5-mavzu
“Xamsa”, “Xayrat-ul-abror”, “Farhod va Shirin”
REJA:
-
“Hayrat ul-abror” haqida
-
Asar boblari sharxi
-
“Farhod va Shirin”
Qariyb ikki yuz yildan keyin birdaniga ikki buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bular Navoiy va Jomiy edilar. Alisher Navoiyning „Xamsa"si boshqalardan farqli ravishda turkiy tilda yozildi va umumjahon adabiyotining yuksak cho'qqisi bo'lib qoldi. Navoiy „Xamsa"si XV asrda yashagan ajdodlarimiz ma'naviy holatining ko'zgusi bo'lib, unda o'sha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o'z aksini topgan. Navoiy „Xamsa"si yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi. Har besh doston bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog'langandir. Masalan, „Hayrat ul-abror"da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo'yadi, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga harakat qiladi.
Hazrati Navoiy 1485-yilda „Xamsa"ni tugallab, Husayn Boyqaroga taqdim etganida, asarning ahamiyatini tushungan hukmdor g'oyat qattiq hayajonga tushadi. Sulton o'zining oq otini keltirishlarini buyuradi. Otni keltirishgach, Navoiyni unga mindiradi. Shoir egarga o'tirishi bilan Sulton Husayn otning jilovidan ushlab, yetaklay boshlaydi. Alisher Navoiy hushidan ketadi. Uni egardan ko'tarib oladilar. Tarixda bunday hoi ko'rilmagan, hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmagandi.
„Hayrat ul-abror". Navoiy davr an'anasiga rioya qilgan holda boshqa asarlari singari dostonlariga ham arabcha nom berdi va „Xamsa"dagi birinchi dostonni „Hayrat ul-abror" deb atadi. U bugungi o'zbek tilida „Yaxshi kishilarning hayratlanishi" degan ma'noni anglatadi. Doston 3988 baytdan iborat bo'lib, 64 bob, 29 maqolatdan tashkil topgan. U aruzning sari' bahrida yozilgan. Asar an'anaviy muqaddima — „hamd va na't" bilan boshlanadi. Nomidan kelib chiqqan holda „hamd"da Allohning maqtovi, sifatlari, „na't"da payg'ambarimiz madhi beriladi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada o'z aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir:
Avval o'zing, oxir-u mobayn o'zing,
Barchag'a xoliq, borig'a ayn2 o'zing.
Bir vaqtlar bu jahon pinhon (yashirin) edi. Na yer. na ko'k na kun, na tun— hech narsa yo'q edi. Hamma-hammasi sening bag'ringda edi,— deya davom etadi shoir.— Sendan boshqa hech kim, hech narsa yo'q edi. Nozir ham, manzur ham o'zing eding ishqingdan mast, husningdan masrur eding. Husning jilvasig; chek-u chegara yo'q edi. Senga bir ko'zgu kerak bo'ldi va shi maqsad bilan dunyo maydonga keldi. Demak, dunyo senin; jamolingga bir oynadir. Sening qudratli, har narsani yaratmoqq qodir xazinangda esa ko'p narsa bor edi. Lekin bularnin, barchasidan maqsad inson edi. Sen dunyoni g'oyat go'zal (latif qilib yaratding, lekin hammasidan insonni ulug' (sharif) aylading Binobarin, Alloh har narsadan ulug' va yaqin tutgan inson han tabiatning, ham jamiyatning gultojidir. ^Shoirning Alloh, borliq inson haqidagi fikrlari shunday. U, dunyoni Allohning namoyoi bo'lishidir, deb biladi. Inson esa uning markaziy siymosi.
Ikki bob ustozlar ta'rifiga bag'ishlangan, ikki bob so'z va undaj ma'no haqida. So'ng, Husayn Boyqaroga, ulug' pirlar— Bahovuddi Naqshband, xoja Ahrorga bag'ishlovlar keladi. Nihoyat, yigirm ikkinchi bobdan maqolatlar boshlanadi. Birinchi maqolat iymo haqida. Ikkinchi maqolat islom haqida. Uchinchi maqolat shohi? haqida. Shu tariqa har bir maqolat bir mavzuga bag'ishlangan. Muall dastlab mavzu bilan tanishtiradi. Unga munosabat bildiradi, ya'i tasdiq yo inkor etadi va unga munosib biror ibratli hikoya keltirad Shoir uchinchi maqolatda bevosita shohga murojaat'qiladi: „Ei dabdabasi olamni tutgan sulton, senga haq (Xudo) hukmfarmoli berdi, qo'lingni baland qilib, ne-ne buyuklarni qoshingda past etd Xizmatingga elni majburlab, oldingda qomatlarini egdi. Lekin shui bilki, sen ham ularning ko'pidan ojizroq bir bandasan. Ular tufrog'- scn nur emassan, shakl-u shamoyiling ham, a'zo-yu tanalarir ham teng. Tangri seni saltanat osmoniga chiqarib qo'ygan ekan, o qudratini namoyish qilayapti. U — senga vazifa topshirgan. Birincl vazifa — bergan ne'matiga shukur qilmoq, ikkinchisi — xalqi xurram tutmoq, haqini haqlab bermoq, asramoq. U senf omonat berilgan. Agar sen elning bir siniq ignasini torti olsang, oxiratda olmos xanjar bo'lib bag'ringga qadaladi. Ingichl bir ip kabi zarar yetkazgan bo'lsang, uni seni halok qiluvchi ilon deb bilaver... Sen-chi, ishratga, maishatga botgansan, zulmj zo'r bermoqdasan... Beayb parvardigor, lekin ayb qildingmi tavba ham qil! Adolatsizlik qildingmi, adolat ham qil". Navoiyning fikrlari zamonasining aysh-ishratga berilgan, o'zaro taxt talashib qanchadan qancha qirg'in-barotlarga sabab bo'lgan temuriy shahzodalarga achchiq tanbehi edi.
Dostondagi bir qator maqolatlar odob-axloq haqida. Chunonchi, beshinchi maqolat karam haqida. Karamning ma'nosi keng. U mehr-marhamat ko'rsatish, saxiylik, ehson qilish kabilarni anglatadi. Saxiylik insondagi xislatlarning eng ulug'i. Baxillik eng tubanidir. Biroq, har narsaning ham me'yori bor. Ortiqcha saxiylik isrofdir. Isrof esa baxillik bilan teng. Qolaversa, har qanday saxiylikda ham ma'lum tartib bor. Chunonchi, birinchidan, faqat dovruq qozonmoq uchungina mol-dunyo sovurmoq saxiylik emas, hatto aqldan emas. Bunday ishni yo mast, yo telba qiladi. Mast va telbani odam deb bo’ladimi? Ikkinchidan, shunday odamlar borki: „Yoyar anga supraki, ul och emas, Berur anga to'nki, yalang'och emas". Bunday kishini ham saxiy deb bo'lmaydi. U quyoshga yordam beray deb kunduzi sham yoqadigan odamga o'xshaydi. Uchinchidan, birovlardan olgan narsani tarqatgan kishini ham saxiy deb bo'lmaydi. Shunday kishilar borki, xalqning moliga ko'z olaytirib, tama qilaveradilar. So'ng ularning bir qismini ulashib, o'zlarini saxovatli ko'rsatmoqchi bo'ladilar. Ularning sochgani ham tashlandiq narsalar, olgani ham. Chunki olmog'idan ziyondan boshqa narsa kelmaydi, bermog'idan esa hech bir foyda yo'q:
Olmog'idin g'ayri ziyon bud yo'q,
Turfa bukim bermog'idin sud yo'q.
To'rtinchidan, so'ramasa bermaydigan kishini ham saxiy deb bo'lmaydi:
Oni dog'i dema saxiykim, kishi
To tilamay bermak emasdur ishi.
Xo'sh, unda saxiy kim? Shoir so'fiyona axloq o'lchovlaridan kelib chiqib saxiy kishining sifatini bayon etadi:
Oni saxiy onglagil, ey hushmand,
Kim ani davlat qilibon sarbaland.
Holi agar yaxshi durur, gar taboh ,
Kimsadin etmas tama'yi mol-u joh.
Bunday odam Yaratgan nima bersa, qanoat etadi, nimani buyursa, bo'ysunadi. Qo'lida bor narsa bilan qo'li qisqa odamni xursand qiladi. Dengizning oldida tursa ham undan bir tomchi suv so'ramaydi, birovning yarasini ko'rsa, malhamini ayamaydi. Muhtoj odam bir narsa so'rasa, qo'lidan kelganicha unga xayr qiladi...
Maqolatlardan biri Vatan haqida. Shoir vatani Xuroson va Hirotni ulkan mehr bilan suyadi, ularni baland pardalarda vasf etadi:
Ziynat aro ravzayi rizvondur ul,
Ravzani qo'y, mulki Xurosondur ul,
— deb yozadi shoir. Xuroson shaharlarini latofatda jannatga qiyos etadi. Xuroson jahonning ko'ksidir, Hirot esa shu siynadagi yurakdir, deya davom etadi shoir va o'quvchini shahar tomon ''boshlaydi. Arki to'qqiz osmonday buyuk, devorlarining kunguralari quyoshday tovlanadi, atrofidagi xandaqlar yer qa'riga kirib ketganday. Shaharga kirish bilan to'rt tomonga ketgan ulkan yo'llar bozorlarga olib boradi. Bazzozlar oldida osmon atlaslari kabi rang- barang kiyim-kechaklar, qutichalarda osmondagi yulduzlar qadar sonsiz-sanoqsiz javohirlar. Har qanday odamning aqli shoshadi. Navoiy o'zining mehnati singgan binolar, jumladan, Masjidi Jorne ta'rifiga o'tadi. Uning o'zini bir olam deb ataydi. Masjid toqining o'zi bir katta osmon. Minbari osmonga zina bo'la oladi. Oy — unga qandil, osmon kamalagi (qavsi kuzah) — mehrob. Madrasalar- chi? Ularning har biri ulug'vorlikda ko'k madrasasi (osmon gumbazi)dan ham baland, gumbazlari osmon gumbazini eslatadi. Har koshi.nida quyosh aksi tovlanib, ko'k gumbazi ichida quyosh yurgandek bo'ladi.
Bu maqolat XV asrdagi Hirotning tasvirini, manzaralarini beradi. Biz shaharning geografik joylashishidan qurilishigacha, tabiatidan madaniyatigacha bo'lgan qimmatli ma'lumotlar bilan tanishamiz. To'g'ri, ular oshiribroq tasvirlangan. Bu Sharq adabiyotidagi ustuvor ijodiy serbo'yoq uslub bilan izohlanadi. Uzoq davr mobaynida mubolag'a she'rning ziynati sifatida qaralgan. Ajdodlarimiz „Ahsanahu akzabahu" (eng yaxshi she'r — eng yolg'on she'r) degan naqlga amal qilganlar.
„Farhod va Shirin" dostoni. Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o'ylari „Xamsa"ning ikkinchi dostonidagi Farhod timsolida o'z ifodasini topdi. Bu mavzu aslida eski bo'lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib bog'lanadi. U ilgari ko'proq „Xusrav va Shirin" shaklida mashhur edi. Milodiy 590- yilda taxtga chiqib, 628- yilda o'ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go'zal Shiringa bo'lgan muhabbati ko'pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy (923- yili vafot etgan) fikricha, zamonasida Shirindan go'zalroq ayol bo'lmagan. Nima boiganda ham, o'z sevgisini o'limi bilan isbot etgan bu suluv malika haqida ko'plab rivoyat va afsonalai to'qilgan. U haqda birinchi marotaba Firdavsiy o'zining „Shohnoma" dostonida yozgan. Nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston holiga keltirdi. Nizomiyning „Xusrav va Shirin" dostoni XlVasrda Qutb tomonidan turkiyga tarjima ham qilingandi.
Navoiyning o'zi „Farhod va Shirin"ni „shavq dostoni" deb ataydi. Asarda ishq inson hayotining mohiyati tarzida tasvirlanadi. Lekin bu xususiyat avomga xos jo'n ishqqa emas, ilohiy ishqq'a tegishlidir. Aytish kerakki, asarda majoziy va ilohiy muhabbat tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Ularni ajratib bo'lmaydi. Chunki, Allohga bo'lgan ishq uning jilvasi bo'lmish insonga bo'lgan muhabbatdan boshlanadi. Dostonda ilohiy va majoziy ishqning biri ikkinchisini to'ldirib boradi. Shoir bunga nuiqaddimadayoq ishora qiladi:
Ki inson ko'nglin etti gulshani ishq.
Bu gulshanning harimin maxzani ishq .
Ne maxzan, har durri sham'i farog'i
Ne dur, ne sham', durri shabeharog'i.
Va lekin husn o'tin aylab jahonso'z,
Bularni andin etti olamafro'z.
... Quyosh ma'shuq-u har zot o'ldi oshiq,
Dema har zot, zarrot o'ldi oshiq.
Navoiy Fikricha, xamsachilikdagi bir doston boshqasini takrorlamasligi kerak. O'zga ijodkor yozib ketganini qaytarish shoirlikka munosib emas. Shu sababli Navoiy oldingi xamsanavislarga e'tirozlar ham bildiradi. Shoir e'tirozlaridan eng muhimi, Xusravning Shirin muhabbatiga loyiq emasligida. U — komil inson ham, Shiringa munosib ham emas. Chunki u — ishqda beqaror. Ko'nglini esa taxt ishqi, havo-yu nafs egallagan. Shu bois buyuk shoir quyidagi fikrida haq edi:
Vale chekkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo'ldilar, Xusravga maddoh.
Ya'ni: bu jomdan may ichganlar — bu mavzuda doston yozganlar boshdan oyoq Xusravning maddohi bo'lib qoldilar. Xullas, Navoiy dostonning qurilishi, mazmunini tamomila o'zgartiradi va o'z dostoniga Farhodni bosh qahramon qilib oladi. Bu xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi. Farhod haqida Navoiydan oldin ham dostonlar yozilgan. Masalan, 1369-yilda Ozarbayjonda Orif Ardabeliy degan shoir „Farhodnoma" dostonini yozgan. Biroq Navoiyning undan xabardor bo'lgan-bo'imagar noma'lum. Chunki shoir „Farhod va Shirin" muqaddimasida unin ismini tilga olmaydi.
„Farhod va Shirin" dostoni voqealari Chin xoqonining fai zandsizligi va uning so'ngsiz iztiroblari tasviri bilan boshlanad Asarda farzandsiz xoqon holati:
Ne chekkay ko'kka boshni tojdore,
Yo'q ersa bir dur andin yodgore
tarzida ifodalanadi. Nihoyat uning iltijolari qabul bo'lib, Tang unga bir o'g'il hadya etadi. Navoiy bolaning o'sishi, tarbiyas ota-bolaning muomala-munosabatiga alohida e'tibor qaratadi. Ung berilgan ism ham shunchaki, tasodifiy emas, chuqur ma'nol mazmunli. Farhodning tug'ilganidanoq:
Yuzinda ishq asrori yozilg'on,
Ichinda dard ta'vizi qozilg'on.
Farhodning azaldan boshqacharoq ekaniga e'tibor qilis tabiatan bu xildagi o'ychan, jiddiy odamlar qanday g'amdan iztiro chekishlari mumkinligi xususida xulosa chiqarish imkonini berad Farhod tug'ma ishq kishisi edi. Tug'ilishdanoq Alloh jamoliga intili yashashga mahkum shaxslarga bu hayotda ko'p yashas buyurilmagan bo'ladi. Atrofdagi oddiy bandalar kabi nafs istakla bilan o'rab olinmagan Farhodning o'n yasharligida:
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm.
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm
darajasiga erishishi ham anglashilarli. Allohning mchri tushgan v umrini unga yetishishga bag'ishlagan zotlarda yuksak qobiliyat bo'lisl aslo tasodifiy emas. Dostonda tez so'nadigan sham yorqinroq ni taratgani singari, dunyodan erta ketishi peshonasiga yozilgan dah ham shoshilib yashashi ifodalangan. O'smir yoshida yigirma yashj odamning jussasi, kuchi va aqliga ega bo'lgan Farhodni avji yigitlikd g'am-alam o'z bag'riga olgani tasviri juda ta'sirli yo'sinda berilgan:
Asiri dard ichi-yu toshi oning,
Ki, to o'n to'rt bo'ldi yoshi oning.
Ayni sho'xlik qilib, hayot lazzatlaridan bahramand bo'ladiga yoshdagi o'smir g'amginligining sabablari haqida o'ylab ko'ris kerak. Chunki o'ylay boshlagan, o'zicha xulosa chiqaradiga odamgina ulg'ayadi. Aksincha bo'lsa, kishi qirq yoshida ham balog'atj yetmay yuraverishi mumkin. Asarda Farhodning cheksiz jismoniy qudrat, tengsiz ijodiy iste'dod egasigina emas, balki yuksak ma'naviyat sohibi ham ekani tasvirlangan. Undagi bu sifatlar bir-biri bilan bog'liqdir. Chunki Yaratgan jamoliga yetishish yo'lidagi komillik manzillaridan o'tish odamni har jihatdan yuksaltiradi. Farhod boshdanoq ana shu yo'Iga talabgor bo'lgan yo'lovchi edi. Asardagi:
Demonkim, ko'ngli poku ham ko'zi pok,
Tili poku, so'zi poku, o'zi pok
satrlaridan yigitning ichki olamini bir qadar anglash mumkin.
Farhod rangining siniqib, g'amgin tortib borayotganligi atrofdagilarni hayron qoldiradi, xoqonni tashvishga soladi. Farhodning ko'nglini ochish uchun yilning to'rt fasliga moslab to'rt qasr quradigan bo'ladilar. Shu asnoda Farhod Qorandan tosh yo'nish, Boniydan me'morlik, Moniydan naqqoshlik sirlarini o'rganadi. Qasrlar bitadi. Har fasliga mos shohona bazmlar boshlanadi, biroq Farhodda o'zgarish bo'lmaydi. Ota so'nggi chorani ishga solib, o'g'liga taxtni bermoqchi bo'ladi. Alisher Navoiy dostonning shu o'mida davri uchun o'ta muhim bo'lgan toj-taxt talashuvlari muammosiga o'ziga xos yo'sinda munosabat bildiradi. Tetik va soppa-sog' shohning taxtni o'g'liga bermoqchiligi, o'g'ilning esa uni rad etishi faqat asar sujeti talabi bilan obrazlarning tabiatini ochish yo'ligina emas, balki Husayn Boyqaro bilan uning farzandlarini tarbiyalash vositasi ham edi. Navoiyga masalaning mana shu tarbiyaviy tomoni ham muhim. Buyuk shoir shoh bilan shahzoda munosabatlari ota-o'g'lining bir-birlari oldilaridagi burchlari asosiga qurilmog'i kerak, deb hisoblaydi va xoqon bilan Farhod munosabatlarini zamondoshlariga o'rnak qilib ko'rsatmoqchi bo'ladi. Ota va bolaning ushbu masala atrofidagi o'zaro savol-javoblari dostonning eng maroqli sahifalaridandir.
Ota nimaiki tilagan bo'lsa, Alloh hammasini berganini, mamlakati farovon, boyliklari haddi hisobsizligini, yoshi ham ellikdan oshib, oltmishga yaqinlashayotganini, kuch-quvvati asta- sekin ketayotganini aytadi:
Qarimoq aybini yoshursa bo'lmas,
Borur chog' bo'ldi, boqib tursa bo'lmas.
Asarda qarilikdan shikoyat qilayotgan bo'lsa-da, xoqon, hayotidan ko'ngli to'ladigan jihatlari ko'pligini, ayniqsa, Farhodday farzandning otasi bo'lgan kishi o'lsa ham g'am yemasligi mumkinligini bildirgani samimiy tasvirlanadi:
Atoki sen kibi farzandi bo'lg'ay,
Hayoti naxlining payvandi bo'lg'ay.
O'lim vaqti yetishgach, g'am yegaymu,
Agarchi o'lsa ham o'ldum degaymu?
Ki o'lmasdin burun ochib ko'zumni.
Sarir uzra yigit ko'rsam o'zumni
Ki, ya'ni toj-u, taxt-u, saltanat ham.
Sipoh-u, mulk-u. mol-u, mamlakat ham.
Manga shahlikda qulluq ham qil emdi,
Atoliq ham, o'g'ulluq ham qil emdi.
Dostonning shu o'rinlarida shoirning poetik mahorati yaqqol namoyon bo'ladi. Xoqonning gaplaridagi nazokat, fikrni ifodalash odobi muallif tomonidan yuksak san'atkorlik bilan aks ettirilgan. Uning „senday valiahdga ega podsho o'lsa ham o'lmaydi" degan minnatdorchiligi samimiy. Xoqon taxtda o'g'lini „ko'rmoqchiligini tirik ekanligimda taxt uzra o'zimni bir ko'rishga muyassar bo'lsam edi" yo'sinida orzumandlik bilan ifodalashi uning yuksak madaniyatidan belgidir.
Farhod otasining taxtni egallash haqidagi taklifini nazokat bilan rad etganini tasvirlar ekan, shoir yigitning aql-u zakovat, odob-axloq, insof-diyonatda tengsiz ekanligini ko'rsatadi. O'g'il otaning buyrug'iga bo'ysunmasligi mumkin emas. Farhod ota taxtini olmasligi bilan uning gapini ikki qilgan, buyrug'ini bajdrmagan bo'lardi. Ota irodasiga qarshi borish uning tabiatiga yot edi. U o'ziga o'ta talabchan bo'lgani va toj-taxtni egallashga mutlaqo qiziqmagani uchun ham g'oyat oqilona yo'l topadi. Farhod mamlakat va uning tashvishlari katta, o'zining esa kichikligini, binobarin, tajribasiz g'o'r bola saltanat boshqarishni eplolmasligi mumkinligini bildirib, ish o'rganish, tajriba orttirishga ijozat so'raydi. Bu tasvir doston bosh qahramoni tabiatini ko'rsatish jihatidan ham. asardagi keyingi voqealar rivojini ta'minlash nuqtayi nazaridan ham g'oyat muhim o'rin tutadi. Ya'ni Farhodni saltanat ishlariga o'rgatish maqsadida uni saroyning ko'zdan pana joylari bilan tanishtirishadiki, bu — voqealaming keyingi rivoji uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Navoiyning mahorati ham shundaki, ulkan dostondagi biror voqea o'z-o'zidan tasodifiy ro'y bermaydi. Undagi har bir tasvir muayyan sabab va tegishli oqibat og'ushida ko'rsatiladi.
Farhodning ko'nglini olish, uni tushuniksiz g'amdan chalg'itish hamda mamlakat yumushlariga o'rgatish maqsadida xoqonning behisob xazinasidagi eng g'aroyib narsalarni ko'rsatishi va bunga yigitning munosabati ifodalangan o'rinlar puxta ishlangan. Hamma narsani bilishga, tushunishga intiluvchi Farhodning ko'rish taqiqlangan parda ortidagi eshikka kirishni juda istab qolishi tabiiy edi. Dostonda hazrati Navoiy kishi o'z taqdirini shu tariqa kashf etishiga nozik ishora qiladi. Parda ortidagi xonada saqlanayotgan sirli sandiq, undagi sehrli ko'zgu, oynada Shirinning siymosi namoyon bo'lishi va uni ko'riboq Farhodning oshiq bo'lib qolishi singari holatlar o'spirinning o'z qismati sari shiddat bilan borishi ifodasidir. Yigitning ko'zgudagi qiz jamolini ko'rib hushidan ketishi va o'ziga kelgach, boshida yig'lab o'tirgan ota-onasini ko'rib, qattiq xijolat bo'lishi tasvirlangan o'rinlarda Farhod tabiatiga xos eng ezgu fazilatlar aks etgan. Bu hoi asarda:
Tutubso'gin ato birla anosi.
Muni ko'rgoch, halok etti hayosi
tarzida ifodalanadi.
Navoiy noreal holat va hodisalarni aks ettirish asnosida qahramonlar ruhiyati va xatti-harakatining real tasvirini chizadi. Chunonchi, buyuk san'atkor tomonidan Farhodning hushiga keliboq yana ko'zguga nazar tashlagani, uning esa xuddi oldingiday qora tortib, oddiy oynaga aylanib qolganini ko'rishi tasvirida ulkan mantiq bor. Dostonda Farhod tabiatiga xos xususiyatlar uning: „Dedi: Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod" yoki „Topilmas mushkile men qilmag'on hal" singari fikrlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Yigitning bu iqrorlari uning manmanligidan emas, balki inson tafakkuriga bo'lgan cheksiz ishonchidan ekanligi tasvir maromidan sezilib turadi. Farhod ko'zguning sehrini bilish uchun bajarilishi lozim bo'lgan o'ta og'ir shartlarni ado etishga tutinganida, o'zining qanchalik dovyurak yigitligini ko'rsatadi. Farhod ko'ziga ko'zguda ko'ringan o'zining holati tasviri dostonda:
O'zining shakli birla navjavone,
Demakim navjavone, notavone.
Hamul xayl ichra aylab peshavarlik,
Demakim peshavarlik, teshavarlik
satrlarida berilishi ham tasodifiy emas. Oldinda nima kutib turganini bilgani holda Farhodning ahdidan qaytmasligi uning komillik yo'liga, ishq yo'liga astoydil kirmoqchiligidan dalolatdir. Tasvirda yigitning notavonligiga urg'u berilayotganligi ham besabab emas.
Dostonda ma'no ifodalashgagina emas, bu ifodalaming go'zal shaklda berilishiga ham yetarlicha e'tibor qaratilgan. Jumladan, asarda Shirin va kanizlarining go'zalligi tasvir etilgan o'rinlarda ham shoir qator badiiy kashfiyotlar qilganini ko'rish mumkin:
Quyoshg'a tarli uchun tashlab rux-u ot,
Vale yuz qatla' har soat qilib mot.
Bu misralarida go'zallik bobida quyosh bilan bellashib, unga tarh berganiga qaramay, ustun kelgan Shirin holati ruxi bilan otini olib qo'yib, raqibiga qarshi o'ynayotgan va uni har soatda yuzlab marta mot qilayotgan shaxmatchiga o'xshatiladi. Dostondagi:
Chu nogah otg'a ul yon mayl berdi,
Ki, Farhodi hazin timsoli erdi.
Aning ruxsoriga chun boqti timsol,
Tani timsol yanglig' bo'ldi behol
tasviridagi yashirin nazokatni ham ilg'ab olishi joiz. Chunki ikki baytda uch bora takrorlanayotgan timsol so'zi har safar o'zgacha ma'no nozikligiga ega bo'lganki, e'tibor qilmagan va o'zida'she'riy nazokat tarbiyalamagan kishi undan zavqlana olmaydi. Keltirilgan misoldagi birinchi „timsol" so'zi o'xshash ma'nosini anglatsa, ikkinchi bor ishlatilganda, ramz, belgi ma'nolarini bildiradi, uchinchi bor qoilanilganda esa jonsiz sanamday ma'nosini beradi. Va har biri tasvirning ta'sirchanligini oshirishdan tashqari, qahramonning aniq ruhiy holatini ifodalashda qo'l kelgan.
Dostonning Farhod bilan Shirin uchrashuvi tasvirlangan o'rinlar ham ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Bunda ikki oshiq munosabatlaridagi samimiylik, tozalik, ma'naviy yuksaklik singari jihatlar ko'zga yaqqol tashlanadi. Farhod tog' qazuvchilarga yordam berishga qaror qilar ekan, shu bahonada Shirinni ko'rib qolishdan umid qilmaydi. Haddan ortiq mashaqqatli mehnatdan ezilib, yigitligida cholga aylanib qolayotgan chorasiz kishilarga rahmi kelganidan ulaiga ko'mak berishga tutinadi. Bu hoi dostonda Farhod tilidan:
Hunarni asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir
tarzida ifodalanadi. Navoiy qahramonni cheksiz kucb egasigina qilib tasvirlamaydi, balki uni o'ta bilimdon odam sifatida ham ko'rsatadi. Tog' qazishga tayyorlanishi tasvirlangan o'rinlarda Farhodning ishbilarmonligi, bilimdonligi yorqin ifodalangan. Muallif Farhodga xos ezgu sifatlarni Shirin nazari bilan:
Jabinida muhabbat dardi zohir,
Uzori uzra g'urbat gardi zohir.
Tanida benavolig'din asarlar,
Yuzida oshnolig'din xabarlar
tarzida aks ettirar ekan, Farhodning kimligi haqida xabar beribgina qolmay, birinchi marta ko'rayotgan kishisidan shuncha fazilatlar topgan Shirinning sinchkovligini ham ustalik bilan ifodalaydi. Buni ilg'ab olishi juda muhim. Shuningdek, Shirinning Farhodga bergan:
Ne sen o'xshab jahonda bir kishiga,
Ne qilg'on ishing o'xshar el ishiga
yo'sinidagi bahosi aniqligi va odilligi bilan o'quvchi e'tiborini tortadi.
Sevishganlar uchrashuvi aks etgan lavhalar dostonning eng dramatik o'rinlari deyish mumkin. Buni Shirinni tanib qolgan Farhod holati ifodasining avji bo'lmish:
Yiqib jismini anfosi shitobi,
Teshib ko'ksini ko'ngli iztirobi
satrlarida yaqqol ko'rish mumkin. Dostondan Farhod ko'nglidagi hayajonlar avj nuqtada aks ettirilgan o'rinlar juda ko'p va ularni topib, izohlash kishida badiiy did va ma'naviy sifatlarni shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Asarda bir-biriga bog'lanmagan va biri ikkinchisidan kelib chiqmaydigan biron tasvir yo'qligi Navoiy badiiy dahosining qudratini ko'rsatadi. Chunonchi, Shirinning niqobini ochib yuborgan yel qayerdan paydo bo'lgani tasviri Farhod muhabbatining ko'lamini aks ettirishi jihatidan ham, voqealarning bundan keyingi tabiiy rivojini ta'minlashi jihatidan ham o'ta muhimdir.
Navoiy oshiq yigit holatini mubolag'ali yo'sinda tasvirlar ekan, ularning birortasi ham o'quvchiga sun'iy bo'lib ko'rinmaydi:
Birovkim aks ko'rgach hushi ketsa,
O'zin ko'rgach netong, jon tarkin etsa
tasvirida qizning ko'zgudagi siymosini ko'rib hushidan ayrilgan Farhodning Shirinni o'ngida uchratgandagi holati juda real va asosli yo'sinda ko'rsatilgan. Dostondagi:
Aningdek chekti ohi otasholud,
Ki, oyni abr aro yoshurdi ul dud
shaklidagi mubolag'ali tasvirda ham qahramon ruhiyatining mislsiz tug'yoni tasviri chizilgan badiiy manzaraning quyuqligini deyarli sezdirmaydi.
Xusrav bilan Farhodning mashhur tortishuvi aks etgan lavhalarda har ikki qahramonga xos sifatlar yaqqol ko'rinadi. Garchi, asarda Xusrav alohida tavsif qilinmagan bo'lsa-da, uning bergan savollari shaxsiyatiga xos belgilarni juda yorqin ko'rsata olgan. Asarda Farhod tabiatiga xos kamtarlik va bunga shohning munosabati:
Adab birla hayo rasmin qilib fosh,
Burun indurdi majlis ahlig'a bosh.
Chu da'b1 yo'q edi so'rmay demak so'z,
Og'iz so'zdin tikib, tikti quyi ko'z.
Shukuhidin yetib Xusravg'a tag'yir ,
Qilib ishqi o'ti ko'nglig'a ta'sir.
tarzida tasvirlanadi. Yigitning zolim shoh bilan qilgan so'roq-javobi har ikki qahramon mohiyatini aks ettirish va Navoiyning,badiiy hamda ma'naviy niyatini ifodalashi jihatidan beqiyosdir. Bu munozarani tushunishda jo'nlikdan, uni qarashlar kurashi debgina talqin etishdan saqlanish kerak. Bahslashayotgan shaxslarga xos sifatlar ularning tilida qanday namoyon bo'layotganini ilg'ab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shoir Farhod shaxsiga xos jihatlarga alohida e'tibor qilar ekan, Xusrav tabiatiga xos maxsus sifatlarni ham nazardan qochirmaydi. Dostonda Farhod bilan Xusravning mashhur bahsi uning shoh ruhiy holati, kayfiyatining mevasi sifatida keladi:
Unutti aylamakni qatli bedod,
Anga boqib takallum qildi bunyod.
Dedi: qaydinsen, ey majnuni gumrah?
Dedi: majnun vatandin qayda ogah.
Dedi: nedur senga olamda pesha ?
Dedi: ishq ichra majnunluq hamesha.
Dedikim: ishq o'tidin de fasona!
Dedi: kuymay kishi topmas nishona.
Dedikim: kuymagingni ayla ma'lum!
Dedi: andin erur joh ahli mahrum!
Dedi: qay chog'din o'ldung ishq aro mast?
Dedi: ruh ermas erdi tang'a payvast.
Dedi: bu ishqdin inkor qilg'il!
Dedi: bu so'zdin istig'for qilg'il!
Dedi: ishq ahlining nedur hayoti?
Dedi: vasl ichra jonon iltifoti.
Dedi: dilbaringning de sifotin!
Dedi: til g'ayratidin tutmon otin!
Dedikim: ishqig'a ko'nglungo'rundur?
Dedi: ko'nglumda jondek yoshurundur.
Dedi: vaslig'a borsen orzumand?
Dedi: bormen xayoli birla xursand.
Dedi: joningni olsa la'li yodi?
Dedikim: ushbudur jonim murodi.
Dedi: ko'ksungni gar chok etsa bebok ?
Dedi: ko'nglum tutay ham ayla deb chok!
Dedi: ko'nglung fido qilsa jafosi?
Dedi: jonimni ham aylay fidosi.
Dedi: bu ishq tarki yaxshiroqdur!
Dedi: bu sheva oshiqdin yiroqdur!
Dedi: ol ganju qo'y mehrin nihoni,
Dedi: tufroqqa bermon kimyoni!
Dedikim: shahg'a bo'lma shirkat andesh!
Dedi: ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!
Dedi: joningg'a bu ishdin alam bor,
Dedi: ishq ichra jondin kimga g'am bor?
Dedi: kishvar beray, kech bu havasdin!
Dedi: bechora, kech bu multamasdin2!
Dedi: ishq ichra qatling hukm etgum!
Dedi: ishqida maqsudumg'a yetgum.
Nechakim bo'ldi mushkul so'z xitobi.
Base oson anga yetti javobi.
Bu savol-javobda Farhodning ishq yo'lida sobitligi, yuksat insoniy fazilatlarga egaligi, odam va oshiq sifatida Xusravdan naqadai baland ekanligi yaqqol ko'rinib turadi. Alisher Navoiy o'zi bir umr orzu qilgan, tinim bilmay intilgan komil insonga xos barcha sifatlarni Farhodda aks ettirgan va undagi bu xususiyatlar asarning ayni o'rnida to'la-to'kis namoyon bo'lgan. Dostonda Farhod tomonidan aytilgan:
Murodim ishqida oimaklik erdi,
Bukun mundoq murodim tengri berdi
qabilidagi so'zlarda komillikka intilgan tanti oshiq tilagi go'za ifodalanganidan tashqari, yigitning xotirjamligi, sokinlig sabablarini izohlash jihatidan ham muhimdir. Bu hol asardagi:
O'tar dam o'yla foniy bo'ldi mutlaq
Kim, ul ishqini boqiy ayladi haq
baytida ham yaqqol namoyon bo'lgan. Farhod — g'oyat sodda ochiqko'ngil yigit. Odamlarga ishonadi. O'zi samimiy boMganlig uchun boshqalarni ham o'ziday ko'radi. Hech kimdan Firib va yomonlik kutmaydi. Xuddi shu soddaligi tufayli uni asir oladilar Yunonda asirlikda unga Suhayl va Suqrot ko'p mushkullarni ha qilish yo'llarini o'igatgan edilar. U Salosil qo'rg'oniga qamalganid; banddan osongina xalos bo'lib chiqib ketavcrishi mumkin edi. Bi necha marta bu ishni qiladi ham. Lekin yana joyiga qaytib keladi Chunki u tufayli zindonbonga ziyon yetishini istamaydi. Ung; Shirinning o'limi haqidagi soxta xabarni yetkazganlarida, boshlarin toshga urib, o'limni ixtiyor etganida ota-onasi bilan xayolar xayrlashar ekan, yuksak hayotsevarlik tuyg'ularini namoyish etadi qolganlarga umr va obodlik tilaydi.
Farhodning halokati munosabati bilan shoir tomonidan aytilgan: „haqiqatqa badal bo'ldi majozi", — degan iqrorini Alloh jamoliga yetishgan ishq ahli haqidagi ma'naviy xulosa deyish mumkin. Quyidagi misralarda shoir fikrini yanada kuchaytirganligini, Farhod timsolida ilgari surilgan qarashlarini oydinlashtirganini ko'rish mumkin:
Baqo shahrida sultonliqqa yetti,
Haqiqat mulkida xonliqqa yetti.
Tasavvufda insonning foniy dunyodagi umri — boqiy dunyodagi abadiy hayoti uchun badal, to'lov deb qaraladi. Agar odam ana shu to'lov, imtihon davrini yaxshi o'tkazsa, chin dunyoda go'zal ajrimga ega bo'ladi. Uning ruhi Yaratganning ruhiga qo'shiladi. Shutting uchun ham bir umr komillik yoiidan borgan Farhod garchi bu yolg'on dunyoda jisman halok etilgan bo'lsa-da, boqiylik shahrida sultonlik, haqiqat mamlakatida xonlik martabasiga erishgan hisoblanadi.
Dostonda boshqa timsollar ham g'oyat puxta ishlangan. Asarga epizodik tarzda kiritilgan personajlar tasviri ham mukammatligi bilan kishini hayratga soladi. Ba'zan shoir biror timsolga xos jihatni vositali yo'sinda tasvirlaydi. Chunonchi, Farhodning o'limi haqidagi xabar sababli Shirin va Mehinbonu qanday holatga tushganliklari aks etgan tasvirlar ularning shaxsiga xos jihatlarni har qanday tavsifdan ko'ra yaxshiroq ko'rsatgan. Yoki Mehinbonuning Shirin o'limidan keyingi holati:
Chu Shirin joni erdi, onsiz o'ldi,
Damekim o'ldi onsiz, jonsiz o'ldi
misralarida juda ta'sirli ko'rsatilgan. Masnaviydagi „onsiz", „o'ldi" so'zlarining o'rin almashishi va takror ishlatilishi bayt ma'nosini kuchaytirishga, uning ta'sir darajasini oshirishga xizmat qilgan. Asarda Shirinning jon berishi tasvirlangan o'rinlarda uning go'zal va oqila qiz hamda vafodor ma'shuqa tabiatiga xos jihatlari to'la namoyon bo'lgan.
Doston so'ngida berilgan shahzoda Shohg'aribga nasihat va yakuniy bob Farhod obrazining shoir zamonasidagi barcha shahzodalaiga ibrat hamda o'rnak qilib olinganini ravshan ko'rsatadi. Darhaqiqat, Farhod Navoiy idealidir. U — jismoniy jihatdan ham, ma'naviy jihatdan ham to'kis. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri kishilarga yaxshilik qilish. „Farhod va Shirin" dostoni tasvirlangan voqealarning jozibadorligiga ko'ra ham, ehtiros bilan yozilganligi jihatidan ham adabiyotimizning eng go'zal namunalaridan bo'lib qoldi.
„Farhod va Shirin" dostoni oldingi shu mavzuda yozilgan asarlar singari hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun v - - - v - - - v- -) vaznidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |