1-Mavzu. Axborotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi Reja


 C++ tili dasturining tuzilishi va shakli



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/80
Sana27.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#708480
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
Maruza matni Dasturlash asoslari

5.4. C++ tili dasturining tuzilishi va shakli. 
Avvalgi mavzuda ma‘noga ega dastur 
tuzish uchun kerakli bo‘lgan C++ tushunchalari o‘rganildi. Dastur tuzish uchun avval 
uning o‘ziga xos strukturasini aniqlash kerak. O‘ziga xos strukturadan foydalanishdan 
asosiy maqsad – C++ da tuzilgan dasturni tushunishni osonlashtirish va dasturni 
o‘zgartirishdan iborat. Sintaktik to‘g‘ri yozilgan, lekin hech qanday strukturaga ega 
bo‘lmagan dasturni tushunish va o‘zgartirish juda qiyin hamda ko‘p resurs, vaqt talab 
qiladi. Shuning bilan birga, har bir C++ tilida tuzilgan dastur tildagi aniqlangan qoidalarni 
qoniqtirishi zarur. C++ dasturida asosiy funktsiya – main() funktsiyasi mavjud bo‘lishi 
kerak. Dastur grammatik qoidalarga o‘xshash bo‘lgan sintaksis qoidalariga, ya‘ni tilda 
nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri, nima mumkin, kima mumkin emasligini aniqlovchi 
qoidalarga amal qilish kerak. Shuningdek, maqsadga erishishda dasturlash tilining 
ma‘nosini beruvchi tilning semantik qoidalariga ham amal qilish zarur. Bunda, sintaksis, 
probellarning ishlatilishi, nuqta, vergul, nuqtali vergul va qavslarning ishlatilishi va 
ma‘nosi, semantika, identifikatorlar va ularning nomlanishi, qatorlarning ishlatilishi, 
izohlar va ularda ishlatilgan hujjatlash, Shuningdek, dasturning tuzilish shakli va yozilish 
stiliga alohida e‘tibor berish kerak.
Sintaksis – qanday yozish mumkin va qanday yozish mumkin emasligini aniqlab 
beruvchi tilning qoidalari. Xatolar kompilyatsiya jarayonida aniqlanadi va dasturchiga 
ko‘rsatiladi.
Ma‘lumki, dastur matni matn muxarriri yordamida komp‘yuterga kiritiladi. 
Mukammal dastur matnini tuzish juda qiyin, turli ko‘rinishdagi va qiyinchilikdagi 
xatoliklar bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun, kompilyatsiya jarayonidan keyin yuzaga kelgan 
xatoliklar matn muxarriri tomonidan dasturchiga taqdim etiladi. Shunday xatoliklar 
bo‘lishi mumkinki, ma‘lum bir spetsifik kod qismidagi xatolik dastur kodining boshqa 
qismlarida xatolikni yuzaga keltirayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday xolatlarda asosiy 
xatolik bo‘lgan qismini to‘g‘irlab, dasturni kompilyatsiya qilgandan so‘ng qolgan 
xatoliklar to‘liq yoki qisman yo‘qolishi mumkin. Shuning uchun, sintaksis xatolarini 
kompilyator ko‘rsatgan ketma-ketlikda bartaraf etish maqsadga muvofiq. Shuningdek, 
kompilyator faqatgina xatolarni aniqlabgina qolmasdan, ularning dastur matnining qaysi 
qismidaligini va uni bartaraf etish yo‘llarini xam ko‘rsatib beradi. Masalan:
 (tarjima)
#include  
//1-qator 
using namespace std;
//2-qator 
int main() 
//3-qator 
{
//4-qator 
int x, y; 
//5-qator 
cin >> x >> y;
//6-qator 
w=x+y;
//7-qator 
cout << ―W = ‖ << w
//8-qator 
return 0;
//9-qator 
}
//10-qator 


22 
Dasturda 5ta xato mavjud, ularning qatorlari ham ko‘rsatilgan. Birinchi xato w 
identifikatori mavjud emas, ushbu xatoni to‘g‘irlash uchun 5-qator matnini quyidagicha 
o‘zgartiriladi:
int x, y, w; 
//5-qator 
So‘ngra kompiltsiya jarayonini ishga tuShurilganda kompilyator quyidagi xatolarni 
ko‘rsatib beradi:
Ko‘rinib turibdiki, birinchi xatoning o‘zi uchta kompilyatsiya xatoligini yuzaga 
keltirib chiqargan.
Probellarni ishlatishda ham 
alohida e‘tiborli bo‘lish kerak. Berilganlar 
kiritilayotganda bir yoki bir nechta probellar berilganlarni ajratish uchun ishlatiladi. 
Shuningdek, kalit so‘zlar va identifikatorlarni ham bir-biridan ajratishda ko‘llaniladi. 
Faqat, kalit so‘z yoki identifikatorlarning o‘zini yozishda probellar umuman ishlatilmaydi.
 
(tarjima)
int a, b, c; 
//1-qator 
dou ble d, e, f; 
//2-qator 
double birinchi;
//3-qator 
float ikki nchi;
//4-qator 
Ushbu namunalarda, 1-qator to‘g‘ri yozilgan, ―int‖ kalit so‘zi va ―a‖ identifikatori 
bitta probel yordamida ajratilgan. Qolgan identifikatorlardan oldin ham bittadan probel 
qo‘yilgan. 2-qatorda esa probel noto‘g‘ri ishlatilgan. ―double‖ kalit so‘zini yozishda 
noto‘g‘ri probel qo‘yilgan, natijada kalit so‘z ajralib kolgan va bu kompilyatsiya jarayoni 
xatoligiga olib keladi. 3-qatorda ―double‖ kalit so‘zi va ―birinchi‖ identifikatori orasida 
to‘rtta probel mavjud va bu xatolikka olib kelmaydi. 4-qatorda esa, ―ikki nchi‖ 
identifikatorni yozishda probel noto‘g‘ri ishlatilgan, aslida ―ikkinchi‖ ko‘rinishida 
ajratilmasdan yozilishi kerak edi. Ushbu qatorda ham kompilyatsiya xatoligi yuzaga 
keladi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish