1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja



Download 10,36 Mb.
bet20/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Buddaviylik oqimlari.
Xinayana Buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Xinayana «kichik arava» ma’nosini anglatib, u diniy yo‘nalish sifatida mil.av. I asrda shakllangan.
Maxayana Xinayana bilan bir qatorda Buddaviylikdagi ikkinchi asosiy yo‘nalish bo‘lib, u ruhiy kamolot ahdiga rioya etuvchi, xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga in’omlar berib yordam ko‘rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin degan ta’limotga asoslanadi.
Szintu yo‘nalishi Xitoyda vujudga kelgan va keyinchalik YAponiyaga o‘tgan. Unga Xuey-YUan asos solgan.
Tyantay yoki Tenday yo‘nalishi. Bu nom shunday deb atalgan bir ibodatxona nomi bilan bog‘liq. Mazkur yo‘nalishning ilk va ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri monax CHji-I bo‘lgan.
Tantrizm Hindistonda birinchi ming yillik o‘rtalarida vujudga kelib, keyinchalik Xitoyga ham o‘tgan. Buddaviylikning ushbu yo‘nalishi VIII asrga kelib juda taraqqiy topdi.
CHan-Buddaviylik.Mazkur yo‘nalishning nomi sanskrit tilidagi «dxiana» (meditatsiya, fikrni jamlash) so‘zidan kelib chiqqan.
Dxiana ta’limotining Xitoydagi ilk namoyandalari Dao-An hamda Xuey-YUanlar edilar.
Lamaizm Buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u tibet tilida «lama» – «eng ulug‘» degan ma’noni anglatadi. Mazkur diniy yo‘nalish rahbari shu nom bilan – lama deb ataladi.Lamaizm Tibetda VII-XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi.
Buddaviylik dining tarqalishi. Ushbu ta’limotningyoyilishida buddist jamoalarning (sangxa) roli katta bo‘lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo‘lgan to‘qqiz oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, aholini bu dinga da’vat qilib yurganlar. Faqatgina musson yomg‘irlari tinmay quygan uch oydagina o‘z ibodatxonalarida muqim bo‘lib meditatsiya bilan shug‘ullanganlar.
Mil. av. 273-232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka davrida Buddaviylik keng hududlarga jadal tarqaldi. U buddist monaxlarga (rohiblar), ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik bildirardi. Buddist missionerlari o‘z prinsiplarida mahkam turib, yumshoqlik va kelishuvchanlik bilan harakat qildilar.
Buddaviylik jamoalari begona din, madaniyat va urf-odatlar ustun bo‘lgan sharoitlarda asrlar mobaynida o‘zlarini saqlab qolish, fursat kelganda, ularga o‘z ta’sirlarini o‘tkazish qobiliyatiga egadirlar. Ularning bu xususiyatlari Hindistonda musulmon hukmdorlari davrida, SHri Lankada portugallar, gollandlar va inglizlar mustamlakasi davrida, Xitoy va YAponiya konfutsiychilari davrida mazkur hududlarga Buddaviylikning yoyilishida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Buddaviylik milodning I asrida Xitoy, IV asrda – Koreya, VI asrda – YAponiya, VII asrda – Tibet, XIII-XVI asrlarda – Mongoliya, XVII-XVIII asrlarda – Buryatiya va Tuva, XIX-XX asrlarda esa Amerika va Evropa qit’alariga kirib borgan.
Buddaviylik boshqa xudolarga sig‘inishni taqiqlamaydi. Budda, ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berishi mumkin, biroq ular nirvana holatiga olib bormaydi, deb ta’lim bergan. SHu sababli, Buddaviylik ta’limoti turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan ilohiyatlari yoki ulug‘langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan.
Masalan, Hindistonning Buddaviylikga mansub ilohiyatlari dunyoni yaratuvchi Braxma, chaqmoq va momoqaldiroq xudosi Indra, hunarmandchilar homiysi Xatimanu, Tibetda qahramon Baser timsoli, Mongoliyada CHingizxon kabi milliy qahramonlar Buddaviylik ilohiyatlari timsoliga aylandi. Biroq, bu ilohiyotlar nirvana holatiga olib bormaydi. Faqatgina Budda nirvanaga boshlay oladi va shu yo‘sinda insonni azoblardan xalos etadi.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish