«Universiada» respublika sport musobaqalari orqali bolalar va o‗smirlar o‗rtasida sportning
ommaviyligi ta‘minlandi.
O‗sib kelayotgan avlodning ta‘lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnik
bazadan samarali foydalanishini ta‘minlash, oliy va o‗rta maxsus ta‘lim tizimidagi yo‗nalish va
mutaxassisliklar bo‗yicha davlat ta‘lim standartlari, o‗quvdasturlari, o‗quv-metodik adabiyotlarni
qayta ko‗rib chiqish va takomillashtirishborasidako‗plab ishlar amalga oshirilmoqda (8.4.2-
jadval).
Jumladan, 2010 yilda ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish
doirasida 14 ta umumta‘lim maktabi, 4 ta akademik litsey, 99 ta o‗quvchi va talabalar turar
joyini, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Termiz davlat universiteti, Toshkent Axborot
texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi o‗quv binolarini qurish, Toshkent
Moliya institutining o‗quv korpusini qayta ta‘mirlash ishlari davom ettirilmoqda. 2010-2011
yillar mobaynida yangi standartlarni ishlab chiqish, har bir umumta‘lim maktabida, akademik
litsey va kasb-hunar kollejida mahalliy tarmoqli zamonaviy kompyuter sinfi jihozlanishi va
faoliyat ko‗rsatishiga erishish, har bir umumta‘lim maktabini 41 nomdagi elektron darslik va
o‗quv filmlari, har bir maktabgacha muassasani o‗yinli va bilish bilan bog‗liq multimediya
dasturlarini namoyish qilish uchun VUV proigrivatellari bilan ta‘minlash, umumta‘lim
maktablarining kompyuter texnikasi va o‗quv-laboratoriya jihozlari saqlanishini, ularga texnik
xizmat ko‗rsatilishini ta‘minlash bo‗yicha kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2011 yilda manzilli qurilish dasturida bolalar sporti ob‘ektlari, musiqa va san‘at maktablari
barpo etish, ularni rekonstruktsiya qilish va kapital ta‘mirlash bo‗yicha belgilangan topshiriqlar
to‗la bajarildi. 214 ob‘ekt, jumladan 130 ta sport inshooti, 19 ta suzish havzasi va 65 ta bolalar
musiqa va san‘at maktablari qurilib foydalanishga topshirildi.
Mamalakatimizdm 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‗lgan o‗quvchilar o‗rtasida sport bilan
shug‗ullanuvchilar 2008 yildagi 29,2 foizdan 2011 yilda 34,9 foizga, jumladan, qiz bolalar
o‗rtasida 24,1 foizdan 31,4 foizga oshdi.
Xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz 2008 yilda 103 ta medalga (51 ta oltin) loyiq
topilgan bo‗lsa. 2011 yilda 182 ta medal (66 ta oltin) jamg‗ardi (―Xalq so‗zi‖, 2012 yil 11
fevral).
Prezidentimiz tashabbusi bilan o‗tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport o‗yinlari – ―Umid
nihollari‖, ―Barkamol avlod‖ va Universiada O‗zbekiston bayrog‗ini baland ko‗taradigan. YUrt
sha‘ni, xalq g‗ururi uchun kurashadigan mahoratli sportchilarni tarbiyalashda o‗ziga xos maktab
vazifasini o‗tamoqda.
2011 yilda Davlat byudjeti barcha xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy maqsadlar uchun
yo‗naltirildi. Bu 2010 yilga qaraganda sezilarli darajada ko‗pdir. Jumladan, ta‘lim va sog‗liqni
saqlash sohasi uchun ana shu xarajatlarning 48 foizi yoki 2010 yilga nisbatan 1 trillion 800
milliard so‗m ko‗p mablag‗ sarflandi.
Umumta‘lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‗qituvchilari,
shifokorlar va tibbiyot xodimlarining mehnatini rag‗batlantirish tizimini takomillashtirish
borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. 2011 yilda ushbu toifadagi xodimlarning ish haqi o‗rtacha
kamida 25 foizga oshirildi. Ta‘lim va sog‗liqni saqlash xodimlarining ish haqini oshirish bilan
bog‗liq xarajatlarni moliyalash uchun byudjetdan 420 milliard so‗mdan ortiq mablag‗ ajratildi.
Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan Ta‘lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish,
mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‗armasining 367 milliard so‗m miqdoridagi mablag‗i
hisobidan joriy yilda 336 ta ta‘lim muassasasini, 65 ta bolalar musiqa va san‘at maktabini
rekonstruktsiya qilish va kapital ta‘mirlash, qariyb 1500 ta kompyuter sinfini tashkil qilish,
shuningdek, 118 ta sport zalini qurish va jihozlash amalga oshirildi. Bundan tashqari, Koreya
eksimbankining 30 million dollar miqdoridagi krediti hisobidan umumta‘lim maktablarida
qo‗shimcha ravishda 1,5 mingta kompyuter sinfi jihozlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim samaradorligi, taraqqiyoti quyidagi omillarga bog‗liq:
1. 16 foiz – moddiy-texnik bazaga bog‗liq.
2. 20 foiz – resurslarga bog‗liq.
3. 64 foiz - inson omiliga bog‗liq.
SHu boisdan ham Prezidentimizning doimiy e‘tibori natijasida o‗tgan yillar davomida
yurtimizda jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‗rnatildi. Buning
natijasida Toshkentda Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestministr universiteti ish boshladi.
I.Gubin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Italiyaning Turin politexnika
universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, G.Plexanov nomidagi Rossiya
iqtisodiyot universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent
shahridagi filiallari kabi yuksak xalqaro obro‗ e‘tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‗lgan
yevropa va Osiyoning yetakchi oliy o‗quv yurtlarining filiallari tashkil etildi hamda
muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatmoqda. Ushbu oliy o‗quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi,
axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi
kabi mexnat bozorida talab yuqori bo‗lgan mutaxassisliklar bo‗yicha bakalavr va magistrlar
tayyorlanmoqda va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega
bo‗lmoqda.
Shuningdek, o‗lkamizda 59 ta oliy o‗quv yurti faoliyat ko‗rsatmoqda. Mamlakatimizning
nufuzli mutaxassislariga bo‗lgan ehtiyojlari asosida yangi zamonaviy yo‗nalishlar bo‗yicha
kadrlar tayyorlash ishlari boshlangani ham e‘tiborga sazovordir. YUrtimiz va xorijdagi o‗quv
maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta‘lim olmoqda va o‗z malakasini oshirmoqda. Bunda
xorijiy ta‘lim muassasalari bilan ikki tomonlama tajriba almashish yo‗lga qo‗yilgani muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda nufuzli xalqaro tashkilotlar, chet ellik taniqli ekspert
va mutaxassislar, tahlilchi va kuzatuvchilar ishtirokida ta‘lim sifatini oshirishga doir ko‗plab
simpoziumlar, konferentsiya va seminarlar o‗tkazilmoqda.
2012-yilning 17 fevralida Toshkentda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan
―Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy
ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti‖ mavzusida xalqaro konferentsiya tashkil
etildi. Anjumanda ko‗plab yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT,
Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, YAponiya, Rossiya kabi dunyoning 48
davlatidan ta‘lim tizimi rahbarlari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta‘lim
sohasini rivojlantirish va yosh avlodni barkamol tarbiyalashning milliy modelini yaratishda
O‗zbekiston tajribasini o‗rgandilar. Haqiqatan ham, yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va
yuksak ma‘naviy fazilatalarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan, bugungi
va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‗lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha
shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
Ta‘limni rivojlantirishga yo‗naltirilgan xorijiy texnik yordam hajmi o‗tgan davrda 500
million dollardan oshib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining 290 million dollar mablag‗i Janubiy
Koreya hukumatining 110 milliondan ortiq, Jahon bankining 33 million, OPEK fondi, Saudiya
fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya hukumatining ―KfV‖ banki orqali
yo‗naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordami
shular jumlasidandir. Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, ―Bizning mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan dastur bu – boshqa modellarni qandaydir takrorlash yoki ulardan nusxa
ko‗chirish emas, aksincha, birinchi navbatda, rivojlangan demokratik davlatlarda to‗plangan
tajribani o‗zida mujassam etgan va ayni paytda shiddat bilan o‗zgarib borayotgan hozirgi zamon
talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan dasturdir‖ (―Xalq so‗zi‖, 2012 yil 18 fevral).
Global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramasdan, O‗zbekiston o‗tgan 5 yil davomida 8,5
foizdan kam bo‗lmagan barqaror yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolmoqda. 2000 yil
bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotning ko‗payishi 2,1 barobarni tashkil etadi. Byudjet
profitsiti, tashqi qarzning pastligi va valyuta zaxiralarining yetarli darajada bo‗lishi
ta‘minlanmoqda.
‖Bugungi kunda ta‘lim sohasidagi barcha sa‘y-harakatlarimizning dastlabki quvonchli
mevasi sifatida bir necha xorijiy tillarda erkin gaplasha oladigan va shu bilan birga, o‗z fikrini
ona tilida ravon, go‗zal va lo‗nda ifoda eta oladigan yangi mutaxassislar avlodini ko‗rganda,
hech shubhasiz, yurtimizdagi har bir ota-ona, ustoz-murabbiyning, ezgu niyatli har qaysi
insonning qalbi g‗urur-iftixor tuyg‗ulariga to‗ladi.
O‗zbekistonda ta‘lim sektorini moliyalashtirishda byudjet va xususiy manbalar bilan bir
qatorda moliya institutlari, xorijiy, xalqaro donorlar tomonidan ko‗rsatilayotgan tashqi yordam
ham ahamiyatlidir. 2000 yildan 2007 yilgacha ushbu yordam doirasida 1 milliard AQSH
dollaridan ortiq umumiy qiymatdagi 122 ta loyiha tatbiq etildi.
Ma‘rifatparvar adib Abdulla Avloniy «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot -
yo halokat, yo - saodat - yo falokat masalasidir», deb ta‘kidlar ekan, avvalo farzand tarbiyasini,
Do'stlaringiz bilan baham: |