1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


-1935 yillarda ish tashlash kurashlari



Download 152,09 Kb.
bet30/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

1934-1935 yillarda ish tashlash kurashlari.

Inqirozdan keyingi depressiya sharoitida Misr hukumati 1934 yilning boshida import nomga nisbatan ta’qiqlovchi boj solig‘ini o‘rnatadi. Buning natijasida nonning chakana narxlari 1,5 barovar oshib ketdi. Bu esa barcha sanoat markazlarida g‘alayonlarni keltirib chiqardi.
Ishchilar ish haqini oshirilishini, ish kunini qisqartirishni, ish haqidan chegirib qolishlar va jarimalarni bekor qilinishini talab qiluvchi ish tashlashlarni e’lon qildilar. Deyarli barcha ish tashlashlar, miting va namoyishlar, politsiya bilan to‘qnashuvlar, qamoqqa olishlar bilan kechadi.
1935 yilning noyabrida Misrning bir qancha shaharlarida namoyishlar va ish tashlashlar to‘lqini qaytadan ko‘tarildi. Qohira va Misrning boshqa shaharlarida umumiy ish tashlashlar o‘tkazildi, politsiya bilan namoyishchilarning yangi to‘qnashuvlari sodir bo‘ldi, buning natijasida ko‘plab kishilar yarador qilinchilar, shu chiqishlar munosabati bilan Qohirada 250 dan ortiq, Port-Saidda 45 kishi qamoqqa olindi.
Kurashning og‘ir sharoitlari, terror, ta’qib va qamoqqa olishlarga qaramasdan ishchi tashkilotlari nafaqat iqtisodiy huquqlar uchun kurashibgina qolmay, siyosiy talablarni ham ilgari surdilar.

6. 1936 yilgi Angliya – Misr shartnomasi.
Mustamlakachilikka qarshi harakatning o‘sishidan qo‘rqib ketgan Angliya mustamlakachilari hiyla–nayrang ishlata boshlaydilar. 1935 yil dekabrida bekor qilingan 1923 yil konstitutsiyasi qayta tiklanadi. Angliya – Misr shartnomasini tuzish haqida muzokaralar yangidan boshlanadi. 1936 yilning mayida parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi, unda vafdchilar ko‘pchilik o‘rinlarni egallab, Naxxas-poshsha boshchiligida hukumat tuzadilar.
1936 yil avgustida Misr delegatsiyasi Angliya bilan shartnomani imzolaydi. Garchi ingliz okko`patsiyasiga barham berilishi haqida rasmiy tarzda e’lon qilingan bo‘lsa-da, 1936 yil shartnomasi amalda ingliz okko`patsiyasiga fatvo berar edi. Ingliz ko‘shinlari Suvaysh kanali zonasida, Qohirada va Aleksandriyada qoldirildi. Angliya havo kuchlari Misr hududi ustidan uchish hukuqini saqlab qoldilar. Misr armiyasi ingliz harbiy missiyasi nazoratiga olindi. Urush vaqti yoki urush xavfi tug‘ilganda Misrning barcha hududlari inglizlar tomonidan platsdarm sifatida foydalanilishi mumkin edi.
Angliyaning Misrga “yon berishi” ingliz oliy komissarini elchi deb qayta nomlanishidan iborat bo‘ldi. Shunday qilib, 1936 yil shartnomasi garchi birmuncha o‘zgargan ko‘rinishda bo‘lsa ham, Angliyaning Misrdagi hukmronligini mustahkamladi. Uni imzolagan vafdchilar yana bir bor milliy burjuaziyaning murosasozligini namoyish qildilar.
1936 yil shartnomasi tuzilgandan so‘ng ingliz mustamlakachilari Misrdagi hokimiyat tepasiga liberal konstitutsionalistlar partiyasidan bo‘lgan hukumatni qo‘ydilar. Bu hukumat 1938 yili Angliya bilan harbiy-strategik ingliz dasturini kengaytiruvchi va ingliz harbiy baza, kommunikatsiyalar harajatlarini to‘lashni Misr halqi gardaniga yuklovchi yangi shartnomani tuzadi.
Shu bilan birga urush arafasi yillarida Misrda fashist davlatlarining faolligi kuchayadi, bunda Mussolini va Gitler agenturasi Angliyaning Myunxen siyosatidan ham, Misr hukmron doiralarining eng reaksion qismidan ham foydalandi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish