Yigitlik yillari


-mavzu “BOBURNOMA" –o’zbek mumtoz janrining nodir namunasi



Download 477,5 Kb.
bet43/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
15-mavzu

BOBURNOMA" –o’zbek mumtoz janrining nodir namunasi



REJA:


  1. “Boburnoma” haqida

  2. Bobur shaxsi tasviri

  3. U madaniyat arbobi

  4. Bobur Navoiy haqida

  5. Bobur-sarkarda

Boburning eng mashhur asari „Boburnoma"dir. U dastlab „Vaqoye'" („Voqealar") deb atalgan. So'ngroq „Voqeoti „Voqeanoma", ,,Tuzuki Boburiy", „Boburiya" nomla Oxirida „Boburnoma" bo'lib shuhrat topdi. „Boburnoma” Zahiriddin Boburning butun umri davomidagi esdalik 12 yoshidan hayotining so'ngigacha bo'lgan voqealarni qayd qilib borgan va umrining oxirlarida 1525-1530- yillarda ushbu asarni yaratgan, deb taxmin qilinadi. „Boburnoma" 16-asrdayoq turli Sharq tillariga tarjima qilina boshlagan. Jumladan, 1586- tiliga o'girilgan. Yodnoma Ovrupoga 18- asrning boshida kirib bordi.

Boburnoma" — tarixiy va badiiy asar sifatida. O'zbek nasri Nosiruddin Rabg'uziyning „Qisasi Rabg'uziy"sidan „Miftoh ul-adl" va „Gulzor" asarlarigacha bo'lgan katta yo’lni bosib o'tdi. Navoiy uni tarixiy, ilmiy, memuar nasri bilan yangi bosqichga ko'tardi. „Boburnoma" adabiyotimizning mana shu tajribalarini umumlashtirib, uni jahoniy miqyoslarga olib chiqqan asardir. „Boburnoma", avvalo, tarixiy asardir. Unda 1494-yildan, ya'ni Bobur taxtga chiqqanidan 1530- yilgacha — umrining so'ngigacha yuz bergan voqealar o'z ifodasini topgan. Bu tafsilotlar Bobur tug'ilib voyaga yetgan Movarounnahr, so'ngroq o'zi saltanat qurgan Xuroson (Kobul, G'azna, Qandahor) va Hindistonda yuz bergan voqealardir. Demak, „Boburnoma" 15-asrning so'nggi, 16-asrning birinchi choragida mazkur uch mintaqada kechgan voqealarni o'rganishda muhim manbadir.

Muallif asarida voqealar bilangina cheklanmaydi, balki ularning ishtirokchilariga, qahramonlariga kcng o'rin beradi. Natijada biz Bobur zamonida yashagan, tariximiz hamda ma'naviyatimizda muhim mavqega ega bo'Igan davlat va madaniyat arboblari bilan tanishamiz. Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Dastlab o'sha yilda yuz bergan muhim voqea bayon qilinadi. Masalan, dastlabki 1494- yil voqealarini hikoya qilganda, Bobur, avvalo, o'zining „Tangri inoyati bilan Farg'ona viloyatida 12 yoshda podshoh bo'lgani" haqida xabar beradi va Farg'ona viloyati bilan tanishtiradi. So'ng voqea tafsilotiga, tog'asi va amakisi Andijonga qo'shin tortib kelgani va otasining tasodif bilan fojiona halok bo'lgani voqealariga to'xtab, uning bosh ishtirokchilari, birinchi navbatda, otasi Umarshayx haqida ma'lumot beradi. Chunonchi, uning tug'ilgan yili, nasl-nasabi, shakl-u shamoyili, xulq-atvori, yurishlari, viloyati, avlodi, xotinlari, umarosi haqida to'xtaydi. So'ng voqeaning ikkinchi ishtirokchisi — shu 1494- yildagi urushdan qaytishda yo'lda — O'ratepada kasallanib vafot etgan amakisi Sulton Ahmad haqida xuddi o'sha tarzda ma'lumot keltiradi.

Shunday qilib, kitobda Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar Mirzo, Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud kabi o'nlab taxt egalari, Alisher Navoiy, Muhammad Solih, Kamoliddin Binoiy, Behzod, Mirak naqqosh, Husayn Udiy singari adabiyot va san'at arboblari haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.

Bobur Butun urnri jang-u jadallarda kechishiga qaramay, tabiatan nihoyatda ziyrak, sinchkov, g'oyat fahmli va idrokli, hamma narsaga qiziquvchan bir zot edi. U qayeiga bormasin, o'sha yerning jug'rofiy o'rnidan tortib, o'simlik va hayvonot dunyosigacha, qish-u yozining ob-havosidan, elining tili-yu urf-udumigacha hamma- hammasi bilan qiziqadi va yozib qoldiradi. Bobur nima va kim haqda yozmasin, g'oyat samimiydir. O'zining quvonchini ham, g'amini ham hech kimdan yashirmay, ro'y-rost aytadi. Do'sti haqida ham, dushmani haqida ham ko'nglidagini so'zlaydi.




Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish