1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


Missionerlikda nima uchun yoshlarga alohida e’tibor beriladi?



Download 10,36 Mb.
bet58/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Missionerlikda nima uchun yoshlarga alohida e’tibor beriladi?
YOshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali etarli tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va, ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
“YOshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman”,-deb yozgan edi ingliz siyosiy arbobi Edmund Berk. SHu nuqtai nazardan qaraganda, missionerlarning jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni ko‘zlab ish yuritayotganini qayd etish lozim.
Tasavvur qiling ertaga ana shunday prozelitlardan biri, yuqori davlat mansablaridan biriga ko‘tarildi. O‘sha mansabdor endi davlat manfaati uchun xizmat qilarmikin yoki o‘z rahnamolari nag‘masiga o‘ynarmikan? Afsuski, yoshlarimiz orasida ham bundaylar yo‘q emas. Ularning tillaridan Vatan tanqidi va Evropa taqlidi tushmaydi. O‘zlarini «lider», “yuqori siyosiy ong egasi” deb bilgan holda ular xorijdan kelgan ayg‘oqchi missionerlarni o‘zlariga ideal qilib olganlar.
“Zarg‘aldoq” inqiloblar, turli diniy ekstremistik harakatlar, terrorchilik xurujlarining asosiy ishtirokchilari yoshlar ekani esa yuqoridagi kabi e’tiqodiy va g‘oyaviy ta’sir va tazyiqlar qanday oqibatlarga olib kelishini, o‘sib kelayotgan avlodga xos faollik va sotsial energiyadan g‘ayriinsoniy maqsadlar yo‘lida nechog‘lik ustalik bilan foydalanish mumkinligini yaqqol namoyish etadi.
Mehnat migratsiyasiga xos xususiyatlardan missionerlik yo‘lida foydalanishga intilish nimalarda ko‘rinadi?
Globallashuv chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda mehnat migratsiyasi tabiiy holat hisoblanadi. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, Er yuzidagi har 6 odamning 1 tasi mehnat migranti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, taxminan 1 milliarddan ortiq odam ko‘proq pul topish, yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida mamlakat ichida bir joydan ikkinchi joyga yoki bir davlatdan boshqasiga ishlash uchun boradi. Global xarakter kasb etgan mazkur holatdan ham missionerlar ustalik bilan foydalanishga harakat qilmoqdalar. Mavsumiy mehnat migrantlariga yaxshi ish topishda maslahat berish, ish topishda ko‘maklashish, uyda qolayotgan oila a’zolari va yaqinlariga ko‘maklashish bayrog‘i ostida missionerlik harakatlari olib borilayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
SHu bilan birga, missionerlar psixologik tazyiqqa uchragan mehnat migrantlarini ular borayotgan mamlakat yoki hududdagi hamkasblari qo‘liga tutkazadilar. SHu tariqa, ular boshlagan ma’naviy-ruhiy ta’sir e’tiqodiy tarbiya bilan almashadi. Tadrijiy va tizimli e’tiqodiy bosim ostida qolgan inson oxir-oqibatda o‘z dinini o‘zgartiradi. Ana shu tariqa xristianlikni qabul qilish hollari bugungi kunda masalan, Qozog‘iston, Janubiy Koreya yoki Rossiyada ishlab kelayotgan mehnat migrantlari orasida ko‘plab uchrayotgani missionerlar o‘z maqsdalari yo‘lida xalqaro hamkorlikni ham yaxshi tashkil qilganliklarini ko‘rsatadi.
YUqoridagi kabi taktikani chet elda ta’lim olish uchun harakat qilayotgan yoshlarga, xorijlik fuqaroga turmushga chiqib, o‘z baxtini topishga intilayotgan ayol-qizlarga nisbatan qo‘llash hollari uchrayotganini ham alohida qayd etish lozim. Mazkur holat ham ularning konkret vaziyatga moslashgan holda ishlashga harakat qilayotganini yana bir isbotlaydi.
Missionerlar ma’lum sohalarda mehnat qilishdan ham o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishmoqda. Buni qanday izohlash mumkin?
Ochiq-oshkora missionerlik harakatlarini olib bora olmaslik missionerlarni yangi yo‘llarni qidirib topishga undamoqda. Xususan, muayyan korxona yoki tashkilotda bunday faoliyat bilan shug‘ullanish imkonining yo‘qligi, missionerlarni odamlarning diqqatini tortmaydigan sohalarga ishga joylashish orqali o‘z harakatlarini davom ettirishga undamoqda. So‘nggi paytda, masalan, iegovochilar shahar obodonchiligi tizimida farrosh va o‘ziga to‘q fuqarolarning uyida xizmatkor sifatida ishlashga alohida e’tibor bermoqdalar. Bunday yo‘l o‘ziga xos samaradorlikka ega, albatta. Masalan, ko‘cha supurayotgan farrosh o‘tib ketayotgan har bir odam bilan erkin va bemalol muloqotga kirishgan holda uni qiynayotgan muammolar haqida gaplashish, ularni echishga yordam bera oladigan kishilar borligini bayon etish va “to‘g‘ri yo‘lni” topishga taklif etish imkoniga ega bo‘ladi.
Uyda xizmatkorlik qilayotgan, o‘zining xushmuomalaligi, to‘g‘riso‘zligi, mehnatkashligi, boz ustiga diniy bilimlardan xabardorligi bilan ishonch qozongan missioner esa, o‘ziga to‘q oilaning uy bekasi, farzandlariga asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, e’tiqodiy bosim o‘tkazish yo‘lidan boradi. Tajriba, afsuski, aksariyat hollarda ular o‘z ko‘zlagan natijalariga erishishlarini ko‘rsatmoqda.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish