Yigitlik yillari


“Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy”



Download 477,5 Kb.
bet22/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
6-mavzu

“Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy”


REJA:


  1. “Layli va Majnun”

  2. Asar voqealari tahlili

  3. “Saddi Iskandariy”

  4. “Saddi Iskandariy ” hikoyalari

Layli va Majnun" dostoni. Sharq adabiyotida sevgi haqida bitilgan dostonlar orasida „Layli va Majnun"day dardli va g'amgin asarni topib bo'lmaydi. U naqadar g'amgin bo'lsa, shu qadar shuhrat topgan, keng yoyilgandir. Bu sevgi qissasi qanchalik g'amgin va mashhur bo'lsa, shunchalik qadimiy hamdir. Uni mutaxassislar Botishdagi „Romeo va Juletta"dan ham mashhurroq hisoblaydilar. Ushbu mavzuda adabiyot olamida salkam o'n uch asrdirki, she'r va dostonlar bitilib keladi. Qissaning kelib chiqish manbayi qadim arablar hayoti bilan bog'liq voqealarga borib taqaladi. Mutaxassislar orasida bu borada ikki fikr bor: ayrimlar Majnunni tarixiy shaxs, oti Qays Ibn Mulavvah, yoshligida tuya boqib yurganda amakisining qizini sevib qolgan, she'rlar yozgan, devon ham tuzgan, u haqda ko'plab rivoyatlar, hikoyatlar yaratilgan, deydilar. Ikkinchi bir fikrga ko'ra, u — to'qima obraz.

Nizomiy Ganjaviy birinchi bo'lib ushbu qissani yaxlit bir dostonga aylantirdi. Qays e'tiborli bir odamning har jihatdan mukammal farzandi bo'lib, aqli ham, jismi ham, husni ham joyida edi. U har jihatdan munosib bo'lgan Laylidek qizni sevdi, sevildi. Biroq Laylining otasi uni o'z qiziga munosib ko'rmadi.

Odamlar esa uni majnun (telba) deb atadilar. U odamlar orasidan bosh olib ketdi. Vahshiy hayvonlar uni o'z panohiga oldilar. Jamiyat rad etdi. Tabiat bag'riga oldi. Birinchi marta Nizomiy dostonga aylantirgan ,,Layli va Majnun" asariga bir yuzu o'n sakkizta nazira bitilgan. Ulardan oltmish yettitasi fors, o'ttiz yettitasi turkiy tilda. Kurd (7), urdu (7), panjob (2), afg'on, arman, gruzin tillarida yozilgan naziralar ham bor. Rus shoiri V. Xlebnikov ham 1911- yilda „Majnun va Layli" nomi bilan doston yozgan.

O'zbek adabiyotida bu mavzuni Navoiy boshlab berdi:

Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat, —

deb yozadi shoir. Muallif asarning mazmuni chuqurligini ta'kidlab, afsona faqat libos ekanligi, uning mazmunidagi chuqur insoniy dard, qahramonlarning ko'nglidagi majoziy muhabbat ilohiy ishq darajasiga yetganini aks ettirish asosiy maqsad ekanini ta'kidlaydi:

Men xastaki, bu raqamni chekdim,

Tahriri uchun qalamni chekdim.

Yozmoqqa bu ishqi jovidona,

Maqsudim emas edi fasona.

Mazmunig'a bo'ldi ruh mayli,

Afsona edi aning tufayli.

Lekin chu raqamg'a keldi mazmun,

Afsona anga libosi mavzun.

Navoiyning „Layli va Majnun"ida ruhiyat tasviriga alohida e'tibor berilgan. Asar voqeasi haybatli tun tasviri bilan boshlanadi. Zimziyo tun. Bo'ron guvullaydi. Chaqin chaqnaydi. Yomg'irbirdan sharros quyadi. Har chaqin chaqqanda Tur tog'i yorishib ketadi. Goh esa Laylining hay qabilasi ko'rinib ketadi. Goh nihoyasiz dasht va undagi vahshiy hayvonlar namoyon bo'ladi. Bu — balo va ofatlarga to'la ishq dashti. Bu tasvirlarning hammasida ramz bor. Hatto tunning o'zi ham ma'no tashiydi. „Layli" degani arab tilida „tungi" degani. Shoir o'quvchini asosiy voqealarga shunday tayyorlab boradi. Qaysning tug'ilishi, o'sishi tasvirida ham ilohiy qismat yaqqol sezilib turadi. Uning beshikdagi yig'isidayoq ishqdan nola bor edi. Uni 4 — 5 yoshlarida o'qishga beradilar. Layli bilan biiga o'qiydi. Bahor kunlarining birida Layli saboqdoshlarini bog'ga taklif etadi. Ikkalasi o'rtasida paydo bo'lgan ishq ularning sirini oshkor qiladi. Qays ishq zo'ridan behush yiqiladi. Xabar Qaysning ota-onasiga yetib boradi. Odamlar to'planadi.

Shoir atrofdagilar munosabatini san'atkorona beradi. Birov: „Qiziq bo'ldi-ku",— degandek qiladi. Ikkinchisi: „Qarang-a, dev uribdi", — desa, keyingisi: „Yo'q, pari tekkan!" — deydi. Xullas, shoir Qays atrofidagi g'ala-g'ovurlarni g'oyat noziklik bilan kuzatadi. Qayso'ziga kelgach, Layli qabilasi tomon jo'naydi. Uni topib keladilar, yigit yana g'oyib bo'ladi. Iz olsalar, hay qabilasi tomon ketgan. U yerdan yana bir iz qo'shilib sahroga yo'l olgan. Endi malomat boshlandi. Birov: „Qulog'iga pand kerak!" — deydi. Birov: „Oyog'iga band kerak!" — deydi. Oyog'iga bandni afzal ko'rdilar. Qaysning kishanga solingandan keyingi holatini Navoiy shunday tasvirlaydi:

„Layli, Layli!" — debon chekib un.

El deb, „Majnundur, ushbu majnun!"

Shoir dostondagi obrazlarning xatti-harakatlarini hayotiy dalillash, psixologik asoslashga ahamiyat beradi. Qiziga Majnunning oshiqligidan xabar topgan Laylining otasi ruhiyati asardajuda puxta aks ettirilgan. U Qays boshiga tushgan savdolarni aytgan kishiga yigitni bilishini, uning holi, ayniqsa, ota-onasining ahvolidan qayg'urib, hamdardligini:

Ta'rifida ko'p o'tar edi so'z,

Go'yoki anga tegurdilar ko'z.

Bas qobil edi-yu dilpisand ul,

Ozodavash-u niyozmand ul.

Aqli komilu kalomi ma'qul,

Bor edi manga ham asr-u maqbul.

Ne erkin aning atosi holi,

Bechora anosining maloli?

Ne o'tdi ekin tobi oyo,

Ko'ngli aro iztirobi oyo? —

tarzida bildirgan odam yigitning Layli kuyida shu holga tushganini, har bir she'rida uning ismini bitishini eshitgach, tamomila o'zgarib ketadi. Shoir buni nihoyatda hayotiy va ta'sirli aks ettirgan. Noqulay ahvolga tushgan suhbatdosh, uyatga qolgan erkak, nomus qilishga majbur ota holati dostonda g'oyat ishonarli berilgan:

Eshitguchi bildikim, nedur hol,

To'lg'ondi o'ziga o'ylakim nol.

Boshin tutib o'ldi bir zamon gech,

So'z demadi yaxshi, yo yomon hech.

Shoir ayni vaziyat uchun eng muvofiq ruhiy holat tasvirini bera olgan. Bu o'rinda suhbatdoshlarning har ikkisi ham jonli odam, zimmalaridagi og'ir ma'naviy yukni ko'tarib borishga mahkum kimsalar sifatida ishonarli ko'rsatilgan.

Dostonda endi Majnunga aylangan zanjirband Qaysning iztirobga to'la holatini shoir ulkan dard bilan tasvirlaydi:

Bir necha kun uyda edi poband,

Faryod anga goh baland-u goh past.

Yo'q kunduzu kecha xo'rdu xobi,

Dom ichida qushdek iztirobi.

Uyqu ko'zidin tutib kanora,

Har kirpiki uyqug'a katora.

Ul ko'zda ne nav' turg'ay uyqu,

Kim, bir nafas anda turmag'ay su.

Ko'ngli aro hushdin xabar yo'q,

Ne hushki, ko'ngildin asar yo'q.

Tasvir Majnunning holatiga benihoya mos. Badiiy manzara so'z va undagi ma'no tovlanishlari natijasida paydo bo'lgan o'yinlar yordamida chizilgan. Uyida o'tirishga majbur etilgan va asosiy kasalligi oshiqligi bo'lgan yigit, uning goh baland, goh past ovozdagi faryodi, tuzoqdagi qush singari o'zini har tomonga urishi, Layliga bo'lgan ishqi sabab oshiqqa na yemak-ichmak va na uyqu borligi, negaki, tinimsiz yig'idan bir nafas suv, ya'ni yosh turmaydigan ko'zda uyqu turishi mumkin emasligi, suygani kuyida ko'nglida hushyorlik yo'qligi, ishq o'ti nafaqat hushyorlik, balki yigit tanidan ko'ngilning o'zini ham, unga qo'shib hushini ham kuydirib yuborganligi tasviri Majnun ruhiyatini ifodalash jihatidan tengsiz badiiy qudrat kasb etgan. Asarda ma'shuqasidan ayrilgan oshiq nolalari juda ham ta'sirli berilgan:

Men xastani aylamakta mavjud,

Ne erdi ekin qazog'a6 maqsud?!

Bu alamli so'roqlarda so'ngsiz dard-iztirob bor. Qays ne sababdan muhabbat otashiga duch bo'lganini bilgisi, isliq o'ti uning ko'ngliga qachon tutashganini idrok etgisi kelgani asarda g'oyat nozik tasvirlangan. U ruh kishisi sifatida ko'nglidagi dard shunchaki jismoniy intilish emasligini anglaydi. Uni bezovta qilayotgan, bu dunyo tashvishlaridan yiroqlarga olib ketayotgan alangali tuyg'u jismdan ko'ra chuqurroqda ekanini idrok etadi. Shuning uchun ham:

Ko'nglum uyin etti qayg'u zindon,

Jism uyi yana qorong'u zindon.

Zindonki, tanimduranda mahbus,

Ham tungluki1, ham eshiki madrus

Ichkarrak uyda g'ussa tobi,

Bal furqat o'tining iztirobi.

O vahki, bu o'tdin o'ldi tobim,

Yo'q yo'qki, ichinda iztirobim.

Kulbamda-vu maskanimda bu o't,

Jonimda bu o't, tanimda bu o't.

O't ichra birovnikim solurlar,

Bandini ayog'idin olurlar.

O't band ila bo'ldi jilvagohim

Bundoqmi azim emish gunohim? —

deya nola chekadi. Qays ishqda ixtiyorsizligini, bu tuyg'u uning uchun ham jazo, ham mukofot ekanini biladi. Navoiy oshiqning shu holatini o'ta nozik ifodalay bilgan. Majoziy ishq bilan bog'lanuvchi bu lavhalar haqiqiy ishq yo'lidagi Allohni angiash, uning visoliga erishish mashaqqatlariga ishora edi.

Asarning eng ta'sirchan joylaridan biri Majnunning Makkaga olib borilishi lavhasidir. O'g'Iining ahvolidan chorasiz qolgan ota uni Ka'baga olib boradi. Orzu qiladiki, Qays bu muqaddas joyda dardiga shifo tilasa, ya'ni Layliga bo'lgan muhabbatidan qutultirishni Yaratgandan so'rasa. Biroq, buning aksi bo'lib chiqadi. Majnun Ka'ba atrofini aylanib, muqaddas toshga halqa-halqa ko'z yoshlarini oqizar ekan:

Ko'nglum g'am ila to'q ayla, yo rab!

Ishq ichra meni yo'q ayla, yo rab!

Derlar manga: „Ishqni unutg'il,

Layli g'amidin kanora tutg'il".

Alloh-alloh, bu ne so'z o'lg'ay,

Ul qavmga tengri uzr qo'lg'ay.

Yo rab, ki bu xushguvor boda,

Jomi talabimg'a quy ziyoda!

Layli ishqin tanimda jon qil,

Layli shavqin ragimda qon qil.

Dardini najotim et, ilohi,

Yodini hayotim et, ilohi! —

deya qilgan nidolarda Qaysga xos sifatlar yorqin namoyon bo'ladi. U g'am chekayotganidan, ishq yo'lida abgor bo'lganidan qayg'urmaydi. Aksincha, „Ko'nglum g'am ila to'q ayla, yo rab", — deya iltijo qiladi. Xushta'm ishq mayining Jomi talabig'a" ko'proq quyilishini istaydi. Demak. u qismatidan norozi emas. Ishqsizlikni, g'amsizlikni baxtsizlik hisoblaydi.

Shoir Layli va Majnun yozishmalariga katta ma'no yuklaydi. Ayniqsa, Laylining maktubi mazmunning teranligi, qizning ko'ngil rozlarini aks ettirishi jihatidan tengsizdir. Bu xatda mehr-muhabbat iqrori ham, sadoqat izhori ham, ayni paytda, Sharq ayolining jamiyatdagi o'rni haqida bezovta o'ylar ham bor. Dostondan olingan quyidagi nozik tasvirlar qizning ijtimoiy mavqeyi hamda ruhiy holatini to'kis ifoda etadi:

Sensizki g'amim dame kam ermas,

Sendin gar emas ko'p, oz ham ermas.

Sen tortibon ohi otasholud,

Men o't yoqibon ehiqarmayin dud.

Dardi ichida bo'lishga mahkum qizning holatini bundan aniqroq ifodalab bo'lmaydi. Uning ham qalbida sevgi o'ti lovillab yonmoqda, lekin u qizbola bo'lgani uchun „tutun chiqarmaslik"ka majbur. Ayriliq uning qalbini ham omonsiz o'rtaydi. Lekin qizlik sha'ni bois bu haqda hech kimga aytolmaydi. Imkonsizlik iztirob darajasini necha karra oshiradi.

Doston oxirida „Ishq ta'rifida" degan maxsus bob keladi. Shoir unda Layli va Majnun taqdirida afsonaga o'rab berilgan mazmunni sharhlaydi. Ushbu bob ishqning ta'rifi bilan boshlanadi:

Ey, ishq, g'arib kimyosen,

Bal oyinayi jahonnamosen.

Shoir ishqni misni oltinga aylantiruvchi kimyoga va jahonni aks ettiruvchi oynaga o'xshatadi, buni atroflicha isbotlashga harakat qiladi. Shoir inson umrining mazmun-mohiyatini ishqda ko'rgan edi. Uningcha, odamni odam qiladigan ishq edi. Bir-birlarining vasliga yetolmagan yigit-qizning muhabbati mojarolarini ko'rsatish vositasida Allohga bo'lgan buyuk va tamasiz sevgi madh etilgan doston jahon adabiyotida ishq mavzusida bitilgan eng ta'sirohan hamda badiiy yuksak asardir.

Navoiyning „Layli va Majnun"i mazkur sujetning ishlanish tarixida alohida bir bosqich bo'lib qoldi. Undan yarim asr keyin yashagan va shu mavzuda alohida doston yozgan mashhur ozarbayjon shoiri Fuzuliy Navoiyning badiiy mahoratiga yuksak baho berdi. Qissa xalqimiz orasida keng yoyilgan. U haqda xalq dostoni maydonga keldi.

Sab'ayi sayyor" dostoni. „Sab'ayi sayyor" „Xamsa"ning to'rtinchi dostoni bo'lib, ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Asarning bosh qahramoni — Bahrom. Ajam mamlakatlarida Mars yulduzi Bahrom deb ataladi. Arabchasi — Mirrix. Bahrom ko'pincha jang-u jadallar, fitna-yag'molar honjiysi sifatida keladi. Tarixchilar bu nomni Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420 — 438- yillarda podsholik qilgan) bilan bog'laydilar. Bu hukmdor xalq orasida Bahrom Go'r laqabi bilan shuhrat topgan. „Go'r" deb qulonni aytganlar. Bahrom ovga, maishatga o'ch, urushlarda hamisha g'olib keladigan shoh sifatida talqin qilingan. Bahrom obrazini dastlab Firdavsiy o'z „Shohnoma"sida tasvirlagan.

Bunga ko'ra Bahrom — Eron shohi Yazdijurdning o'g'li. Unga Ozoda nomli go'zal bir kanizakni in'om etgan edilar. Ozoda yaxshi soz chalar, qo'shiq aytar, umuman, har jihatdan mukammal edi. Bahrom ham uni sevar, yonidan qo'ymas edi. Bir kuni ovga chiqadilar. Shahzoda Ozodaga ovchilik mahoratini namoyish etib, maqtangisi keldi. Undan ohularni qanday otishni so'radi. Ozoda unga chopib borayotgan bir to'da ohuni ko'rsatib, anovi erkakni urg'ochiga, urg'ochini esa erkakka aylantir, uchinchisi bu holni ko'rib hayron bo'lsin deydi. Bahrom ishorani tushunadi. Ikki o'q bilan erkak ohuning ikki shoxini sindirdi. Ikki o'q qadab urg'ochisini shoxlik qildi. Uchinchisining qulog'iga yonlama otib yarador qildi. Oldingi oyog'i bilan qulog'ini qashlaganda, navbatdagi o'q bilan mixlab qo'ydi. Va maqtov kutib mamnun holda Ozodaga qaraydi. Ozoda esa bundan qoyil bo'lmaydi. Aksincha, shahzodani yovuz Axrimanga o'xshatadi. Bahrom g'azabga minadi va Ozodani otlar tuyog'i ostiga tashlab o'ldiradi.

Navoiy o'zigacha yozilgan Bahrom haqidagi dostonlarni sinchiklab o'qib chiqdi. An'anaga ko'ra, „Sab'ayi sayyor"ni ham oldingi Nizomiyning „Haft paykar" va Dehlaviyning „Hasht behisht" dostonlaridek hafif bahrida — foilotun mafoilun failun (- v - -; v — v -; v v -) yozdi. Buyuk shoir o'tgan ustozlaming hurmatini o'z o'miga qo'ygan holda ular foydalangan afsonaviy sujetga jiddiy o'zgarishlar kiritdi. Navoiy „Sab'ayi sayyor" asarida oldingi ustoz xamsanavislarga uchta e'tiroz bildiradi:

Biri bukim yo'q anda moyayi dard,

Qildilar ishq so'zidin ani fard.

Nega Bahrom o'zini o'tga-cho'qqa uradi? Nega u qasrlar qurdiradi? Malikalarni keltiradi, dunyo ne'matlariga to'ymaydi? Uni boshqaradigan kuch nima? O'sha „moyayi dard" qani? Shoir fikricha, oldingi xamsachilarning birinchi aybi uni ishqdan xoli tasvirlaganliklarida.

Yana biri bukim anda ba'zi ish,

Zohiran nomunosabat tushmish.

Bahromning ayshi uchun yettita qasr qurilishi, yetti malikaning uni uxlatish uchun afsonalar aytishlari asossiz, deydi shoir va mabodo afsona aytish zarur bo'lsa, ulardan boshqa qissaxon yo'qmidi degan savolni qo'yadi. Bu — ustozlaryo'l qo'ygan ikkinchi kamchilik. Salaflarning uchinchi va asosiy kamchiliklari shundan iboratki, ular dardsiz va nodon kishining sarguzashtlarini ko'rsatishni maqsad qilib olganlar:

Bo'yla nodon uchun yozib avsof,

Anga qilgaylar o'zlarin vassof .

„Sab'ayi sayyor" 38 bob, 5000 baytdan iborat bo'lib, asar voqealari o'n ikkinchi bobdan boshlangan. Bahrom — yetti iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik bir savdogarning go'zal qizi Dilorom haqida xabar beradi. U o'zi chizgan qizning suratini ko'rsatadi. Shoh suratni ko'rishi bilan Diloromga telbalarcha oshiq bo'lib qoladi. Xitoyning bir yillik xirojini to'lab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay mahliyo bo'lib, davlat, mamlakat ishlarini unutadi. Nihoyat, „Shohnoma"dagiday, ovda kiyik hodisasi yuz beradi. Dilorom Bahromning mahoratini: „Mashqning natijasi",— deb aytadi. Shoh mastlikda qizning oyoq- qo'lini o'z sochlari bilan chirmab bog'lab biyobonga tashlab kelishni buyuradi. Ertasi g'azab va mastlik tarqab. afsuslanganidan keyin, uni o'zi borib izlaydi, topa olmaydi. Shoh ayriliqdan butkul o'zini yorqotib qo'yadi. Sahrodan uni bir amallab olib keladilar. Shoh uzlatga beriladi. Hakimlar tashvishga tushadilar. Maslahat bilan yetti iqlim shohi yetti qasr quradilar. Bu yetti qasr yetti shohning mamlakatiga olib boradigan yo'l ustida o'rnashadi. Moniy uning har birini o'zga bir rang bilan bezaydi. Bahrom ularni tomosha qilarekan. kasali tuzala boshlaydi. Yetti rangdagi yetti qasr bitadi. Yetti iqlim shohi bittadan o'z qizlarini beradilar.

Bahrom shanba kunini mushkfom qora liboslar kiyib, qora ranggumbazga kirib, hind malikasi huzurida o'tkazadi. Running, ayniqsa tunning o'tishi qiyin bo'ladi. Shu bois, shoh farmoniga ko'ra, xizmatchilar qasr yo'liga chiqib, shu tomonga kelayotgan musofirni boshlab kiradilar. Shoh undan ko'rgan-kechirganlarini hikoya qilib berishini so'raydi. Musofir saxiylikning betimsol namunasini ko'rsatgan Axiy haqidagi hikoyani aytib beradi va o'zining unga avlod ekanini, shahanshoh huzuriga xizmatga kelayotganini aytadi. Yakshanba kuni shoh zarnigor qasrda zarbof kiyimlar kiyib, Rum malikasi huzurida rumlik musofir zargar Zayd Zahhob haqidagi hikoyani tinglaydi. Dushanba kuni yashil qasrda shahrisabzlik musofir shohga Sa'd haqidagi maroqli hikoyani aytib beradi. Shu tariqa gumbaz ranglari hafta kunlariga mutanosib holda almashib boradi. Bahrom Jo'na va Mas'ud, Mehr va Suhayl, Muqbil va Mudbir haqida biri biridan qiziq hikoyalar tinglaydi. Ranglar ham qoradan oqqa tomon boradi. Shohdagi noxushlik, umidsizlik o'rnini yorug' kayfiyatlar egallay boshlaydi. Nihoyat, haftaning yettinchi juma kuni Bahrom oq qasrda Chin go'zali qoshida xorazmlik musofirning hikoyasini tinglaydi.

— Ko'rganimni ayta qolay,— deb boshlaydi musofir o'z hikoyasini. — Xoraznidanman, soz chalaman. Iqlimdagi barcha ustozlar mening shogirdlarimdirlar. Nogahon, bir xitoylik savdogarning go'zal kanizagi haqida ovoza tarqaldi. Oq niqobda, yuzini hech kirn ko'rmagan, soz chaladi, ashula aytadi. Unday ashula va ohang hech kimga nasib etgan emas. Ovoza mamlakat shohigacha borib yetdi. Shoh darvesh qiyofasida kelib, tan berdi. Nikohiga so'ratdi. Kanizak ko'nmadi. Shoh uni zo'rlab olib ketdi. Chang chaldi. hamma uyquga ketdi, u esa uyiga qaytdi. Bu hoi ko'p takrorlandi. Shoh kanizak bilan aka-singil, xojasi bilan ota- o'g'il tutindi. Qasr qurib berdi.

Men bazmlar dostonnavozi edim, shu tufayli ishim kasodga uchradi. Kanizak huzuriga borib arz qildim, sozini tinglab, lol qoldim. ta'lim so'radim. O'zimni mahram etdim. Ko'nglimdagi boshqa har qanday tuyg'uni qochirdim. Sezdimki, uning kuy- ohangidajuda katta dard, pinhoniy ishq bor edi. Kimningdir hajrida o'rtanardi. Bilmoqchi bo'idim. „Taftishni bas qil",— dedi u. Yana so'radim. „MayIi aytaman, shartim shuki bu yerda turmaysan, ketasan", — dedi. Darhaqiqat, uning hikoyasi dardli edi: Chin mulkidanman. Ikki xon qirg'inida asir tushdim. Xoja meni kanizak qilib sotib oldi. U farzandsiz edi. Meni farzanddek tarbiya qildi. Shuhratim yoyildi. Bir naqqosh suratimni pinhona chizib, bir shahanshohga ko'rsatibdi. Sevildim, sevdim. Bir kuni ovda bir hoi bo'ldi. U men aytganday otdi. U sharobdan mast edi. Men o'zimdan mast edim. Qadriga yetmadim. U odamzod qilolmagan ishni qildi. Men unga jonimni fido etmog'im lozim edi. Meni yuz pora qildirsa ham haqli edi. Sahroga tashlatdi. Meni ko'rgani kelayotgan xojam yo'lda topib oldi. Men shohimiz huzuriga bormoqchi, uzr so'ramoqchi edim, xojam ruxsat bermadi. Shu tariqa men tirik hijronda qoldim... Endi ket! — deb hikoyasini tugatdi kanizak. deganida shoh Bahrom o'zini tuta olmadi, shohligini ham unutib, musofirni qayta-qayta bag'riga bosdi.

Bahrom Diloromni topgach, yana ovga, aysh-ishratga beriladi. Bir kuni katta ovda, ulkan o'tloqda sonsiz qo'shin va hayvonlar jam bo'ladi. O'tloqning tagi esa botqoq edi. Ovda qo'shin zich bo'lganida tepada sharros yomg'ir boshlaydi. Eski botqoqning og'zi ochilib, Bahrom Dilorom va butun arkoni davlati bilan birgalikda balchiq tubiga kirib ketadi. Sodda qilib aytsak, Bahromni yer yutadi. Ko'rinyaptiki, Navoiy Bahrom obraziga juda katta ma'no- mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sig'masligini ko'rsatgan. Bahrom oshiq bo'lgach, mamlakatni unutdi. Shohlik bilan shug'ullana boshlaganda esa, yordan voz kechdi. Eng muhimi, u o'zidagi kibrni yengolmadi, manmanlikdan voz kecholmadi. Binobarin:

Ishq ila shohlig' muvofiq emas,

Ishq lofida shoh sodiq emas.

Navoiy oldingi xamsanavislarga bildirgan e'tirozlariga o'zi qat'iy amal qilib, qasrlarning qurilishi va hikoyalarning berilishini Bahrom hayoti va taqdiri bilan mantiqan bog'ladi. Shuningdek, buyuk shoir asar voqealarini, hatto hikoyalarni ham Xuroson-u Movarounnahr hayoti bilan bog'lashga harakat qildi. Shahrisabz, Xorazm haqida maxsus hikoyalar kiritdi. Shu tariqa Navoiy bu mashhur qissaga turkona ruh berdi.

Shoir Bahrom timsoli munosabati bilan zamonasining juda ko'p dolzarb masalalarini qo'zg'aydi. Shulardan biri temuriylarning, xususan, Sulton Husaynning aysh-ishratga o'chligi edi.

Dostonning o'ttizinchi bobida ulug' shoir bu masalaga alohida to'xtaladi. Navoiy tush ko'rganmish. Sakkiz poyalik taxt. Mulozim shoirni shoh yo'qlayotganini aytadi. Shoir borsa, shahanshoh Bahrom, yetti malika va Dilorom. Shoh shoir bilan quchoqlashib ko'rishadi va deydi: „Aslida sohibqiron — sen. Sen dunyoni qalaming bilan olding. Tariximiz, ahvolimizni bayon qilding. Sengacha ko'plar eshitganlarini yozdilar. Sen esa jiddiy o'rganding, ildiziga yetmaguncha qo'ymading. Yana bukim, sen turkiylarni bahramand qilding. Bu ish mening zamonamda bo'lsa, yetarli taqdirlar edim. Minnatdorlik bildirishga imkonim yo'qligidan xijolatdaman. Lekin ikki jihatdan ko'nglim xotirjam bo'ldi: birinchidan, senda mol- dunyoga, mansabga havas yo'q ekan, ikkinchidan, ko'ngling buyurmaganini yozmas ekansan. Men achchiq-chuchukni ko'rdim. Alloh hidoyati bilan g'olib chiqdim. Sulton Husaynda ham shunday bo'ldi. Men maishatga zo'rberdim. Sulton Husaynda ham shunday. Shularga ko'ra men uni farzand deya olaman. Undan tashvish- lanaman. Salom ayt va shuni yetkazginki:

Ki jahon kimsaga vafo qilmas,

Shohlig' tarkiga kiro qilmas.

Shahki, ming yil oning hayotidur,

G'araz — o'lganda yaxshi otidur.

Navoiy juda katta gapni favqulodda jasorat bilan aytgan. Birinchidan, u o'z ijodiy niyatini Bahrom tilidan ma'qullatib oldi. Bulardan eng muhimi, shoirning o'z vijdoniga xilof narsa yozmaganidir. Ikkinchidan, Husayn Boyqaroni Bahromga o'xshatdi, uning taqdiridan ogoh qildi. Agar Sulton Husayn maishatni tark etmasa, uni ham Bahrom singari taqdir kutadi, degan fikrni aytadi.

„Sab'ayi sayyor"da Navoiy dahosining qudrati shoirning o'z tilidan aytilgan o'rinlarda namoyon bo'ladi. Jumladan, doston yakuniga yaqinlashganda shoir asarning yozilish muddatiga to'xtalib deydi:

Manga ayyomi garchi yod ermas,

Lek to'rt oydin ziyod ermas.

Bo'lsam o'zga umurdin emin,

Bor edi to'rt hafta ham mumkin.

Shoirning faxriyasi, ya'ni o'zi yozgan asardan qoniqish tuyg'usi doston tugallanishida aks etadi. Lekin buyuk Navoiyga xos kamtarlik shu o'rinda ham yaqqol sezilib turadi:

So'zni gar tuz dedim va gar ozdim,

Neki taqdir aylading - yozdim.

Kilk o'larda varaqnigor manga,

Qayda bor erdi ixtiyor manga?

Neki yozding ani raqam qildim,

Shak emasdurki, sahv ham qildim.

Deganimni ulusqa marg'ub et!

Yozg'onimni ko'ngulga mahbub et!

Xalqqa zebi torak ayla ani!

O'qug'onga muborak ayla ani!

Yetti aflokni anga yor et!

Yetti iqlim elin xaridor et!

Chindan ham, Bahrom haqidagi qissa Navoiydan keyin o'zbek adabiyotida keng yoyildi. XVI11 asrdan yozma va og'zaki adabiyotimizda Bahrom va Gulandom turkumi paydo bo'ldi. Koshg'arlik G'aribiy XIX asrda „Shoh Bahrom va Dilorom" asarini yozdi. Umar Boqiyning „Qissayi haft manzarayi Bahrom" asari maydonga keldi.

Saddi Iskandariy" dostoni. Bu asar dunyodagi eng mashhur siymolardan biri jahongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib, „Xamsa"ning yakunlovchi dostonidir. Chiqishda uni Iskandar Zulqarnayn deb ataydilar. „Zulqarnayn" so'zining ikki ma'nosi bor: birinchi ma'nosi — shoxli degani. Ikkinchi ma'nosi — kun chiqish va kun botish hukmdori degani. Birinchi bo'lib, by mavzuni Firdavsiy qalamga olgan. So'ng Nizomiy Ganjaviy u haqda maxsus „Iskandarnoma" degan doston yozadi. Xusrav Dehlaviy unga bag'ishlangan dostonini „Oyinayi Iskandariy" deb atadi, mavzuning axloqiy-didaktik jihatlariga katta e'tibor berdi. Abdurahmon Jomiy o'z dostoniga „Xiradnomayi Iskandariy" deb nom qo'ydi. Navoiy o'z asarini „Saddi Iskandariy" deb atadi. U diqqatini Iskandarning jahongirligiga emas, insonparvarligiga qaratadi. „Saddi Iskandariy" „Xamsa"dagi eng yirik dostondir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Asar voqealari Iskandarning tug'ilishidan boshlanadi. Bo'lajak Iskandarning otasi Faylaqus tangridan farzand so'raydi. Bir kuni ovdan qaytarkan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi ko'zi yorigan ayolga duch keladi. Chaqaloq o'g'il bola bo'lib, tirik, ona esa o'lib qolgan edi. Shoh o'likni dafn ettiradi, bolani o'g'il qilib oladi. Unga Iskandar deb nom qo'yib, tarbiyasi bilan shug'ullanadi. O'limi oldidan esa uni valiahd qilib tayinlaydi. Dostonning keyingi bobida himmat haqida gap ketadi.

Shoir Iskandar tarixini yozmoqchi emas. Iskandar bilan bog'liq voqealarning ma'nosini ochmoqchi. Shuning uchun voqealar izoh va talqinlar, hikoyatlar, savol-javob va lirik chekinishlar bilan almashinib keladi. Iskandar taxtga chiqar ekan, o'z atrofiga olimlarni to'playdi. ularning maslahati bilan ish ko'radi. U taxtni egallashga qiziqmaydi. Otasi unga taxtni topshirganida qattiq tashvishda qoladi. Oxiri xalqni yig'ib, maslahat soladi. Xalq uning shoh bo'lishini qattiq talab qilib turib olgandan keyingina Arastu unga toj kiygizadi. Iskandar el oldiga shart qo'yadi. Kimning arz- dodi bo'lsa, shohni o'zi bilan teng ko'rib. ahvolini aytishini so'raydi. Shundan so'nggina davlat ishlariga kirishadi. Awalo, mazlumning haqini haqlab, zolimning qo'lini kalta qiladi, adolatni yo'lga qo'yadi. Fuqaro ehtivojini hisobga olib, uni ikki yillik soliqdan ozod etadi. Dostonda oldin adolatning ta'rifi beriladi. Bu ta'rif hadislar vositasida tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning, dunyodagi barcha insonlaming toatidan afzal degan hadis keltiriladi. So'ng Hindistonni olganda elga qilgan birgina adolati bilan jannatga tushgan Mali mud G'aznaviy haqidagi hikoyat ilova qilinadi. ,, Hikmat" bobidan esa Iskandarning Arastu bilan adolat haqidagi savol-javobi o'rin olgan. Arastu fikricha, shoh odil bo'lsa, olam unga tobe bo'ladi. Chunki adolat qaror topgan mamlakat obod, obod mamlakatning xalqi badavlat bo'ladi. Boylik askarga kuch beradi. Unday qo'shin hamisha g'olibdir.

Iskandarning Doro bilan to'qnashuviga bag'ishlangan tasvirlar ham dostonning qiziqarli va mazmundor sahifalaridandir. Doro nega mag'lub bo'ldi? Rum mulki Eronga haryili tuxum shaklidagi ming oltin xiroj to'lar edi. Iskandar buni to'xtatadi. Elchiga: „Tuxum beradigan qush allaqachon uchib ketgan", — degan javobni aytadi. Doro g'azabga kelib, bir chavgon va to'p, bir xalta kunjut bilan boshqa bir elchini yuboradi. Buning ma'nosi shu ediki, sen hali dimog'idan sut hidi ketmagan bir go'daksan, chavgonni olib, to'p o'yna. Agar xayolingga ixtilof-u nizo kelgudek bo'lsa, askarlarimiz sanog'ini mana shu kunjut qadar bilgin! Iskandar bundan boshqa ma'no ko'radi. Dumaloq koptok, uningcha yer yuzidir. Koptokning Iskandarga taqdim etilishi uning dunyoni olajagiga ishoradir. Chavgon esa Doroning o'z mamlakatini topshirmog'i bclgisidir. Asarning shu o'rnida kelishmovchiliklarning sababi riimada, ular qanday kelib chiqadi, buning oldini olish mumkinmi singari savollar o'rtaga qo'yiladi.

Jahon ichra rnavjud erur necha xayi

Ki, borig'adur kina qilmoqqa mayl, —

deb yozadi shoir. Uningcha, birining ikkinchisidan o'zish istagi, o'zmaganningo'zganga g'ashligi inson tabiatida bor. Ko'rolmaslikka moyillikni har bir millatdan, har bir toifadan topish mumkin. Bu hoi davlat ishlarida yanada aniqroq ko'rinadi. Shohning yuz ming odami bo'lsa-yu, hammasi noib bo'lsa. birortasi undan uzoqroq turishni istaydimi? Yo'q. Amirlar noiblikka, tumanboshilar amirlikka, qushbegilar tumanboshilikka intiladilar. Har bir guruh o'zidan yuqoridagilar safiga o'tishni orzu qiladi. Kin va nizoning manbayi shu yerda. Kishilar shohga qancha yaqin bo'lsalar, ularning adovati shuncha ko'p va kuchli bo'ladi. Pastdagilarning jahllari qanchalik qattiq qo'zg'almasin, xusumatlari yengil o'tadi, ulardan keladigan zararning ko'lami kam. Bu zarar mansabning ko'lami oshgan sayin kuchayib boradi. Shu jihatdan o'rta bo'g'indagilarning nizolari ashaddiyroq va ularning noahilligidan keladigan zarar ko'proq bo'Iadi. Mabodo, bu mojaro oliy martabali sultonlar o'rtasida kechsa-chi?

Bu go'yo jahon ichra to'fon erur

Ki, andin jahon ahli vayron erur.

Ne to'fon, balo bahri chayqolg'oni,

Jahon ahli suv ostig'a qolg'oni.

Ikki shoh urush va adovatga bel bog'lasa, jahon'ahli ikki qo'shinga bo'linib, bir-biriga qarshi o'tkir tig' ko'tarib, bir-birini halok qilishga kirishadilar. Shoir urushning dahshatli manzaralarini chizadi. Bu manzaralar beixtiyor temuriylar, xususan, Husayn Boyqaroning o'z o'g'illari bilan kurashlarini esga soladi:

Ato bir taraf gar erur, filmasal,

Yana jonib o'lsa. o'g'ulg'a mahal.

lkisig'a kin o'ti solg'ay g'azab,

Ul o't qon icharg'a qilib tashnalab.

Atojon berib, o'g'lin o'lturgali,

O'g'ul ham anga tig'i kin surgali.

Qarindosh topsa qarindoshini

Damodam tilab kesgali boshini.

Qondosh, qarindoshlar o'rtasidagi bu ahvol shoirni iztirobga soladi. Uni yotlar o'rtasida sodir bo'ladigan adolatsizliklar, bedodliklar o'ylantiradi:

Bu nav' o'lsa mundog' iki zot aro.

Ne bo'lg'ay gumon qil iki yot aro?

Xuddi shu o'rinda shoir ikki jahondor: Chingiz va Xorazmshoh urushidagi qirg'inni ikki sodiq do'stning ittifoqligi daf etgani haqidagi rivoyatni keltiradi. Urushda ikki do'st kofirlar qo'liga asir tushadilar. Qatl payti ular: „oldin meni o'ldir!" — deb navbat talashadilar. Bu voqea Chingizning tushiga kiradi va ularni ozod qilib, qirg'inni to'xtatadi.

Navoiy Iskandar va Doro urushiga kitobxonni shunday tayyorlab keladi. Biroq kutilgan dahshatli to'qnashuv yuz bermaydi. Shoir yana rarnziy hikoyalar, ruhiy holatlar, adolat va adolatsizlikning oqibatiga ishora qilish orqali masalaning eng to'g'ri yechimini topishga urinadi. Ikki qo'shin bir-biriga yuzma-yuz bo'lar ekan, Iskandar oqibatni o'ylaydi. U Doroni yo'ldan qaytarmoqchi edi, bo'lmadi. Ilm-u hikmat da'vosi bilan hovliqib urushga kirishdimikin? Shu payt katta xarsang ustida shiddat bilan bir- biriga tashlanib urushayotgan ikki kaklikka ko'zi tushadi. Biri — katta. baquwat, bu—Doro, o'ylaydi Iskandar. Ikkinchisi — kichik, zaif, bu—men. Shu on to'satdan bir burgut pastga sho'ng'iydi-yu, kuchlisiga chang solib, uni osmon-u falakka olib ketadi. Iskandar buni yaxshilikka yo'yadi. Urush boshlanadi. Biroq ko'p o'tmay, Doroning noiblari xiyonat qiladilar. Doro yarador holda Iskandar qo'liga asir tushadi. So'ng shohlikning tartib-qoidalari, shohning aql-farosati. didi va zehni, mehri va qahri haqidagi bob keladi. Keyin Abusaid Mirzoningo'z sipohiga yaxshi qaramaganligi uchun urushda mag'lubiyatga uchrab, asir tushganligi voqealari beriladi.

Dostonda Iskandar yurishlarining izchil tarixini yaratish maqsadi qo'yilgan bo'lmasa-da, kitobxon bu haqda ma'lum tasavvurga ega bo'ladi. Iskandar Eronni egallagach, jahonni fath etishga kirishadi. Ko'p podsholar unga bo'yin egib keladilar. Kashmir, hind, Chin xoqonlarigina o'zlarini tortadilar. Iskandar Xuroson va Movarounnahrni qo'lga oladi. Hirot, Samarqand shaharlarini egallaydi. So'ng Kashmirni zabt etadi. Iskandar Mag'ribni ham o'ziga bo'ysundiradi. Shimol safarini boshlaydi. Farang, Rusdan o'tib Qirvonga to'g'ri bo'ladi. U yerda xalqni ya'jujlardan saqlash uchun Saddi Iskandariyni qurdiradi. Dengiz safariga chiqadi. Shisha sandiq yasab, ummon tubiga tushadi. Turfa ajoyibotlarni ko'rib, vataniga qaytadi. Ko'p o'tmay, kasallanib yotib qoladi. Ona o'rnida bo'lgan enagasi Bonuga o'g'illikni o'rniga qo'ya olmaganidan uzr so'rab, xat yozadi. Vafot etar ekan, Iskandar bir qoiini tobutdan chiqarib qo'yishni iltimos qiladi. Bu bir ibrat, pand edi. Jahonni egaliagan jahongitning u dunyoga hech bir narsasiz. ochiq qo'l bilan ketayotganiga ishora edi.

Navoiy „Saddi Iskandariy"da ham „Xamsa"ning oldingi dostonlaridagi kabi voqealarni, iloji boricha, Xuroson va Turkiston bilan bog'lashga harakat qiladi. Chunonchi, Samarqand va Hirotning bino qilinishiga alohida to'xtaydi. Doro va Iskandar to'qnashuvi munosabati bilan askarlarni ta'rif etarkan, „ikki o'rim sochdek bir-biroviga chirmashib ketgan yuz ming sonlik o'zbek va mang'it qahramonlari"ni iftixor bilan tilga oladi.

Mutafakkir o'zining „Muhokamat ul-lug'atayn"ida: ,,...umidim uldur va xayolimg'a andoq kelurkim, so'zum martabasi avjdan quyi inmagay",— deb yozganiday uning shuhrati hayotlik paytidayoq olamga yoyildi. Ulug' shoirning kitoblari dunyo tillariga qayta-qayta tarjima qilindi va qilinmoqda. Shoir asarlariga bag'ishlangan maxsus lug'atlar paydo bo'ldi. Navoiy ijodiyoti umumturk madaniyatining jahoniy shuhratini ta'min etib keldi. U birgina o'zbekning emas, butun turkiy olamning boshida toj bo'lib turibdi.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish