D. Rikardoning (1772-1823) iqtisodiy taʻlimoti.
David Ricardo (18-aprel 1772-yil, London, Birlashgan Qirollik — 11-sentabr 1823-yil, Glostershir grafligi) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793—1812-yillarda tijorat ishlari bilan shugʻullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. 1819—23-yillarda Angliya parlamentining aʼzosi.[1][2]
Ricardoning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bagʻishlangan. Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy oʻrni, birinchi navbatda, kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasi nuqtai nazaridan tadqiq etishni boshlab berganligidan iborat. Ricardo tovar qiymatining yagona manbai ishchining mehnati boʻlib, aholining daromadlari — ish haqi, foyda, foiz, rentalar shu tovar qiymatiga asoslanadi, deb qaradi. Ricardo „Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari“ (1817) asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi oʻrtasidagi nisbatning teskari proporsionalligini asoslab, ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarining zid ekanligini koʻrsatadi. Ricardo shugʻullangan asosiy masalalardan biri — yaratilgan ijtimoiy mahsulotning asosiy 3 sinf — sanoatchilar (foyda), ishchilar (ish haqi), yer egalari (renta) oʻrtasidagi taqsimoti muammosi boʻlgan. Ricardo renta nazariyasini asoslab berdi. Ricardo nazariya va amaliyotda erkin savdo tarafdori boʻlgan. Ricardo Angliyaning tashqi aloqalari uning iqtisodiyotida katta rol oʻynashini alohida oʻrgandi. U birinchilardan boʻlib ayrim tovarlarni i.ch.gina emas, balki mamlakatlar oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning ahamiyati katta ekanligini koʻrsatdi, tashqi savdoda qiyosiy afzalliklar nazariyasini asoslab berdi.
D. Rikardoning (1772-1823) iqtisodiy taʻlimoti.
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Ri- kardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g`oyalarini yanada rivojlan- tirdi. U Londonda sohibkor dallol yahudiy oilasida tug`ildi, 14 yoshidan otasiga yordamchi bo`ldi. Ikki yil Amsterdamda (Gollandiya) savdo mak- tabida ta'lim oldi. Yoshligidayoq birjadagi qulay operatsiyalar176tufayli katta boylik to`pladi (1793-1812). Boyigach, tabiiy fanlar bilan, keyinchalik siyosiy iqtisod bilan shug`ullandi. U matematika, fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o`rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika o`qituvchisi bo`ldi, ikki marta sherif (politsiya boshlig`i) etib saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a'zosi edi. Parlament minbaridan o`zining ilg`or iqtisodiy fikrlarini tarqatish maqsadida
Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to`laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo`lib, klassik iqtisodni nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki "Oltin ajdahosi to`g`risida uch xat" (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag`ishlandi. Millning tazyiqi bilan 1817 yilda uning asosiy asari bo`lgan "Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi" chop etildi. 1824 yilda yozilgan "Milliy bank tuzishning rejasi" asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi.Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a'zosi sifatida o`ziniig iqtisodiy g`oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi. Parlamentda "non qonunlari"ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yig`ilishlar erkinligini qo`llovchi nutqlar bilan chiqqan. 1821 y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan.
• Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to`laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo`lib, klassik iqtisodni nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki "Oltin ajdahosi to`g`risida uch xat" (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag`ishlandi. Millning tazyiqi bilan 1817 yilda uning asosiy asari bo`lgan "Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi" chop etildi. 1824 yilda yozilgan "Milliy bank tuzishning rejasi" asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi.Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a'zosi sifatida o`ziniig iqtisodiy g`oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi. Parlamentda "non qonunlari"ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yig`ilishlar erkinligini qo`llovchi nutqlar bilan chiqqan. 1821 y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan.
Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning "Xalqlar boyligi" asarini ko`rib qoladi va unda bu fanga ishtiyoq paydo bo`ladi. U jamiyat moddiy boyligi o`sishi uchun ijtimoiy va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal dеgan masalaga to`xtaladi. Rikardo yagona iqtisodiy kontsеptsiya asosi-pul muammosi va krеdit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, еr rеntasi, xalqaro mеhnat taqsimoti to`g`risida fundamеntal fikrlar bеrdi. Smitdan kеyinroq yashagan Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to`laroq tushundi.
Do'stlaringiz bilan baham: |