilan butun borliqda mavjud bo‘lgan eng kichik tirik zarrasaning ham, eng katta tirik mayjudotning ham ichida alohida mavjud bo‘la oladigan, ayni paytda butun borliqni nazorat qilib boshqarib turadigan, cheksiz qudratga ega bo‘lgan Oliy Ruhdir. Jon esa, Xudo quwatining ajralmas bo‘lagi hisoblangan ruhdir. Alohida ruhning mavjud emasligiga qarab, bOrliq tirik yoki o‘lik, jonli yoki jonsiz mavjudotlarga bo‘linadi. Teosofiya ilmiga asosan, Xudo - yagona mutlaq manba; uning tabiati uch turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: butun borliq Xudoning ichki va tashqi quwatidan tarkib topgan; Butun olamni ana shu ikki quwatdan tarkib topgan ikki olamga bo‘lish mumkin: ruhiy va moddiy olam. Xudoning ichki 65 quwati oliy, ruhiy quvvat, tashqi quvvati esa, quyi moddiy quwati hisoblanadi. Ruhiy quw at moddiy quwatidan ustun va uni boshqarib turadi. Ruh o‘z xohishi bilan ruhiy olamda, yoki moddiy olamda yashash mumkin. Ruhlaming moddiy olamni boshqarish faoliyati aralash quvvat, ya’ni ruhning moddiy hayotidir. Ruhning moddiy olamdagi, bir tanadan ikkinchi tanaga o‘tib, rivojlanish faoliyati ruhning evolyusiyasi, deb ataladi. Inson tirik mavjudotlar ichida rivojlangan ongga ega, shu sababli ruh va moddaning bir biridan farqini anglab etishga qodir mavjudot. Insonni boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turuvchi yagona xislati o‘zining ruh ekanini anglab etishi va hayotda ana shu ilmi asosida yashay olish qobiliyatiga egaligidan iborat. Insoniyat tarixida faqat insonlar jamiyatidagina mavjud bo‘lgan turli diniy-fal-iy ta’limotlar zamon, makon va sharoitga mos ravishda asosan ana shu yagona ta’limot, ruh va tananing bir-biridan farq qilishini o‘rganadi. Xudo - diniy sig‘inish va e’tiqod qilishning ob’ekti sifatida namoyon bo‘ladigan buyuk qudrat, azaliylik va abadiylik, yaratuvchanlikning timsoli. Xudo turli ta’limotlarda turlicha talqin etilgan. Xususan SHarqda keng tarqalgan panteizm (vujudiyun)da Xudo tabiat (borliq)ning o‘zida Xudo va tabiat bir butunlikni tashkil etadi, deyiladi. Qadimgi zardushtiylik dinida ikki Xudo obrazi: yorug‘lik Xudosi (marhamatli Xudo) Ahuramazda va qorong‘ilik Xudosi (shafqatiz, yovuz Xudo) Anhramanu (Ahriman) bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan. Qadimgi SHarq dinlarida va b. politeistik dinlarda Xudolar juda ko‘p bo‘lib, ulardan biri eng asosiy, eng qudratli hisoblangan (mas., qadimgi bobilliklarda Marduk, yunonlarda Zevs, slavyanlarda Perun), Monoteistik dinlarda, xususan, islomda yagona va qudratli Xudoga e’tiqod qilish - asosiy diniy aqidadir. Xudo tasawuri tarixiy taraqqiyotning sulidir, boshqacharoq aytganda, Xudolar odamlami emas, odamlar Xudolami yaratgan. Qadimgi diniy e’tiqodlarda Xudolarga sig‘inish bo‘lmay, jonsiz narsalarga topinilgan yoki ruh, ajinalar va b. fantastik obrazlarga e’tiqod qilingan. Ibtidoiy jamoa tuzumi emirilib, birlashmalari rivojlanayotgan, sinflar vujudga kelayotgan sharoitda qabila Xudosining obrazi kelib chiqdi. Bu obraz, awalo, bir qabila boshlig‘ining boshqa qabila va uning Xudosiga qarshi kurashdagi obrazi bo‘lgan. ko‘pgina o‘troq xalqlarda shahardavlatlaming tashkil etilishi bilan qabila Xudolari shahar Xudo 66 homiylariga alangan. ,Bir necha qabila yoki shaharlaming birlashishi bilan eng kuchli qabila yoki shahar davlatlarning Xudolari umumdavlat, milliy Xudolarga aylangan, bo‘ysungan qabila va shahr Xudolari politeistik ibodatxonada ikkinchi darajali o‘rin egalladi. Qad. yahudiylarda Yaxve dastlab, qabila Xudosi va mahalliy Xudo bo‘lgan, qad. yahudiy qabilalarining birlashishi va Iudeya davlatining tashkil etilishi bilan umumyahudiylarning Xudosiga, keyinchalik esa qudratli yagona Xudoga aylangan. Xristian dinida Xudo obrazi milodning 1-asrida shakllangan. Uning asosini yahudiylar Xudosi Yaxve (ota Xudo) tashkil etadi, lekin bu Xudo timsoliga o‘g‘il- Xudo (Iisus Xristos) va muqaddas ruh- Xudo obrazlari ham singib ketgan. Buddizmda dastlab Xudolarga sig‘inish inkor etilgan bo‘lsa-da, keyinchalik buddaning o‘zi Xudo deb tanilgan, bu dinda u bilan bir qatorda boshqa Xudolar ham bor. Islom dinida e’tiqod qilinadigan yakka Xudo Olloh deb ataladi. Bu X. Makkada yashagan qad. Quraysh qabilasi Xudosi bo‘lib, Muhammad targ‘ibot bilan VII asrlarda islom dini Xudosiga aylangan. Makkadagi qad. ibodatxona - Ka’ba Baytulloh (Ollohning uyi) deb atalib, musulmonlaming bosh sajdagohi bo‘lib qolgan. Asosiy monoteistik dinlar shaklanishi tarixiy jarayoni tugallanishi bilan diniy-fal-iy ta’limotlar vujudga keldi. Xudo faqat e’tiqod va sig‘inish predmeti bo‘lmay, idealistik fal.ning tushunchasiga ham aylandi. Xudo to‘g‘risidagi tasavvur va uning turli shakllari qad. va yangi davr ateistlari, ma’rifatparvarlari, ayniqsa, XVIII asrda fransuz materialistlari va Feyerbax tomonidan tanqid qilingan.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish