1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119
Bog'liq
alishrr

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


6-Mavzu: Bank tizimi - bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida. 
Reja: 
1. Bank tizimi va uning asosiy  vazifalari. 
2. Bank turlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar. 
3. Mamlakatimizda bank tizimini rivojlantirish bo‗yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.  
 
 
1. Bank tizimi va uning asosiy  vazifalari. 
 
 Kredit, ya‘ni pul qarz berish ikki usulda yuz berishi mumkin: birinchi usul bevosita bo‗lib, 
bunda  qarz  beruvchi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  qarz  oluvchiga  ma‘lum  miqdordagi  mablag‘ni  qarzga 
beradi.  Bundan  tashqari,  mahsulotni  nasiyaga  sotish  ham  mazmunan  qarzga  berishning  bir 
ko‘rinishidir. Nasiyaga sotish ham ma‘lum muhlat va haq to‗lash asosida yuz beradi, ya‘ni tovar 
bahosiga  ustama  qo‗yilib,  tovar  nasiyaga sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda tovar va xizmatlarga 
to‗yingan bozor sharoitida avtomobil, turar joy, yaxta, video va boshqa shu kabilar keng miqyosda 
kreditga  sotiladi,  ya‘ni  bo‗lajak  daromad  hisobiga  sotilib,  tovar  haqi  bo‗lib-bo‗lib  foiz  bilan 
to‗lanadi. 
Ikkinchi  usul  bilvosita  bo‗lib,  qarz  berish  vositachilar  orqali,  ya‘ni  uchinchi  subyekt 
ishtirokida amalga oshadi. Bunda alohida kredit muassasalari, banklar orqali qarz berish jarayoni 
amalga oshadi. 
Pul  munosabatlarining  rivojlanishi  banklarning  paydo  bo‘lishiga  olib  kelgan.  Bank 
iqtisodiy  munosabatlar ishtirokchilarining pul yuzasidan bo‗ladigan aloqalariga xizmat qiluvchi 
institut  (muassasa)dir.  Pul  bilan  bog‗liq  xizmatlarni  ko‗rsatuvchi  tashkilotlar  ko‗p,  ammo 
ularning  markazida  banklar  turadi.  O‗zbekiston  Respublikasining  «Banklar  va  bank  faoliyati 
to‗g‗risida» gi qonunida, bankka quyidagicha ta‘rif berilgan: 
  Bank  -  tijorat  tashkiloti  bo‗lib,  bank  faoliyati  deb  hisoblanadigan  faoliyat  turlari 
majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. 
  Banklar  juda  qadimiy  muassasa  bo‘lib,  hatto  u  qadimiy  Bobilda  ham  mavjud  bo‗lgan. 
Bank  paydo  bo‗lishiga  oltinni  ishonchli joyda  saqlashga  bo‘lgan  ehtiyoj  turtki  bo‗lgan.  Dastlab 
zargarlar bankirlik faoliyati bilan shug‘ullanganlar.  
 Banklar  kredit  munosabatidagi  ikki  tomonni  bir-biriga  bog‗laydi,  ular  o‗rtasidagi  zarur 
aloqalarni  amalga  oshiradi.  Bo‗sh  pul  egalari  va  pulga  ehtiyoji  bo‘lganlar  bank  orqali  o‗z 
muammolarini  hal  qiladilar.  Amalda  bank  faoliyati  tufayli  bundagi  subyektlar  bankka  pul 
qo‗yuvchi  va  qarz  oluvchilarga  aylanadilar.  Bank  pul  qo‗yuvchilarga  foiz  to‗lasa,  pul 
oluvchilardan foiz oladi. Bu foizlar o‗rtasidagi farq bank daromadini shakllantiradi. 
Banklar  moliyaviy  resurslarni  saqlovchi  va  kredit  beruvchi  bosh  bo‗g‗indir.  Davlat 
emissiyasi  ham  bank  orqali  amalga  oshadi.  Umuman,  banklarning  kredit,  moliyalashtirish 
sohasidagi  faoliyati  juda  keng  bo‗lib,  bozor  iqtisodiyotining  shakllanishi  va  rivojlanishi  ko‗p 
jihatdan banklar faoliyatining keng ko‗lamliligi hamda banklar tizimining rivojiga bog‗liqdir.  
  Banklar  faoliyatidagi  eng  muhim  tomonlardan  yana  biri  shuki,  ular  o‗z  mijozlari 
o‗rtasidagi  pul  muomalalari,  o‗zaro  to‗lovlar  va  boshqa  shunga  o‗xshash  xizmatlarni  ham 
bajaradi. Ma‘lumki, iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda to‗lovlar asosiy o‗rin egallab, tovarlar 
harakati,  ularning  bir  egalikdan  ikkinchisiga  o‗tishida,  ya‘ni  takror  ishlab  chiqarish  jarayoni 
ishlab  chiqarish  va  tovar-pul  muomalasining  to‗xtovsiz  harakatini  ta‘minlashda  hal  qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Chunki, to‗lovlardagi uzilish tovar harakatining to‗xtab qolishiga, iqtisodiy 
aloqalarning  buzilishiga  olib  keladi.  Qulay  to‗lov  usullarini  qo‗llash,  mijozlar  o‗rtasidagi 
ishonchni  kuchaytirish  ko‗p  jihatdan  banklar  ish  faoliyatiga  bog‗liqdir.  Banklar  pul    oqimini 
harakatga  keltiruvchi  vosita  bo‗lib,  pul  bilan  bo‗ladigan  hisob-kitoblarni  amalga  oshiradi. 
Deyarli hamma pul to‗lovlari (transferlar) banklar orqali o‗tadi.  
Banklar quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
  - pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi; 
  - pul bilan bo‗ladigan hisob-kitob opretsiyalarini bajaradi; 


  -  o‗z  ixtiyoridagi  pulni  kredit  tamoyillari  (muddatlilik,  ta‘minlanganlik,  to‘lovlilik, 
qaytarishlik,  maqsadlilik)  asosida  unga  ehtiyoji  bor  bo‘lganlarga  qarzga  beradi,  ya‘ni,  kredit 
berish bilan shug‗ullanadi; 
  - o‗z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; 
  - biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo. 
  Moliya va kredit operatsiyalarining asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal 
qiluvchi  bo‗g‗ini  bank  tizimidir.  Banklar  juda  qadimiy  va  ancha  keng  tarqalgan  kredit 
muassasalari  guruhi  bo‗lib,  ular  kredit-moliya  xizmatlarining  aksariyatini  bajaradi  hamda 
mohiyatiga ko‗ra, keng sohali muassasa hisoblanadi.  
Hozirgi  vaqtda  dunyoda    zamonaviy  bank  tizimi  murakkablashib,  yiriklashib  bormoqda. 
Unda banklar faoliyatiga xos klassik xususiyatlar boshqa moliya muassasalarining xususiyatlari 
bilan qo‗shilib ketmoqda.  
  Banklarning rivoji butun dunyoda davom etayotgan iqtisodiy integratsiya  tamoyilini aks 
ettiradi.  Bu  jarayonning  bank  ishida  namoyon  bo‗lishi  natijalarini  rivojlangan  mamlakatlar 
misolida  o‗rganish  orqali  o‗z  bank  tizimini  endigina  vujudga  keltirayotgan  mamlakatlar 
xatolarga  yo‗l  qo‗ymay,  bundan  keyingi  taraqqiyot  konsepsiyasini  oqilona  amalga  oshirishlari 
mumkin. 
Banklarning  bozor  iqtisodiyotida  tutgan  o‗rni  juda  katta,  shu  sababli  ularning  faoliyati 
doimiy ravishda hukumat e‘tiborida bo‗ladi.  

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish