Mavzu: Rossiya imperiyasi mustamlakasi davrida Turkistonda madaniyat va san’at Reja



Download 26,71 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2022
Hajmi26,71 Kb.
#675471
  1   2
Bog'liq
Rossiya imperiyasi mustamlakasi davrida Turkistonda madaniyat va san’at


Mavzu: Rossiya imperiyasi mustamlakasi davrida Turkistonda madaniyat va san’at
Reja:



  1. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida O‘zbekiston madaniyati va san’ati. Shahar va qishloqlar turmush tarzining o‘zgarishi.

  2. Zamonaviy san’at turlarining kirib kelishi. Arxitektura va tasviriy san’at.

  3. Kino san’atining kirib kelishi. Xudoybergan Devonovning (1877-1940) faoliyati.

  4. Turkistonda amaliy bezak va xalq san’ati. XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda Yevropa va mahalliy me’morchilik san’ati an’analarining bir-biriga yaqinlashishi.

  5. Kino san’atining kirib kelishi. Xudoybergan Devonovning (1877-1940) faoliyati.

Imperiyaning Turkiston xalqlariga nisbatan «ma’rifatparvarlik» siyosatini Tashqi ishlar vazirligi amaldoridan birining e’tirofi aniq ifodalab beradi. U «О‘rta Osiyo xalqlari о‘z jaholatlari qorong‘uligida tentirashlari uchun ularni madaniyatdan yiroq tutish lozim», deb yozgan edi. (K.YE. Bendrikov. Ocherki po istorii narodnogo obrazovaniya v Turkestane (1865-1924). M., I960. Str. 27.)



Rus ma’muriyati mahalliy musulmon aholisining diniy e’tiqodi, his-tuyg‘usiga nisbatan dushmanlik kо‘zi bilan qarab, ularni «tuzemets» deb ataganlar va ikkinchi toifadagi fuqarolar sirasiga kiritganlar.
Rossiya imperiyasi ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi siyosatini mustamlakachilik manfaatlariga buysundirgan edi.
XIX asrning ohirgi choragidan Turkistonda rus-tuzem maktablari tashkil topa boshladi. Ularni ochishdan asosiy maqsad mustamlaka о‘lkalari uchun tarjimonlar tayyorlash bо‘lib, rus amaldorlariga ruschani yaxshi bilgan kadrlar kerak edi. Shuning uchun bu maktablardagi asosiy ta’lim mahalliy bolalarni keng bilimdon qilib tarbiyalash emas, balki faqat rus tilini egallashga qaratilgan.
Rus-tuzem maktablarida о‘quv kuni ikki qismdan iborat bо‘lib, birinchi kismda ikki soatlik mashg‘ulotni rus о‘qituvchisi (о‘quv, yozuv, hisob buyicha), ikkinchi qismda saboqni о‘zbek muallimi olib borgan. Birinchi rus-tuzem maktabi 1884 yil 19 dekabrda Toshkentda tashkil etilgan. 1917 yil boshlarida hozirgi О‘zbekiston hududida shunday maktablarning 84 tasi faoliyat kо‘rsatgan. Mahalliy aholi uchun eski maktab hamda madrasalar asosiy ta’lim о‘choqlari bо‘lsada, ular bilan bir qatorda rus mustamlakachilari va musulmon mutaassiblari hohish va irodasidan qat’i nazar, yangi usul - jadid maktablari tashkil topa boshladi.
Turkistonni Rossiya imperiyasi bosib olganidan sо‘ng nima uchun rus olimlari о‘lkaning tabiati, tabiiy boyliklari, iqtisodi va tarixini о‘rganish ishlarini kо‘paytirganlar, degan savol bilan talabalarga murojaat qilinadi. Sо‘ngra ularning javoblari umumlashtirilib, mustamlakachi ma’murlarning bu sohani о‘rganishdan manfaatdorligini asoslab berish bilan birga, ilmiy jamiyatlar, muassasalarning tashkil topishi va о‘lkaning ilmiy jihatdan tadqiq etilishi ilm-fanning rivojiga turtki bо‘lganligi ta’kidlab о‘tiladi.
Umuman, bu davr ilm-fani, adabiyoti va san’atida Yevropa madaniyatining ta’siri kо‘zga tashlana boshladi.
Adabiyotning mazkur davriga nazar solinsa, iste’dodli о‘zbek shoir va adiblaridan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz О‘tar, Xamza, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy kabilar yashab ijod qildilar. Qoraqalpoq adabiyotining yorqin namoyandalaridan Ajiniyoz va Berdaq shular jumlasidandir. Ular jamiyat illatlari-jaholat, nodonlik, qoloqlikka qarshi kurashib, о‘z asarlarida mustamlakachilik sharoitidagi halqning irodasini, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish yulidagi his-tuyg‘ularini ifodalashga intildilar. Proza va publitsistka paydo bо‘ldi. Shuningdek, ma’rifatchilik mafkurasi, milliy - ozodlik g‘oyasi, milliy ruh bu yangi adabiyotning muhim xususiyatiga aylandi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkiston tasviriy sanati о‘zining yangicha shakllanish davriga asta-sekin kirib kela boshladi. Asosan bu davrga Yevropaning ilg‘or tasviriy san’ati ananalari rus va boshqa halqlarning vakillari orqali о‘z ta’sirini о‘tkazdi. Asta-sekin mahalliy an’analar bilan uyg‘un rivojlangan tasviriy san’atimiz rivojiga M. Novikov, L. Bure, S. Yudim, I.Kazakov, P. Kuznetsov, T. Nikitin, O. Tatevosyan singari rassomlar salmoqli hissa qо‘shdilar. Me’morchilik va amaliy bezak san’atida ham о‘zgarishlar yuz berdi. Me’morchilikda mahalliy an’analar asosida ishlangan yodgorliklarga nisbatan yevropacha uslubda qurilgan binolar yetakchi о‘rinni egalladi.
Mahaliy binokor ustalar qurilishda rus ms’morchiligiga hos uslublarni qо‘llay boshladilar. Jumladam, tо‘g‘ri tо‘rtburchak yuzli (salloti) g‘isht, tunuka. faner, oyna kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanildi. Honalarni bezashda naqshli tasvirlardan tashqari mavzuli devoriy rasmlar ham urfga kirdi.

Download 26,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish