Yigitlik yillari


-mavzu Navoiyning epik asarlari. Xamsachilik tarixi



Download 477,5 Kb.
bet16/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
4-mavzu

Navoiyning epik asarlari. Xamsachilik tarixi.

REJA:

  1. Xamsachilik tarixidan

  2. “Xayrat ul-abror” haqida

  3. “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”

  4. “Sab’ayi Sayyor”, “Saddi Iskandariy”


Xamsachilik tarixidan Navoiyning epik asarlari deyilganda, birinchi navbatda, ko z oldimizga «Xamsa» keladi. «Xamsa» — beshlik degani. Binobarin, u besh mustaqil dostondan iborat va har bir doston ma'lum bir mavzu-voqeani keng va atroflicha masnaviy yo'li bilan yorilib beradi.

Sharq adabiyotida birinchi bo'lib «Xamsa» vozgan kishi buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir. U 1173—1179-yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag'ishlab, «Maxzan ul-asror» («Sirlar xazinasi») nomli pandnoma-nasihatnoma yozadi. 1180— 1181-yillarda Iroq hukmdori To'g'rul II ning iltimosiga ko'ra muhabbat va qahramonlikni ifodalovchi «Xusrav va Shirin» dostonini yaratadi. 1188-yilda Shirvonshohlardan Axsatan I Nizomiyga Layli va Majnun haqida doston yozishni buyuradi. 1196-yilda yana bir hukmdor Alovuddin Ko'rpa Arslonning topshirig'i bilan Bahrom haqidagi «Haft paykar» («Yetti go'zal») maydonga keladi. 1196—1201-yillarda so'nggi doston — «Iskandarnoma» yaratiladi. Shu tariqa, 1173—1201-yillar oralig'ida — 28 yil davomida besh doston dunyo yuzini ko'radi va ular «Panj ganj» (“Besh xazina”) nomi bilan shuhrat topadi.

Nizomiyga qadar Eron shohlari tarixiga bag'ishlangan, Eron va Turon mojarolaridan bahs ochuvchi Firdavsiy (941 —1025)ning «Shohnoma»si adabiyot olamidagi eng buyuk doston bo'lib, g'oyat yuksak mavqe' va sharafga ega edi. Endi uning yoniga Nizomiyning hayotni keng ko'lamda tasvir etuvchi, borliq va dunyoning xilma-xil masalalarini qamrab olgan, Xusrav va Shirin, Layli va Majnun qissalaridan Bahromu Iskandargacha adabiyotga olib kirgan «Panj ganj»i qo'shildi. Bu asar ham «Shohnoma» singari o'sha zamonning mavjud an'anasiga ko'ra forsiyda yozildi. Biroq Nizomiy «Xamsa»si shoirlar uchun o'rnak va timsol bo'lib qoldi. Qanchadan-qancha ijodkorlar unga ergashib alohida dostonlar va hatto «Xamsa» yozdilar. Lekin tarix ulaming hammasini unutdi. Unga har jihatdan munosib javob yuz yildan so'nggina maydonga keldi. Uning muallifi ota-bobolari asli shahrisabzlik turkiy qabilalardan bo'lib, mo'g'ul yag'mosi davrida Hindistonga borib qolgan Xusrav Dehlaviy (1253—1325) edi. U 1 299—1301-yillarda «Matla' ul-anvor» («Nurlarning boshlanmasi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht» («Sakkiz jannat»), «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oynasi») dostonlarini yaratib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada Sharq adabiyotida xamsachilik an'anasi paydo bo'ldi. Shunga ko'ra, har bir asar «Xamsa» deb atalmog'i uchun:

1. Besh dostondan tashkil topmog'i.

2. Birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta'limiy- axloqiy, falsafiy bo'lmog'i.

3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag'ishlanmog'i.

4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog'i.

5. To'rtinchi doston Bahrom, beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog'i shart edi.

Qariyb ikki yuz yildan keyin ikki buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bular Navoiy va Jomiy edilar. Alisher Navoiyning «Xamsa»si boshqalardan farqli ravishda turkcha yo/ildi va faqat o'zbek emas, umumturk adabiyotining ham yuksak cho'qqisi bo'lib qoldi. Jomiy keyinroq «Xamsa»siga yana ikki doston qo'shib, uni «Haft avrang» («Yetti taxt») deb atadi.

Navoiy «Xamsa»si XV asrdagi xalqimiz ma'naviy taraqqiyotining ko'zgusi bo'lib, unda o'sha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o'z aksini topgan.

Navoiy «Xamsa»si yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi. Ularga javob izlaydi. Har besh doston bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog'langandir. Masalan, «Hayrat ul-abror»da shoir umr va uning mazmuni, jamiyat va inson, tabiat va inson kabi savollarni qo'ysa, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularni ochishga harakat qiladi.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish