5-mavzu: 1918-1939 yillarda Arab davlatlari.
REJA:
Birinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati. 1919 yilgi milliy qo‘zg‘olon.
Ingliz mustamlakachilarining 1920 yildagi siyosiy nayranglari. Misrning soxta mustaqilligi va 1923 yil konstitutsiyasini e’lon qilinishi.
Misr barqarorlashuv yillarida.
Misr jahon iqtisodiy inqirozi yillarida.
1934-1935 yillarda ish tashlash kurashlari.
1936 yilgi Angliya – Misr shartnomasi.
Misr ikkinchi jahon urushi yillarida.
Misr ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda.
Saudiya Arabistoni davlatining vujudga kelishi.
Saudiya Arabistonida Ibn Saud hukumatining ichki va tashqi siyosati.
Saudiya Arabistonining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi.
Birinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati. 1919 yilgi milliy qo‘zg‘olon.
Angliya mustamlakachilari Misrni XIX asrning so‘nggi choragida asoratga solib, uni paxta monokulturasi mamlakatiga, Angliya iqtisodiyotining agrar xom-ashyo manbaiga aylantirdilar. Ular faqat o‘zlarining hukmronliklarini va mamlakatni ekspluatatsiya qilishni ta’minlab beradigan sanoat tarmoqlarinigina rivojlantirib, milliy ishlab chiqarishni bo‘g‘ib qo‘ydilar. Birinchi jahon urushi davrida inglizlarning iqtisodiy va siyosiy zulmini kuchayishi, mamlakat aholisi turmush sharoitini keskin yomonlashuvi Misr xalqi bilan ingliz mustamlakachilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi.
Urushdan keyin ko‘plab mamlakatlarda avj olgan ozodlik g‘oyalari ta’siri ostida Misrdagi ozodlik harakatida yangi bosqich boshlanadi. Urush davrida ilgariga nisbatan rivojlanish uchun birmuncha katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan Misr burjuaziyasi Angliya tomonidan yon berishlarga astoydil intilib, Misr xalqining ozodlik kurashiga boshchilik qildi.
Birinchi jahon urushidan keyingi milliy ozodlik harakatida Misr ishchilari, dehqonlar ommasi – fallohlar ham ko‘zga ko‘ringan rol o‘ynay boshladilar.
Urush tugashi bilanoq, 1918 yilning noyabrida inglizlar tomonidan tarqatib yuborilgan Qonunchilik majlisi vitse-prezidenti Saad Zaglul boshchiligida Misr burjuaziyasi jamoat arboblari guruhi ingliz oliy komissari oldiga tashrif buyurib, Misrga mustaqillik berishni talab qilib chiqadi. Angliya hukumati bu talabni rad etadi. Bunga javoban 1918 yilning oxirida mustaqilllik uchun harakatga rahbarlik qilish uchun Saad Zaglul boshchiligida qo‘mita tuziladi. Bu qo‘mita “Vafd Misri” (Misr delegatsiyasi) deb atalardi.
1919 yilning mart oylarida ingliz ma’murlari “Misr delegatsiyasi” faoliyatini ta’qiqlab qo‘ydilar va ularning rahbarlarini Malta oroliga surgun qildilar. Bu esa qo‘zg‘olonni boshlanib ketishiga turtki bo‘ldi.
1919 yil 9 mart kuni 3 kun davomida uzluksiz namoyishlar davom etgan Qohira ko‘chalarini aholining keng qatlamlari vakillari to‘ldirdilar. Namoyishlar “Misr misrliklar uchun!” shiori ostida o‘tdi. Aholining tinch namoyishi zambaraklar va pulemyotlardan o‘t ochish bilan kutib olindi, qurbon bo‘lganlar ko‘p edi. Qohirada yuz bergan qotilliklar haqidagi xabarlar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. Qohirada aholi inglizparast gazeta “Al-Mukattam” tahririyatini tor-mor keltiradi, inglizlarga hujumlar uyushtiriladi. G‘alayonlar shaharlardan qishloqlarga o‘ta boradi va Quyi Misrda jiddiy tus oladi.
Qo‘zg‘olon Yuqori Misrni ham qamrab olib, u yerda butun mart oyi mobaynida avj olishda davom etadi. O‘nlab vatanparvarlar ingliz mustamlakachilari tomonidan o‘ldirildilar, yuzlab misrliklar yarador bo‘ldilar va qamoqlarga tashlandilar. Biroq qo‘zg‘olon davom etmoqda edi. Qohira, Aleksandriya va Port-Said shaharlari o‘rtasida temir yo‘l qatnovi uzilib qoladi.
15 mart kuni temir yo‘l ustaxonalarining ishchilari umumiy ish tashlash e’lon qildilar, gaz sanoati, elektr stansiyalar, nashriyotchilar va boshqa soha ishchi-xodimlari norozilik namoyishiga qo‘shildilar. Tramvaychilarning norozilik chiqishlari to‘qqiz xafta davom etdi. Shahar atroflaridagi qishloqlarning dehqonlari norozilik namoyishlariga chiqqan, ish tashlagan ishchilarga bepul oziq-ovqat tarqatdilar.
Ko‘plab aholi punktlarida, ko‘chalarda barrikadalar qurildi, broneviklardan himoyalanish uchun maxsus xandaqlar qazildi. Ma’murlar tomonidan har qanday yig‘ilish va namoyishlar ta’qiqlab qo‘yilishiga Misr xalq ommasi norozilik namoyishlari, ish tashlashlar, mitinglar bilan javob berdi. Ko‘plab shahar va qishloqlarda inqilobiy hokimiyat organlari tuzildi. Ular milliy qo‘mitalar, mustaqillik qo‘mitalari deb ataldi. Ba’zi viloyat markazlarida respublika e’lon qilindi, muvaqqat viloyat hukumatlari barpo qilindi.
Vafdchilarning qo‘zg‘olonni yanada chuqurlashishidan qo‘rqib, qo‘zg‘olonda urushdan keyin hali demobilizatsiya qilinmagan va inglizlar bilan jangga kirishib ketgan Misr armiyasi hamda “Mehnat korpuslari”ni ishtirok etishdan chetlashtirishlari mustamlakachilarga o‘z kuchlarini to‘plashga va pirovardida qo‘zg‘olonni bostirishlariga imkon berdi.
Inglizlar qo‘zg‘alon ko‘targan aholidan shafqatsiz o‘ch oldilar, ular butun-butun qishloqlarni yondirib, bombardimon qildilar, qo‘zg‘alon ishtirokchilarini dorga tortdilar, tiriklayin yerga ko‘mdilar. Faqat birgina Deyrut qishlog‘ida 51 kishi osib o‘ldirishga hukm qilindi. Xalq ommasi manfur zolimlarga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Umuman 3 hafta davomida 1000 dan ortiq kishi qatl qilindi.
1919 yilning aprelida ingliz ma’murlari Saad Zaglulni surgundan ozod qilishga va uni Parijga, tinchlik konferensiyasiga jo‘nab ketishiga ruxsat berishga majbur bo‘ldilar. Biroq uning Misr mustaqilligini tan olinishiga erishishga bo‘lgan urunishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Versal tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Misr ustidan rasman Angliya protektorati e’tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |