1-Mavzu. Axborotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi Reja


C++ tilida o’zgaruvchilar



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/80
Sana27.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#708480
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
Maruza matni Dasturlash asoslari

6.3.C++ tilida o’zgaruvchilar.
C++ tilida tuzilgan dasturning asosiy maqsadi 
hisoblash ishlarini amalga oshirish va berilganlarni boshqarish hisoblanadi. Berilganlar 
ustida biror ish bajarilishidan oldin ular asosiy xotiradan joy olgan bo‘lishi kerak. Buning 
uchun o‘zgaruvchilar yoki konstantalar ishlatiladi. 
Konstanta o‘zgarmaslar const kalit so‘zi orqali e‘lon qilinadi: 
const dataType identifier = value; 
dataType – tur nomi 
identifier – identifikator 
value – qiymat 
const double KATTALIK = 2.54; 
const int TALABALAR_SONI = 20; 
const char PROBEL = ' '; 
O‘zgaruvchi – dastur ob‘ekti bo‘lib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va 
berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchi nomga, o‘lchamga va boshqa 
atributlarga - ko‘rinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
O‘zgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta e‘lon qilinishi kerak. e‘lon natijasida 
o‘zgaruvchi uchun xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha o‘lchami esa 
o‘zgaruvchining konkret turiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni qayd etish zarurki, bitta turga turli 
apparat platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin. 
O‘zgaruvchi e‘loni uning turini aniqlovchi kalit so‘zi bilan boshlanadi va ‗=‘ belgisi 
orqali boshlang‘ich qiymat beriladi (shart emas). Bitta kalit so‘z bilan bir nechta 
o‘zgaruvchilarni e‘lon qilish mumkin. Buning uchun o‘zgaruvchilar bir-biridan ‗,‘ belgisi 
bilan ajratiladi. e‘lonlar ‗;‘ belgisi bilan tugaydi. 
dataType identifier, identifier, . . .; 
double Yuza; 
int soni; 
char ch; 
int x, y; 
O‘zgaruvchilarga ifoda ‗=‘ belgisi orqali yuklanadi. Bunda ifodaning natijaviy 
qiymatining turi o‘zgaruvchi turi bilan mos kelishi kerak. Aks holda, agar kompilyator 
turlar o‘rtasida bir turdan boshqa turga keltirishni amalga oshira olsa, ifodaning qiymat 
o‘zgaruvchining turiga o‘tkazib yuklanadi, aks holda kompilyator xatoligiga olib keladi. 
#include  
using namespace std; 
int main() 


35 
{int num1, num2, num3; 
double qiymat; 
char belgi; 
num1 = 4; 
cout << "num1 = " << num1 << endl; 
num2 = 4 * 5 - 11; 
cout << "num2 = " << num2 << endl; 
num3 = 4.5 * 5 - 9; 
cout << "num3 = " << num3 << endl; 
qiymat = 0.02 * 1000; 
cout << "qiymat = " << qiymat << endl; 
belgi = 'D'; 
cout << "belgi = " << belgi << endl; 
return 0;} 
Dastur natijasi quyidagi ko‘rinishida bo‘ladi: 
num1 = 4 
num2 = 9 
num2 = 13 
qiymat = 20 
belgi = D 
C++ tilida num = num + 2; ko‘rinishidagi ifoda num o‘zgaruvchisining qiymatini 
ikkitaga oshirish kerakligini bildiradi. Ifoda bajarilishidan oldin num o‘zgaruvchisiga 
qiymat berilgan bo‘lishi kerak. Aks holda dastur kutilmagan qiymat chop etadi. Sababi, 
o‘zgaruvchi e‘lon qilinganda unga hech qanday boshlang‘ich qiymat berilmaydi, Shu 
sababli kompilyator uchun num o‘zgaruvchisining boshlang‘ich qiymati mavjud emas. 
int num1, num2, num3;
//1-qator 
num1 = 18;
//2-qator 
num1 = num1 + 27; 
//3-qator 
num2 = num1; 
//4-qator 
num3 = num2 / 5;
//5-qator 
num3 = num3 / 4;
//6-qator 
Kod qismidagi o‘zgaruvchilarning kompilyator uchun qanday ketma-ketlikda 
qiyamat olishlari quyidagi jadvalda keltirilgan: 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish