1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar



Download 10,36 Mb.
bet18/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar:



  1. Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz?

  2. Dinning paydo bo‘lishi haqida tadqiqotchilar qanday fikrlar bildirishgan?

  3. Fetishizm nima?

  4. Animizm qanday e’tiqodga asoslanadi?

  5. SHamanizm deganda nimani tushunasiz?

  6. Antik davrda ko‘pxudolik dinlari?

  7. Milliy dinlar va ularning ta’limoti?



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar, I tom, T.: 1968. 98-110 betlar


2. Beruniy, Abu Rayhon. Qonuni Mas’udiy // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. V tom. T.: 1973, 157-167-betlar.
3. Amusin I.D. Rukopisi Mertvogo morya. // M., 1960. 47-55 str.
4. Barats A. Liki Torы. M., 1995. 69-72 str.
5. Kon-Щerbok D., Kon-SHerbok L. Iudaizm i xristianstvo. // Slovar. M., 1995.
6. Kulakov A.E. Religii mira. //. M., 1996, 150-173 str.
7. Vasilev L.S. Kultы, religii, traditsii v Kitae. M., 1970.
8. Vasilev L.S. Istoriya religiy Vostoka. M., 1975.
9. Go Mo-jo. Filosofы Drevnego Kitaya. M.: 1961.
10. Drevnekitayskaya filosofiya. V 2 tomax. M.: 1972-1973.
11. Pomeranseva L.E. Pozdnie daosы o prirode, obщestve i iskusstve. M.: 1979.
3-MAVZU: BUDDAVIYLIK VA XRISTIANLIK DINI TARIXI VA FALSAFASI
REJA:

  1. Buddaviylik dinining paydo bo’lishi tarixi, asosiy ta’limotlari oqimlari va manbalari.

  2. Hozirgi davrda buddaviylikning rivojlanishi. O’zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari va hozirgi zamon.

  3. Xristianlik dinining paydo bo’lishi, asosiy yo’nalishlari, ta’limotlari va manbalari. Hozirgi davrda xristian dinining rivojlanishi va jahondagi o’rni.

Buddaviylik dinining paydo bo’lishi tarixi, asosiy ta’limotlari oqimlari va manbalari.

Buddaviylik – dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo‘lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir.Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga keldi. Buddaviylik tarixi tadqiqotchilar mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), SHakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari quyidagicha: Siddxartxa – shaxsiy ism, Gautama – urug‘ nomi, SHakyamuni – «SHakya qabilasidan chiqqan donishmand», Budda – «nurlangan», Tadxagata – «shunday qilib, shunday ketgan», Djina – «g‘olib», Bxagavan – «tantana qiluvchi». Ular ichida eng mashhuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga Buddaviylik nomi berilgan.


Butama-Budda mil.av. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Siddxartxa SHakya qabilasining podshohlaridan biri SHuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Ximolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan shaharda bo‘lgan (hozirgi Nepal hududida). Onasi – malika Mayya. Podshoh o‘g‘lini orzu-havaslar og‘ushida tarbiyalab, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Siddxartxa ulg‘ayib qo‘shni hukmdorlardan birining qizi YAshadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi.
Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan bola Siddxartxa bir kuni ittifoqo bir keksa chol, bir bemor hamda og‘ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta’sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo‘llarini izlash uchun saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohib bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. SHu asnoda Siddxartxa bir narsaga amin bo‘ldi: bu yo‘l uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, ya’ni insoniyatni azob-uqubatdan qutqarish sari olib bormaydi va u rohiblar jamoasidan ajraladi.
Birmuncha vaqt changalzor o‘rmonlarda kezib, xorib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi, va o‘zicha, to haqiqatni topmaguncha shu erdan turmaslikka qaror qiladi.
Bu o‘tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi. SHu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko‘radi: hech bir joyda osudalik yo‘q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch. Trishna – yashash, mavjud bo‘lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. SHu ondan u Budda – nurlangan deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa – nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi.

Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish