Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Mustaqillik yillarida yangi
davlat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatni
modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo‗lidagi murakkab, keng
ko‗lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‗lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim
printsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗ldi. Mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarga
bo‗lgan ehtiyojni qondirish vazifasi mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq o‗ta muhim va
hal qiluvchi masalalarga aylangan edi. 1997 yili noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul
qilinishi va uning amalga oshirilishi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‗ldi. 2009 yildan boshlab
yurtimizda 12 yillik majburiy ta‘lim joriy etildi.
Mamlakatimiz oliy o‗quv yurtlari huzurida tashkil etilgan akademik litseylar yoshlarga o‗zi
tanlagan mutaxassislik bo‗yicha oliy ma‘lumot olish uchun yanada chuqur bilim olish, kollejlar
esa maxsus fanlarni o‗zlashtirish bilan bir qatorda, mustaqil hayotga qadam qo‗yayotgan har bir
bitiruvchi yigit-qizga o‗z qobiliyatini yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o‗rin topish uchun
2-3 mutaxassislik bo‗yicha o‗rta malakali kasb egallash imkonini bermoqda. Pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida xalqaro hamkorlikni yo‗lga qo‗yishga
ham alohida e‘tibor qaratilmoqda. Misol uchun, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi
muassasalarining 1200 nafarga yaqin pedagog kadrlari 1999-2007 yillar davomida Buyuk
Britaniya, Germaniya, YAponiya, Daniya, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda
bevosita malaka oshirib qaytdilar. YAponiyaning JICA agentligi loyihasi asosida 9 ta kasb-hunar
kollejida malaka oshirish markazlari tashkil etilgan. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash,
tinglovchilar uchun xar tomonlama qulay sharoitlar yaratish ishlari ham izchil davom
ettirilmoqda.
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari 82 ta laboratoriya xonasi,
16 ta lingafon sinfi, 988 ta zamonaviy kompyuter o‗rnatilgan 75 ta kompyuter sinfi, «O‗qituvchi
30 (60)» tizimi bilan jihozlangan 11 ta sinf, 17 ta elektron doska bilan ta‘minlandi.
Mustaqillik yillarida ta‘lim sohasida malaka oshirish tizimi yanada takomillashtirildi, uning
moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Surxondaryo, Sirdaryo, viloyatlari va Toshkent
shahridagi malaka oshirish institutlari uchun o‗quv va yotoqxona binolari ajratildi.
O‗qituvchilar malakasini oshirish yo‗nalishidagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida
Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi «Ta‘lim sektorini rivojlantirish dasturi» loyihasi
doirasida Abdulla Avloniy nomidagi respublika malaka oshirish instituti, 14 ta hududiy malaka
oshirish instituti va 70 ta (har bir viloyatda 5 tadan) tayanch maktab qoshida masofadan
o‗qitishning ta‘lim-resurs markazlari tashkil qilindi. 215 nafar tizimdagi mutaxassis
Germaniyada malaka oshirdi.
Bugungi kunda ta‘lim muassasasining buyurtmasiga asosan pedagogning toifasi, staji,
kasbiy tayyorgarligini oshirishga bo‗lgan ehtiyojga mos holda, uning turlari va davriyligi qayta
ko‗rib chiqilib, malaka oshirishning «rejali-majburiy» tizimidan «yo‗naltirilgan maqsadli»
takomillashtirilgan tizimiga o‗tildi. Ta‘lim mazmunining tez sur‘atlarda yangilanib borayotgani
munosabati bilan pedagoglarning malaka oshirish davriyligi 5 yildan 3 yilga tushirildi.
O‗zbekiston Respublika Prezidentining «Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash
chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori (2011 yil 20 may) bu borada dasturilamal bo‗ldi.
Mamlakatimizdagi yosh, istiqbolli mutaxassislar dunyodagi yetakchi ilmiy va ta‘lim
markazlarida bevosita malaka oshirmoqda. 2016 yilga qadar bu borada aniq chora-tadbirlar joriy
etilmoqda. Xususan, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning xorijda malaka oshirishi 1,5 marta,
magistr hamda yosh o‗qituvchilar uchun esa 1,7 marta ko‗payadi. SHu ma‘noda, ta‘kidlash
joizki, mamlakatimiz oliy ta‘lim muassasalari professor-o‗qituvchilari malakasini oshirish tizimi
ham isloh etilyapti.
Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi ilmiy pedagogik kadrlar bilan ishlash bo‗limi
boshlig‗i B.Rajabovning sharhlashicha, yurtimizda pedagogik kadrlar malakasini oshirish
bo‗yicha 45 ta muassasa mavjud. endilikda ular 5 ta hududiy hamda 10 ta tarmoq malaka
oshirish muassasasiga aylantiriladi. 2012 yildan boshlab, Toshkent shahrining o‗zida malaka
oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadigan ilmiy-metodik bosh markaz ishga tushirilmoqda.
Hududiy malaka oshirish muassasalarida bakalavriat va magistraturaning barcha yo‗nalishlarida
o‗tiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar, ya‘ni o‗quv rejalarining birinchi blok fanlaridan hamda
ikkinchi blok fanlaridan dars beradigan o‗qituvchilar malaka oshirishi mo‗ljallanmoqda. Tarmoq
malaka oshirish muassasalari umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan dars beradigan
o‗qituvchilarning malakasini oshirish uchun rejalashtirilmoqda. Ilmiy-metodik markaz esa
ularning ishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi. SHuningdek, u kadrlar tayyorlash masalasida
xorijiy tajribani o‗rganib, umumlashtirib, malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlariga
tatbiq etish bilan shug‗ullanadi. Islohotlar jarayonida pedagog kadrlar malakasini oshirish
tizimiga bir qancha yangiliklar joriy qilinishi ham kutilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda
birinchi marta oliy ta‘lim muassasalaridagi yordamchi o‗quv xodimlarining malakasini oshirish
tajribasi yo‗lga qo‗yiladi. Dastur doirasida oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlashga qaratilgan ishlar qatorida ularni yangi o‗quv-laboratoriya uskunalari bilan
jihozlash hamda zamonaviy o‗quv laboratoriyalarini tashkil etish ko‗zda tutilgan. Demak,
yordamchi o‗quv xodimlarining malakasi ham shunga yarasha bo‗lishi kerak. Pedagog
kadrlarning malakasini oshirishda ularning: 1) kompyuter texnologiyalari; 2) ingiliz tilini chuqur
o‗rganishiga alohida urg‗u beriladi. Yangi turdagi malaka oshirish muassasalari ishini tashkil
etish bo‗yicha takliflar shakllantirilmoqda.
Dasturga muvofiq, 2011-2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash va rivojlantirish bo‗yicha chora-tadbirlar majmui ham tasdiqlandi. Oliy
ta‘lim muassasalarida o‗quv-laboratoriya binolari, sport inshootlari va talabalarning
turarjoylarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, 14 ta oliy ta‘lim muassasasida zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari
tashkil qilinib, yana 296 ta laboratoriya qayta jihozlanadi. Bu maqsadlarga jami 277 milliard
so‗mdan ortiq mablag‗ yo‗naltirilgan.
Oliy ta‘lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavr va magistrlar
tayyorlashning yevropa tizimiga o‗tildi. Bugungi kunda mamlakatimizning 76 oliy o‗quv yurtida
850 yo‗nalish va mutaxassislik bo‗yicha 300 mingdan oshiq talaba bilim olmoqda.
Respublikamizdagi umumta‘lim maktablari orasidan zamonaviy kompyuter texnikasi va
uning qurilmalari bilan jihozlangan, tajribali informatika fani o‗qituvchilariga ega bo‗lgan 2467
ta tayanch maktabi tanlab olinib, ularda 2011 yil davomida umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida
faoliyat olib borayotgan barcha fan o‗qituvchilarining ushbu yo‗nalish bo‗yicha malaka oshirishi
belgilangan edi. Bu boradagi ishlarning dastlabki bosqichida 2500 nafarga yaqin trener
tayyorlandi. 72 soatlik (2 haftalik) o‗quv kurslariga yurtimiz bo‗yicha 411 mingdan ziyod (97,6
foiz) o‗qituvchi jalb etildi.
Ammo, ta‘lim muassasalarini zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash, ularni ZiyoNET
tarmog‗iga ulash bo‗yicha qilinayotgan keng qamrovli ishlarga qaramasdan, ayrim hududlarda
yaratilgan imkoniyatlardan to‗g‗ri foydalanmaslik holatlari ham uchramoqda. Xususan, fan
o‗qituvchilarining AKTdan foydalanish malakasini oshirish bo‗yicha belgilangan o‗quv reja
Jizzax viloyatida 87 foiz, Qashqadaryo viloyatida 91 foiz, Sirdaryo viloyatida 92 foiz, Andijon
viloyatida 95 foiz, Toshkent shahrida 95 foiz, Xorazm viloyatida 96 foizga bajarilgan bo‗lsa,
yurtimiz bo‗yicha eng past ko‗rsatkichlar Toshkent viloyati Ohangaron tumani, YAngiyo‗l
tumani, Navoiy viloyati Uchquduq tumani, Xorazm viloyati Xonqa tumani, Sirdaryo viloyati
Sardoba tumani, Jizzax viloyati G‗allaorol tumanida kuzatilgan.
O‗tgan yillar mobaynida ta‘lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo‗yicha miqyosi
va ko‗lamiga ko‗ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat
ko‗rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruktsiya qilindi
va zamonaviy o‗quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta‘minlandi. O‗quv jarayonini sifat va
metodik jihatdan butunlay yangilash bo‗yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
DTSlarini yanada takomillashtirish, oliy ta‘lim muassasalari moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‗yicha
ham yuqorida zikr etilgan dasturda aniq chora-tadbirlar belgilangan. YAqin 5 yil ichida oliy
ta‘lim muassasalari uchun fan va texnologiyalarning eng so‗nggi yutuqlaridan foydalangan holda
400 ta yangi darslik, 800 ta o‗quv-uslubiy qo‗llanma yaratiladi. Bularga qo‗shimcha tarzda
yaratiladigan 6 mingdan ziyod o‗quv-metodik komplekslar oliy ta‘lim jarayoniga multimediya
o‗quv vositalari hamda masofadan turib o‗qitish usullarini joriy etish imkonini bermoqda.
2011-2012 o‗quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qat‘iy
talab qo‗yilmoqda: 1) ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini; 2) xorijiy tillar,
ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o‗quv dasturlarini har bir ta‘lim
yo‗nalishining o‗ziga xosligidan kelib chiqqan holda qayta ko‗rib chiqish va takomillashtirish
ko‗zda tutilgan.
Talabalarning xalqaro ta‘lim resurslaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yaqin
yillar ichida oliy ta‘lim muassasalari uchun bitiruvchi zamonaviy optik tolali yagona kompyuter
tarmog‗i ishga tushiriladi. YUqori tezlikdagi Internetga ulanuvchi ushbu tarmoq yordamida
mamlakatimiz hamda xorijdagi ta‘lim muassasalari bilan aloqa bog‗lash, video-konferentsiyalar
o‗tkazish mumkin bo‗ladi.
2011 yilda umumta‘lim maktablarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib,
xalq ta‘limi tizimida o‗quv-laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlangan, 46 ming 300 dan ortiq
o‗quvchiga mo‗ljallangan 166 ta yangi maktab qurilib, rekonstruktsiya qilingan. 151 ta maktabda
kapital ta‘mirlash ishlari belgilangan muddatda va sifatli bajarilgan. Ta‘lim muassasalarida
qurilish-tiklash ishlari sarhisob qilinib, 2012 yilda bu borada amalga oshirilishi ko‗zda tutilgan
ishlar belgilangan. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 22 sentyabrdagi
PQ-1620-sonli qarori bilan 2012 yilda jami 349 ta umumta‘lim maktabida qurilish-ta‘mirlash
ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‗lib, ushbu maqsadlarga jami 155,3 milliard so‗m
mablag‗ ajratish ko‗zda tutilgan.
Bundan tashqari, uy-joy massivlari hududida respublika bo‗yicha jami 14 ta umumta‘lim
maktabining (12,3 milliard so‗m) yangidan qurilishi ham rejalashtirilgan. Mamlakatimizdagi 852
ta maktabda zamonaviy o‗quv kompyuter sinflari tashkil etilib, 9 ming 400 dan ziyod
umumta‘lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi ZiyoNET elektron axborot tarmog‗iga
ulangan. Bu o‗z navbatida o‗quvchilarni internet tarmog‗idagi turli buzg‗unchi g‗oyalardan
himoya qilish imkonini beradi.
Xalq ta‘limi tizimi uchun hukumatimiz tomonidan 2000 yilda byudjetdan 168 milliard 660
million so‗m mablag‗ ajratilgan bo‗lsa, 2010 yilda bu ko‗rsatkich 3,3 trillion so‗mni tashkil etgan
(qariyb 20 barobar ortgan). 2011 yilda esa tizimga 4,2 trillion so‗m ajratildi, ya‘ni bu miqdor
o‗tgan yilga nisbatan ham 28 foiz ko‗p demakdir.
Ustoz va murabbiylar mehnatini munosib rag‗batlantirishga yo‗naltirilayotgan Direktor
jamg‗armasi uchun ajratilayotgan mablag‗lar ham yildan-yilga muttasil oshib bormoqda.
SHuningdek, ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖ davlat dasturining ijrosini ta‘minlash
hamda xalq ta‘limi tizimida xizmat ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2011
yilda 16,3 milliard so‗m byudjetdan tashqari mablag‗ topish rejalashtirilgan bo‗lib, mazkur reja
amalda 20,9 milliard so‗m (128,0 foiz)ga bajarilgan. Ushbu ko‗rsatkich 2010 yilning shu davriga
nisbatan 8,3 milliard so‗m (165,8 foiz)ga ko‗pdir.
2012 yilda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta‘lim-tarbiya jarayonlarini
mazmunan boyitish, bunda rahbar-xodimlar mas‘uliyatini oshirish lozim bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va
2012 yilda O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga
bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasining mazmun-mohiyatini xalq
ta‘limi tizimida o‗rganishni tashkil etish va unda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini qat‘iy
nazoratga olish, davlat pedagogika institutlari, A.Avloniy nomidagi Xalq ta‘limi xodimlarini
malakasini oshirish institutida va barcha hududiy malaka oshirish institutlari pedagogik jamoasi,
tinglovchi va talabalari uchun maxsus fakultativ o‗quv kursi dasturini tayyorlash va o‗quv
jarayoniga joriy etish vazifalari yuklatildi.
O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonunning 26, 27, 28, 30-moddalari
talablariga asosan, umumiy o‗rta ta‘lim maktablari hududida yashovchi maktab yoshidagi
bolalarni ta‘lim muassasalariga to‗liq jalb etish bo‗yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
ishlarga mahalliy hokimliklar, mahalla kengashlari hamda ota-onalar hamkorligi zarur.
Xalq ta‘limi vazirligining kengaytirilgan hay‘at yig‗ilishida (2012 yil yanvar) Jizzax va
Sirdaryo viloyatlarida ishchi guruhlari tomonidan o‗rganilgan ta‘lim-tarbiya jarayonini sifatli
tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlilidan kelib chiqib, respublikamizning barcha
joylarida moddiy-texnik bazani asrash, o‗quv jihozlari va uskunalaridan ta‘lim-tarbiya
jarayonlarida samarali foydalanishni yo‗lga qo‗yishning zarurati hamda bu borada rahbar
xodimlarning mas‘uliyatini oshirish lozimligi ta‘kidlab o‗tildi.
Maktab ta‘limi 7 ta tilda: o‗zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‗iz, turkman va tojik
tillarida olib borilmoqda.
Maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida ta‘lim muassasalaridagi
jihozlangan fizika laboratoriya xonalari soni 6962 taga, kimyo laboratoriya xonalari 6682 taga,
biologiya xonalari 6682 taga oshdi.
Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi
(―Xalq so‗zi‖, 2012 yil 18 fevral).
2004-2009 yillarda 1607 ta maktab ichimlik suvi bilan ta‘minlandi. 1163 ta maktab
gazlashtirildi, 1607 ta maktab telefon aloqasiga, 1076 ta maktab esa markaziy va maktab
hovlisiga moslashtirilgan kanalizatsiya tarmog‗iga ulandi.
1991-2003 yillarda yurtimizning barcha hududlarida 1 million 893 ming o‗quvchiga
mo‗ljallangan umumta‘lim maktablari hamda 152,8 ming o‗ringa mo‗ljallangan maktabgacha
ta‘lim muassasalarini qurish va mavjudlarini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi.
Maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida esa 2004-2009
yillarda respublika bo‗yicha 3 million o‗quvchi o‗rinli 8501 ta maktabda qurilish-rekonstruktsiya
ishlari bajarildi. Jumladan, 351 116580 o‗quvchi o‗rinli) yangi maktab binosi qurildi, 2470 ta
(851294 o‗quvchi o‗rinli) maktab kapital rekonstruktsiya qilindi, 3608 ta (2044942 o‗quvchi
o‗rinli) maktab kapital, 2072 tasi esa joriy ta‘mirlashdan chiqarildi. Ushbu maqsadlarga jami 1,4
trillion so‗m sarflandi.
Dastur doirasida qayta tiklash ishlari amalga oshirilgan maktablarning 1326 tasi (16 foiz)
shaharlarda, 6887 tasi (81 foiz) qishloq hududlarida, 288 tasi esa (3 foiz) borish qiyin bo‗lgan
hududlarda joylashgan bo‗lib, bu bilan shahar va qishloq maktablarining moddiy-texnik bazasi
orasidagi tafovut barham topdi.
Ta‘lim sohasi xodimlari faoliyatini baholash va rag‗batlantirish mezonlari tubdan
o‗zgartirildi. Masalan, keyingi 10 yilda kasb-hunar kollejlari, litsey va oliy o‗quv yurtlarida ish
haqining o‗sish sur‘atlari iqtisodiyotning real sohasidagi ish haqi miqdoridan tahminan 1,5
barobar ko‗p o‗sdi. O‗zbekiston ta‘lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo‗naltirilayotgan
yillik xarajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12 foizini tashkil etib, bu tizimning davlat byudjeti
xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari bilan korxona va tashkilotlar hamkorligi,
ishga qabul qilish shartnomalarini tuzish mexanizmi shakllantirilib, ular bi-lan 13338 ta
sherikchilik shartnomasi imzolandi.
Mikrokreditbank tomonidan bitiruvchilarning tadbirkorlik faoliyatini qo‗llab-quvvatlash
uchun kredit ajratish bo‗yicha ishlar tashkil etildi. Birgina 2009 yilda 923 nafar bitiruvchiga 962
million so‗m miqdorida mikrokredit mablag‗lari ajratildi.
2010 yil 28 sentyabrda Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan, ishchi guruhi tomonidan
ishlab chiqilgan, 2011-2015 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini
modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan Dastur
ma‘qullandi.
Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta‘lim muassasalari moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‗yicha
chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi qarori Oliy ta‘lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ularni
zamonaviy o‗quv va ilmiy-tadqiqot va laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonlarini
sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗tarish, ilg‗or pedagogik texnologiyalar hamda o‗qitish
shakllarini joriy etish, o‗qituvchi kadrlar mehnatini rag‗batlantirishni kuchaytirish asosida
iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma‘lumotga ega mutaxassislarni
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini qamrab olgan.
Avvalo, ushbu dastur 1) 2011-2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan; 2) yuqori malakali kadrlar tayyorlash
yo‗nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, davlat ta‘lim standartlarini yanada
takomillashtirishga yo‗naltirilgan; 3) 2011-2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-
texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash
bo‗yicha dasturni amalga oshirish uchun moliyaviy xarajatlarni aks ettiradi; 4) o‗quv-
laboratoriya binolari, sport inshootlari va talabalarning turar-joylarini qurish, rekonstruktsiya
qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash bo‗yicha manzilli dasturlarga kiritiladigan oliy ta‘lim
muassasalarining ro‗yxatini o‗z ichiga olgan; 5) oliy ta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan
zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining ilova qilingan ro‗yxatiga ega; 6) Dasturni o‗z
vaqtida va sifatli amalga oshirishini ta‘minlash bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |