Bobur — sarkarda. Bobur yoshligidan jang-u jadallar ichida o'sdi. Bu hol uni har bir qadamini o'ylab bosishga, uning natijasini qattiq tahlildan o'tkazishga o'rgatdi. Bobur harbiy yurishlarda katta tajriba orttirdi, bu haqda „Harb ishi" degan maxsus asar yozdi. „Boburnoma"da Boburning sarkardalik faoliyati yoritilgan lavhalar juda ko'p. Jumladan, Hindistonning olinishi, 1526- yilgi Pani pat jangi shunday tasvirlanadi: „tarix to'qqizyuz o'ndakim (1504), Kobul viloyati musaxxar bo'ldi (zabt etildi), ul tarixdan bu tarixqacha hamisha Hinduston havasi qilinur edi...
Do'stlaringiz bilan baham: |