aks ettiruvchi quyidagi indekslar ham mavjud: Tokio – NIKKEI 225, London – FTSE, Parij –
CAC 40, Milan – MIBTEL, Amsterdam – EOX, Gonkong – HangSeng va boshqalar.
Hozirgi davrda dunyoning 60 dan ziyod mamlakatlarida 200 ga yaqin
fond birjalari mavjud
bo‗lib, shuning 100 tadan ortig‗i Yevropadadir. Fond birjalarining Xalqaro federatsiyasi mavjud,
uning shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan. U qimmatli qog‗ozlar bozorlari faoliyatini
muvofiqlashtiradi va aksionerlarning huquqlarini ta‘minlaydi.
Qimmatli qog‗ozlar muomalasini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasi
(litsenziyasi) bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo‗lishi mumkin.
Birjada brokerlik o‗rnini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik
va jismoniy shaxslar fond birjasining a‘zolari bo‗lishlari mumkin. Fond birjasi a‘zolarining
sonini birjaning boshqaruv organlari tartibga solib turadilar. Davlat hokimiyati va boshqaruv,
prokuratura va sud organlari, ularninng mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi
a‘zolari bo‗lishga haqli emasdir. Fond birjasi a‘zolari qimmatli qog‗ozlar muomalasini amalga
oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‗lgan hamda investitsiya muassisi maqomini olgan
taqdirdagina oldi-sotdiga qo‗yiladi. Brokerlik o‗rnini sotib olgan jismoniy shaxs uni davlat
hokimiyati mahalliy organlarida ro‗yxatdan o‗tkazganidan keyingina oldi-sotdiga qo‗yilishi
mumkin. Respublikamiz fond birjasidagi oldi-sotdini faqatgina broker amalga oshirishi va
qonunlashtirish mumkin. Makler, katta makler va ularning yordamchilari operatsion zallarda
kuzatuvchi sifatida ishtirok etadilar. O‗zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati
to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq quyidagi idoralar, muassasalar, birlashmalar birja bo‗lishi
mumkin emas:
davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy hamda mahalliy idoralari;
davlat banklari va davlat kredit muassasalari (bunda banklar fond va valyuta birjalarining
muassalari bo‗lishi mumkin);
davlat sug‗urta va davlat inspeksiyasi kompaniyalari hamda fondlari;
jamoat, diniy va xayriya birlashma (tashkilot)lari hamda fondlari;
qonunlarga ko‗ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanishi man etilgan jismoniy
shaxslar.
Qimmatli qog‗ozlarga doir birja amallarini bajarishda qo‗llaniladigan qoidalarni birjaning
yuqori boshqaruv organi, ya‘ni aksionerlarning umumiy yig‗ilishi tasdiqlaydi. Bu qoidalarda
quyidagilar nazarda tutiladi:
qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdi prinsiplari;
birja qatnashchilarining tarkibi ularga qo‗yiladigan talablar majmui;
birja yig‗ilishlari o‗tkaziladigan joy va vaqt to‗g‗risidagi axborot;
qimmatli qog‗ozlarni birja oldi-sotdisiga chiqarish tartibi;
birja bitimlarining tavsifi;
mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq) turlari;
oldi-sotdisini tashkil etish;
bitimlarni ro‗yxatdan o‗tkazish va rasmiylashtirish tartibi;
qimmatli qog‗ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma
shartnoma hisobot, buyurtma va xabarnomalar haqida birjaga oid boshqa hujjatlar namunalari.
Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtida bitimlar tuzish, bitimlarni tekshirib ko‗rish va ular
yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond
birjalari va fond bo‗limlari O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishib olingan
qimmatli qog‗ozlar muomalasi bitimlarini amalga oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond
birjasi ustavi (fond bo‗limi to‗g‗risidagi nizom) asosida ish tutadilar.
Qimmatli qog‗ozlar bilan birja savdosi muayyan qoidalarga asoslangan holda amalda
beriladi. Bular quyidagilardan iborat:
birjada qimmatli qog‗ozlar bilan oldi-sotdini faqat vositachilar bajaradi. Ularga
jismoniy shaxslar yoki bankning yuridik shaxslari, investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalari
kiradi. Ularning vakolati bilan vositachilar (brokerlar, dilerlar) faoliyat ko‗rsatadi va qimmatli
qog‗ozlarni mijozlardan sotib oladi yoki o‗zining hisobidan keyinchalik sotuv uchun xarid qiladi;
fond birjasiga qimmatli qog‗ozlar olib kelinmaydi. Uning mavjudligi, soni va sifatini
sotuvchining qo‗lidagi hujjat - sertifikat tasdiqlaydi;
fond birjasida qimmatli qog‗ozlar istalgan miqdorda sotilmaydi. Savdo bu yerda lot
(tup)lar, ya‘ni birjadagi bir kontrakt yoki miqdor va sifat jihatidan standart tupi bo‗yicha amalga
oshiriladi. Qisqasi, fond birjasi:
bu ulgurji savdo shaklidir;
fond birjasida faqatgina kotirovka ro‗yxati («varag‗»)da qayd qilingan qimmatli
qog‗ozgina sotiladi. Qimmatli qog‗ozlarni mazkur ro‗xatga kiritish ya‘ni birjaga qo‗yish listing
deb ataladi;
baho fond birjasida ochiqdan ochiq o‗rnatiladi. Ular to‗g‗risidagi axborot zalaridagi
tablolarda e‘lon qilinib turiladi. Birja operatsiyalarining qatnashchilari uchun sharoit bir xil
bo‗lib, ular birjada qabul qilingan to‗g‗rilik va uyushqoqlik qoidasiga bo‗ysunadilar.
Shunday qilib, birjada uch tomon qatnashadi; bir tomonda birjada o‗zining qimmatli
qog‗ozlari bilan savdo qilishga vaqti yo‗q yoki umuman bu ish bilan shug‗ullanish istagi
bo‗lmaganlar, ya‘ni emitent va tadbirkorlar, ikkinchi tomonda esa muayyan haq evaziga shu
qimmatli qog‗ozlarni sotishni zimmasiga oluvchi brokerlar. Va nihoyat, qimmatli qog‗ozlarga
muhtoj kompaniyalar va xususiy shaxslar. Har uchchala tomonning manfaati birlashtiruvchi joy -
bu fond birjasidir.
Bunday olib qarasak, birja qimmatli qog‗ozlarni sotmaydi ham, sotib olmaydi ham. Faqat
ulgurji savdo qoida va tartiblarini ishlab chiqadi, savdo-sotiq uchun sharoit yaratib beradi. Shu
nuqtai nazardan, birja - bu eng avvalo savdo zali. U yerda brokerlar qimmatli qog‗ozlarning oldi-
sotdisi bo‗yicha buyurtmalarni bajaradi. Birjalarda o‗zining brokerlariga ega bo‗lish uchun
investitsiya institutlari birjada a‘zolik huquqini beruvchi investitsiya institutlari birjada a‘zolik
huquqini beruvchi «o‗rin»ni sotib olishlari lozim. Shundagina brokerlar qimmatli qog‗ozlar
bo‗yicha operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
«O‗rin» - bu egasi uchun tovar hisoblanadi, egasi uni sotishi ham mumkin. Lekin shundan
so‗ng u birjada ishlash huquqini yo‗qotadi. Birja oldi-sotdisida investor tashabbuskor bo‗lib
hisoblanadi.
U broker kompaniyasiga (telefon orqali yoki bevosita uchrashuvda) o‗zining buyurtmasi va
shartlarini bayon qiladi. Bu yerda asosan uchta shart to‗g‗risida so‗z yuritiladi:
- qimmatli qog‗ozlarning bahosi;
- qimmatli qog‗ozlarning soni;
- buyurtmaning bajarilish muddati.
Mijozlarning topshirig‗i (buyurtmasi) shartnoma ko‗rinishida rasmiylashtiriladi. Unda
brokerlik haqi ham ko‗rsatilgan bo‗ladi. Shundan so‗ng brokerlik firmasining vakili shartnomani
bevosita buyurtmani bajaruvchi brokerga topshiradi. Buyurtma bajarilishi bilanoq oldi-sotdi
operatsiyasi birjada qayd qilinadi va mijozga bu haqda hisobni taqdim etish to‗g‗risidagi
ma‘lumotnomani yuboradi.
Fond birjasi notijorat tashkilot hisoblanadi. Uning faoliyatini pul mablag‗lari bilan
ta‘minlash quyidagi tushumlar asosida amalga oshiriladi:
- fond birjasi aksiyalari va paylarni sotish;
- fond birjasidagi brokerlik o‗rinlarini sotish;
- fond birjasi a‘zolarining muntazam to‗lab boradigan a‘zolik badallari;
- birja bitimlarini ro‗yxatdan o‗tkazishda olinadigan yig‗imlar;
- qimmatli qog‗ozlar muomalasida vositachilik qilishdan olinadigan komission haq;
- birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa turli xizmatlar ko‗rsatishdan
tushadigan daromadlar va h.k.
Fond birjalari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- qimmatli qog‗ozlar savdosi amalga oshadigan joy;
- qimmatli qog‗ozlar bir maromda muomalada bo‗lishining zarur sharoitini ta‘minlash;
- qimmatli qog‗ozlar talab va taklifi o‗rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni, ya‘ni
bozor bahosini
belgilash;
- qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab
borish;
- muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) narx-navo aniqlanishiga, indeksatsiyasi
o‗zgarishiga, savdo-sotiq vaqti, qimmatli qog‗ozlar hajmlari, kontraktlarning miqdoriga va
boshqa ko‗rsatkichlarga doir axborotlarni e‘lon qilish;
- kapitalning korxonalar, tarmoqlar, davlatlar o‗rtasidagi oqimini ta‘minlash. Bunda fond
birjalarida qimmatli qog‗ozlarni sotish yoki sotib olish orqali investitsiyalar amalga oshiriladi,
ya‘ni kapital oqimi ta‘minlanadi.
Valyuta birjalari – belgilangan qoidalar asosida doimiy faoliyat yurituvchi xorijiy valyuta
savdosi amalga oshiriladigan bozordir. Xalqaro valyuta birjalari banklararo valyuta bozorining
bir shakli sifatida jahon valyuta tizimining tarkibiy qismidir. Valyuta savdosi valyuta birjalarida
yoki valyuta savdosini amalga oshirish vakolatiga ega bo‗lgan banklarda amalga oshiriladi.
Valyuta birjalari barcha mamlakatlarda ham mavjud emas, shu sababli banklararo valyuta
savdosi ham keng tarqalgan. Banklar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari
xorijiy valyuta savdosi, xorijiy valyutada hisob-kitob va xorijiy valyutada kredit operatsiyalariga
bo‗linadi. Valyuta savdosi deganda xorijiy valyutaning milliy yoki konvertlashgan valyutaga
sotilishi yoki sotib olinishi tushuniladi.
Italiyada valyuta birjalari Milan, Rim, Genuye va Venetsiya shaharlarida mavjud. Ularning
har birida valyuta kurslari vositachilar va davlatlardan vakillar ishtirokidagi savdolar jarayonida
shakllanadi va ushbu kurslar mazkur birjada bank mijozlari bilan hisob-kitoblarda qo‗llaniladi.
Barcha birjalarda shakllangan kurslarning o‗rta arifmetigi ham hisob-kitob kursi sifatida
qo‗llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: