Yigitlik yillari



Download 477,5 Kb.
bet58/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Lirikasi. Mirzo G'olib shaxsiyati va she'riyatiga xos xusu siyatlarni aniqlashda shoirning „Desam, G'olib, yerim — pok xoki v Turon" deb boshlanadigan g'azali diqqatga sazovordir. Shoirning bu asari ilhomiy tazarrudan ko'ra she'riy umrbayonga o'xshabroq ketadi. Unda shoir o'quvchilarni o'z nasabi bilan tanishtiradi:

Desam, G'olib, yerim — pok xoki Turon,

Asl zotim bilan bag'rim farahmand.
O'zim turkzoda-yu naslim-da turkzod,

Buyuklar qavmi birla asli payvand.


Urug' bo'lmish menga oybeklar aslan,

Kamolan oyga nisbat, balki o'nchand.

Yuqoridagi baytlardan shoirning asli turkistonlik turk, nasli toza va aslzoda, oybeklar urug'idan ekanligi ma'lum bo'ladi. Lekin shoirning hasbi holida faqat ma'lumot emas, balki munosabat ham bo'ladi. Chunonchi, naslining „buyuklar qavmi bilan payvand" ekanligi, oybeklarning „oydan ham o'nchand", ya'ni o'n barobar yetukroqligi tasvirlarida shu holat ko'zga tashlanadi. Ehtimol, shoir ko'zda tutgan buyuklar qavmi hazrati Temur mansub bo'lgan barloslardir. Keyingi baytda uzoq ota-bobolarining amallari bilan tanishtiradi:

Otam kasbin desam dehqonchilikdir,

Bobom bo'lmisli zamindori Samarqand.

G'azalning keyingi baytlarida shoir bevosita o'zining shaxsiyatiga doir sifatlarni keltirar ekan: ,,O'zim haq fayziga shogird erurman", — deydi. Tasvir yanada teranlashib, shoir shaxsining yashirin qirralarini ocha boradi:

Yonishda hamnafasman barq ila men,

Saxovatda bulutlar birla monand.

Chindan ham zamondoshlari G'olibni olovqalb, o'ta samimiy, qo'li ochiq va dilbar odam sifatida eslashadi. She'rxon „G'am-u anduhki bor, shodman alardin, Farah baxt yo'qki, anga dog'i xursand" satrlaridan shoir tabiatidagi murakkabliklardan ham xabardor bo'ladi. U — faqat baxtdan emas, baxtsizlikdan ham quvona oladigan shaxs. Chunki u hayotning, yashashning qadrini biladi.

Mirzo G'olibning „Qoshi yosi qatlima tadbirdir" satri bilan boshlanadigan g'azali muhabbat mavzusidagi an'anaviy she'rlardan. Lekin shoirning chegara bilmas uchqur xayoli an'anaviy manzaralardan kutilmagan kashfiyotlar chiqara oladi:

Qoshi yosi qatlima tadbirdir,

Ne ajab, uy toqida shamshirdir.

Baytda yor qoshini an'anaviy tarzda shamshirga o'xshatgan qahramon birdaniga nega endi qilich uyning devorida emas, toqida turibdi deb ajablanib qolganligi tasvirlangan. Bu o'rinda qosh yuzning tepa qismida joylashganigina emas, balki uning musulmon eshik-derazalari toqi, ya'ni tepa qismi singari yarim oy, yarim gumbaz shaklida ekani ham hisobga olingan. Xalqda „ko'k toqi" yoki osmon gumbazi degan ibora ham shu bois ishlatiladi. Keyingi baytda shamshirdan yaralangan oshiq bemorligi va uning shifo topishdan umidi bildiriladi. Lekin oshiqning jismigina emas ruhi ham xasta, boz ustiga, dilining oyog'i g'am zanjiri bilan chulg'ab tashlangan:

Men junun dashtida sargardon esam,

G'am dilimning poyida zanjirdir.

Dilni oyog'i zanjirband holida tasavvur qila olgan shoir keyingi baytda ko'zni fawpra, undan oqadigan yoshni sel, ko'ngilni esa sel, ya'ni ko'zyosh bilan ta'mirlab bo'lmaydigan vayronaga o'xshatadi:

Bu ko'ngul vayronadir, favvora — ko'z,

Sel siniq bu uyga ne ta'mirdir.

G'azal maqta'sida shoir iztiroblari avj nuqtaga ko'tariladi. Uning dardlari yuragiga sig'maydi va shoir ularni insho etarga qalamini uchlaydi. Bu hol, bir jihatdan, oshiq vayron dilidagi dardlarning yozilajagiga ishora bo'lsa, ikkinchi tomondan, ishq dardi tufayli pora bo'lgan yurakni tikishga igna hozirlanganini ham anglatishi mumkin:

Vah, qalamning yoqasin yirtdi Asad,

Chok dil inshosi bu tahrirdir.

Mirzo G'olibning „Egam, ismingni aytmoq jur'atin bergil zabonimga" satri bilan boshlanadigan g'azali qator boshidagi undalmadanoq ko'rinib turganidek, Allohga munojot tarzida yozilgan. She'r ko'nglidagisini Yaratganga izhor etmoq ilinjidagi mo'min tuyg'ulari ifodasi o'laroq bitilgan:

Egam, ismingni aytmoq jur'atin bergil zabonimga,

Ko'ngil — xomush sadaf, dur jilvasin bergil bayonimga.

Chin mo'minning dilidagisi hamisha ham tilga chiqavermaydi. Ammo ko'ngil ochilmagan sadaf, uning ichidagi durning jilvasi tilga ko'chgandagina ma'lum bo'ladi. Afsuski, odam tazarru chog'ida ham dilidagi barcha narsani bayon etolmaydi. G'olib bu g'azalda o'zining so'fiylik tabiatini namoyon etadi. Tuganmas nuqsonlari borligini, gunohlari sanoqsiz ekanligini tan oladi. Shu bois istig'for qiladi:

Tarahhum ayla mendek bedilu mahzunga, lutf etgil,

Charog'i subh ber shomimga, gul faslin xazonimga.

Fano yo'liga kirgan orif manzilni adashtirib qo'ymaslik uchun yorug'likka muhtoj. Bu yorug'lik, ehtimol, imon nuri jilvasi, balki, qanoat samarasi bo'lar. G'azalning keyingi baytidan an'anaga ko'ra ma'shuqaga murojaat yo'siniga tushiladi. Oshiq qonini yorning qo'l-u oyog'iga xina tarzida qo'yilishga hozirligini bayon etadi. Navbatdagi baytlarda qahramon qon to'kishga ishqiboz ma'shuqaning zulmidan: „to'zim bu xasta jonimga", — deya nola qiladi. U o'z holini bulbuli zorniki bilan solishtiradi va holi og'ir ekanligini anglaydi. Negaki, bulbulning nolasiga tong uyg'onadi, lekin oshiqning tinimsiz nolasiga umid tongi uyg'onay demaydi:

Qilarkan tunda bulbul nola, tong uyqudan uyg'ongay,

Umidim tongi uyg'onmas nechun betin fig'onimga.

Shoir o'ziga yuborilgan mashaqqatli imtihonlardan og'rinmaydigan, balki ularni ko'rsatilgan marhamat deb bilganidan minnatdorchilikka moyil oshiq tuyg'ularini ifodalaydi:

Kamina taqribu sidqin sinab ko'rmoqqa rahm aylab,

Yubording ming tuman ranju mashaqqat imtihonimga.

G'azal maqta'sida shoir hayot go'zal, tiriklik serbezak ekanligini qayd etgani holda Yaratgan e'tiborini o'z holiga qaratmoqchi bo'ladi:

Jamolingdan saboq ravshan, guliston bo'yla zevardir,

Asadga tor qafas qurding, nazar sol bu makonimga.

G'azal yakunidagi makon biz bilgan ma'nodagi joy emas, balki ulkan dunyodir. Oshiqqa dunyoning o'zi tor. Uning mo'jazgina jismi olamga sig'maydi. Chunki unga tinib-tinchimas, bczovta qalb, ulkan ruh berilgan. G'azal ruhi yuksak parvozlarga moyil orifning tazarrusi o'laroq yozilgan deyish mumkin.

Mirzo G'olibning „Muhabbat tuxmin ekdim jonima, anduh samar bo'ldi" qatori bilan boshlanadigan g'azalida ham javobsiz muhabbatga yo'liqqan oshiq kayfiyati manzaralari ifodalangan. Shoir matla'da g'oyat yuksak va murakkab tushunchalar haqidagi mavhum mulohazalarini oddiygina yer o'g'liday tushunarli holatlar tasviridan boshlaydi:

Muhabbat tuxmin ekdim jonima, anduh samar bo'ldi,

Umidim shulki, qosid, yorga holimdan xabar bo'ldi.

Yerga urug' sochgan dehqon undan quvontiradigan hosil kutadi va unga erishadi. Joniga muhabbat urug'ini sepgan oshiq esa g'am hosiliga ega bo'ladi. Lekin u anduhli holatidan yori xabardorligidan umid qiladi. Garchi g'azal dunyoviy sevgini aks ettirayotganga o'xshasa-da, unda visol maqsad emasligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Oshiq mashaqqatlaridan ozorlanmaydi. Unga yor, ya'ni Allohning oshiq chekayotgan zaxmatlardan xabardorligi taskin beradi. G'azalning lirik qahramoni unga berilayotgan azoblar ko'lamini tasavvur qilib bo'lmaydigan darajada mubolag'ali tasvirlaydi: „Yog'ib charxi falakdan bu jafokash boshima toshlar, Urishda toshga tosh misli guldasta sharar bo'ldi". Xalqda: „Bandaning boshi taqdirning toshi", — degan gap bor. G'azalda oshiqning boshi bilan unga yog'ilayotgan toshlar o'rtasida paydo bo'Igan alanga guldasta singari qip-qizil bo'Igani tasvirlanadi. Keyingi bayt tamsillarning xususiyati jihatidan g'oyat o'ziga xosdir. Unda ko'ngil dardining rangi haqida gap boradi:

Ko'ngil dardi ko'rinsa ko'zguda yuz rang bilan, denglar.

Xazoni sog'aru dil qonivu zaxmi jigar bo'ldi.

Ma'lumki, odatda ko'ngildagi dardlar ko'pligi son bilan, juda nari borsa, „ko'p", „oz" singari ravish bilan ifodalanadi. Mirzo G'olib she'riyatda ilk marta dard ko'lamini ifodalashni rang zimmasiga yukladi. Bunga u mantiqiy asos ham topadi. Ya'ni bor-yo'g'i uch azob: xazon bo'lgan umr — sariq, dil qoni — qizil, jigar yarasi — qo'chqil rangni bcrgach, sonsiz dardlar yig'ilib. yuz rangda ko'rinishi hech ham ajablanarli bo'lmaydi.

Shoir telba oshiqning, fano yo'liga kirgan solikning holatini hamma ham anglayvermasligini biladi. Ishqning foydasizligi haqida aybsitib gapirgan zohid eshigiga jinnilar bog'lab qo'yiladigan zanjirning band bo'lishini, muhabbatning foyda keltirishi mumkinligini ko'rsatadi:

Junun ahlini zohid ayb ctar bo'lsa ajab yo'qdir.

Junun zanjiri zuhdning eshigiga bandi dar bo'ldi.

She'rning yakunlovchi baytida shoir ham g'azal boshidan rivojlantirib kelinayotgan fikrga xulosa yasaydi, ham o'z asariga bir qadar baho berganday bo'ladi:

Asad, gar g'uncha gulning shafqatiga borgoh bo'lsa, Diling Bedil yo'liga gul sochib. satring guhar bo'ldi.

G'olibning „Qatra suvning baxtidir ko'lda fano bo'lmog'i" deb

boshlanadigan g'azali ham so'fiyona yo'nalishga egadir. Unda birlik va ko'plik, umumiy va xususiy, odam umrining qadri tabiat hodisalariga qiyoslangan holda ta'sirli ifoda etilgan. G'azalning matla'sidayoq hayotning go'zal hikmati har qanday yo'qotish — topish, har qanday topish — yo'qotish ckani siqiq tarzda tasvirlangan:

Qatra suvning baxtidir ko'lda fano bo'lmog'i,

Dard haddidan o'tgani unga davo bo'lmog'i.

Shoir nigohi va tafakkur tarzining o'ziga xosligi shundaki, u ko'ldagi boshqa suvlarga qo'shilib ketgan qatra aslida yo'qolmaganligini, dardning haddan tashqari ortib ketgani jismga davo ekanligini ko'ra olgan. Tasavvufda birlik va ko'plik, baqo va fano singari murakkab tushunchalar bor. G'olib mazkur misralarda ana shu falsafiy tushunchalarning poetik ifodasini beradi. Ko'lga qo'shilgan tomchi suvni yo'qolib ketdi deb izohlash ham, endi hech







Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish