1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


Misssionerlik faoliyatida yana qanday tashkilotlar ishtirok etmoqda?



Download 10,36 Mb.
bet52/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Misssionerlik faoliyatida yana qanday tashkilotlar ishtirok etmoqda?
Missionerlik rivojiga Janubiy baptist cherkovining Xalqaro missionerlik bo‘limi, ushbu cherkovning AQSHning Richmond shahrida joylashgan ilmiy markazi, “Ibodat Harakati-2000”, “Jahon Ibodat Markazi” va “Xalqaro Havoriylar Koalitsiyasi” kabi tashkilotlar ham o‘ziga xos hissa qo‘shib kelmoqda.
Zamonaviy missionerlikda muayyan moliyaviy imkoniyatlarga ega va o‘zi mansub bo‘lgan konfessiya ta’limotini dunyo bo‘ylab yoyishga hissa qo‘shishni muqaddas burch, deb biladigan alohida dindorlar tomonidan tashkil etiladigan “xususiy missiya”lar paydo bo‘lganini ham qayd etish lozim. Odatda bunday faol dindorlar ma’lum mamlakatga kelib u erda o‘z nomlaridagi missiya va parallel ravishda xayriya jamg‘armasi tuzib, missionerlik bilan shug‘ullanadilar. Hozirda MDH hududida Kanada fuqarosi Kennet Kouplend tomonidan tashkil etilgan “Kennet Kouplend”, AQSHlik ayol Joys Mayer tuzgan “Joys Mayer” missiyalari faoliyat yuritayotgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Hozirgi kunda global miqyosda faoliyat yuritayotgan missiyalar ichida Patrik Djonstoun tomonidan asos solingan “Dunyo operatsiyasi” missiyasi eng yirik missiya hisoblanadi. U asosiy e’tiborni P.Djonstoun tomonidan ajratib ko‘rsatilgan hududlar (“10/40 OYNA”) doirasida missionerlik faoliyatini amalga oshirishga qaratib kelmoqda.
Xalqaro missioner tashkilotlari xristianlikdan boshqa dinlar doirasida ham mavjud. Jumladan, buddaviylik doirasida yuzaga kelgan Soka Gakkay, Foguanshang va Von kabi tashkilotlarni shu qatorga qo‘shish mumkin. Ushbu tashkilotlar o‘z missionerlik faoliyatida asosan adabiyotlar tarqatish va ba’zi hollarda xayriya tadbirlarnini o‘tkazish amaliyotidan foydalanadi.
Diniy sektalarning missionerlik faoliyati va uning oqibatlari nimalarda ko‘rinadi?
Diniy sektalar faoliyati haqida gap ketar ekan, ularga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni alohida qayd etish lozim. Ayrim sektalar muayyan konfessiya doirasida shakllanib, asosiy e’tiborni sobiq e’tiqoddoshlari orasida targ‘ibot olib borishga qaratadilar. Ba’zi sektalar esa, nafaqat sobiq maslakdoshlari, balki boshqa konfessiyaga mansub insonlar orasidan ham o‘z tarafdorlarini shakllantirishga harakat qiladilar.
Qayd etilgan sektalar bilan bir qatorda, hech bir konfessiyaga mansub bo‘lmagan, muayyan shaxs – “ustoz”, “yo‘lboshchi” yoki “rahnamo” tomonidan asos solingan va aholining duch kelgan ijtimoiy va konfessional qatlami bilan ish olib boradigan sektalar ham mavjudligini ta’kidlash zarur.
Afsuski, yuqoridagi kabi ko‘rinishlarda chiqadigan sektalar faoliyati natijasida bir qator salbiy xolatlar, ba’zi hollarda fojiaviy hodisalar kelib chiqayotganini qayd etish lozim. Jumladan, o‘tgan asrning 70-yillarida AQSHning San-Fransisko shahrida Jim Jons tomonidan asos solingan “Xalq ibodatxonasi” nomli tashkilot mahalliy protestantlar orasidan bir necha ming kishilik jamoa tuzishga erishadi. Sekta asoschisining turli “qiliq”lari shahar jamoatchiligiga ma’lum bo‘lib qolgach, Jons “chirkinliklarga to‘la shahar”dan ketib, Gayana changalzorlarida “Xudo Podshohligi”ni qurish lozimligini e’lon qiladi.
Bunday sektalar qatoriga 1992 yilda Xitoyda Lyu Xunchji tomonidan tuzilgan va 2 milliondan ortiq tarafdori bo‘lgan “Falungun” sektasini ham kiritish mumkin. Lyu Xunchji faqat o‘zinigina zaminni halokatdan, kishilarni qiyinchiliklardan qutqaruvchi, jismoniy va ma’naviy etuklikka boshlovchi, gunohlardan forig‘ qilishga qodir deb hisoblaydi. Jannat faqat uning tarafdorlarigagina nasib qilarmish. Oxirat bilan qo‘rqitish markaziy o‘rinni egallagan Lyu Xunchji ta’limotiga ergashish 1400 dan ortiq kishining halok bo‘lishi, yuzlab odamlarning ruhiy kasallikka chalinishiga sabab bo‘lgan.
Buddizm doirasida shakllangan “Aum Sinrikyo”ning 1995 yilda Tokio metrosida tinch aholiga nisbatan gaz hujumi uyushtirishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani, AQSHda paydo bo‘lgan “Osmon darvozasi” sektasi a’zolaridan 60 dan ortiq kishi o‘z joniga qasd qilgani, Ugandada yuzaga kelgan “Xudoning o‘nta buyrug‘ini qayta tiklash harakati” sektasi qurbonlari soni 1000 dan ziyodni tashkil etgani ham bunday sektalar faoliyatining mudhish oqibatlaridan dalolat beradi.
Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda sektalar faoliyati natijasida jabr ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish maqsadida maxsus markazlarning tuzilgani, afsuski, yuqoridagi kabi holatlarning ko‘payib borayotgani va xatarli ko‘lam kasb etib, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatayotganining o‘ziga xos in’ikosi hisoblanadi.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish