1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


Missionerlar bolalar orasida ham ish olib bormoqda



Download 10,36 Mb.
bet57/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Missionerlar bolalar orasida ham ish olib bormoqda.
Missionerlar o‘zlari haqida ijobiy tasavvurni shakllantirish va shu asnoda o‘z faoliyatlarini kengaytirish maqsadida maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashga ham alohida e’tibor bermoqdalar. Jumladan, bolalar uchun yozgi oromgohlar tashkil etish orqali tegishli e’tiqodiy ta’lim-tarbiyani amalga oshirishdan keng foydalanilayotganini ta’kidlash zarur. Masalan, bugungi kunda «Xalqaro xristian lagerlari» assotsiatsiyasining MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining 7 tasida, jumladan, Rossiyada -96, Latviyada -10, Belarus Respublikasida -5, Estoniyada -3, Qirg‘iziston, Litva va Finlyandiyada -1 tadan lageri ish olib bormoqda. Faoliyati tugatilgan Nukusdagi «Emanuel» cherkovi tomonidan tuzilgan lager misolida bunday yo‘nalishdagi harakat O‘zbekistonda ham kuzatilganini qayd etish lozim.
SHu narsa e’tiborga loyiqki, Qozog‘istondagi “Hosil o‘rib olish cherkovi” ning “Niva” oromgohida so‘nggi 5 yil davomida ko‘pchiligi ota-onasi yo‘q yoki kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan 3 mingdan ortiq bola dam olgan. Oromgohdagi dastur va rejalar shunday ishlab chiqilganki, mavsum oxiriga borib unda dam olgan bola xristianliknini qabul qiladi.
YOzgi ta’til davrida bolalarni dam olish joylariga qisqa muddatga olib chiqish, cherkov hududida bir necha smenali, kamida 2 mahal ovqat beriladigan kunduzgi dam olish lagerlari tashkil etish ham missionerlar faol foydalanadigan usullardan hisoblanadi. Odatda, bunday amaliyot cherkovga qatnaydigan fuqarolarning bolalari uchun tashkil etilgani haqida hamma joyda ochiq-oshkor e’lon qilinadi ham. Ammo aslida bunday harakatlar “e’tiqodiy tarbiyadan chetda qolayotgan bolalar” uchun mo‘ljallangani hech kimga sir emas. CHerkovga ibodatga keladiganlar orqali mahalla va maktablarda bolalar lagerlariga bepul yo‘llanma borligi, dam olish davrida turli to‘garaklar faoliyat ko‘rsatishi, bolalarning dam olishi mazmunli o‘tishi, qadimiy joylarga ekskursiyalar tashkil etilishi haqidagi e’lon-da’vatlarning tarqatilishi ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
CHerkovlarda bolalar uchun mo‘ljallangan «yakshanba» maktablari tashkil etish, bunday maktablarga jalb qilinganlar ishtirokida turli tadbirlar o‘tkazish, xristianlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan spektaklllar qo‘yish va muayyan tayyorgarlikdan o‘tgan tarbiyalanuvchilardan masihiylikka da’vat qiluvchi turli adabiyotlarni tarqatishda faol foydalanishga intilishni ham bolalar orasida olib borilayotgan missionerlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida qayd etish mumkin.
Missionerlar shuningdek, jamiyatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish, aqli zaif bolalar, kasallar uchun “inklyuziv ta’lim”ni tashkil etish, o‘smirlarni narkotiklardan himoya qilishdek yo‘nalishlarda turli shakl va mazmunda amalga oshirilayotgan loyihalar ruhiga moslashishga va shu yo‘l bilan go‘yoki, ularning faoliyati mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga hamohangligini ko‘rsatishga intilmoqdalar. Bunday harakatlar aslida fuqarolarning hushyorligini yo‘qotish va shu yo‘l bilan g‘araz maqsadlarga erishishga qaratilgani hech kimga sir emas.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish