1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Misr barqarorlashuv yillarida



Download 152,09 Kb.
bet28/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Misr barqarorlashuv yillarida.

Vafd tomonidan 1923 yil konstitutsiyasi asosida hukumatni shakllantirilishida o‘z ifodasini topgan Misr burjuaziyasi va ingliz mustamlakachilari o‘rtasidagi kelishuv mustahkam bo‘la olmas edi, binobarin Misrning mustaqilikka intilishi bilan ingliz hukmronligini saqlab qolinganligi o‘rtasidagi ziddiyatlar hal qilinmagan edi. Angliya va Misr o‘rtasidagi eng katta, o‘tkir ziddiyat Sudan tufayli kelib chiqadi. Vafdchilar Sudandagi mustamlakachilikka qarshi harakatna qo‘llab-quvvatlaydilar, shu tufayli inglizlar vafd hukumatini chetlashtirishga qaror qildilar.
1924 yili Sudanning ingliz general-gubernatorini misrlik terrorchi tomonidan o‘ldirilishidan foydalangan ingliz mustamlakachilari Aleksandriya bojxonasini egallab oldilar va Sudandagi Misr qo‘shinlari bilan janglar boshlab yubordilar.
Misrda ingliz kompaniyalarining diktaturasini qo‘llab-quvvatlayotgan feodallar va saroy ayonlaridan iborat reaksion hukumat shakllantiriladi.
Angliyaning Misrdagi hukmronligi aholining asosiy qatlamlari ahvoliga rg‘ir ta’sir ko‘rsatdi. Cheklanmagan ish kuni, ishchi kuchi qiyma­tidan ancha past darajadagi arzimas ish haqi, mehnat qonunchiligining yo‘qligi aholini qashshoqlikka duchor etar, siyosiy terror esa, shahar aholi­sining mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun kurashini qiyinlashtirar edi.
Misr qishlog‘i ilgarigidek yirik zamindor-feodallar qo‘lida bo‘lib, uning ahvoli jahon bozorida yuzaga kelgan paxta narxiga bog‘liq edi. 1926-1927 yillarda paxta narxlari keskin tushib ketdi, natijada uning zaxiralari to‘planib qoldi. Hukumat paxtani inqirozgacha bo‘lgan narxlarda yirik zamindorlar va savdogarlardan sotib olgani holda, paxta sotish bilan bog‘liq inqirozning og‘irligini dehqonlar zimmasiga yukladi.
XX asrning 20-yillari o‘rtalarida ingliz mustamlakachilari milliy harakatni bo‘lib tashlash siyosatlarini davom ettirib, yirik burjuaziyaga ba’zi iqtisodiy yon berishlar yo‘lini tutdi. 1927 yili hissadorlik kompaniyalari haqidagi qonunga muvofiq, Misr sarmoyadorlari chet el kompaniyalarida kichik sheriklar sifatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 1920 yili tuzilgan Misr Bank guruhi 12 ta Misr savdo, sanoat va transport kompaniyalariga asos soladi. (1927 yili Misrda 238 ta chet el hissadorlik jamiyatlari faoliyat ko‘rsatardi).


  1. Download 152,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish