Lirikasi. Fuzuliy ijodi boy va rang-barang bo'lib, ko'Iami va qudratiga ko'ra butun turk adabiyotida alohida birbosqichni tashkil qiladi. XVI asr turkiy she'rivatida unga qiyos etgulik ikkinchi bir shoirni topib bo'Imaydi. U, awalo, zabardast lirik shoirdir. Yuzlab ehtirosli g'azallar yozgan, devonlar tuzgan, turkiy she'rning buyuk Navoiydan keyin qadr-u e'tiborini yuksak sharaf va mas'uliyat bilan himoya eta olgan ijodkordir.
Shoir lirikaning xilma-xil janrlarida barakali ijod etdi, ayniqsa, g'azalga alohida ixlos va muhabbat bilan qaradi. uni shoir istc'dodining mezoni deb bildi.
G'azaldur safobaxshi ahli nazar,
G'azaldur guli bo'stoni hunar...
G'azal bildirur shoirning qudratin,
G'azal orttirur nozimning shuhratin, —
deb yozadi u. Shoir she'r zavqini har narsadan baland qo'yadi. Chiroyli, ta'sirchan so'zdan zavqlana bilishni, go'zal tashbih-u tasvirni his qilishni muhim insoniy fazilat sanaydi. Shu bois ijodkor haqida so'z dardini, she'r zavqini bilganlargina gapirishga haqli deb biladi:
She'r zavqidin o'lmayan ogoh,
Ahli nazma mazammat aylamasin.
Fuzuliyning o'yicha, she'r husn-u malohati go'zal so'z, ifodalardan iborat bir dilbar ma'shuqadir („She'r bir ma'shuqadir, husni iborat zevari"). Lekin bu shunchaki jimjimadorso'zo'yinidangina iborat bo'lmasligi kerak. She'rda ulkan dard bo'Iishi, ayni vaqtda, o'sha dard o'ziga xos ifoda yo'siniga ega bo'lishi lozim. Fuzuliy: „Ilmsiz she'r asosi yo'q devor o'lur va asossiz devor g'oyatda bee'tibor o'lur", — deb yozadi hamda „ilmsiz she'r"ni o'lik tan („qolibi beruh") hisoblab, undan hazar qilishini, shu tufayli umrining ma'lum qismini sarf etib, aqliy va naqliy ilmlarni qunt bilan o'rganganligini qayd etadi.
She'rdan maqsad esa, Fuzuliy fikricha, „kayfiyati asrori ishq"ni, „oshiqi bechora holi"ni har kimning o'z mahorati doirasida („tab'i mavzuni-la") ifoda etmog'idir. Ishqning ma'nosi qanday boiadi? Alisher Navoiy „Mahbub ul-qulub" asarida ishqni avom ishqi, xos ishqi va ishqi ilohiy tarzida uchga bo'lganligi ma'lum. Buyuk shoir ishqning keyingi ikki yuksak bosqichini o'zida birdek jo etgan bir toifa kishilarga alohida diqqat qaratadi va bundaylarga misol sifatida Hofiz Sheroziy bilan Abdurahmon Jomiyni tilga oladi.
Fuzuliy ham mana shu siraga mansubdir. U ham mashhur mutasavviflar singari atrof borliqni Allohning jilvasi, tazohiri (namoyon bo'lish shakli) deb biladi. Tabiat va uning gultoji — insonda Alloh jamolining jilvalarini ko'radi. Insonningbu dunyoga kelishidan maqsad o'zlikka qaytmoq, ya'ni Yaratgan jamoliga qovushmoqdir, deb hisoblaydi va bularning barchasi fano (yo'qlikka erishish) orqali amalga oshadi, degan nuqtayi nazarda turadi. Lekin unga qanday yetishiladi? Inson foniylikka hoi orqali erishishi mumkin. Ya'ni u o'zining Allohga mansubligini dil-dilidan his etadi. Va o'zini, o'zligini, nafsning istaklarini unutadi. Tamomila Unga aylanadi. Haqiqat vasliga shu orqali erishiladi. Zero, haqiqat— Alloh demakdir. Lekin fanoga yetishish g'oyat qiyin ishdir. Buning uchun oshiq juda ko'p riyozatlar chekkan bo'lishi va, eng muhimi, har jihatdan kamolga erishishi lozim. Hatto bular ham kifoya qilmaydi. Unga Allohning inoyati ham zarur. Xullas, bu o'ta dushvor ish ekanligi, shoir ko'ngli so'fiylikka moyilligi asarlaridan birida shunday tasvirlanadi:
Manamki, qofilasolori karvoni g'amam,
Musofiri rahi sahroyi mehnatu alamam.
Haqir boqma manga, kimsadan sog'inma kamam,
Faqiri podshohoso, gadoyi muhtashamam.
Sirishkim taxti ravondur manga bu oh — alam,
Jafovu javr — mulozim, balovu dard — hasham.
(Men g'am karvonining yetakchisi, g'am-u alam sahrosining musofir yo'lovchisiman. Sen menga tuban deb boqma, birovdan kam sanama. Men podshohsifat faqir, hashamatli gadoman. Ko'z yoshim — taxtiravonim, ohim bayrog'imdir. Boshimga yog'gan jafo-yu jabr — xizmatkorim, balo-yu dard esa bezak hashamimdir). To'qqiz bandlik bu tarkibband shunday tugallanadi:
Fuzuliy ayladiging ahdinga vafo qilg'il,
Yetar shikoyat edub, sharhi mojaro qilg'il,
Vujuding hadafi novaki balo qilg'il,
Qamu jafolara sabr aylayub, duo qilg'il.
Kim o’la do'st rizosi hamin sanga hosil.
Rizoi do'stlar asli tamatto', ey g'ofil!
„Rizoi do'st" deyilganda, Allohning rizosi ko'zda tutiladi. Barcha jafolarga sabr aylashgina emas, ularga ko'ksingni tutib bardosh berganingdagina „do'st rizosi hosil" bo'ladi.
Fuzuliyning ishqi yoniq muhabbatdir. U boshdan oxirigacha faqat avj pardalarda chalinadigan bir ruhiy ohangdir. Shunday bir tasvirki, boshdan oyoq eng o'tkir ranglar tanlab olingan. Shuning uchun ham bu ishq u bilan tanishgan har qanday kishi qalbini larzaga soladi. Mana shoirning mashhur baytlaridan biri:
Mahshar kuni ko'ram deram ul sarvi qomati.
Gar anda ham ko'rinmasa, kel ko'r qiyomati.
Rivoyatga ko'ra, dunyo oxir bo'ladigan so'nggi kunda tamomi ahli olam (ya'ni hashr) bir maydon (mahshar)ga jam bo'ladi. O'liklar ham qo'zg'alib (qiyorn) jonlanadilar. Bir otning tuyog'i izidan necha ming odam chiqadi. Shoir bu dunyoda topa olmagan yorini o'sha qiyomat kuni bo'lsa-da ko'rmoq umidi bilan yashaydi. Zora o'sha kuni topolsa. Agar o'sha kuni ham yori ko'rinmasa, uning uchun qiyomat ana shundan keyin boshlanadi. Shoir qanday mahbubani nazarda tutayotganini sezish unchalik qiyin emas. Shoirning „Mani jondan o'sondirdi, jafodan yor o'sonmazmi?" satri bilan boshlanadigan g'azalida muhabbat alangasi tasviri yanada quyuq:
Bani jondan o'sondirdi, jafodan yor o'sonmazmi?
Falaklar yondi ohimdan, murodim sham'i yonmazmi?
Ma'shuqaning jabr-u zulmi shoirni jonidan bezdirdi. Oshiqqajafo qilaverish ma'shuqa joniga tegmadimikin? Shoirning ohidan falaklar yonsa-yu, murodi sham'i yonmasa! Kutilmagan timsol (o'sanmoq — bezmoq), manzara (falak va shamning yonishi) va tasvir (falakning oh olovidan yonishi)ning ketma-ket kelishi hoi hamda suratga favqulodda ranginlik, yorqin tus beradi. Ayni paytda, so'zlarning sehri, tovushlarning musiqiy ohangi kishini o'ziga mahliyo qilib qo'yadi. Baytdan baytga tasvir kuchayib boradi:
Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,
Nechun qilmaz manga darmon, mani bemor sonmazmi?
Oshiqlar hamisha yorning vafosizligidan shikoyat qilib kelganlar. Avvalo, bu yerdagi yorning ham, vafoning ham ma'nosi g'oyat keng. Bu umrning vafosi, dunyoning vafosi, davlatning vafosi va hokazo. Bularning bari bitta maxrajda — Allohda to'liq jam bo'ladi. Lekin shoir o'z niyatini naqadar istig'no bilan ifoda etmoqda: hamma bemorlari dardiga darmon topib berayotgan jonon nega uning holiga parvo qilmaydi? Uni kasal hisoblamaydimi? Axir, hijron tunida sham emas, uning joni yonmoqda, giryon ko'zlaridan yosh o'rniga qon oqmoqda. Uning afg'onidan xalq uxlay olmaydi (afg'onim xalqni uyg'otadi, nahot qora baxtim uyg'onmaydi?)
Har bir bayt mana shunday kutilmagan, xayolga kelmaydigan qiyoslar bilan yakun topib boradi. Ichki qofiyalar (jonim, giryonim, afg'onim) esa she'rga ajib bir ohangdorlik baxsh etadi. She'rning so'nggi baytlaridagi yengil mutoyiba g'azaldagi tuyg'ular ummonida ajib bir muvozanat hosil qiladi:
G'amim pinhon tutardim man, dedilaryora qil ravshan,
Desam, ul bevafo bilmam, inonurmi, inonmazmi?
Fuzuliy ijodida mutoyibaga moyillik bor. U goho fojeiy manzaralardan juda yengil chiqib ketadi. Bu holni uning juda ko'p shc'rlarida uchratish mumkin. Fuzuliyning „Parishon holing o’ldim, so'rmading holi parishonim" deb boshlanadigan murabba' janrida yozilgan mashhur bir she'ri bor. Dastlabki misralardanoq chuqur dard, qayg'uli ohang kishini o'z og'ushiga oladi. Ma'shuqadan qilinayotgan shikoyat, ayni vaqtda, unga iltijo va o'tinchlar she'rdagi vazminlikni tarang ushlab turadi. She'rning so'nggi bandidagina o'quvchi biroz yengil tortadi. Dimiqib ketgan xonaga toza havo kirgandek bo'ladi:
Fuzuliy, shevai ehsoning tilar bir gadoyingdur,
Dirildikcha sailing quling, o'landa xoki poyingdur.
Gerak o'ldir. gerak qo'y, hukm — hukming, roy — royingdur,
Ko'zim, jonim, afandim, sevdigim, davlatli sultonim.
Shoir chorasiz oshiq holatini, tuyg'ularini, ma'shuqa oldidagi mavqeyini zo'r mahorat bilan chizadi. Shoir — bor-yo'g'i ehsonga umid qiladigan gadoy. Tirikligida yorga qui, agar ma'shuqa kuyida o'lib ketsa, yo'lida yotgan birtuproq. Uni o'ldirsa ham, qoldirsa ham yorning hukmi — hukm, istagi — istak. Sadoqatli oshiq holati bu qadar ta'sirchan berilgan she'rlar jahon adabiyotida ham ko'p emas.
Fuzuliy she'riyatining yuksak cho'qqilaridan biri:
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o'landan so'r,
Zuloli zavq-shavqin tashnai diydor o'landan so'r
matla'li g'azalidir. Unda Alloh jamoliga chin dildan intilgan oshiq holati butun shiddati, to'foni, harorati bilan berilgan. Darhaqiqat, vasl beradigan shifoning qadrini hajr sababli bemor bo'lgan oshiqdan, zavq-shavqning tiniqligi va shirinligini yor diydoriga tashna odamdan so'ramoq kerak.
Ushbu she'r ham an'anaviy yor ta'rifi va oshiq holi tasviriga bag'ishlangan. Ma'no va ifodadagi ko'p qavatlilik she'rning ta'sir darajasini keskin oshirgan. Ikkinchi baytdagi yashirin ma'no she'rga favqulodda badiiy quvvat baxsh etadi:
Labing sirrin kelib guftora mandan o'zgadan so'rma.
Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o'landan so'r.
Oddiy o'quvchi „labing sirini bilishni istasang, mendan boshqadan so'rama. Bu sirni mendan — biladigan kishidan so'ray qol", — degan jo'ngina fikrni anglashi mumkin. Mumtoz adabiyot sirlari bilan oshno bo'Igan kishi uchun esa, bu tasvir — sirlarga to'la butun bir olam. Nega shoir o'zini „voqifi asror" deyapti? Nega „guftora", „so'r" so'zlari ishlatilmoqda? Bularning har birining bir emas, bir necha izohi bor va deyarli hammasi lab (og'iz)ning mumtoz adabiyotimizda qaror topgan an'anaviy tavsifi bilan bog'lanadi. Jumladan, „sir"ligi, „pinhon"ligi. „nukta"ligi og'izning torva kichikligiga ishora. „Voqifi asror"lik (sirdan voqif bo'lish) o'sha „pinhon" labning qachondir oshiqqa ochilgani (gapirgani)ga, va'da berganiga ishoradir.
She'rning uchinchi bayti solik holini ifodalashi. visolga yetolmay jafo chekayotganlar ruhiyatini to'kis ko'rsatishi jihatidan tengsizdir:
Go'zi yoshlilaring holin na bilsun mardumi g'ofil.
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o'landan so'r.
Bedard bilan dardlashish, toshga gap uqtirish bilan barobar. Shunga o'xshash ko'zi yoshli, dili g'amli ishq ahlini g'ofillar tushunishi mumkin emas. Chunki yulduzlar sayrini uxlab yotganlar emas, balki tongga qadar uyqusiz kezganlar biladi. Baytdagi bedorlik va yulduzlar timsoli ham shunchaki paydo bo'lib qolmagan. Oshiqda uyqti yo'qligi, ko'zyosh ko'pligi ma'lum. Ko'p son esa yulduz bilan qiyoslaniladi.
G'azalning oxirrog'ida shoir mavzuni mayga buradi’ o'zini xarobot ahli, deb tanishtirib, g'ofil va zohidga qarshi qo'yadi. Bu aslida shoirning isliq haqidagi qarashlarining mantiqiy davomidir. Ishqning o'zi, ayniqsa, ishqi ilohiy may kabidir. G'azal maqta'sida shoir uchinchi baytda aytgan fikrini yanada kuchaytirgan holda qavtaradi va endi tanqid maydoniga „zohidi g'ofil" tortiladi:
Muhabbat lazzatidin bexabardir zohidi g'ofil.
Fuzuliy, ishq zavqin zavqi ishqi vor o'landan so'r.
Haqiqiy san'atkorlik oddiy so'zlarga sehr ato etish, so'zlarni ma'no anglatishigagina emas, balki kayflyatni ifodalashga, ohangni bildirishga majbur eta olishdan iboratdir. So'nggi satrdagi „ishq zavqi" va „zavqi ishq" birikmalaridan foydalanish Fuzuliyning ham o'shanday shoir ekanligidan dalolatdir.
Fuzuliyning lirik she'rlari boshdan-oyoq ilohiy ishq haqida deyish bir tomonlamalikdir:
Ishqdir ul nash'ai komilkim, andandur niudom,
Mayda tashviri harorat, nayda ta'siri sado.
U ilohiy va dunyoviy muhabbatni bab-baravar kuylagan shoirdir. Bu yerda mantiqsizlik yo'q. Hamonki, borliq Allohning tazohiri hisoblansa, inson ham ilohiy yaratiq sanaladi. Boshqacha aytganda, insonning dunyoviyligida ilohiylik bordir. Shunga ko'ra, shoirning lirik she'rlarida ilohiy ishq bilan bir qatorda dunyoviy muhabbat tasviri ham yorqin aks etgan. Biroq uning „Layli va Majnun" dostoni haqida bunday gapni aytib bo'lmaydi. Shoir bu haqda o'z maqsadini ochiq bayon qiladi:
Tutsam talabi haqiqata rohi majoz,
Afsona bahonasi-la arz etsam roz.
Layli sababi-da vasfin etsam og'oz,
Majnun tili ila etsam izhori niyoz.
Darhaqiqat, Layli shoir uchun Allohdir. Unga doir barcha tavsiflar Yaratuvchinikidir. Shoir esa, o'zi qayd etganidek, Majnun tili bilan so'zlaydi.
1537- yilda yozilgan bu dostonning o'z tarixi borligini Fuzuliy doston muqaddimasida ta'kidlagan. Ma'lum bo'lishicha, bir kuni zamonasining dongdor olim-u fozillari shoirni o'rtaga olib, ushbu mavzuda bir asar bitishini so'raydilar:
„Lutf ayla, — dedilar, — ey suxansanj!
Fosh ayla jahona bir nihon ganj!
Layli-Majnun Ajamda cho'xdur,
Atrokda ul fasona yo'xdur.
Taqrira ketur bu dostoni
Qil toza, bu eski bo'stoni".
Chamasi, Fuzuliy Navoiyning „Layli va Majnun" dostoni bilan tanish bo'lgan emas. Aks holda „atrok (turklar)da bu fasona (doston) yo'xdur" demagan bo'lardi. Nima bo'lganida ham Fuzuliyning bu dostoni o'z ohang va dardi bilan Navoiynikiga benihoya yaqin. Ehtimol, qarashlarning. yondashishlarning yaqinligidandir. Masalan, har ikki shoir ham uni „dard dostoni" deb biladi.
Asarning mazmuni u qadar murakkab emas. Ikki yosh maktabda bir-birlarini sevib qoladilar. Shu tufayli Qays Majnun (telba) nomini oladi. Atrofdagilar bu muhabbatni anglay va qadrlay olmaydilar. Lekin ularni bir-biridan ajratishga boigan barcha urinishlar zoye ketadi. Oxir-oqibat, ikki sevishgan nobud bo'ladi. To'g'rirog'i, shundan so'ng ular birlashadilar.
Fuzuliy umri davomida „Haft (yetti) jom", „Anis ul-qalb" („Qalb do'sti"), „Matla' ul-e'tiqod" („E'tiqod boshlanniasi"), „Rindu zohid" kabi falsafiy dostonlar, „Sihhat va maraz", ,,Bangu Boda" („Nasha'va may"), „Suhbat ul-asmor" („Mevalar suhbati") kabi ko'plab asarlar yozgan. Buyuk shoir nasriy yo'l bilan „Shikoyatnoma" degan asar yozib, turkiy nasr taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan.
Fuzuliy ijodi turkiy xalqlar adabiyoti taraqqiyotiga g'oyat katta ta'sir ko'rsatgan. Masalan, o'zbek she'riyatida undan ilhom olmagan biror jiddiy shoimi topish qiyin. Uning nomi buyuk Navoiy nomi bilan hamisha yonma-yon kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |