8-MAVZU
Muhammad Shayboniy, Husayn Boyqaro
REJA:
-
M. Shayboniyxon haqida
-
Shoir g’azallari tahlili
-
H.Boyqaro haqida ma’lumot
-
Uning ijodiy merosi
Muhammad Shayboniy temuriylar sulolasi o'rniga kelgan shayboniylar sulolasining asoschisidir. U 1451-yilda tug'ildi. Yoshligida otasi Shoh Budog' vafot etib, ukasi Mahmud Sulton bilan birga bobosi Abulxayrxon qo'lida tarbiya topti. U zamonasining donishmandlaridan, harbiy sarkardalaridan ta'lim oldi. Buxoroda ikki yil madrasada o'qidi.
90-yillarning so'ngida taxt uchun kurash boshladi. 1499— 1504-yillarda Movarounnahrni Abusaid avlodlari qo'lidan tortib oldi. 1505-yilda Xorazmni, 1507-yilda Xurosonni egallab, temuriylar hokimiyatiga barham berdi. Eron va Iroqni bosib olishga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Biroq 1510-yil 10-sentabrda Murg'ob daryosi bo'yidagi lsmoil Safaviy qo'shini bilan bo'lgan jangda halok bo'ldi.
Shayboniyxon ko'p jihatlardan AmirTemur tutumiga ixlos va rioya bilan qarar, jumladan, saroyga olim va shoirlarni, san'at ahlini to'plab, ijodga targ'ib-tashviq etar edi. O'zi esa turkiy va forsiyda yaxshigina she'r yozar, surat chizar, xushovoz qiroatxon edi, musiqa bilan shug'ullanardi. To'ng'ich o'g'lining ismini Temur Sulton qo'ygan edi. Shayboniyxondan bizga bir «Devon» va «Bahr ul-hido» («Hidoyat dengizi») nomli doston yetib kelgan.
Shayboniyxon devoni Istambulda To'pqopi saroyi muzeyida, 1508-yilda yozilgan dostoni esa Britaniya muzeyida saqlanadi. Uning she'rlaridan ayrim namunalar unga bag'ishlangan turli kitoblarda, jumladan, Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida keltirilgan. Masalan, Nisoriyning ma'lumotiga qaraganda, Shayboniy mo'g'ullar istilosida shahid bo'lgan xoraznilik mashhur Najmiddin Kubroga bag'ishlab «Shahi shuhado» («Shahidlar shohi») degan ta'rix-she'r yozgan. She'r muxlislari orasida keng yoyilgan «yobu» so'zining urug' va otning turi ma'nosini anglatishidan ustalik bilan foydalanib yozilgan quyidagi tajnisli tuyuqni ham Shayboniyxonga nisbat beradilar:
So'g'd ichinda o'lturubdur yobular,
Yobularning mingan oti yobular.
Yobulaming ilgidin cl tinmadi,
Yo bular bo'lsin bu ycrda, yo bular.
Devonidagi g'azallarda o'z taqdiridan mamnun va minnatdor, hayotining har bir daqiqasi uchun Ollohga shukrona keltiruvchi mo'min-musulmon qiyofasi namoyon bo'Iadi. Muallif:
Ey Sha(y)boniy, bandalik tavrin ilikdin bermagil
Kim, jahonning podshohi hazrati jabbor erur, —
deb yozadi va «hazrati jabbor»ga «bandalik» (qullik)ni «ilik» (qo'l)dan bermaslikka chaqiradi. Uning may, ishq haqidagi fikrlari ham ilohiy mazmunga xizmat qiladi. Masalan, ishq shahri - ta'rifiga bag'ishlangan she'riga «barobar» so'zi radif qilib tanlangan. G'azal
Kezdim bu ishq shahrin ayshu tarab barobar,
Ko'rdum aning bozorin har ro'zu shab barobar
bayti bilan boshlanadi. Darhaqiqat, bu shaharda hamma teng («barobar»), hamma ayshu ishratda (Ollohning zavqi va ishtiyoqi bilan band). Selling ham yo'ling bu tomonlarga tushsa, «piri mug'on» (shayx)ga bor, «mayxona»dan «may ich» (shayx suhbatini ol), «jomi shariat» seni «ishq ah1i» bilan «barobar» qiladi. Bu shaharning kishilari barcha g'am-g'ussadan ozoddirlar.
Shayboniyxon she'rlarida Samarqand va Buxoroning baland, ko'tarinki ta'rifi beriladi. U qayerga bormasin, shu ikki shaharni qo'msaydi. Hatto, go'zal Hirot ham unga tatimaydi:
Har kishi kctsa Samarqand shahridin, nochor kelar,
Jannat ul-ma'voda ham bo'lsa, Samarqandni tilar.
Man Hirining shahrida turmoqqa bir yer topmadim,
Vah, Samarqandu Buxoro, qayda bo'lg'aymu ular.
Kirmonu, Shodmonu Qohliqu Darg'om suyi
Na qilay man, ketmadi hargiz ko'nguldin ushbular.
Kim Samarqanddek jahonda bo'lmag'ay xush marg'zor,
Do'stlar, men naylayin, kctmas ko'nguldin sabzalar.
Bu Hirining donish ahli har necha ayb etsangiz,
Qaydakim bo'lsa Sha(y)boniy, ul Samarqand orzular.
Shoir ayrim she'rlarining yozilish tarixini ham qayd etgan. Masalan, u Samarqandga bag'ishlangan «Ko'ngul qoni bilan bitgan o'shul lola yuzungdandur» deb boshlanadigan g'azaliga saj' yo'li bilan shunday izoh bergan: «Samarqandni gul vaqtida qabaduq. Bog'larini gasht qilduq, Bog'lari barcha asbobliq, har tarafi alqobliq, har yoni latofatliq va ichlari mushk-anbar bo'yluq.
Ul gulistonlarning tafarrujgohinda borib turduq. Ko'rarman: dilbar og'zidin g'unchalar bog'lanib turur. Mahbubning la'li labindin ochilgon gullar yoqutrang bo'lub tunir. Va yana yorning alin ko'rub, lolaning ichinda dog' bog'lanib turur. Va sanubarlar ailing qaddining misolinda andak havodan ohista tebranur va taqi taxt al-anhor va jannat ul-ashjortek bu bog'larning qushlari har sanubar, sarvlari bo'stonida qo'nub, har turluk nag'malar birla ishqibozlik qilur.
Faqir bulbulning rangi sarg'arib, gul vasfidin dimog'i qurub, ishq-ushshoq navosinda har turluk nolon qilurman. Faqir bularningbu hollarin ko'rdum, o'zumdin kettim, sanam zulfitek parishon bo'ldum. Ishqim o'tig'a boshimdin shamtek yonib, mijmardek ichimdin kuyub, bu g'azalni ayttim».
Shayboniy va undan boshlangan shayboniylardavri she'riyati adabiy til va ifodaning soddalashuvida, adabiyotning xalq jonli tiliga yaqinlashuvida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |