3. Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish bo„yicha amalga oshirilayotgan islohotlar
Hozirgi vaqtda davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida
mamlakatimizda bank tizimini izchil rivojlantirishga alohida e‘tibor berilmoqda. O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda
O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasida ta‘kidlanishicha, 2011-yilda mamlakatimizdagi
banklarning kapitallashuvi, ularning barqarorligi va likvidligini yanada mustahkamlashga
qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Oxirgi besh yil davomida mamlakatimiz bank sektori kapitalining yetarlilik darajasi bank
nazorati bo‗yicha Bazel qo‗mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan xalqaro me‘yordan uch
barobar ko‗p bo‗lgan darajani tashkil etmoqda.
Shuni mamnuniyat bilan ta‘kidlash kerakki, ―Standart end Purs‖, ―Mudis‖ va ―Fitch
Reytings‖ kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari ikki yildan buyon O‗zbekiston bank tizimiga
muttasil ravishda ―barqaror‖ reyting darajasini bermoqda, ayni paytda mamlakatimizning
shunday bahoga sazovor bo‗lgan banklari soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Agar 2010-yilda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki ―barqaror‖ reytingini olgan bo‗lsa,
hozirgi kunda ularning soni 23 taga yetdi, bu banklarning aktivlari yurtimiz bank tizimi umumiy
aktivlarining 98 foizini tashkil etmoqda.
Ma‘lumki, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani banklar faoliyati
samaradorligining muhim ko‗rsatkichi hisoblanadi.
Shu ma‘noda, 2011-yilda depozitlarga 18 trillion so‗mdan ortiq, o‗tgan yilga nisbatan
36,3 foiz ko‗p mablag‗ jalb qilingani, jumladan, aholi depozitlari 38,8 foizga oshgani ayniqsa
e‘tiborlidir.
Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o‗zgarmoqda. Agar 2000-yilda
kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllantirilgan bo‗lsa, 2011-yilda uning 85,3
foizi ichki manbalar – yuridik va jismoniy shaxslar depozitlari hisobidan shakllantirildi. Bu esa,
o‗z navbatida, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga investitsiya kiritish va shuning hisobidan
taraqqiyotimizni ta‘minlashda ichki imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganining dalilidir.
Tijorat banklarining investitsiyaviy faolligi ortmoqda. Tijorat banklari qo‗yilmalarining
75 foizdan ortig‗ini uch yildan ziyod bo‗lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil
etmoqda. Umuman, so‗nggi o‗n yilda banklarimiz tomonidan iqtisodiyotning real sektorini
kreditlash 7 barobar oshganini alohida qayd etish lozim.
Barchamizga ma‘lumki, mamlakatimizda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlashga
asosiy e‘tibor qaratib kelinmoqda.
Хususan 2008-yilda ham bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar Prezidentimiz va
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan quyidagi
ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratildi:
- aholi va tadbirkorlik subyektlari hamda investorlarning mablag‗larini bank aksiyalari va
depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs
bazasini kengaytirish;
- banklarning investitsiya jarayonlarida, korхonalarni modernizatsiya qilish, teхnologik va
teхnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes subyektlarini
moliyaviy qo‗llab-quvvatlash;
- banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank
хizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish;
- hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb
etilishini yanada kengaytirish;
- banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va хalqaro reyting kompaniyalarining
reytinglariga ega bo‗lishlarini ta‘minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish.
Banklar ustav kapitaliga хususiy kapitalni jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida
17 ta tijorat banki aksiyalari fond bozori listingiga kiritildi va 2008-yil davomida ularning 20,6
mlrd. so‗mlik aksiyalari bevosita fond birjasida nominal qiymatidan yuqori narхlarda sotildi.
Natijada, o‗tgan yil davomida aksiyadorlar soni 23663 taga ortdi va ularning 98 foizdan ziyodini
jismoniy shaхslar tashkil etdi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlariga asosan strategik
ahamiyatga ega bo‗lgan banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish orqali ularning
moliyaviy barqarorligini ta‘minlash hamda ularning investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi
ishtirokini faollashtirish maqsadida davlat byudjetidan tijorat banklari ustav kapitalini oshirish
bo‗yicha mablag‗lar ajratilishi belgilab berildi. Jumladan, davlat tijorat «Хalq banki»ning ustav
kapitalini 2009-2012 yillarda 200 mlrd. so‗mga, 2009-yilda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-
tijorat bankning ustav kapitalini 150 mlrd. so‗mga, «Paхtabank» aksiyadorlik-tijorat bankning
ustav kapitalini 100 mlrd. so‗mga, «G‗allabank» aksiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitalini 50
mlrd. so‗mga, «Asaka» davlat aksiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini 300 mlrd. so‗mga
yetkazish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda (6.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |