Savol va topshiriqlar
1. Dostondagi „ Kishi gar qilsa ming yil podsholiq, Jahon mulkiga aylab kadxudoliq. Chu tortar oqibat jomi fanoni. Borar dam fahm etar bir damcha oni" misralarida xoqonning ojizligi qanday ifodalanganini tushuntiring.
2. Xoqon holatining: „Ne chekkay ko'kka boshni tojdore, Yo'q ersa bir dur andin yodgore" tarzida ifodalangani sababini anglating.
3. Endigina tug'ilgan chaqaloqning: „Yuzinda ishq asrori yozilg'on, Ichinda dard ta'vizi qozilg'on'ligi sababini izohlang.
4. Farhod qobiliyati haqidagi: „Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm. Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm" tasvirini izohlang.
5. O'smir Farhod „Asiri dard ichi-yu toshi oning, Ki, to o'n to'rt bo'ldi yoshi oning" ekanligining ilohiy sabablari haqida o'ylang.
6. Farhodning „Dedi: har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod" so'zlarini kimga, qachon, nima sababli aytganini tushuntiring.
7. Parda ortidagi xonani ko'rishga Farhodning juda qiziqib qolgani sababini doston matniga tayanib tushuntiring.
8. Farhodning: „Topilmas mushkile men qilmag'on hal", — degan fikriga doston matniga tayanib, munosabat bildiring.
9. Dostondan ko'zguningsehrini bilish uchun bajarilishi lozim bo'lgan shartlarni toping. Ularga tayanib, Farhod shijoatiga baho bering.
10. Farhodni oyinayi Iskandariyning nimasi hayratga soldi?
11. Dostondagi „Quyoshg'a tarh uchun tashlab rux-u ot, Vale yuz qatla' har soat qilib mot" misralarni izohlang.
12. Dostondagi: „Aning ruxsoriga chun boqti timsol, Tani timsol yanglig' bo'ldi behol" tasvirni sharhlashga urining.
13. Farhodning „Junun olg'ay ilikdin ixtiyomi" deyishiga nima sabab bo'ldi?
14. „Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketkumdur oxir" so'zlariga tayanib, Farhod shaxsiyatini baholang.
15. „Jabinida muhabbat dardi zohir, Uzori uzra g'urbat gardi zohir. Tanida benavolig'din asarlar, Yuzida oshnolig'din xabarlar" satrlarida Shirin sinchkovligi qanday aks etganligini ayting.
16. Dostondan Farhod ko'nglidagi tuyg'ular avj nuqtada aks ettirilgan o'rinlarni topib, sharhlang.
17. Shirinning niqobini ochib yuborgan yel qayerdan paydo bo'lgani asarda qanday tasvirlanganiga tayanib, shoir mahoratiga to'xtaling.
18. „Aningdek chekti ohi otasholud, Ki. oyni abr aro yoshurdi ul dud" tarzidagi mubolag'ali tasvirning badiiy vazifasini izohlang.
19. „Adab birla hayo rasmin qilib fosh, Burun indurdi majlis ahlig'a bosh" tasviriga tayanib, Farhod tabiatini izohlang.
20. Farhodning: „Dedi: majnun vatandin qayda ogah" so'zlari o'z yurtini bilmasligini anglatadimi?
21. „Chu Shirin joni erdi, onsiz o'ldi, Damekim o'ldi onsiz, jonsiz o'ldi" baytidagi „onsiz", „o'ldi" so'zlarining o'rin almashishi ma'noga qanday ta'sir ko'rsatganini ayting.
22. „Dedi: ko'ksungni gar chok etsa bebok? Dedi: ko'nglum tutay ham ayla deb chok!" misralarini izohlang.
23. Farhodning: „Dedi: tufroqqa bermon kimyoni!" tarzidagi javobini izohlang. Chin oshiq kishi uchun nima qimmatliroq?
24. Farhodning: „Murodim ishqida o'lmaklik erdi, Bukun mundoq murodim tengri berdi" so'zlarida qanday ishq ko'zda tutiigan?
25. Shirinning jon berishi tasvirlarini qayta o'qib, izohlang.
26. „Chiqib gardun sori afg'oni oning, Fig'oni birla chiqti joni oning. Chu Shirin joni erdi, onsiz o'ldi, Damekim o'ldi onsiz, jonsiz o'ldi" satrlarida kimning holati tasvirlangan?
27. Shoirning: „Haqiqatqa badal bo'ldi majozi" misrasini o'qituvchi ko'magida izohlang.
28. „Baqo shahrida sultonliqqa yetti, Haqiqat mulkida xonliqqa yetti" satrlari mazmunini sharhlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |